Vikipediya:Yaxshi maqola nomzodlari/Arxiv 2022
- Iltimos, bu yerga oʻzgartirishlar kiritmang.
- Nominator(lar): Young Economist7 (munozara) 12:04, 28-Dekabr 2022 (UTC)
Maqolada moliyaviy piramida, uning tarixi, oʻziga xos xususiyatlari, moliyaviy piramidaga oʻxshash sxemalar haqida maʼlumot berilgan. Maqolada tarixda sodir boʻlgan moliyaviy piramidalar misol tariqasida keltirilgan. Young Economist7 (munozara) 12:04, 28-Dekabr 2022 (UTC)
- Salom! Quyida statusga nomzod maqolaga doir kamchiliklar toʻgʻrisida izohlarimni yozdim:
- Maqolaning muqaddima qismi uning qolgan qismining qisqacha mazmuni shaklida yozilishi zarur;
- Statusli maqolaning muqaddimasidagi iddaolarga odatda manba (snoska) koʻrsatilmaydi. Sababi ular maqolaning qolgan qismida koʻrsatilgan boʻladi;
- Tire belgisini ishlatishdagi xatolarni tuzatish talab etiladi;
- Bir yerda „X %“ boshqa yerda „X foiz“ tarzida yozilgan. Ularning barchasini bir xil koʻrinishda yozish kerak;
- „Oʻzbekistondagi moliyaviy piramidalar“ boʻlimi ortiqcha. Undagi gaplarni „Piramidalarga misollar“ boʻlimiga kiritish zarur;
- „Jeffries, Ian. A Guide to the Economies in Transition, 1996 — 379 bet. ISBN 0-415-13684-9.“ snoskada 2 marta alohida yozilib, takror qoʻllanilgan. Ularni <ref name=""></ref> yordamida birlashtirish kerak boʻladi;
- Adabiyotlar boʻlimidagi quyidagi kitoblarga tegishli snoskalarni maqolada keltirish kerak, buning iloji topilmasa, ularni Adabiyotlar boʻlimidan oʻchirish kerak: Frankel, Tamar. The Ponzi Scheme Puzzle : A History and Analysis of Con Artists and Victims. New York: Oxford University Press, 2012. ISBN 978-0-19-992661-9.; Kindleberger, Charles P.; Aliber, Robert Z.. Manias, Panics, and Crashes : A History of Financial Crises, 5th, Hoboken, N.J.: John Wiley & Sons, 2005.; Lewis, Mervyn K.. Understanding Ponzi schemes. Cheltenham, UK: Elgar, 2016. ISBN 978-1786433404.; Чиркова Е. Анатомия финансового пузыря. — M.: Кейс, 2010. — 630 с.;
- Adabiyotlar boʻlimidagi quyidagi kitoblarga snoska toʻliq rasmiylashtirilmagan — iddao keltirilgan betlar koʻrsatilmagan: Dash, Mike. Tulipomania: The Story of the World's Most Coveted Flower and the Extraordinary Passions It Aroused. New York: Three Rivers Press, 2011. ISBN 978-0-307-56082-7.; Springer, Marie. The Politics of Ponzi Schemes : History, Theory, and Policy. New York, NY: Routledge, 2021.; Zuckoff, Mitchell. Ponzi's Scheme : The True Story of a Financial Legend. New York: Random House, 2005.;
- Umuman, bulardan tashqari kitoblardan keltirilgan boshqa snoskalarda ham shu holat kuzatiladi. — Kagansky (munozarasi) 16:24, 29-Dekabr 2022 (UTC)
- Assalomu alaykum! Sizning maslahatlaringiz asosida quyidagi o'zgarishlar qilindi:
- 1. Muqaddima qismi o'zgartirildi;
- 2. Muqaddima qismdagi snoskalar olib tashlandi;
- 3. Xato qo'yilgan tirelar olib tashlandi;
- 4. Barcha X % lar o'zrniga X foiz qo'yildi;
- 5. Bo'lim o'chirildi;
- 6. Xato tuzatildi;
- 7. Чиркова Е. Анатомия финансового пузыря. — M.: Кейс, 2010. — 630 с adabiyoti olib tashlandi, qolgan adabiyotlarga snoskalar keltirildi;
- 8-9. Iddaolar keltirilgan betlar ko'rsatildi. Young Economist7 (munozara) 04:51, 6-Yanvar 2023 (UTC)
- Ajoyib! Koʻrsatilgan betlar orasiga chiziqcha oʻrniga tire qoʻyib chiqish kerak boʻladi. — Kagansky (munozarasi) 07:51, 7-Yanvar 2023 (UTC)
- Koʻrsatilgan betlar orasiga chiziqcha oʻrniga tire qoʻyildi Young Economist7 (munozara) 10:42, 7-Yanvar 2023 (UTC)
- Ajoyib! Koʻrsatilgan betlar orasiga chiziqcha oʻrniga tire qoʻyib chiqish kerak boʻladi. — Kagansky (munozarasi) 07:51, 7-Yanvar 2023 (UTC)
Qizib ketish va qulash
„Tarixi“ boʻlimida „1637-yil fevral oyida qizib ketgan bozor quladi va kafolatlanmagan lola shartnomalarini sotuvchilar va xaridorlar oʻrtasida koʻp yillik sud ishlari boshlandi.“ deb yozilgan, shu gapdagi „qizib ketgan bozor quladi“ jumlasining maʼnosi nima? Kimdir bozorda olov yoqib uni qizdirib qulatganmi? Qizish deganda nimani tushunish lozim? Shu jumlani oʻzbek tilida normal maʼno anglatadigan boshqa jumla bilan almashtiring. Jamshid Nurqul (munozara) 21:43, 8-Yanvar 2023 (UTC)
- „Qizish“ va „qulash“ gʻaliz soʻzlar hisoblanmaydi. Qarang: https://en.wikipedia.org/wiki/Overheating_(economics) va https://en.wikipedia.org/wiki/Stock_market_crash . Rus tilida ham „Перегрев экономики“ va „Падение (обвал) рынка“ wikida qoʻllaniladi va nufuzli manbalar tomonidan tasdiqlangan https://www.imf.org/external/pubs/ft/fandd/rus/2008/12/pdf/fd1208r.pdf. Shunday boʻlsa-da, oʻzbek tilida oʻquvchi uchun tushunarliroq jumlaga almashtirdim Young Economist7 (munozara) 06:12, 9-Yanvar 2023 (UTC)
- O'zbek tilida nima g'aliz, nima g'aliz emasligini menga o'rgatmang! Qayerda o'qigansiz atamalar kalka tarjima qilinadi deb? Masalan, ruschadagi Плоскогубцы комбинированные maqolasini o'zbekchaga "Kombinatsiyalashgan tekislablar" deb tarjima qilasizmi? O'zbek tili ustozingizning padariga salomimni yetkazib qo'ying! Jamshid Nurqul (munozara) 10:40, 10-Yanvar 2023 (UTC)
Rozilar
tahrirQarshilar
tahrirBetaraflar
tahrirXulosa
tahrirBajarilmadi. Ikki hafta davomida birorta ham ovoz toʻplay olmadi. Jamshid Nurqul (munozara) 10:45, 10-Yanvar 2023 (UTC)
- Ushbu sahifada boshqa tahrir qilinmasligi lozim.
- Iltimos, bu yerga oʻzgartirishlar kiritmang.
- Nominator(lar): DarkHorse(munozara) 13:05, 18-Oktabr 2022 (UTC)
Ushbu tarjima qilib yaratgan maqolamni XM statusiga nomzod qilib koʻrsatgan edim, lekin maqola YM statusiga koʻproq loyiqligi sababli nomzod qilib koʻrsatdim. Enwikida koʻrsatilgan bir nechta manbalar qoʻshdim. Maqola bilan yana bir bor tanishib chiqqan holda oʻz fikringizni bildirib ovoz berishingizni soʻrab qolaman. DarkHorse(munozara) 13:05, 18-Oktabr 2022 (UTC)
- Imloviy va uslubiy xatolar ko'p. Xususan, 13-tasvir ostiga "Shimoliy-Gʻarbiy Angliyadagi Burbo Bank offshor shamol fermasi" deb izoh yozilgan. Sizga maqola hajmi YMga mos deyilgan, sifati emas, matnni butunlay qayta ko'rib chiqing! Jamshid Nurqul (munozara) 14:05, 18-Oktabr 2022 (UTC)
Rozilar
tahrir- Roziman — MaxiMillian (talk) 13:08, 18-Oktabr 2022 (UTC)
- Roziman — PanPanChik #yozish 15:40, 18-Oktabr 2022 (UTC)
- Roziman — Muzaffar Murodovichmunozaramga yozish 09:39, 25-Oktabr 2022 (UTC)
- Roziman --Programmer (munozara) 15:20, 25-Oktabr 2022 (UTC)
Qarshilar
tahrir- Qarshiman. Barcha iddaolarga manba keltirish kerak. Keyin maqolaga sayqal berib qayta nomzod qilsa boʻladi. — Kagansky (munozarasi) 14:12, 7-Noyabr 2022 (UTC)
- Qarshiman. YM kriteriyalariga mos emas. Hilola Jurakulova (munozara) 14:16, 7-Noyabr 2022 (UTC)
- Qarshiman — Barcha iddaolar manbalar bilan tasdiqlanmagan. Jamshid Nurqul (munozara) 14:25, 7-Noyabr 2022 (UTC)
- Qarshiman. soʻzlarda xatoliklar va gʻalizliklar mavjud. manbasi tasdiqlanmagan Alpasli (munozara) 14:30, 7-Noyabr 2022 (UTC)
Betaraflar
tahrirXulosa
tahrirBajarilmadi. Umarjon Rahimov (munozara) 14:36, 7-Noyabr 2022 (UTC).
- Ushbu sahifada boshqa tahrir qilinmasligi lozim.
- Iltimos, bu yerga oʻzgartirishlar kiritmang.
- Nominator(lar): Abdug'ani Karimov (munozara) 18:40, 2-Oktabr 2022 (UTC)
Bu yerda maqola qisqacha nima haqida ekanligini va nima uchun unga „yaxshi“ unvonini berish kerakligini bayon eting. Abdug'ani Karimov (munozara) 18:40, 2-Oktabr 2022 (UTC) Ushbu maqola tibbiyot sohasi asosi bo'lgan Anatomiyaga oid yaratilgan. Unda inson a'zolarining eng muhim va kerakli qismi bo'lgan Yurak haqida so'z boradi. Yurak anatomiyasi, fiziologiyasi, gistologiyasi va biofizik bilimlarni o'zida jamlagan maskur maqolani "Yaxshi maqola"lar safiga kirtilishiga nomzod qilib ko'rsatmoqchiman
- Maqoladagi 63-manbada mana bu xatolik bor: "
{{cite magazine}}
: Empty citation (yordam): Check |doi= value (yordam); sana kiritilishi kerak boʻlgan parametrga berilgan qiymatni tekshirish lozim: |date= (yordam)". Jamshid Nurqul (munozara) 06:59, 3-Oktabr 2022 (UTC)- Assalomu alaykum. To'g'irlab qo'ydim 188.113.193.192 14:55, 5-Oktabr 2022 (UTC)
Rozilar
tahrir- Roziman maqola chiroyli yozilgan, ayniqsa gif koʻrinishidagi suratlar maqolani aniqroq tushunishga yordam bergan. lekin wikilinklar ozroq. rosti ayrim jumlalarni uncha tushunmadim. Anatomik atamalarga tushuntirish berib oʻtsangiz maqola yana-da yaxshi boʻlar edi. PanPanChik #yozish 15:14, 18-Oktabr 2022 (UTC)
- Tushunarli, albatta toʻgʻirlab chiqaman. Abdug'ani Karimov (munozara) 18:54, 18-Oktabr 2022 (UTC)
- Roziman — Yaxshi maqola. Father of Angels (munozara) 18:34, 18-Oktabr 2022 (UTC)
- Roziman — Maqola yaxshi yoritilgan. Mustaqil izlanib, qoʻshimcha adabiyotlardan (saytlar, kitoblar) maʼlumot olib qoʻshilgan.Muzaffar Murodovichmunozaramga yozish 02:28, 19-Oktabr 2022 (UTC)
- Roziman — Tibbiyot sohasidagi maqolalarni ko'paytirayotganingiz tahsinga loyiq. — Programmer (munozara) 15:49, 20-Oktabr 2022 (UTC)
# Roziman. YM kriteriylariga toʻgʻri keladi. — Kagansky (munozarasi) 07:28, 22-Oktabr 2022 (UTC)
Qarshilar
tahrir- Qarshiman — ayrim joylarda meditsinaga oid jumlalar tushunarsiz qoʻllanilgan. Jamshid Nurqul (munozara) 14:12, 7-Noyabr 2022 (UTC)
- Qarshiman. Meditsinaga oid terminlar tushunarsiz qoʻllanilgan. Baʼzi yerlarida soʻzlarning oʻrni almashib qolgan. — Kagansky (munozarasi) 14:14, 7-Noyabr 2022 (UTC)
- Qarshiman. gʻalizliklari mavjud Alpasli (munozara) 14:19, 7-Noyabr 2022 (UTC)
- Qarshiman. Biroz tahrir talab ekan. Hilola Jurakulova (munozara) 14:22, 7-Noyabr 2022 (UTC)
Betaraflar
tahrirXulosa
tahrirBajarilmadi. Uslubiy xatolari koʻp. Umarjon Rahimov (munozara) 14:25, 7-Noyabr 2022 (UTC).
- Ushbu sahifada boshqa tahrir qilinmasligi lozim.
- Iltimos, bu yerga oʻzgartirishlar kiritmang.
- Nominator(lar): ShohjahonSobirov (munozara) 17:24, 16-Sentabr 2022 (UTC)
Hozirgi davr talabidan kelib chiqib bu operatsion sistema haqida uzwikida maʼlumot yoʻqligi ancha achinarli holat. Chunki bu bir necha oʻtgan yillar davomida va hozirgi kunda ham ishlatib kelinayotgan operatsion sistemadir. Maqola eng wikidan toʻliq (andoza, navbox, manbalar, turkumlar) tarjima qilindi. Imlo yoki ishoraviy xatosi boʻlsa izohlarda qoldirishingiz mumkin. Maqolaga kelsak shu holatda 3 ta tilda YM statusini olgan. Fikrlaringizni kutib qolaman. Xurmat bilan — ShohjahonSobirov (munozara) 17:01, 16-Sentabr 2022 (UTC).
- Bilgiqutida "Versiyadagi Windows NT operatsion sistema" deb juda tushunarsiz gap yozilgan. Shuni tuzatsangiz maqsadga muvofiq bo'lardi. E'tiborli bo'lib ishlang! Jamshid Nurqul (munozara) 09:47, 31-Oktabr 2022 (UTC)
- Assalomu alaykum. Bugun shu kabi matn ichidagi va andozalardagi kamchiliklarni to'g'irlab qo'yishga harakat qilaman Programmer (munozara) 06:03, 1-Noyabr 2022 (UTC)
Rozilar
tahrir- Roziman– DarkHorse(munozara) 07:09, 25-Oktabr 2022 (UTC)
- Roziman. Maqola mazmun va mohiyati toʻliq ochib berilgan. --Abdug'ani Karimov (munozara) 09:54, 13-Oktabr 2022 (UTC)
- Rozilik uchun ovoz berganda # {{Roziman}} kodidan foydalanish kerak. Jamshid Nurqul (munozara) 12:40, 13-Oktabr 2022 (UTC)
- Roziman. --MirzoUlugʻBek 03:57, 24-Oktabr 2022 (UTC)
- Roziman. Maqola mavzu jihatdan kerak maʼlumotlar mavjud rasmiylashtirish esa oʻz oʻrnida—BaxtiyJahon(munozarasi) 16:58, 24-Oktabr 2022 (UTC)
- Roziman --Zarxonim (munozara) 17:43, 24-Oktabr 2022 (UTC)
# Roziman. EnWikidan tarjima qilib yaratilgan maqolaga qoʻshimcha maʼlumot va nufuzli manba bilan boyitilgan. — Kagansky (munozarasi) 14:22, 15-Oktabr 2022 (UTC)
Qarshilar
tahrir- Qarshiman. Mazmuni gʻaliz jumlalarni tuzatish kerak. Tuzatishni yaxshi bir tahrirchi bilan birga boshlagandik, toʻliq tuzatishga ikkimizning ham sabrimiz yetmati toʻgʻrisi. — Kagansky (munozarasi) 13:40, 7-Noyabr 2022 (UTC)
- Qarshiman. Gʻaliz gaplar koʻp. Jamshid Nurqul (munozara) 13:41, 7-Noyabr 2022 (UTC)
- Qarshiman. Avtomat tarjimalar toʻliq tuzatilmagan, statusli maqola birinchi navbatda mazmundor boʻlishi kerak. Umarjon Rahimov (munozara) 13:44, 7-Noyabr 2022 (UTC)
- Qarshiman. Gʻaliz jumlalari ko'p ekan. Tahrir qilinishi kerak. Hilola Jurakulova (munozara) 13:48, 7-Noyabr 2022 (UTC)
- Qarshiman. Maqola texnik jihatidan yaxshi rasmiylashtirilgan. Lekin gʻaliz jumlalarni tuzatish kerak ekan. Miss Kamola (munozara) 13:54, 7-Noyabr 2022 (UTC)
- Qarshiman. uzoq vaqt Windows 8.1 ishlatganman. bu maqolada esa gʻaliz jumlalar jamlanmasiga duch keldim Alpasli (munozara) 14:00, 7-Noyabr 2022 (UTC)
Betaraflar
tahrirXulosa
tahrirBajarilmadi — gʻaliz jumlalar va qarshi ovozlar koʻpligi sababli YM statusi uchun loyiq koʻrilmadi, maqolani yaxshilab, nomzodlikka qayta qoʻyish mumkin. Jamshid Nurqul (munozara) 14:02, 7-Noyabr 2022 (UTC)
- Ushbu sahifada boshqa tahrir qilinmasligi lozim.
- Iltimos, bu yerga oʻzgartirishlar kiritmang.
Assalomu alaykum. Avvalo qiziqish bildirib sahifaga kirganingiz uchun rahmat. Bu maqola eng wikidan to'liq andozalari bilan tarjima qilindi. Maqola ikki tilda Yaxshi maqola statusiga tavsiya qilingan. Fikrlaringizni kutib qolaman.--ShohjahonSobirov (munozara) 21:56, 31-Avgust 2022 (UTC)
Rozilar
tahrirQarshilar
tahrir- Qarshiman — Ushbu maqola YM statusi uchun ancha qisqalik qiladi. Jamshid Nurqul (munozara) 15:35, 1-Sentabr 2022 (UTC).
Betaraflar
tahrirXulosa
tahrirBajarilmadi. Maqola XM statusiga nomzod qilindi. — Kagansky (munozara) 18:15, 1-Sentabr 2022 (UTC)
- Ushbu sahifada boshqa tahrir qilinmasligi lozim.
- Iltimos, bu yerga oʻzgartirishlar kiritmang.
- Nominator(lar): Ravshanbek Tohirov (munozara) 06:39, 20-Avgust 2022 (UTC)
Assalomu alaykum ushbu maqolani mustaqil yaratganman. Bu maqola qisqa boʻlishiga qaramay ishonchli manbalar asosida tuzilgan. Maqola bilan tanishib fikringizni bildiring. Ravshanbek Tohirov (munozara) 06:39, 20-Avgust 2022 (UTC)
- Maqola uchun tashakkur, lekin u YM uchun ancha qisqa. Xushsurat maqola sifatida nomzod qo‘ysangiz bo‘ladi. Maqolangizda bir nechta punktuatsion va apostroflar, qo‘shtirnoqlar bilan miammolar bor. Jamshid Nurqul (munozara) 17:09, 20-Avgust 2022 (UTC)
- Ozgina sayqal berilsa XM statusiga mos keladi. Aksariyat nufuzli manbalarda nomi Masnaviy maʼnaviy koʻrinishida yozilgan ekan. Shu sababli nomini koʻchirish ham kerak boʻladi. — Kagansky (munozara) 04:07, 21-Avgust 2022 (UTC)
Rozilar
tahrirQarshilar
tahrir- Qarshiman — Maqola juda qisqa. Yetarlicha yoritilganiga shubham bor. MaxiMillian (munozara) 11:12, 24-Avgust 2022 (UTC)
Betaraflar
tahrirXulosa
tahrirBajarilmadi - Maqola YM talablariga javob bermaydi. Muallif tomonidan XM uchun nomzod qilindi. Jamshid Nurqul (munozara) 19:55, 31-Avgust 2022 (UTC)
- Ushbu sahifada boshqa tahrir qilinmasligi lozim.
- Iltimos, bu yerga oʻzgartirishlar kiritmang.
- Nominator(lar): Ravshanbek Tohirov (munozara) 05:56, 20-Avgust 2022 (UTC)
Assalomu alaykum men YM uchun dastlabki nomzodimni qoʻydim. Maqola bilan tanishib chiqib, oʻz fikringizni bildiring. Ushbu maqola ingiliz tili wikipediasidagi tanlangan maqolalardan biri boʻlib, men uni tarjima qilib yaratdim. Jadvallardagi qisqartirmalarni oʻz holicha qoldirdim. Misol uchun Medallar jadvalidagi MOQ (Milliy Olimpiada Qoʻmitasi) maʼnosini bildiradi. Ravshanbek Tohirov (munozara) 05:56, 20-Avgust 2022 (UTC)
- Maqolangiz YM uchun qisqalik qiladi, yaxshisi uni Xushsifat maqola uchun nomzodlikka qo'ying. Maqolada, hatto maqola nomida apostroflarni noto‘g‘ri qo‘llash holati kuzatilgan. Avval shu xatolarni tuzatish kerak. Jamshid Nurqul (munozara) 17:04, 20-Avgust 2022 (UTC)
- Bu sahifani maqola deb nomlash munozarali. Nomi bilan jadval deb turibdi. YM uchun qisqa, lekin, biroz sayqal berib yoki TRga yoki XMga nomzod qilsangiz boʻlishi aniq. — Kagansky (munozara) 04:13, 21-Avgust 2022 (UTC)
- @Ravshanbek Tohirov, bu maqolani YMga emas, TRga nomzod sifatida koʻrsatsangiz boʻladi. Malikxan munozara 20:20, 22-Avgust 2022 (UTC)
Rozilar
tahrir- Roziman. Maqola qisqa boʻlishiga qaramay, uning mazmuni toʻliq yoritib berilgan va nufuzli manbalarga tayangan. — Visola Tangirova (munozara) 12:15, 20-Avgust 2022 (UTC)
Qarshilar
tahrir- Qarshiman — Juda qisqa. MaxiMillian (munozara) 11:13, 24-Avgust 2022 (UTC)
Betaraflar
tahrir- Betarafman --Maqolani eng wikidan andozalari bilan toʻliq tarjima qilib, TM ga nomzod qilib qoʻygan yaxshiroq menimcha.ShohjahonSobirov (munozara) 11:50, 24-Avgust 2022 (UTC)
- Betarafman —Maqola biroz qisqa, uni boyitish kerak. Va qoʻshimcha sifatida rasmlar joylashuvini ham biroz oʻzgartirsangiz balki goʻzalroq boʻlar edimi??? Juda zerikarli rasmlar kombinatsiyasi foydalanuvchini zeriktirib qoʻyishi shubhasiz. Panpanchik (munozara) 11:00, 28-Avgust 2022 (UTC)
Xulosa
tahrirBajarilmadi - Maqola YM talablariga javob bermaydi. Juda qisqa. Jamshid Nurqul (munozara) 20:01, 31-Avgust 2022 (UTC)
- Ushbu sahifada boshqa tahrir qilinmasligi lozim.
- Iltimos, bu yerga oʻzgartirishlar kiritmang.
- Nominator(lar): Dilbar Elamanova (Ismatullayeva) (munozara) 06:16, 19-Avgust 2022 (UTC)
Maqola dunyo miqyosida aktual ahamiyat kasb etadi. Til qoidalariga asoslangan holda xatolarsiz yozilgan. Murakkab uslubda rasmiylashtirilgan. Yaxshi maqola nomzodligi uchun barcha talablarga javob beradi deb hisoblayman. Dilbar Elamanova (Ismatullayeva) (munozara) 06:16, 19-Avgust 2022 (UTC)
Rozilar
tahrir- Maqolani, shaxsan, erinmay oʻqib chiqdim. Juda ajoyib chiqqan! Jumlalarda g'alizlik koʻrmadim. Ichki havolalardagi barcha nosozliklar tuzatildi. Maqola sifati yuqori va mavzusi dolzarbdir. Men Roziman MaxiMillian(munozara!) 06:28, 20-Avgust 2022 (UTC)
- Shu gapni yozganingizdan keyin ham xatolar bor edi, tuzatildi. Jamshid Nurqul (munozara) 13:04, 20-Avgust 2022 (UTC)
- Roziman. Ancha mehnat qilingan, muallifga tashakkurlar! — Jamshid Nurqul (munozara) 13:07, 20-Avgust 2022 (UTC)
- Roziman.Maqola yaxshi yozilgan. Yaxshi maqolalar safidan joy olsa arziydi. --Mirzoulug'bek (munozara) 14:32, 20-Avgust 2022 (UTC)
- Roziman. Maqola yaxshi yozilgan. Ajoyib va tushunarli jumlalar tanlangan. Yaxshi maqola sifatida tanlashga munosib. Laziz Baxtiyorov (munozara) 06:05, 21-Avgust 2022 (UTC)
- Roziman.ShohjahonSobirov (munozara) 11:10, 24-Avgust 2022 (UTC)
- Roziman.) Muzaffar murodovich (munozara) 11:15, 24-Avgust 2022 (UTC)
- Roziman Husniddin Rasulov (munozara) 11:19, 24-Avgust 2022 (UTC)
- Roziman Maqola o'zbek o'qisa tushunadigan qilib yozilgan, ajoyib!--Finikchik (munozara) 14:16, 24-Avgust 2022 (UTC)
- Roziman Maqola go'zal yaratilgan. Kamchiliklar ko'zga tashlanmaydi. Maqola muallifiga keyingi ishlarida omad tilab qolaman. Panpanchik (munozara) 14:55, 24-Avgust 2022 (UTC)
Qarshilar
tahrirBetaraflar
tahrirIzohlar
tahrir- Savol: en:Starvation ocharchilik bo'lsa, en:Famine nima? 213.230.72.93 19:14, 19-Avgust 2022 (UTC)
- Ommaviy ocharchilik Humoyun Qodirov (munozara) 02:43, 20-Avgust 2022 (UTC)
- Butun umr ocharchilikni ommaviy ochlik deb tushunganman. Lugʻatda ham shunday: uz:wikt:ocharchilik — "Iqtisodiy tanazzul va tanglik yoki tabiiy ofat, turli sabablar tufayli jamiyat miqyosida yuzaga keladigan keskin oziq-ovqat tanqisligi; qahatchilik." Maqolani Ochlik deb nomlash zarur. 84.54.122.156 09:54, 22-Avgust 2022 (UTC)
- Ommaviy ocharchilik Humoyun Qodirov (munozara) 02:43, 20-Avgust 2022 (UTC)
- Soʻnggi 40 yil ichida rivojlanayotgan mamlakatlarda toʻyib ovqatlanmaydigan odamlarning ulushi ikki barobardan koʻproqqa kamaydi. deyilgan gapni tasdiqlovchi manba bormi? Soʻnggi 40 yilga qaysi yillar kiradi? Bu gapni 10 yildan keyin oʻqigan kishi 1992—2032-yillar deb tushunishi kerak boʻladimi shunda? Fikrimcha barcha shunga oʻxshash iddaolar nufuzli manbalar bilan tasdiqlanishi va aniqlik kiritib yozilishi shart. — Kagansky (munozara) 20:22, 20-Avgust 2022 (UTC)
- Assalomalekum, izohingiz uchun rahmat. Siz aytgan rivojlanayotgan davlatlar statistikasi va pastdagi jadvaldagi statistika uchun bir qilib jadval ichida manba keltirib o'tilgan edi. Xususan, jadvaldagi [28] sonli manbada maqolaning siz keltirib o'tgan qismi o'z aksini topgan. Xatoni hoziroq tuzataman va yuqoridagi jumla oxirida ham havola keltirib o'taman. Dilbar Elamanova (Ismatullayeva) (munozara) 09:26, 21-Avgust 2022 (UTC)
- Maylida, soʻnggi 40 yilga nechanchi yillar kiradi? Shuni maqolada aniq qilib koʻrsatish zarur. Qolgan iddaolarga ham manba keltirish zarur (qoidaga qarang: Tasdiqlash imkoniyating mavjudligi). Ochlik belgilari, sabablari, ochlikni„NG“ oldini olish uchun siyosiy yoʻnalishlar, oʻlim jazosi boʻlimidagi har bir alohida holatlar, konsentratsion lagerlar va gettolar haqida yozilgan gaplar qaysi nufuzli manbalarda keltirilgan? Manba bilan tasdiqlanmagan iddaolar mustaqil tadqiqot emasligini qaysidir nufuzli manba tasdiqlaydimi? Davolash boʻlimidagi Tashkilotlar ostboʻlimida qaysi turdagi tashkilotlar haqida soʻz boryapti? Bitta gap uchun alohida ostboʻlim yaratish ham unchalik toʻgʻri ish boʻlmaydi aslida. Bundan tashqari Qoʻshimcha oʻqish uchun boʻlimidagilar Adabiyotlar, Havolalar deb nomlangan boʻlimlar yaratilib shularda koʻrsatilishi kerak. Maqola YM statusini olishi uchun, hechboʻlmaganda shularni tuzatish zarur. Hozircha u YMning 2 ta kriteriysiga javob bermayotgani yaqqol koʻrinib turibdi. — Kagansky (munozara) 13:54, 21-Avgust 2022 (UTC)
- Siznu tushundim. Harakat qilaman manbalar topib to'ldirishga. Dilbar Elamanova (Ismatullayeva) (munozara) 17:08, 21-Avgust 2022 (UTC)
- Bulardan tashqari, maqola nomi Ocharchilik, oʻzi esa Ochlik deb boshlanyapti. Yoki hozirgi nomi qolsin, yoki Ochlikka koʻchiring. Maqola boshida esa ikkala nom ham koʻrsatilgani maʼqul. — Kagansky (munozara) 10:36, 22-Avgust 2022 (UTC)
- Ocharchilik haqida alohida maqola yozish kerak. 84.54.122.156 11:28, 22-Avgust 2022 (UTC)
- Nomni ko'chirdim. Manbalarni to'ldirdim. Dilbar Elamanova (Ismatullayeva) (munozara) 10:18, 23-Avgust 2022 (UTC)
- Barcha iddaolar nufuzli manbalar bilan tasdiqlanmagan. — Kagansky (munozara) 13:06, 26-Avgust 2022 (UTC)
- Aynan qaysilar ekanligini ayta olasizmi? Dilbar Elamanova (Ismatullayeva) (munozara) 15:04, 26-Avgust 2022 (UTC)
- „Boshqa belgilari“, „Ochlik bosqichlari“, „Sabablari“, „Ochlikning oldini olish“ haqida biror bir manbada yozilganmi? Ochlik bosqichlarini yozib koʻrsatgansiz, dastlabki, keyingi, soʻnggi bosqich degan turlari, shu nomli terminlar fanda qoʻllaniladimi oʻzi? Koʻrsatilgan bosqichlar necha kundan necha kungacha kuzatiladi? Roʻyxatsifat boʻlimlarda koʻrsatilgan gaplar mustaqil tadqiqot emasligini qaysidir nufuzli manba tasdiqlaydimi? Vestal bokiralari (lotincha: Virgo Vestalis) ham turmush qurmaslik haqidagi vaʼdalarini buzganlikda aybdor deb topilganida ochlikka mahkum qilinib oʻldirilgan, degan taxminlar bor. deyilyapti, shu taxmin qaysi manbada keltirilgan? Quyida ochlikning baʼzi belgilari sanab oʻtilgan: deyilyapti. Nega toʻliq belgilari emas. „Biokimyo“ boʻlimidagi 2 ta abzats ham manbalar bilan tasdiqlanmagan. Topa olsangiz agar Ochlikning Qadimgi Yunon madaniyatidagi oʻrni haqida ham alohida boʻlim yaratsangiz ham boʻlar ekan. — Kagansky (munozara) 09:29, 27-Avgust 2022 (UTC)
- 😅😅 aha, to'ldirishga harakat qilaman. Dilbar Elamanova (Ismatullayeva) (munozara) 12:34, 27-Avgust 2022 (UTC)
- Maqolani enwikidan to'g'ridan to'g'ri tarjima qilganligim uchun ko'p nuqtalarda manbalar keltirish jihatidan oqsashlar bor edi. Ularni imkon qadar to'ldirishga harakat qildim. Xususan, Ochlik bosqichlari, sabablari va oldini olish bo'limlariga ayrim manbalar keltirdim. "Koʻrsatilgan bosqichlar necha kundan necha kungacha kuzatiladi?" Bu savolga maqolada javob bermadim, lekin men biriktirgan havolada bu haqida ma'lumot bor. Nega kiritilmadi degan savolga esa quyidagicha javob berishim mumkin: masalan, birinchi bosqich qancha vaqt davom etadi degan savolning javobi bir hafta bo'lsa, masalan, maqolada har bir kun qanday o'tishi ham izohlanishi mumkin. Har bir iddaoni izohlayman desam bu maqola emas monografiya bo'lib ketmaydimi? Vestal bokiralari haqidagi iddaoga manba topa olmaganligim sababli maqoladan shu qismni olib tashladim. Boshqa belgilari, biokimyo bo'limidagi iddaolar, nazarimda, enwikga biror ilmiy asardan olinib kiritilgan va manba berilmay ketilgan. Men, ochig'i, bu manbalarni topishga ojizman. Menda bir yo'l qoladi: yo maqoladan shu qismlarni olib tashlash, yoki kimdir qachondir maqolani to'ldirishiga umid qilish. Boshqa belgilarida keltirilgan iddaolarni o'chirolmayman, sababi ularning hammasi bir o'rinda aks etgan manba topa olmagan bo'lsam-da, alohida-alohida manbalarda uchratdim. Demak, menimcha, iddaolar xato emas. Agar kiritilgan o'zgartirishlardan keyin ham maqolani "YM" statusiga noloyiq deb hisoblasangiz, unda boshqa e'tirozim yo'q. Men qo'limdan kelgancha harakat qildim. Rahmat. Dilbar Elamanova (Ismatullayeva) (munozara) 13:41, 27-Avgust 2022 (UTC)
- Xullaskalom, yuqorida bildirilgan barcha kamchiliklar tuzatilmadi! Nominator ularni tuzata olmasligini tan oldi. Maqoladagi jadvalsifat boʻlimlar original tadqiq emasligi oʻz tasdigʻini topmadi. Nominatsiya hozirgi holatida YM statusi kriteriylariga umuman mos kelmaydi. — Kagansky (munozara) 12:16, 1-Sentabr 2022 (UTC)
- „Boshqa belgilari“, „Ochlik bosqichlari“, „Sabablari“, „Ochlikning oldini olish“ haqida biror bir manbada yozilganmi? Ochlik bosqichlarini yozib koʻrsatgansiz, dastlabki, keyingi, soʻnggi bosqich degan turlari, shu nomli terminlar fanda qoʻllaniladimi oʻzi? Koʻrsatilgan bosqichlar necha kundan necha kungacha kuzatiladi? Roʻyxatsifat boʻlimlarda koʻrsatilgan gaplar mustaqil tadqiqot emasligini qaysidir nufuzli manba tasdiqlaydimi? Vestal bokiralari (lotincha: Virgo Vestalis) ham turmush qurmaslik haqidagi vaʼdalarini buzganlikda aybdor deb topilganida ochlikka mahkum qilinib oʻldirilgan, degan taxminlar bor. deyilyapti, shu taxmin qaysi manbada keltirilgan? Quyida ochlikning baʼzi belgilari sanab oʻtilgan: deyilyapti. Nega toʻliq belgilari emas. „Biokimyo“ boʻlimidagi 2 ta abzats ham manbalar bilan tasdiqlanmagan. Topa olsangiz agar Ochlikning Qadimgi Yunon madaniyatidagi oʻrni haqida ham alohida boʻlim yaratsangiz ham boʻlar ekan. — Kagansky (munozara) 09:29, 27-Avgust 2022 (UTC)
- Aynan qaysilar ekanligini ayta olasizmi? Dilbar Elamanova (Ismatullayeva) (munozara) 15:04, 26-Avgust 2022 (UTC)
- Barcha iddaolar nufuzli manbalar bilan tasdiqlanmagan. — Kagansky (munozara) 13:06, 26-Avgust 2022 (UTC)
- Bulardan tashqari, maqola nomi Ocharchilik, oʻzi esa Ochlik deb boshlanyapti. Yoki hozirgi nomi qolsin, yoki Ochlikka koʻchiring. Maqola boshida esa ikkala nom ham koʻrsatilgani maʼqul. — Kagansky (munozara) 10:36, 22-Avgust 2022 (UTC)
- Siznu tushundim. Harakat qilaman manbalar topib to'ldirishga. Dilbar Elamanova (Ismatullayeva) (munozara) 17:08, 21-Avgust 2022 (UTC)
- Maylida, soʻnggi 40 yilga nechanchi yillar kiradi? Shuni maqolada aniq qilib koʻrsatish zarur. Qolgan iddaolarga ham manba keltirish zarur (qoidaga qarang: Tasdiqlash imkoniyating mavjudligi). Ochlik belgilari, sabablari, ochlikni„NG“ oldini olish uchun siyosiy yoʻnalishlar, oʻlim jazosi boʻlimidagi har bir alohida holatlar, konsentratsion lagerlar va gettolar haqida yozilgan gaplar qaysi nufuzli manbalarda keltirilgan? Manba bilan tasdiqlanmagan iddaolar mustaqil tadqiqot emasligini qaysidir nufuzli manba tasdiqlaydimi? Davolash boʻlimidagi Tashkilotlar ostboʻlimida qaysi turdagi tashkilotlar haqida soʻz boryapti? Bitta gap uchun alohida ostboʻlim yaratish ham unchalik toʻgʻri ish boʻlmaydi aslida. Bundan tashqari Qoʻshimcha oʻqish uchun boʻlimidagilar Adabiyotlar, Havolalar deb nomlangan boʻlimlar yaratilib shularda koʻrsatilishi kerak. Maqola YM statusini olishi uchun, hechboʻlmaganda shularni tuzatish zarur. Hozircha u YMning 2 ta kriteriysiga javob bermayotgani yaqqol koʻrinib turibdi. — Kagansky (munozara) 13:54, 21-Avgust 2022 (UTC)
- Assalomalekum, izohingiz uchun rahmat. Siz aytgan rivojlanayotgan davlatlar statistikasi va pastdagi jadvaldagi statistika uchun bir qilib jadval ichida manba keltirib o'tilgan edi. Xususan, jadvaldagi [28] sonli manbada maqolaning siz keltirib o'tgan qismi o'z aksini topgan. Xatoni hoziroq tuzataman va yuqoridagi jumla oxirida ham havola keltirib o'taman. Dilbar Elamanova (Ismatullayeva) (munozara) 09:26, 21-Avgust 2022 (UTC)
Xulosa
tahrirBajarilmadi. Nufuzli manbalar yetarli emas. Umarjon Rahimov (munozara) 15:58, 1-Sentabr 2022 (UTC).
- Ushbu sahifada boshqa tahrir qilinmasligi lozim.
- Iltimos, bu yerga oʻzgartirishlar kiritmang.
Yer yuzida ifloslanish hanuzgacha eng dolzarb global muammoligicha qolmoqda. Oʻylanmanki, ushbu maqola odamlarda ifloslanishning kelib chiqish omillari va uning tuzatib boʻlmas dahshatli oqibatlari haqida kengroq tasavvur uygʻotishga xizmat qiladi. Shuningdek, bu maqola ifloslanishga asosiy sabab boʻlmish inson omilining taʼsir koʻlamini kamaytirish yoʻllarini qidirishga undaydi.Finikchik (munozara) 13:45, 18-Avgust 2022 (UTC)
- Barcha iddaolar nufuzli manbalar bilan tasdiqlanmaguncha, ushbu maqola nominatsiyasini bu yerda muhokama qilish befoyda. — Kagansky (munozara) 04:03, 19-Avgust 2022 (UTC)
- @Kagansky og'a, siz aytib o'tgan kamchilik tuzatildimi? Jamshid Nurqul (munozara) 10:51, 24-Avgust 2022 (UTC)
- Kamchiliklar to'g'rilandi Finikchik (munozara) 14:09, 24-Avgust 2022 (UTC)
Rozilar
tahrir- Roziman --Umarjon Rahimov (munozara) 06:47, 26-Avgust 2022 (UTC)
Qarshilar
tahrir- Qarshiman — Maqoladagi iddaolar qoidalarga mos ravishda koʻrsatilmagan. Batafsil — Bu xabarni Optima D (munozara · hissasi) yozdi, lekin imzo qo‘ymadi
Betaraflar
tahrir- Betarafman Maqolangizda yangi snoska qoidasini qo'llashingizni taklif qilgan bo'lar edim. Bu maqola mazkur statusga loyiq bo'lsa kelgusida foydalanuvchilar uchun go'zal na'muna bo'lishligini inobatga olasiz degan umiddaman. Shuningdek qarang bo'limidiga qizarib qolgan maqolalari rosti biroz hunik ko'rinar ekan. Ehtimolki, mazkur mavzuni o'zingiz davom etirib qizilliklarni bartaraf etarsiz. Sizga kelgusi ishlaringizda omad tilayman. Panpanchik (munozara) 15:01, 24-Avgust 2022 (UTC)
Xulosa
tahrirBitta rozi, bitta qarshi va bitta betaraf ovoz berildi. Maqolaning yarmi roʻyxatlardan tashkil topgan. Mavzu toʻliq ochib berilmagan. Kirish qismi YM statusini oladigan maqola uchun oʻta qisaqa. Muallif shu va yuqorida bildirilgan kamchiliklarni bartaraf etganidan soʻng, maqolani YM statusiga qayta nomzod qilsalar boʻladi. Hozirgi koʻrinishida u statusga noloyiqdir. Bajarilmadi. — Kagansky (munozara) 09:07, 27-Avgust 2022 (UTC)
- Ushbu sahifada boshqa tahrir qilinmasligi lozim.
- Iltimos, bu yerga oʻzgartirishlar kiritmang.
Hoziri kungi global muammolardan biri boʻlgan ayollarga nisbatan zoʻravonlik aks etgan holatlardan birini yoritib bergan. Kunduziy (munozara) 16:37, 11-Avgust 2022 (UTC)
Rozilar
tahrirQarshilar
tahrir- Qarshiman — Maqola oqarib yotibdi, ichki havolalar deyarli yo‘q. Uni ustiga maqola juda qisqa, yetarlicha yoritilmagan. Baʼzi joylarida „yemay qolgan“ gaplarga ko‘zim tushdi. :Manbalardan oldin va keyin probellar kerakmas narsa. Manba keltirgan keyin nuqta qo‘yish maqsadga muvofiq. MaxiMillian (menga yozish!) 16:52, 11-Avgust 2022 (UTC)
- Qarshiman. Toʻgʻri kelgan maqolani statusga nomzod qilavermang. — Kagansky (munozara) 16:47, 11-Avgust 2022 (UTC)
Betaraflar
tahrirXulosa
tahrirMaqolaning YM statusiga noloyiqligi yaqqol koʻrinib turibdi. Bajarilmadi. — Kagansky (munozara) 06:42, 12-Avgust 2022 (UTC)
- Ushbu sahifada boshqa tahrir qilinmasligi lozim.
- Iltimos, bu yerga oʻzgartirishlar kiritmang.
- Nominator(lar): Visola Tangirova (munozara) 09:02, 8-Avgust 2022 (UTC)
Assalomu alaykum, bu maqola tarjima qilib yaratildi. Uni koʻrib chiqib oʻz fikringizni qoldirishingizni soʻrayman. Visola Tangirova (munozara) 09:02, 8-Avgust 2022 (UTC)
- Vaalaykum assalom, bardavom bo'ling. Sifatli kontentlar albatta wikipedia uchun zarur.
- Vaalaykum assalom, keep going Visola)) Samandarxo'ja (munozara) 11:00, 8-Avgust 2022 (UTC)
- Xatolar bor. Avval ularni tuzating! Shunday xatolardan biri: "maktabni kumush medalga tamomlagan" aslida kumush medalga emas, medal bilan tamomlanadi! Bunday xatolar ko'p, maqolani to'liq qayta tahrirlab chiqing! Jamshid Nurqul (munozara) 08:36, 11-Avgust 2022 (UTC)
Rozilar
tahrir- Roziman — Sifatli tarjima MaxiMillian(munozara!) 09:17, 8-Avgust 2022 (UTC)
Roziman
- !-- Roziman — Sifatli tarjima qilingan Ravshanbek Tohirov (munozara!)
- Roziman. — Sarvinoz1313
- !-- Roziman — Sifatli tarjima bo'lgan Husniddin Rasulov (munozara!)
- Roziman. — Ajoyib Natural_paradox
Qarshilar
tahrir- Maqola status olishi chun uni jiddiy qayta koʻrib chiqish zarur. Hozirgi holati maʼlumotnoma koʻrinishida. Qarshiman. — Kagansky (munozara) 13:12, 11-Avgust 2022 (UTC)
- Qarshiman--Artemev Nikolay (munozara) 09:16, 17-Avgust 2022 (UTC)
- Qarshiman. Kichik-kichik xatolar bor. Keraksiz joyda probellar tashlab ketilgan. Jiddiy qayta koʻrib chiqishga muhtoj, statusli maqola maqomiga munosib emas! — Jamshid Nurqul (munozara) 11:58, 17-Avgust 2022 (UTC)
Betaraflar
tahrirXulosa
tahrirMaqola maʼlumotnoma koʻrinishida. Mavzusi toʻliq ochib berilmagan. Bajarilmadi. — Kagansky (munozara) 11:05, 18-Avgust 2022 (UTC)
- Ushbu sahifada boshqa tahrir qilinmasligi lozim.
Vikipediya:Yaxshi maqola nomzodlari/Isabelle de Charrière
- Iltimos, bu yerga oʻzgartirishlar kiritmang.
- Nominator(lar): Khasan azim1 (munozara) 17:06, 28-Iyul 2022 (UTC)
Bu maqola Ikkinchi jahon urushi davridagi olmon generali haqida yozilgan Khasan azim1 (munozara) 17:06, 28-Iyul 2022 (UTC)
- @Khasan azim1: Asli lotin yozuvida yoziladigan kishilar ismlarini buzib emas, balki aslidek qilib yozish kerak. Shleyxer emas, Schleicher, Elizabet emas, Elizabeth va hk. Malikxan munozara 06:56, 30-Iyul 2022 (UTC)
- @Khasan azim1:, @Malikxan:, @Jamshid Nurkulov: maqola boʻyicha bildirilgan kamchiliklar tuzatildimi? — Kagansky (munozara) 09:13, 11-Avgust 2022 (UTC)
- @Kagansky: Maqolani nomzod sifatida koʻrsatgan foydalanuvchida yuqorida sanab oʻtilgan kamchiliklarni tuzatishga xohish koʻrinmadi. Maqola tarixidan koʻrish mumkinki, men kamchiliklarni tuzatishni 30-iyulda soʻragan boʻlsam, undan keyin birorta ham tahrir qilinmagan. Malikxan munozara 09:17, 11-Avgust 2022 (UTC)
- @Khasan azim1:, @Malikxan:, @Jamshid Nurkulov: maqola boʻyicha bildirilgan kamchiliklar tuzatildimi? — Kagansky (munozara) 09:13, 11-Avgust 2022 (UTC)
Rozilar
tahrir- Roziman, kishi ismlarini tuzatib chiqishni maslahat beraman. --Umarjon Rahimov (munozara) 13:39, 3-Avgust 2022 (UTC)
Qarshilar
tahrir- Qarshiman 30-iyul kuni Malikxan tomonidan, 3-avgust kuni Umarjon Rahimov tomonidan aytib oʻtilgan kamchiliklar hali ham tuzatilmagan. Ismlar ayrim joyda "Kurt von Schleicher", ayrim joylarda "Kurt fon Shleyxer" ko'rinishida yozilgan. Bizning kallamiz, miyamiz, shaxsiyatimiz bitta, shunga koʻra standartimiz ham bitta, ismlarni yozishda bitta standartdan foydalaning! — Jamshid Nurqul (munozara) 08:19, 9-Avgust 2022 (UTC)
Betaraflar
tahrirXulosa
tahrirBildirilgan kamchiliklar tuzatilmadi. Maqolani YM statusiga nomzod qilgan foydalanuvchida nominatsiyasini himoya qilish xohishi yoʻqligi sababli Bajarilmadi — Kagansky (munozara) 09:49, 11-Avgust 2022 (UTC)
- Ushbu sahifada boshqa tahrir qilinmasligi lozim.
- Iltimos, bu yerga oʻzgartirishlar kiritmang.
- Nominator(lar): Laziz Baxtiyorov (munozara) 12:23, 15-Iyun 2022 (UTC)
Maqola haqida fikrlaringizni bildiring. Laziz Baxtiyorov (munozara) 12:23, 15-Iyun 2022 (UTC)
Izohlar
tahrirSalom! Maqoladagi barcha iddaolarni nufuzli manbalar bilan tasdiqlash kerak. Maqolani Vikifikatsiya qilish kerak: yillar orasiga tire (—) qoʻyib chiqish kerak; baʼzi gaplar kichik harf bilan boshlangan. — Kagansky (munozara) 04:45, 24-Iyun 2022 (UTC)
Rozilar
tahrirQarshilar
tahrirBetaraflar
tahrirXulosa
tahrirOʻtgan 20 kundan oshiq kun davomida maqolaga tuzatishlar kiritilmadi. Bajarilmadi. — Kagansky (munozara) 21:53, 26-Iyun 2022 (UTC)
- Ushbu sahifada boshqa tahrir qilinmasligi lozim.
- Iltimos, bu yerga oʻzgartirishlar kiritmang.
- Nominator(lar): Behzodbek88 (munozara) 12:01, 15-Iyun 2022 (UTC)
Assalomu alaykum, ushbu maqola Osiyo fili haqidagi barcha maʼlumotlarni qamrab oladi. Tanishib chiqib, oʻz fikrlaringiz va ovozingizni berishingizni soʻrab qolaman. Behzodbek88 (munozara) 12:01, 15-Iyun 2022 (UTC)
Rozilar
tahrir- Roziman — Yohanjon 23 (munozara) 12:12, 15-Iyun 2022 (UTC)
Qarshilar
tahrir- Qarshiman. Maqola YM statusiga loyiq boʻlishi uchun iddaolarning barchasi nufuzli manbalar bilan tasdiqlanmagan. Preambula (kirish qismi) juda ham qisqa yozilgan. Toʻliq Vikifikatsiya qilinmagan. Baʼzi gaplari qavs bilan qoʻshilib ketgan. Orasiga probel qoʻyilmagan. — Kagansky (munozara) 04:41, 24-Iyun 2022 (UTC)
Betaraflar
tahrirXulosa
tahrirOʻtgan 25 kun ichida muallif tomonidan maqolaga birorta ham tuzatish kiritilmadi. Bajarilmadi. — Kagansky (munozara) 02:58, 28-Iyun 2022 (UTC)
- Ushbu sahifada boshqa tahrir qilinmasligi lozim.
- Iltimos, bu yerga oʻzgartirishlar kiritmang.
- Nominator(lar): Xumoyun Ergashev (munozara) 12:49, 11-Iyun 2022 (UTC)
Ushbu maqola 2003-yilda AQSH boshchiligidagi kaolitsiyaning Iroqqa hujumi haqida. Insonlar orasidagi ushbu urush haqida stereotiplarni yo'q qilishi uchun nomzod qilinmoqda Xumoyun Ergashev (munozara) 12:49, 11-Iyun 2022 (UTC)
Rozilar
tahrirQarshilar
tahrirBetaraflar
tahrirXulosa
tahrirBajarilmadi. Maqola TM statusiga nomzod qilindi. — Kagansky (munozara) 04:08, 24-Iyun 2022 (UTC)
- Ushbu sahifada boshqa tahrir qilinmasligi lozim.
- Iltimos, bu yerga oʻzgartirishlar kiritmang.
- Nominator(lar): — Optima D (munozara!) 17:51, 5-Iyun 2022 (UTC)
Barchaga assalomu alaykum. Marafon ishtirokchisi Optima D tomonidan yaratilgan/tarjima qilingan maqolani hakamlar tomonidan yuqori bahonlanganligi sababli Marafon davomida yaratilgan sara maqolalar uchun nomzod qilib ko'rsatmoqdaman.
- Izoh
Hurmatli Abdulla, Akmaljon Nabiev, Amir Temur, Artemev Nikolay, Gayrat98, Nataev, Jamshid Nurqul, Kagansky, Khasan azim1, Laziz Baxtiyorov, Muxriddin Azimov, Malikxan, Nataeva, Optima D, PlanespotterA320, Umarxon III, Vikichizar, Xusinboy Bekchanov, MirshohidIsmatov va boshqalar iltimos, maqola bilan tanishib chiqib, oʻz fikringiz va ovozingizni bering!
- @Optima D: maqolani qayta ishlab, manbalarga boyitib va qolgan qismini tarjima qilib, Vikipediya:Xushsifat maqolalarga nomzod qilishingizni taklif etaman. FreeTime EditorII (munozara!) 13:53, 5-Iyun 2022 (UTC)
- Maqola hozirgi holatida nafaqat Yaxshi, balki Xushsifat statusiga ham mos kelmayapti. Maqolani toʻliq tarjima qilib, Tanlangan maqola statusiga nomzod qilsangiz boʻlarkan. Sababi, EnWikida maqola Tanlangan statusida. — Kagansky (munozara) 06:58, 6-Iyun 2022 (UTC)
Rozilar
tahrirQarshilar
tahrir- Qarshiman. Maqola toʻliq tarjima qilinmagan, baʼzi joylarida imloviy xatolari mavjud. Bularga misol: " Yura davriga sayohat " koʻp qismli kinofilmidagi muhim roli tufayli keng jamoatchilik orasida eng mashhur dinozavrlardan biri boʻli., /vɪˈlɒsɪræptər/ ; lotincha, Taxminan 75—71million yil, Bu koʻrsatkichlar bilamn u har qanday dromeozavrlardan koʻra olimlarga eng yaxshi tanish zavrdir., Hajm jihatidan Yaxshi maqolaga nomzod qilib koʻrsatishga toʻgʻri kelmaydi. Har bir abzats manbalar bilan tugamagan va boshqalar. FreeTime EditorII (munozara!) 13:50, 5-Iyun 2022 (UTC)
Betaraflar
tahrirXulosa
tahrirBajarilmadi. Nomzod maqola qariyb 20 kun ichida 1 ta qarshi ovoz toʻpladi. Qolganlar ovoz berishmadi. Maqoladagi barcha iddaolar nufuzli manbalar bilan tasdiqlanmadi. Bundan tashqari YM statusi uchun juda qisqa yozilgan maqola. — Kagansky (munozara) 04:16, 24-Iyun 2022 (UTC)
- Ushbu sahifada boshqa tahrir qilinmasligi lozim.