Andoza:Yangiliklar/Arxiv 12
- 2022-yil yangiliklari
Arxiv |
---|
- Braziliyalik futbolchi, uch karra jahon chempioni Pele 82 yoshida saraton kasalligidan vafot etdi.
- Shimoliy Amerikada qishki boʻron rekord darajadagi past haroratni keltirib chiqardi va qitʼa boʻylab 80 dan ortiq odamning oʻlimiga sabab boʻldi.
- Sitiveni Rabuka umumiy saylovlarda koalitsion hukumat tuzilganidan so‘ng Fiji bosh vaziri boʻldi.
- Afg‘onistonda Tolibon ayollarning universitetda o‘qishini va nodavlat tashkilotlarda ishlashini taqiqladi.
- Argentina milliy futbol terma jamoasi oʻz tarixida uchinchi marta jahon kubogini qoʻlga kiritdi.
- Malayziyaning Batang Kali shaharchasi yaqinidagi ko‘chki oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi.
- Qatarda Futbol boʻyicha jahon chempionati boshlandi.
- Svetlana Osipova taekvondo boʻyicha jahon chempioni boʻldi.
- Dunyo aholisi 8 milliarddan oshdi.
- MarshGolden xakerlar guruhi Oʻzbekiston parlamenti rasmiy saytini buzganligi ortidan fosh etildi.
- Tanzaniyadagi samolyot qulashi oqibatida 19 kishi olamdan oʻtdi.
- Taylor Swift qoʻshiqlari Billboard Hot 100 xit-paradining butun birinchi oʻntaligini egallagan ilk qoʻshiqchi boʻldi.
- Filippindagi Nalji toʻfoni yopirilishi natijasida 100 dan ortiq odam halok boʻldi.
- Luiz Inácio Lula da Silva ikkinchi marta Braziliya prezidenti etib saylandi.
- Hindistondagi koʻprik qulashi oqibatida 140 dan ortiq odam halok boʻldi.
- Janubiy Koreyaning Seul shahrida Halloween bayrami payti olomonning toʻqnashuvi oqibatida kamida 151 kishi halok boʻldi.
- Eronning Sheroz shahridagi Shoh Cherak maqbarasi yaqinida sodir bo‘lgan otishmada kamida 15 kishi halok boʻldi, 45 kishi yaralandi.
- Rishi Sunak (tasvirda) Buyuk Britaniya bosh vaziri va Konservatorlar partiyasi raisi etib saylandi.
- Giorgia Meloni Italiya bosh vaziri etib saylandi.
- Irkutskda Su-30 samolyotining qulashi oqibatida 2 kishi halok boʻldi.
- Xi Jinping Xitoy Xalq Respublikasi kompartiyasi raisi lavozimiga uchinchi muddatga saylandi.
- Magdalena Andersson Shvetsiya bosh vaziri lavozimidan isteʼfoga chiqdi, uning oʻrniga Ulf Kristersson bosh vazir etib saylandi.
- Davlat Bobonov va Muzaffarbek Turobboyev dzyudo boʻyicha jahon chempioni boʻldi.
- Ben Bernanke, Douglas Diamond va Philip Dybvig Iqtisodiyot boʻyicha Nobel mukofoti sohibi boʻldi.
- Qrim koʻprigida yuk tashuvchi transport portlashi oqibatida 3 kishi halok boʻldi.
- Aleksandr Byalyatskiy, Rossiyaning „Memorial“ jamiyati va Ukrainaning Fuqarolar erkinligini himoya qilish markazi Tinchlik boʻyicha Nobel mukofoti sohibi boʻldi.
- Alain Aspect, John Clauser va Anton Zeilinger Fizika boʻyicha Nobel mukofoti sohibi boʻldi.
- Annie Ernaux Adabiyot boʻyicha Nobel mukofoti sohibi boʻldi.
- Carolyn Bertozzi, Morten Meldal va Karl Barry Sharpless Kimyo boʻyicha Nobel mukofoti sohibi boʻldi.
- Svante Pääbo Fiziologiya va tibbiyot boʻyicha Nobel mukofoti sohibi boʻldi.
- Keniyalik Eliud Kipchoge yugurish sporti boʻyicha Berlin marafonida yangi jahon rekordini o‘rnatdi.
- Oʻzbekiston xalq shoiri Jamol Kamol 84 yoshda vafot etdi.
- Erondagi hukumat standartlariga muvofiq hijob oʻramagani uchun hibsga olingan Mahsa Aminiy oʻlimi ortidan yuzaga kelgan namoyishlar chogʻida kamida 50 kishi halok boʻldi.
- Papua Yangi Gvineyada 7.7 magnitudali zilzila natijasida kamida 5 kishi halok boʻldi.
- Birlashgan Qirollik qirolichasi Elizabeth II 96 yoshida vafot etdi, oʻgʻli Charles III qirol boʻldi.
- Xitoyning Sichuan viloyatidagi 6.6 magnitudali zilzila natijasida kamida 46 kishi halok boʻldi.
- Liz Truss Birlashgan Qirollik bosh vaziri etib saylandi.
- Sovet Ittifoqining oxirgi rahbari Mixail Gorbachyov 91 yoshda vafot etdi.
- William Ruto Keniya prezidenti etib saylandi.
- Hindistonning Chennay shahrida boʻlib oʻtgan 44-shaxmat Olimpiadasida Oʻzbekiston erkaklar terma jamoasi gʻolib boʻldi.
- Yevropa boʻylab kezayotgan issiqlik toʻlqinlari natijasida 3 600 dan ortiq odam halok boʻldi.
- Angolaning sobiq prezidenti José Eduardo dos Santos 79 yoshida vafot etdi.
- Yaponiyaning sobiq bosh vaziri Shinzō Abe suiqasddan keyin vafot etdi.
- Boris Johnson Birlashgan Qirollik bosh vaziri lavozimidan isteʼfoga chiqishini eʼlon qildi.
- Oʻzbekcha Vikipediyada maqolalar soni 150 000 taga yetdi.
- Oʻzbekiston konstitutsiyasiga oʻzgartirish kiritish taklifi ortidan Qoraqalpogʻistonda namoyishlar boshlandi, ularda 18 nafar odam nobud boʻldi, 243 odam jarohat oldi.
- Kremenchugdagi savdo markaziga Rossiya raketa hujumi natijasida kamida 20 kishi halok boʻldi, 50 dan ortiq kishi jarohat oldi.
- Taekvondo boʻyicha Osiyo chempionatida Ulugʻbek Rashitov oltin va Charos Qayumova kumush medalni qoʻlga kiritishdi.
- Rossiyalik qoʻshiqchi Yuriy Shatunov 48 yoshda vafot etdi.
- Gustavo Petro Kolumbiya prezidenti etib saylandi.
- Budapeshtda Suv sport boʻyicha jahon chempionati boshlandi.
- Boliviyaning sobiq prezidenti Jeanine Áñez 10 yilga ozodlikdan mahrum qilindi.
- Millatlar Hamdoʻstligi Elizabeth IIning platina yubileyini nishonladi.
- Texas shtatidagi boshlangʻich maktabda sodir boʻlgan otishma natijasida 22 kishi halok boʻldi.
- Oʻzbekcha Vikipediyada Yoshlar ishlari agentligi tashabbusi bilan yoʻlga qoʻyilgan WikiStipendiya marafoniga start berildi.
- Birlashgan Arab Amirliklarining prezidenti Xalifa ibn Zayd al Nahayon 73 yoshida vafot etdi, oʻrniga ukasi Muhammad ibn Zayd al Nahayon prezident boʻldi.
- Yoon Suk-yeol Koreya Respublikasi prezidenti etib saylandi.
- Emmanuel Macron Fransiya prezidentligiga qayta saylandi.
- Oʻzbekiston xalq artisti Lutfulla Saʼdullayev 81 yoshida vafot etdi.
- Oʻzbekiston xalq artisti Toʻti Yusupova 86 yoshida vafot etdi.
- Rossiya Ukrainaga bosqinchilik hujumini boshladi.
- Xitoyning Pekin shahrida qishki Olimpiada oʻyinlari ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.
- „Eng yaxshi aktyor“ nominatsiyasida Oscarni olgan ilk qora tanli aktyor Sidney Poitier 94 yoshida vafot etdi.
- Nigeriyaning Zamfara shtatida jangarilar tomonidan amalga oshirilgan hujumlar oqibatida 200 dan oshiq kishi halok boʻldi.
- Yonilgʻi narxi keskin koʻtarilishi ortidan kelib chiqqan norozilik namoyishlari fonida Qozogʻiston hukumati isteʼfoga chiqdi.