Imom Ali harami (arabcha: حَرَم ٱلْإِمَام عَلِيّ), shuningdek Ali masjidi (arabcha: مَسْجِد عَلِيّ) nomi bilan tanilgan, Iroqning Najaf shahrida joylashgan va unda paygʻambar Muhammad (s.a.v.)ning amakivachchasi, kuyovi va hamrohi Ali ibn Abu Tolibning qabri bor deb ishoniladigan ziyoratgoh. Shialar Ali roziyallohu anhuni oʻzlarining birinchi imomlari, sunniylar esa uni toʻrtta roshidun xalifalardan biri deb bilishadi[1]. Shia eʼtiqodiga koʻra, bu masjidda Ali roziyallohu anhuning yoniga Odam Ato va Nuh dafn etilgan[2][3]. Har yili millionlab ziyoratchilar ziyoratgohga tashrif buyurib, Imom Aliga hurmat bajo keltiradi.

Tarixi

tahrir
 
Imom Ali (r.a.) ziyoratgohi masjidi, gumbazi va minoralari bilan 1932-yil

Abbosiylar xalifaligi hukmdori Horun ar-Rashid 786-yilda Imom Ali qabri ustiga yashil gumbazdan iborat birinchi inshootni qurdiradi.

850-yilda xalifa Mutavakkil bu yerni suv ostida qoldirdi, ammo Hamdoniylar sulolasidan Mosul va Halabning hukmdori Abulhayja 923-yilda katta gumbaz qurib, haramni qayta tiklagan.

979–980-yillarda Buvayhiylar sulolasi shia hukmdori Adud ad-Davla haramni kengaytiradi va rekonstruksiyada qabriston ustidagi kenotaf va yangi gumbaz oʻrnatiladi. Rekonstruksiya chogʻida toʻqimachilik mahsulotlari va gilamlar ham qoʻshiladi. Amir Najafni devor va qal’a bilan himoya qilgan va Furotdan qanot orqali suv chiqargan.

Saljuqiylar sultoni Malikshoh 1086-yilda xalifa An-Nosir kabi haramga katta hadyalar qilgan.

Hulokuiylar vaziri Shamsiddin Juvayniy 1267-yilda ziyoratchilarga xizmat koʻrsatish uchun qulayliklar yaratadi, sulton Gʻozonxon esa 1303-yilda sayyidlar uchun Dar as-Siyoda qanotini qoʻshadi.

1326-yilda ziyoratgohga tashrif buyurgan Ibn Battuta „har xil turdagi ipak va boshqa materiallardan gilamlar bilan qoplanganini, unda oltin va kumushdan yasalgan katta-kichik qandillar borligini“ qayd etgan. Uchta qabr oʻrtasida „oltin va kumushdan yasalgan idishlar, ichida atirgul suvi, mushk va turli xil atirlar bor. Mehmonlar bunga qoʻlini botirib, duo qilish uchun yuziga moy suradi“[4]. 1354-yilda ziyoratgoh yongʻin sodir boʻladi, ammo 1358-yilda Jaloyiriylar sultoni Shayx Uvays Jaloyir tomonidan qayta qurilgan. U otasining jasadi Hasan Buzurgni ham ziyoratgoh hovlisiga dafn ettiradi. Amir Temur Najafga kelganidan keyin ziyoratgohni tiklashni buyuradi. Usmonli sultoni Sulaymon I 1534-yilda ziyorat qilganidan keyin ziyoratgohni qayta tiklashga yordam bergan sovgʻalar ham taqdim etadi. 1508-yilda Shoh Ismoil Safaviy ham ziyoratgohga tashrif buyurgan, Safaviy Abbos I Najafga ikki marta kelgan va 1623-yilda ziyoratgohni qayta qurish uchun 500 kishini safarbar qilgan. Qayta tiklashni 1632-yilda uning nabirasi Shoh Safiy I tugatadi. Ushbu restavratsiyadan keyin koʻplab ziyoratchilarni sigʻdira oladigan yangi gumbaz, kengaytirilgan hovli, kasalxona, oshxona va hospislar barpo etilgan. 1713-yilda kenotaf qayta tiklangan va 1716-yilda esa gumbaz taʼmirlangan.

1742-yilda Nodirshoh gumbaz va minorani oltin suvi bilan bezadi[5] va bu haqda Nasrulloh al-Haeriy oʻzining mashhur "Iḏhā ḍhāmak al-dahra yavman va jārā" (arabcha: إذا ضامك الدهر يوماً وجارا) sheʼrida yozgan[6][7]. Nodirshohning rafiqasi devor va hovlini qayta qurish va ayvon fayansini qayta tiklash uchun pul bergan. 1745-yilda ayvon toʻqqiz pogʻonali zarhal muqarnas sifatida qayta qurilgan. 1791-yilda hovlidagi qabrlarni baland tosh pol qoplab, ular uchun yertoʻla maydoni yaratadi.

Ziyoratgohga tashrif buyurgan ilk yevropaliklar Karsten Nibur (1765-yil), Uilyam Loftus (1853-yil) va Iogann Lyudvig Burkxardtlar (1864-yil) sanaladi[8]:88–91. Usmonli imperatori Abdulaziz 1863-yilda Soat portali (Bob as-Saʼa) va Muslim Ibn 'Aqil portalini qayta qurdi va eskisini 1888-yilda Qojar sultoni Nosiriddinshoh tomonidan oltin suvi bilan bezatilgan[8]:88–91. 1886-yilda Sulton Nosiriddin ham ob-havo tufayli gumbazni taʼmirlatadi.

Mustaqil Iroq

tahrir

Fors koʻrfazi urushidan keyingi 1991-yil mart oyidagi qoʻzgʻolon paytida Saddam Husaynning Jumhuriyat muhofizlari shia muxolifati aʼzolari burchakka qamalgan ziyoratgohga bostirib kirib, undagi barcha odamlarni qatl etib, haramga zarar yetkazadi. Saddam Husayn, shuningdek, hududdagi koʻp sonli eroniylarni Eronga deportatsiya qilgan.

AQSh harbiylarining 2003-yilda Iroqqa bostirib kirganidan keyingi uch yilda ziyoratgohda bir qator zoʻravonliklar sodir boʻldi:

  • 2003-yil 10-aprel: Saddam Husayn davridagi sobiq vasiy Haydar al-Killidar al-Rufoye va Saddamga qarshi shia yetakchisi, Katta Oyatulloh Abulqosim al-Xoiyning oʻgʻli Sayid Abdulmajid al-Xoiy ziyoratgoh yaqinida olomon tomonidan oʻldirilgan. Al-Xoiy AQSh boshchiligidagi Iroqni bosib olish operatsiyasi bilan hamkorlikni ragʻbatlantirish uchun Britaniyadagi surgundan qaytgan edi.
  • 2003-yil 29-avgust: Imam Ali masjididagi portlash. Juma namozi tugashi bilanoq masjid tashqarisida bomba oʻrnatilgan mashina portladi. Taxminan 85-125 nafar odam, jumladan, Iroqdagi Islom inqilobi Oliy Kengashining shia rahbari, nufuzli oyatulloh Sayid Muhammad Boqir al-Hakim ham halok boʻldi. Portlash Abu Musab az-Zarqaviyning ishi ekanligi taxmin qilinadi. 
  • 2004-yil 24-may: ziyoratgoh nomaʼlum minomyotdan oʻqqa tutilishi natijasida Imom Ali qabriga olib boradigan darvozalar zarar koʻrgan.
  • 2004-yil 5-avgust: Muqtada as-Sadr va Mahdiy armiyasi masjidni egallab oldi va undan Iroq politsiyasi, mahalliy hokimyat va koalitsiya kuchlariga qarshi hujumlar uyushtirish uchun harbiy baza sifatida foydalandi. Jang oxir-oqibat tinchlik bitimi bilan yakunlandi. Qoʻshni binolar jiddiy zarar koʻrgan, ammo masjidning oʻzi adashgan oʻqlar va oʻq parchalaridan faqat yuzaki zarar koʻrgan.
  • 2006-yil 10-avgust: Xudkush-terrorchi ziyoratgoh yaqinida oʻzini portlatib yubordi, natijada 40 kishi halok boʻldi va 50 dan ortiq kishi jarohatlandi.

Diniy maqomi va hududi

tahrir
 
Imom Ali ziyoratgohi 2005-yil

Imom Ali harami shialarning eng aziz avliyosi koʻmilgan joy sifatida[9] butun shia olami tomonidan toʻrtinchi eng muqaddas diniy maskan sifatida qabul qilinadi[9][10][11][12][13][14]. Boston Globe nashri maʼlumotlariga koʻra, „shia musulmonlari uchun Najaf Saudiya Arabistonidagi Makka va Madina va Falastindagi Al-Aqso masjididan keyin toʻrtinchi eng muqaddas shahardir[15][16][17]. Taxminlarga koʻra, faqat Karbalo, Makka va Madina bu yerdagidan koʻproq musulmon ziyoratchilarni qabul qiladi[15]. Shialarning oltinchi imomi Jaʼfar as-Sodiqqa nisbat berilgan hadisda bu joy „biz juda hurmat qiladigan beshta muqaddas joy“ dan biri sifatida tilga olinadi[10].

Ziyoratgohga har yili oʻrtacha 8 million odam tashrif buyuradi, kelgusi yillarda bu raqam 20 millionga koʻtarilishi kutilmoqda[18]. Aksariyat shialarning fikricha, Ali (r.a.) oʻz qabrining dushmanlari tomonidan tahqirlanishini xohlamagan va shuning uchun doʻstlari va oila aʼzolaridan uni yashirincha dafn etishlarini soʻragan. Ushbu qabrni keyinroq Abbosiylar xalifaligi davrida as-Sodiq ochib bergani taxmin qilinadi[19]. Koʻpchilik shialar Ali roziyallohu anhu hozirgi Najaf shahridagi Imom Ali masjidida dafn etilgan deb hisoblaydi[20].

Sodiq (r.a.) dan rivoyat qilinishicha, Imom Ali masjidi beshta muqaddas islomiy maskanlarning uchinchisi hisoblanadi. Bu muqaddas joylar quyidagilar: Makka, Madina, Najafdagi Imom Ali masjidi, Karbalodagi Imom Husayn harami va uning qizi Fotimaning Qumdagi ziyoratgohi[21].

"Alloh taolo Najaf diyorini paygʻambarlar maskani qilib tanladi. Allohga qasamki, u yerda Alining poklangan otalari Odamato va Nuh paygʻambardan keyin Amir al-moʻminin [Ali]dan sharafliroq kimsa yashamagan[22]

Arxitekturasi va dekoratsiyasi

tahrir

Imom Ali masjidi oʻzining katta gumbazi bilan mashhur. Asosiy darvozasi yonida ikkita minora joylashgan. Katta gumbazi oltin rangga boʻyalgan 7777 dona gʻisht plitalari bilan, yon va orqa devorlari feruza mozaikalar bilan qoplangan.

Haramga sharqiy, shimoliy va janubiy tarafdagi uchta asosiy yodgorlik portali orqali kiriladi, ular mos ravishda Asosiy yoki Soat portali, at-Tusiy portali va Qibla portali deb ataladi. Shuningdek, ikkita qoʻshimcha monumental portal ham bor: Soat darvozasining shimolida Muslim Ibn ‘Aqil portali va janubi-gʻarbiy burchakda al-Amara yoki al-Faraj portali. Ichki haram hovli bilan oʻralgan, ichki haram, oʻz navbatida gʻarbda Al-Ra masjidi bilan bogʻlangan. Ichki haram chetlari qiyshaygan katta kub boʻlib, tepasida 42 m (138 ft) balandlikdagi piyoz shaklidagi gumbazi va balandligi 38 m (125 ft) boʻlgan egizak minoralari bor[8] :88–91.

Yana qarang

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. „Ali“, Wikipedia (inglizcha), 2021-04-25, qaraldi: 2021-04-28
  2. al-Qummi, Ja'far ibn Qūlawayh. Kāmil al-Ziyārāt. Shiabooks.ca Press, 2008 — 66–67-bet. 
  3. Al-Islam.org
  4. Battutah, Ibn. The Travels of Ibn Battutah. London: Picador, 2002 — 56-bet. ISBN 9780330418799. 
  5. Tucker, Ernest (1994). "Nadir Shah and the Ja 'fari Madhhab Reconsidered". Iranian Studies 27 (1/4): 163–179. doi:10.1080/00210869408701825. ISSN 0021-0862. 
  6. Kirmani, Abbas. Diwan al-Sayyid Nasrallah al-Haeri (ar). Najaf, Iraq: Matba'at al-Ghari al-Haditha, 1954 — 19-bet. 
  7. „Tarikh Tathhib al-Marqad al-Alawi al-Muttahar“ (ar). Imam Ali Holy Shrine. Qaraldi: 2020-yil 29-fevral.
  8. 8,0 8,1 8,2 Tabbaa, Yasser. Najaf, The Gate of Wisdom. UNESCO, 2014 — 32, 73–81-bet. ISBN 9789231000287. Tabbaa, Yasser; Mervin, Sabrina; Bonnier, Erick (2014). Najaf, The Gate of Wisdom. UNESCO. pp. 32, 73–81. ISBN 9789231000287.
  9. 9,0 9,1 Never Again! (Wayback Machine saytida 2007-08-05 sanasida arxivlangan) ShiaNews.com
  10. 10,0 10,1 Iran Diary, Part 2: Knocking on heaven's door Asia Times Online
  11. Muslim Shia's Saint Imam Ali Holy Shrine - 16 Images (Wayback Machine saytida 2010-09-05 sanasida arxivlangan) Cultural Heritage Photo Agency
  12. The tragic martyrdom of Ayatollah Al Hakim calls for a stance (Wayback Machine saytida 2010-09-18 sanasida arxivlangan) Modarresi News, September 4, 2003
  13. Zaman Online, August 13, 2004 (Wayback Machine saytida October 28, 2006, sanasida arxivlangan)
  14. Why 2003 is not 1991 The Guardian, April 1, 2003
  15. 15,0 15,1 Iraqi forces in Najaf take cover in important Shia shrine The Boston Globe, April 2, 2003
  16. Religious rivalries and political overtones in Iraq (Wayback Machine saytida 2009-06-11 sanasida arxivlangan) CNN.com, April 23, 2003]
  17. "Miscellaneous Relevant Links" (Wayback Machine saytida 2011-10-06 sanasida arxivlangan) Muslims, Islam, and Iraq]
  18. „Red tape curbs profits from Iraq religious tourism“. Reuters (2009-yil 16-fevral). Qaraldi: 2009-yil 9-may.
  19. Majlesi, V.97, p. 246–251
  20. Redha, Mohammad. Imam Ali Ibn Abi Taleb (Imam Ali the Fourth Caliph, 1/1 Volume). Dar Al Kotob Al ilmiyah, 1999. ISBN 2-7451-2532-X. 
  21. Escobar. „Knocking on heaven's door“. Central Asia/Russia. Asia Times Online (2002-yil 24-may). — „To give a measure of its importance, according to a famous hadith (saying)—enunciated with pleasure by the guardians of the shrine—we learn that 'our sixth Imam, Imam Sadeg, says that we have five definitive holy places that we respect very much. The first is Mecca, which belongs to God. The second is Medina, which belongs to the Holy Prophet Muhammad, the messenger of God. The third belongs to our first Imam of the Shia, Ali, which is in Najaf. The fourth belongs to our third Imam, Hussein, in Kerbala. The last one belongs to the daughter of our seventh imam and sister of our eighth Imam, who is called Fatemah and will be buried in Qom. Pilgrims and those who visit her holy shrine, I promise to these men and women that God will open all the doors of Heaven to them.'“. 2002-yil 3-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2006-yil 12-noyabr.
  22. al-Qummi, Ja'far ibn Qūlawayh „10“, . Kāmil al-Ziyārāt, trans. Sayyid Mohsen al-Husaini al-Mīlāni, Shiabooks.ca Press, 2008 — 67-bet. 

Havolalar

tahrir