Alining hayot yoʻli xronologiyasi

  • 599-yil 17-mart (hijriy 24-yil Rajab oyining 13-kuni) – Ali ibn Abu Tolib Makka shahridagi Kaʼbada tugʻilgan.
  • 610-yil – Ali Qurʼon nozil qilinishidan oldin islomni qabul qilgan.
  • 613-yil – Yavm al-Inzor, Muhammad Banu Hoshimni islomni qabul qilishga daʼvat qilgan, uning daʼvatini faqatgina Ali qabul qilgan.
  • 617–619-yillar – Hoshimiylarga qarshi Makka shahri boykot eʼlon qilgan[1].
  • 619-yil – Qaygʻu yili, Alining otasi Abu Tolib vafot etgan[1].
  • 622-yil
    • 622-yil sentyabr – Laylat ul-mabit, Ali Muhammadning Madinaga hijrat qilishida unga suiqasd qilinishining oldini olish maqsadida Muhammadning toʻshagida uxlab, oʻz hayotini xavf ostiga qoʻygan[1].
    • Ali xotini Fotima, Ummu Kulsum bint Ali va boshqa ayollar bilan birga hijrat qilgan.
  • 622 yoki 623-yil – Muhammad uni oʻziga birodar qilib tanlagan[2].
  • 623-yil – Ali Muhammadning qizi Fotimaga uylangan[3].
  • 624-yil
    • 17-mart – Badr jangi, Ali birinchi marta jangchi sifatida boshqalardan ajralib turgan va taxminan 20 nafar butparastni oʻldirgan.
    • Banu Qaynuqo yahudiylari Madinadan quvilgan[1].
  • 625-yil
    • Alining oʻgʻli, ikkinchi shia imomi Hasan ibn Ali tugʻilgan.
    • Uhud jangida Ali dushman bayroqdorlarini yoʻq qilgan hamda islom qoʻshini magʻlubiyatga uchrab, koʻpchilik musulmonlar qochib ketgan vaqtda Muhammadning yonida qolgan va uni himoya qilgan.
    • Banu Nodir yahudiylari Madinadan quvilgan[1].
  • 626-yil
  • 627-yil
    • Xandaq jangida Ali arablarning qahramoni hisoblanmish Amr ibn Vodd ustidan jangda gʻalaba qozongan va uni oʻldirgan[1].
    • Banu Qurayza qabilasi aʼzolari oʻldirilgan va qul qilingan[1].
  • 628-yil
  • 629-yil
  • 630-yil
  • 631-yil
  • 632-yil
  • 644-yil – ikkinchi Roshidun xalifasi Umar oʻldirilgan. Uchinchi xalifa saylanadigan saylov kengashida Ali ham ishtirok etgan.
  • 648-yil – Abbos ibn Ali tugʻilgan.
  • 656-yil
  • 657-yil
  • 658-yil
  • 659-yil
    • Ali tomonida boʻlgan Misr hokimi magʻlubiyatga uchratilgan va Misr Amr ibn al-Os tomonidan bosib olingan.
    • Xurrit ibn Rashid isyon koʻtargan[1].
    • Muoviya I Iroqni talon-taroj qilgan.[1]
  • 660-yil
    • Muoviya I Hijoz va Yamanni talon-taroj qilgan, biroq kechinchalik ortga chekingan[1].
    • 661-yil 28-yanvar Ramazon oyining 21-kuni – Ali vafot etgan. U Abdurahmon ibn Muljam tomonidan Kufaning Ulugʻ masjidida oʻdirilgan va oradan 2 kun oʻtib, Najaf shahrida dafn qilingan.
    • Alining oʻlimidan keyin Hasan ibn Ali xalifa etib tayinlangan.
    • Muoviya I Damashqda oʻzini xalifa deb eʼlon qilgan[1].
  • Yana qarang

    tahrir

    Manbalar

    tahrir
    1. 1,00 1,01 1,02 1,03 1,04 1,05 1,06 1,07 1,08 1,09 1,10 1,11 1,12 1,13 1,14 1,15 1,16 1,17 1,18 1,19 1,20 1,21 1,22 1,23 1,24 1,25 1,26 1,27 1,28 1,29 1,30 1,31 Ashraf (2005), pp.300-302
    2. "Ali ibn Abitalib". Encyclopedia Iranica. Archived from the original on November 7, 2007. https://web.archive.org/web/20071107180319/http://www.iranica.com/newsite/articles/v1f8/v1f8a043.html. Qaraldi: 2007-10-25. 
    3. Nasr, Seyyed Hossein. "Ali". Encyclopædia Britannica Online. Encyclopædia Britannica, Inc.. http://www.britannica.com/eb/article-9005712/Ali. Qaraldi: 2007-10-12. 
    4. 4,0 4,1 4,2 4,3 4,4 Lewis (1991), p.215

    Adabiyotlar

    tahrir
    • Ashraf, Shahid. Encyclopedia of Holy Prophet and Companions. Anmol Publications PVT. LTD., 2005.