Futbol boʻyicha 2015-yilgi Osiyo kubogi

(Osiyo kubogi 2015 AFCdan yoʻnaltirildi)

AFC Osiyo kubogi 2015 Osiyo kubogining 16-musobaqasi hisoblanadi, Osiyo Futbol Konfederatsiyasi (AFC) tomonidan xalqaro futbol musobaqasi sifatida oʻtkazilib kelinadi. Avstraliya 2015-yilning 9-yanvardan 31-yanvargacha ilk bora bu turnirga mezbonlik qildi.[1] Avstraliya terma jamoasi finalda Janubiy Koreya terma jamoasini qoʻshimcha vaqtlarda 2-1 hisobida magʻlub etib, chempionat gʻolibi boʻldi va 2017-yilgi Rossiyada boʻlib oʻtadigan Konfederatsiyalar kubogida qatnashadigan boʻldi.

2015 AFC Osiyo kubogi
Osiyo kubogi Avstraliya 2015
Asian cup Australia 2015
2015 AFC Asian Cup crest.png
Osiyo kubogi 2015 logotipi
Umumiy maʼlumotlar
Mezbon davlat Avstraliya
Sana 9 yanvar - 31 yanvar (23 kun)
Jamoalar 16 (AFCta konfederatsiyadans) (16ta assotsiatsiyadan)
Bellashuv joylari 5 (5ta shaharda)
Yakuniy natijalar
Chempionlar  Avstraliya (1chi marta)
2-oʻrin  Janubiy Koreya
3-oʻrin  BAA
4-oʻrin  Iroq
Statistika
Oʻyinlar soni 32
Gollar soni 85 (har o′yinda o′rtacha 2.66ta)
Muxlislar soni 649 705 (har o′yinda o′rtacha 20 303ta)
Toʻpurar(lar)  UAE Ali Mabkhout
(5ta gol)
Eng yaxshi oʻyinchi  AUS Massimo Luongo
Eng yaxshi darvozabon  AUS Mathew Ryan
Feyr-pley jamoa  Avstraliya
 QAT 2011
2019
AFC Osiyo kubogi 2015 musobaqasida qatnashuvchi davlatlar koʻrsatgan natijalari

  Chempion
  2-oʻrin

  3-oʻrin
  4-oʻrin

  Chorak final
  Guruh bosqichi

Avstraliya 2011-yilning 5-yanvarida rasman musobaqaning mezboni deb eʼlon qilindi. Musobaqa oʻyinlari beshta shaharning (Brisben, Kanberra, Melburn, Nyukasl va Sidney) beshta turli oʻyingohlarida boʻlib oʻtdi. Bu musobaqaga Avstraaliya ilk bora mezbonlik qildi, hamda, ushbu musobaqa ilk bora Osiyo qitʼasidan tashqari boshqa qitʼada boʻlib oʻtdi. Mezbon sifatida, Avstraliya musobaqada bevosita ishtirok etdi, qolgan 15 jamoa (Yaponiya va Janubiy Koreyadan tashqari, chunki ular oʻtgan Osiyo kubogi sovrinlariga ega boʻlib, yoʻllanmalarni avvaldan qoʻlga kiritgan) 2013-yilning fevralidan 2014-yilning mart oyiga qadar boʻlib oʻtadigan va 44ta jamoa ishtirok etadigan saralash bosqichi orqali saralandi.

Mezbon davlatni tanlashTahrirlash

Avstraliya Mezbonlik huquqiga yagona davogar davlat edi va 2011-yil 5-yanvarda bu rasman tasdiqlandi.[2][3]

„Shuni maʼlum qilamizki, Avstraliya Futbol Federatsiyasining saʼy harakatlarini inobatga olgan holda, musobaqaga mezbonlik qilish ishtiyoqi balanligi va futbol infrastrukturasi rivojlanayotgan davlat sifatida, qadamba qadam mezbonlik qilish uchun oʻzida ishonchi oshib borishi va Osiyo Futbol Konfederatsiyasi ham bunga rozilik bildirgani tufayli Avstraliya davlatini 2015 yilgi Osiyo kubogiga mezbonlik qilishga qodir davlat deb tan olamiz va men bundan bagʻoyatda xursandman“ degan edi OFK prezidenti, Muhammad bin Hammam[4]

SaralashTahrirlash

 
  Musobaqa qatnashchilari
  Musobaqada qatnashmaydi

Osiyo kubogi 2011 AFC musobaqasining birinchi, ikkinchi va uchunchi oʻrinini olgan jamoalar va 2015-yilgi musobaqa mezboni final bosqichga toʻgʻridan toʻgʻri yoʻllanma olishgan. Mezbon jamoa 2011-yilgi musobaqada 2-oʻrinni olgani uchun, 4ta avtomatik oʻrin toʻlmadi.[5] Keyin AFC Chaqiruv kubogi shu boʻsh oʻrin uchun futboli rivojlanib kelayotgan uyishmalar oʻrtasida bellashuv oʻtkazib gʻolib jamoani final bosqichiga toʻgʻridan toʻgʻri chiqish huquqini qoʻlga kiritadilar.

2012-yilgi va 2014-yilgi Osiyo chaqiruv kubogi gʻoliblari 2015-yilgi Osiyo kubogi final bosqichiga toʻgʻridan toʻgʻri yoʻllanma olishadi.[6] Qolgan oʻrinlar Osiyo kubogiga saralash bosqichida ishtirok etadigan jamoalar uchun boʻsh boʻlib qolmoqda. Osiyo Futbol Konfederatsiyasi qaroriga koʻra 20 ta terma jamoa saralash bosqichiga jalb etildi va ular 4 tadan 5 ta guruhga boʻlindilar. Har bir guruhning 1 va 2-oʻrinlari hamda 5 ta guruh ichidagi eng yaxshi natijaga ega boʻlgan 1 ta 3-oʻrin final bosqichga yoʻllanma olishadi.[7]

Saralangan jamoalarTahrirlash

Quyidagi 16ta terma jamoalar musobaqaga saralandilar.

Jamoa Saralash
usuli
Saralangan
kuni
Turnirda oldingi ishtiroklari1
  Avstraliya Mezbon1 5-yanvar 2011 2 (2007, 2011)
  Yaponiya Osiyo kubogi 2011 AFC gʻolibi 25-yanvar 2011 7 (1988, 1992, 1996, 2000, 2004, 2007, 2011)
  Janubiy Koreya Osiyo kubogi 2011 AFC 3-oʻrini 28-yanvar 2011 12 (1956, 1960, 1964, 1972, 1980, 1984, 1988, 1996, 2000, 2004, 2007, 2011)
  Shimoliy Koreya AFC Chaqiruv kubogi 2012 gʻolibi 19-mart 2012 3 (1980, 1992, 2011)
  Bahrayn D guruhi 1-oʻrini 15-noyabr 2013 4 (1988, 2004, 2007, 2011)
  BAA E guruhi 1-oʻrini 15-noyabr 2013 8 (1980, 1984, 1988, 1992, 1996, 2004, 2007, 2011)
  Saudiya Arabistoni C guruhi 1-oʻrini 15-noyabr 2013 8 (1984, 1988, 1992, 1996, 2000, 2004, 2007, 2011)
  Ummon A guruhi 1-oʻrini 19-noyabr 2013 2 (2004, 2007)
  Oʻzbekiston E guruhi 2-oʻrini 19-noyabr 2013 5 (1996, 2000, 2004, 2007, 2011)
  Qatar D guruhi 2-oʻrini 19-noyabr 2013 8 (1980, 1984, 1988, 1992, 2000, 2004, 2007, 2011)
  Eron B guruhi 1-oʻrini 19-noyabr 2013 12 (1968, 1972, 1976, 1980, 1984, 1988, 1992, 1996, 2000, 2004, 2007, 2011)
  Kuvayt B guruhi 2-oʻrini 19-noyabr 2013 9 (1972, 1976, 1980, 1984, 1988, 1996, 2000, 2004, 2011)
  Iordaniya A guruhi 2-oʻrini 4-fevral 2014 2 (2004, 2011)
  Iroq C guruhi 2-oʻrini 5-mart 2014 7 (1972, 1976, 1996, 2000, 2004, 2007, 2011)
  Xitoy Eng yaxshi 3-oʻrin 5-mart 2014 10 (1976, 1980, 1984, 1988, 1992, 1996, 2000, 2004, 2007, 2011)
  Falastin AFC Chaqiruv kubogi 2014 gʻolibi 30-may 2014 0 (debyut)

Qalin raqamlarda yozilganligi oʻsha yili chempion boʻlganligini bildiradi.

Oxirgi qurʼaTahrirlash

 
Qurʼa marasomi Sidney opera teatrida boʻlib oʻtdi.

Musobaqa uchun qurʼa tashlash 2014-yilning 26-martida Sidney opera teatrida boʻlib oʻtdi.[8] 16ta terma jamoalar guruh bosqichi uchun 4ta guruhlarga ajratildi.[9] Jamoalar 4ta savatchalarga 2014-yil mart oyidagi FIFA reytingida tutgan oʻrniga qarab taqsimlandi, Avstraliya mezbon sifatida avtomatik tarzda 1-savatchaning A1 pozitsiyasidan oʻrin egalladi.[10] Qurʼa vaqtida AFC Chaqiruv kubogi 2014 musobaqasi gʻolibi aniqlanmagan edi, shu bois uning oʻrni toʻgʻridan toʻgʻri 4-savatchaga joylandi.

1-savatcha 2-savatcha 3-savatcha 4-savatcha

  Avstraliya (63) (mezbon)
  Eron (42)
  Yaponiya (48)
  Oʻzbekiston (55)

  Janubiy Koreya (60)
  BAA (61)
  Iordaniya (66)
  Saudiya Arabistoni (75)

  Ummon (81)
  Xitoy (98)
  Qatar (101)
  Iroq (103)

  Bahrayn (106)
  Kuvayt (110)
  Shimoliy Koreya (133)
  Falastin (167)

MaydonlarTahrirlash

StadionlarTahrirlash

2015-yilgi Osiyo kubogi uchun 5 ta Sidney, Melburn, Brisben, Kanberra va Nyukasl mezbon shaharlar va 5 ta maydonlar[11] 2013-yilning 27-martida eʼlon qilindi.

Sidney Nyukasl Brisben
Avstraliya stadioni Nyukasl stadioni Suncorp stadioni
Sigʻimi: 84,000 Sigʻimi: 33,000 Sigʻimi: 52,500
    200px
Kanberra
Kanberra stadioni
Sig'imi: 25,011
 
Melburn
Melburn toʻrtburchakli stadioni
Sig'imi: 30,050
 

ChiptalarTahrirlash

Chiptalar Osiyo Futbol Konfederatsiyasi rasmiy vebsayti orqali sotildi yoki 16ta finalchi jamoalar assotsiatsiyalari tomonidan taqsimlandi. 31ta oʻyinga 500,000 dona chiptalar sotuvga chiqarildi.[12] Musobaqa davomida 45,000 dan ortiq xorijiy sayyohlar tashrif buyurishi bashorat qilindi.[13] Chiptalar 15 dollardan (guruh oʻyinlarida darvozani orqa qismidagi oʻrindiqlar uchun) 150 dollargacha (final uchrashuvida asosiy oʻrindiqlar uchun) farq qiladi. Alohida oʻyin chiptalari bilan bir qatorda muhlislar bitta mahsus oʻyingohda boʻlib oʻtadigan barcha oʻyinlarni tomosha qilish uchun paketlarni sotib olish huquqiga ega boʻldilar.[14]

Terma jamoa tayanch lagerlariTahrirlash

Oʻyinlar orasida har bir terma jamoa oʻz tayanch lagerlariga ega boʻlishadi. 27ta potensial joylarning ilk roʻyxatidan, milliy assotsiatsiyalar 2014-yilda oʻz joylarini tanlab olishgan edi.[15] Turnir davomida jamoalar oʻsha joylarda mashgʻulotlar oʻtkazishadi va yashashadi, oʻyinlarga oʻz joylaridan sayohat qilishadi.[16]

Jamoa Yetib kelish Oxirgi oʻyin Tayanch lageri Guruh bosqichi maydonlari ChF maydonlari YF maydonlari Final maydoni
  Avstraliya 29-dekabr 31-yanvar Sidney Melburn, Sidney & Brisben Brisben Nyukasl Sidney
  Bahrayn 22-dekabr 19-yanvar Ballarat[17] Melburn, Kanberra & Sidney
  Xitoy 29-dekabr 22-yanvar Sidney Brisben & Kanberra Brisben
  Eron 31-dekabr 23-yanvar Sidney Melburn, Sidney & Brisben Kanberra
  Iroq 1-yanvar 30-yanvar Kanberra Brisben & Kanberra Kanberra Sidney Nyukasl
  Yaponiya 3-yanvar 23-yanvar Cessnock Nyukasl, Brisben & Melburn Sidney
  Iordaniya 23-dekabr 20-yanvar Nyukasl Brisben & Melburn
  Kuvayt 18-dekabr 17-yanvar Queanbeyan Melburn, Kanberra & Nyukasl
  Shimoliy Koreya 15-dekabr 18-yanvar Kanberra Sidney, Melburn & Kanberra
  Ummon 28-dekabr 17-yanvar Sidney Kanberra, Sidney & Nyukasl
  Falastin 2-yanvar 20-yanvar Brisben Nyukasl, Melburn & Kanberra
  Qatar 28-dekabr 19-yanvar Kanberra Kanberra & Sidney
  Saudiya Arabistoni 26-dekabr 18-yanvar Brisben Brisben & Melburn
  Janubiy Koreya 27-dekabr 31-yanvar Brisben Kanberra & Brisbane Melburn Sidney Sidney
  BAA 26-dekabr 30-yanvar Gold Coast Kanberra & Brisben Sidney Nyukasl Nyukasl
  Oʻzbekiston 3-yanvar 22-yanvar Melburn Sidney, Brisben & Melburn Melburn

TranslyatsiyaTahrirlash

Musobaqa oʻyinlari butun dunyoning 100 dan ortiq TV kanallari orqali jonli efirda namoyish etiladi.[18] 800,000,000 nafar,[12] hamda, TV orqali 2,5 milliard odamlar ushbu turnirni kuzatib borishi moʻljallangan.[19] Quyida ushbu musobaqani yoritish uchun litsenziyaga ega boʻlgan kanallar bilan tanishing.

Hudud Kanal Man
  Arab ligasi beIN Sports [18]
Osiyo Tinch okeani hududi Fox International Channels [18]
  Avstraliya Fox Sports, ABC [20]
  Braziliya SporTV [18]
  Xitoy CCTV [21]
Andoza:Country data Europe Yevropa Eurosport [18]
  Gon Kong Now TV [21]
  Hindiston Sony SIX [21]
  Indoneziya Sindo TV [21]
  Eron IRIB [21]
  Yaponiya NHK, TV Asahi [18]
  Malayziya TV 3 [18]
  Yangi Zelandiya Sky Sport [21]
Shimoliy Amerika ONE World Sports [18]
  Janubiy Afrika SABC [21]
  Koreya Respublikasi KBS, SBS, MBC [18]
  Tailand Channel 7 [18]
  Filippin ABS-CBN Sports+Action [18]
  Oʻzbekiston SPORT [21]

KoptokTahrirlash

2014-yil 1-oktabrda 2015-yilgi Osiyo kubogining oʻyin koptogi Nike Ordem 2 eʼlon qilindi. Koptok sirtida turnirning anʼanaviy ranglari tasvirlangan. Asosiy oq rangdagi toʻp sirti yaqqol qizil rangdagi grafik bezak va yaxshiroq koʻrinishi uchun sariq rangdagi hoshiyalar ham tasvirlangan. Shuningdek, koptokda musboaqa logotipi hamda Nike kompaniyasi emblemasi qora Swoosh tasvirlangan. Koptok toʻgʻri uchish, aniqlik va nazoratlarni inobatga olib yasalgan, hamda, Nike Aerowtrac oʻyiqlari va mikro-tekstura qoplamalari bilan ishlab chiqarilgan. Nike RaDaR (Rapid Decision and Response) koptokni tez uchishi uchun noyob grafik qatlamlardan foydalangan, optimal tegishi uchun 3 qatlamli sintetikadan yasalgan.[22]

HakamlarTahrirlash

2015-yilning 1-yanvarida AFC musobaqaga yon hakamlar bilan birga 40ta hakamlarni, 3ta zahira hakamlarini va 4ta zahira hakamlarining assistentlarini chaqirdilar. Uchtadan tashkil topgan hakamlar brigadasi (bunday jamoalar 11ta) vatandoshlari bilan kelishgan: bitta asosiy hakam va ikkita yon hakamlari. Qolgan zahira hakamlari ham uchrashuvlarni boshqarishda asosiy hakamlarga koʻmaklashadilar.[23] Shuningdek, musobaqa oʻyinlarini Yangi Zelandiyadan hakamlar brigadasi boshqarib boradi, garchi, Yangi Zelandiya Okeaniya Futbol Federatsiyasi aʼzosi boʻlishiga qaramasdan.

Hakamlar Yon hakamlar
  AUS Ben Williams   AUS Matthew Cream   AUS Paul Cetrangolo
  AUS Chris Beath   UZB Jahongir Saidov   HKG Chow Chun Kit
  BHR Nawaf Shukralla   BHR Yaser Tulefat   BHR Ebrahim Saleh
  IRN Alireza Faghani   IRN Reza Sokhandan   IRN Mohammad Reza Abolfazli
  JPN Ryuji Sato   JPN Toru Sagara   JPN Toshiyuki Nagi
  KOR Kim Dong-Jin   KOR Jeong Hae-Sang   KOR Yang Byoung-Eun
  NZL Peter O'Leary   NZL Jan-Hendrik Hintz   NZL Mark Rule
  OMA Abdullah Al Hilali   OMA Hamad Al-Mayahi   OMA Abu Bakar Al Amri
  QAT Abdulrahman Abdou   QAT Taleb Al-Marri   QAT Ramzan Al-Naemi
  KSA Fahad Al-Mirdasi   KSA Badr Al-Shumrani   KSA Abdulla Al Shalwai
  UAE Abdulla Hassan Mohamed   UAE Mohamed Al Hammadi   UAE Hasan Al Mahri
  UZB Ravshan Ermatov   UZB Abduhamidullo Rasulov   KGZ Bahodir Qoʻchqorov
Zahira hakamlari Zahira hakamlari assistentlari
  JPN Yudai Yamamoto   JPN Akane Yagi   IRQ Najah Raham Rashid
  MAS Mohd Amirul Izwan   MAS Mohd Yusri Muhamad   MAS Azman Ismail
  SIN Muhammad Taqi Al-Jaafari   SIN Jeffrey Goh   UAE Ammar Al-Jeneibi
  SRI Hettikamkanamge Perera   SRI Palitha Hemathunga

TarkiblarTahrirlash

Har bir terma jamoa 2014-yilning 30-dekabriga qadar 23ta futbolchini (3tasi darvozabon) tanlab taqdim etishlari lozim boʻldi.[24]

Guruh bosqichiTahrirlash

Oʻyinlar jadvali 2013-yil 27-martda eʼlon qilingan.[11][25] Har bir guruhning 1 va 2-oʻrinlari pley-off bosqichiga chiqadi.

Taybreyklar

Guruhdagi har bir jamoa quyidagicha reytinglanadi:

  1. guruhdagi barcha oʻyinlarda olingan ochkolar;
  2. guruhdagi barcha oʻyinlarda erishilgan toʻplar farqi;
  3. guruhdagi barcha oʻyinlarda kiritilgan gollar soni;

Agar ikki yoki undan ortiq terma jamoalar yuqoridagi asosiy 3 ta mezonlar boʻyicha teng kelsalar, unda ular yana mana bunday mezonlar boʻyicha saralanadi:

  1. guruh bahslarida jamoalar oʻrtasida olingan ochkolar;
  2. guruh bahslarida jamoalar oʻrtasidagi erishilgan toʻplar farqi;
  3. guruh bahslarida jamoalar oʻrtasida kiritilgan gollar soni;
  4. penaltilar seriasi agar ikki terma jamoa qatnashgan va har ikki jamoa maydonda boʻlgan taqdirda;
  5. guruh baxslarida olingan sariq va qizil kartochkalar soni;
  6. OFK Tashkiliy Qoʻmitasi tomonidan qur’a tashlash orqali;
Guruh stoli uchun kalit ranglar
Guruhning 1 va 2-oʻrinlari pley-off bosqichiga chiqqan

A guruhiTahrirlash

Jamoa D M KG OʻG TN O Kvalivikatsiya
1   Janubiy Koreya 3 3 0 0 3 0 +3 9 Chorak finalga oʻtish
2   Avstraliya (M) 3 2 0 1 8 2 +6 6
3   Ummon 3 1 0 2 1 5 −4 3
4   Kuvayt 3 0 0 3 1 6 −5 0
Manba: Asian Cup Australia 2015
Tasnif uchun qoidalar: Taybreyklar
(M) Mezbon.
9-yanvar 2015
Avstraliya   4-1   Kuvayt Melburn toʻrtburchakli stadioni, Melburn
10-yanvar 2015
Janubiy Koreya   1-0   Ummon Kanberra stadioni, Kanberra
13-yanvar 2015
Kuvayt   0-1   Janubiy Koreya Kanberra stadioni, Kanberra
Ummon   0-4   Avstraliya Avstraliya stadioni, Sidney
17-yanvar 2015
Avstraliya   0-1   Janubiy Koreya Suncorp stadioni, Brisben
Ummon   1-0   Kuvayt Nyukasl stadioni, Nyukasl

B guruhiTahrirlash

Jamoa D M KG OʻG TN O Kvalivikatsiya
1   Xitoy 3 3 0 0 5 2 +3 9 Chorak finalga oʻtish
2   Oʻzbekiston 3 2 0 1 5 3 +2 6
3   Saudiya Arabistoni 3 1 0 2 5 5 0 3
4   Shimoliy Koreya 3 0 0 3 2 7 −5 0
Manba: Asian Cup Australia 2015
Tasnif uchun qoidalar: Taybreyklar
10-yanvar 2015
Oʻzbekiston   1-0   Shimoliy Koreya Avstraliya stadioni, Sidney
Saudiya Arabistoni   0-1   Xitoy Suncorp stadioni, Brisben
14-yanvar 2015
Shimoliy Koreya   1-4   Saudiya Arabistoni Melburn toʻrtburchakli stadioni, Melburn
Xitoy   2-1   Oʻzbekiston Suncorp stadioni, Brisben
18-yanvar 2015
Oʻzbekiston   3-1   Saudiya Arabistoni Melburn toʻrtburchakli stadioni, Melburn
Xitoy   2-1   Shimoliy Koreya Kanberra stadioni, Kanberra

C guruhiTahrirlash

Jamoa D M KG OʻG TN O Kvalivikatsiya
1   Eron 3 3 0 0 4 0 +4 9 Chorak finalga oʻtish
2   BAA 3 2 0 1 6 3 +3 6
3   Bahrayn 3 1 0 2 3 5 −2 3
4   Qatar 3 0 0 3 2 7 −5 0
Manba: Asian Cup Australia 2015
Tasnif uchun qoidalar: Taybreyklar
11-yanvar 2015
BAA   1-0   Qatar Kanberra stadioni, Kanberra
Eron   2-0   Bahrayn Melburn toʻrtburchakli stadioni, Melburn
15-yanvar 2015
Bahrayn   1-2   BAA Kanberra stadioni, Kanberra
Qatar   0-1   Eron Avstraliya stadioni, Sidney
19-yanvar 2015
Eron   1-0   BAA Suncorp stadioni, Brisben
Qatar   1-2   Bahrayn Avstraliya stadioni, Sidney

D guruhiTahrirlash

Jamoa D M KG OʻG TN O Kvalivikatsiya
1   Yaponiya 3 3 0 0 7 0 +7 9 Chorak finalga oʻtish
2   Iroq 3 2 0 1 3 1 +2 6
3   Iordaniya 3 1 0 2 5 4 +1 3
4   Falastin 3 0 0 3 1 11 −10 0
Manba: Asian Cup Australia 2015
Tasnif uchun qoidalar: Taybreyklar
12-yanvar 2015
Yaponiya   4-0   Falastin Nyukasl stadioni, Nyukasl
Iordaniya   0-1   Iroq Suncorp stadioni, Brisben
16-yanvar 2015
Falastin   1-5   Iordaniya Melburn toʻrtburchakli stadioni, Melburn
Iroq   0-1   Yaponiya Suncorp stadioni, Brisben
20-yanvar 2015
Yaponiya   2-0   Iordaniya Melburn toʻrtburchakli stadioni, Melburn
Iroq   2-0   Falastin Kanberra stadioni, Kanberra

Pley-off bosqichiTahrirlash

Agar lozim boʻlib qolsa, pley-off bosqichida gʻolibni aniqlash uchun qoʻshimcha vaqt va penaltilar seriyasini amalga oshirishi mumkin.

Chorak final Yarim final Final
                   
22-yanvar – Melburn        
   Janubiy Koreya (q.v)  2
26-yanvar – Sidney
   Oʻzbekiston  0  
   Janubiy Koreya  2
23-yanvar – Sidney
     Iroq  0  
   Eron  3 (6)
31-yanvar – Sidney
   Iroq (pen.)  3 (7)  
   Janubiy Koreya  1
22-yanvar – Brisben
     Avstraliya (q.v)  2
   Xitoy  0
27-yanvar – Nyukasl
   Avstraliya  2  
   Avstraliya  2 3-oʻrin uchun
23-yanvar – Kanberra
     BAA  0  
   Yaponiya  1 (4)    Iroq  2
   BAA (pen.)  1 (5)      BAA  3
30-yanvar – Nyukasl

Chorak finalTahrirlash

22-yanvar 2015
18:30 ASKV (UTC+11)
Janubiy Koreya   2-0 (q.v)   Oʻzbekiston Melburn toʻrtburchakli stadioni, Melburn
Tomoshabinlar: 23,381
Hakam: Fahad Al-Mirdasi (Saudiya Arabistoni)
Son Heung-min   104'120' Hisobot

22-yanvar 2015
20:30 ASSV (UTC+10)
Xitoy   0-2   Avstraliya Suncorp stadioni, Brisben
Tomoshabinlar: 46,067
Hakam: Kim Jong-hyeok (Janubiy Koreya)
Hisobot Cahill   48'65'

23-yanvar 2015
17:30 ASKV (UTC+11)
Eron   3-3 (q.v)   Iroq Kanberra stadioni, Kanberra
Tomoshabinlar: 18,921
Hakam: Ben Williams (Avstraliya)
Azmoun   24'
Pouraliganji   103'
Ghoochannejhad   119'
Hisobot Yasin   56'
Mahmoud   93'
Ismail   116' (pen.)
  Penaltilar  
Hajsafi  
Pouraliganji  
Nekounam  
Hosseini  
Ghafouri  
Jahanbakhsh  
Teymourian  
Amiri  
6–7   Abdul-Amir
  Salem
  Ismail
  Adnan
  Mahmoud
  Kasim
  Hussein
  Shaker

23-yanvar 2015
20:30 ASKV (UTC+11)
  Yaponiya 1-1 (q.v)   BAA Avstraliya stadioni, Sidney
Tomoshabinlar: 19,094
Hakam: Alireza Faghani (Eron)
Shibasaki   81' Hisobot Mabkhout   7'
  Penaltilar  
Honda  
Hasebe  
Shibasaki  
Toyoda  
Morishige  
Kagawa  
4–5   O. Abdulrahman
  Mabkhout
  Esmaeel
  Hassan
  Fardan
  I. Ahmed

Yarim finalTahrirlash

26-yanvar 2015
20:00 ASYV (UTC+11)
Janubiy Koreya   2-0   Iroq Avstraliya stadioni, Sidney
Tomoshabinlar: 36,053
Hakam: Ryuji Sato (Yaponiya)
Lee Jung-hyup   20'
Kim Young-gwon   50'
Hisobot

27-yanvar 2015
20:00 ASYV (UTC+11)
Avstraliya   2-0   BAA Nyukasl stadioni, Nyukasl
Tomoshabinlar: 21,079
Hakam: Ravshan Ermatov (Oʻzbekiston)
Sainsbury   3'
Davidson   14'
Hisobot

Uchinchi o'rin uchunTahrirlash

30-yanvar 2015
20:00 ASKV (UTC+11)
Iroq   2-3   BAA Nyukasl stadioni, Nyukasl
Tomoshabinlar: 12,829
Hakam: Nawaf Shukralla (Bahrayn)
Salem   28'
Kalaf   42'
Hisobot Khalil   16'51'
Mabkhout   57' (pen.)

FinalTahrirlash

31-yanvar 2015
20:00 ASKV (UTC+11)
Janubiy Koreya   1-2 (q.v)   Avstraliya Avstraliya stadioni, Sidney
Tomoshabinlar: 76,385
Hakam: Alireza Faghani (Eron)
Son Heung-min   90+1' Hisobot Luongo   45'
Troisi   105'

StatistikalarTahrirlash

ToʻpurarlarTahrirlash

5 gol
4 gol
3 gol
2 gol
1 gol
1 avtogol

Gol assistentlariTahrirlash

4ta golga assistentlar
3ta golga assistentlar
2ta golga assistentlar
1ta golga assistentlar

SovrinlarTahrirlash

Oltin Butsa
Oltin Qoʻlqop
Turnirning eng yaxshi oʻyinchisi
Halol oʻynagan jamoa

Musobaqada jamoalar erishgan reytingTahrirlash

Futbol statistikasi taomiliga muvofiq, qoʻshimcha vaqtdagi uchrashuvlarda gʻolib va magʻlub jamoalar deya hisoblanadi, penaltilar seriyasiga yetib borgan boʻlsa durang deya hisoblanadi.

Jamoa D M KG OʻG TN O Oxirgi natijasi
1   Avstraliya (M) 6 5 0 1 14 3 +11 15 Chempion
2   Janubiy Koreya 6 5 0 1 8 2 +6 15 2-oʻrin
3   BAA 6 3 1 2 10 8 +2 10 3-oʻrin
4   Iroq 6 2 1 3 8 9 −1 7 4-oʻrin
5   Yaponiya 4 3 1 0 8 1 +7 10 Chorak finalda
yutqazgan
6   Eron 4 3 1 0 7 3 +4 10
7   Xitoy 4 3 0 1 5 4 +1 9
8   Oʻzbekiston 4 2 0 2 5 5 0 6
9   Iordaniya 3 1 0 2 5 4 +1 3 Guruh bosqichidan
chiqolmagan
10   Saudiya Arabistoni 3 1 0 2 5 5 0 3
11   Bahrayn 3 1 0 2 3 5 −2 3
12   Ummon 3 1 0 2 1 5 −4 3
13(T)   Shimoliy Koreya 3 0 0 3 2 7 −5 0
13(T)   Qatar 3 0 0 3 2 7 −5 0
15   Kuvayt 3 0 0 3 1 6 −5 0
16   Falastin 3 0 0 3 1 11 −10 0
Manba: Asian Cup Australia 2015
(M) Mezbon.

RekordlarTahrirlash

Ushbu Osiyo kubogida 26ta uchrashuvda durang natija qayd etilmadi va eng yirik futbol turnirlari orasida rekord oʻrnatdi, bundan oldin Urugvayda boʻlib oʻtgan 1930-yilgi jahon chempionatida 18ta oʻyinda durang qayd etilmagan edi va ushbu rekordni yangiladi.[26]

Ali Mabkhout Osiyo kubogi tarixida eng tez gol urgan futbolchi sifatida rekord oʻrnatdi, Birlashgan Arab Amirliklarining guruh bosqichida Bahraynga qarshi kechgan uchrashuvida, ushbu futbolchi oʻyinning 14-sonyasida gol urdi.[27]

Falastin terma jamoasi ilk bora Osiyo kubogi musobaqasida ishtirok etdi va guruh bosqichining 2-turida Iordaniya terma jamoasiga qarshi kechgan uchrashuvda Jaka Ihbeishehning goli Falastinning Osiyo kubogi musobaqsida ilk goli boʻlib tarixda qoldi.

Avstraliya terma jamoasi erkaklar futbol terma jamoalar oʻrtasidagi ikkita konfederatsiya chempioniga aylangan ilk terma jamoa boʻldi, bundan oldin AFCga oʻtishdan oldin Avstraliya OFCning 4 karra chempioni boʻlgan .[28] Tim Cahill va Mark Bresciano ikkita konfederatsiya gʻolibiga aylangan birinchi erkak futbolchilar boʻldi, bundan oldin ular OFC Millatlar kubogi 2004 gʻolibi boʻlishgan edi.[29] Bu gʻalabadan keyin Avstraliya ham AFC Osiyo kubogini, AFC Chempionlar ligasi 2014 musobaqasida Western Sydney Wanderers futbol klubi chempion boʻlgandan keyin, ham AFC Chempionlar ligasi gʻolibligini bir vaqtning oʻzida qoʻlga kiritgan ilk terma jamoa boʻldi.[30][31]

MarketingTahrirlash

Musobaqa sovrini sayohatiTahrirlash

Sovrinning sayohati 2014-yil sentabr oyida Xitoydan boshlandi, Qatar, Birlashgan Arab Amirliklari, Janubiy Koreya va Yaponiyadan keyin Avstraliyaga 2014-yilning dekabr oyida yetib keldi va beshta mezbon shaharda ham boʻldi. [32]

Ochilish marisomiTahrirlash

 
Osiyo kubogi ochilish marosimi

Musobaqaning ilk oʻyini Avstraliya va Quvayt oʻrtasidagi uchrashuvdan oldin 9-yanvarda Melburn toʻrtburchakli stadionida ochilish marosimi boʻlib oʻtadi.[33] Ochilish marosimi sport musobaqa ustalari konsortsiumi Twenty3 Sports + Entertainment va ijodiy texnologiyalar firmasi Spinifex Group tomonidan tashkillashtiriladi. Usbu konsortsium bundan oldin bir qancha yirik xalqaro sport musobaqalarida ishlashgan, jumladan, Qishki Olimpiya oʻyinlari 2010 va Yozgi Olimpiya oʻyinlari 2008 musobaqalari ochilish marosimlarini tashkillashtirgan.[34] Musobaqa ochilish marosimida Avstraliya di-jeyi, xonanda va raqqosasi Havana Brown, Avstraliya hindu-pop guruhi Sheppard, Avstraliya aborigenlar xonandasi Geoffrey Gurrumul Yunupingu, hamda, Avstraliya hip-hop artistlari L-Fresh The Lion, Joelistics va Mistress of Ceremony ishtirok etishadi.[35][36] Shuningdek, mahalliy yoshlar futbol klublaridan 80ta bolalar va 120ta Avstraliyalik raqqosalar, akrobatlar, Avstraliya aborigenlari chiqishlari hamda futbol fristayllari ishtirok etiashadi.[37]

Logotip va ramzTahrirlash

 
Vombat musobaqa ramzi

Ushbu musobaqaning rasmiy logotipi 2012-yili oktabr oyida Melurnda boʻlib oʻtgan maxsus tadbirda ommaga eʼlon qilindi. Logotip Sidney agentligi WiteKite tomonidan ishlab chiqilgan.[38] Logotipda oʻzgacha shakl bilan chizilgan futbolchi koptokni Avstraliya gʻarbiy qirgʻogʻidan butun mamlakat boʻylab Osiyo tomonga tepayotgani tasvirlangan. Koptok, shuningdek, Avstraliyadan Osiyoga yoyilgan Avstraliyaning yozgi quyoshini aks ettirgan. Toʻrtta sariq rangdagi lentalar Avstraliya haritasi shaklini hamda 4ta mezbon shaharni ifodalaydi. Loyiha AFC tomonidan qabul qilingan.[39]

Musobaqa ramzi vombat (hayvon turi) 2014-yil 11-noyabrda Wild Life Sydney zooparkida ommaga taqdim etildi.[40]

HomiylarTahrirlash

Quyida koʻrib turganingizdek, AFC oʻnta rasmiy homiylarni va oltita rasmiy yoqlovchilarni eʼlon qildi.

Rasmiy homiylar Rasmiy yoqlovchilar

  • Continental AG
  • Fly Emirates
  • Epson
  • Kirin
  • Konica Minolta

  • Asahi Breweries
  • FamilyMart
  • Hyundai Heavy Industries
  • Makita
  • Nike
  • Nikon

ManbalarTahrirlash

  1. AFC Asian Cup 2015 venues and schedule unveiled. the-afc.com.
  2. Australia's bid to host 2015 AFC Asian Cup. footballaustralia.com.au. 2-yanvar 2015.
  3. Australia to host 2015 AFC Asian Cup. FIFA. 2-yanvar 2015.
  4. "Australia to host 2015 AFC Asian Cup". Osiyo Futbol Konfederatsiyasi. 5 Yanvar 2011. http://www.the-afc.com/en/news-centre/news/32028-australia-to-host-2015-afc-asian-cup. 
  5. Automatic bye to 2015 Finals for top-three
  6. AFC Competitions Committee. Osiyo Futbol Konfederatsiyasi (23 Noyabr 2010). 24 Yanvar 2011.
  7. AFC Asian Cup Australia 2015™ preliminary draw results. the-afc.com (9 Oktabr 2012).
  8. AFC Asian Cup draw set for March 26 at Sydney Opera House. AFC (6-dekabr 2013).
  9. AFC Asian Cup Groups Decided. Asian Football Confederation (26-mart 2014).
  10. Asian Cup 2015 draw mechanism revealed. AFC (17-mart 2014).
  11. 11,0 11,1 Venues and Match Schedule. footballaustralia.com.au. 27 Mart 2013.
  12. 12,0 12,1 Publicity blitz set to boost Asian Cup attendances. theworldgame.sbs.com.au. 8-dekabr 2014.
  13. Qualifying for AFC Asian Cup Australia 2015 begins. footballaustralia.com.au. 8-dekabr 2014.
  14. Tickets. afcasiancup.com. 18-noyabr 2014.
  15. 27 more cities keen to join Asian Cup party. footballaustralia.com.au. 18-noyabr 2014.
  16. 2015 Asian Cup. nswtaxi.org.au. 25-noyabr 2014.
  17. City of Ballarat Press Release
  18. 18,00 18,01 18,02 18,03 18,04 18,05 18,06 18,07 18,08 18,09 18,10 Official broadcasters. afcasiancup.com. 1-dekabr 2014.
  19. Sydney and Newcastle to host 10 countries in AFC Asian Cup pool matches. destinationnsw.com.au. 8-dekabr 2014.
  20. ABC, FOX SPORTS, Asian Cup LOC and FFA announce deal for free to air broadcast of Asian Cup Football. abc.net.au.com.au. 28-oktabr 2014.
  21. 21,0 21,1 21,2 21,3 21,4 21,5 21,6 21,7 Channels Telecasting Asian Cup 2015. tsmplay.com. 22-noyabr 2014.
  22. Nike 2015 AFC Asian Cup Ball Unveiled. footyheadlines.com. 23-noyabr 2014.
  23. 2015 AFC Asian Cup (Australia) - selected officials. refereesfifa.com.au. 2 January 2015.
  24. Competition Regulations – AFC Asian Cup Australia 2015.
  25. Match Schedule AFC Asian Cup Australia 2015. AFC.
  26. "Asian Cup smashes football tournament world record". The World Game. 19-yanvar 2015. http://theworldgame.sbs.com.au/article/2015/01/19/asian-cup-smashes-football-tournament-world-record. Qaraldi: 19-yanvar 2015. 
  27. UAE records second straight Asian Cup win with 2-1 defeat of Bahrain. abc.net.au. 25-yanvar 2015.
  28. Socceroos lift Asian Cup after dramatic extra-time win over South Korea. The Guardian (31-yanvar 2015).
  29. FIFA.com @ Twitter. Twitter (31-yanvar 2015).
  30. http://wwos.ninemsn.com.au/article.aspx?id=8952857
  31. http://www.9news.com.au/national/2015/01/31/22/45/socceroos-crowned-kings-of-asia
  32. AFC Asian Cup trophy set for host city tour. socceroos.com.au. 13-noyabr 2014.
  33. Victoria to open Australia’s biggest ever international football event. premier.vic.gov.au. 23-noyabr 2014.
  34. Consortium appointed to create Asian Cup opening ceremony. mumbrella.com.au. 23-noyabr 2014.
  35. Sukhdeep Singh L- Fresh The Lion will perform at the Opening Ceremony The 2015 AFC Asian Cup. sbs.com.au. 3-yanvar 2015.
  36. Asian Cup opening ceremony. l-fresh.com. 3-yanvar 2015.
  37. Asian Cup to kick-start Melbourne sporting feast. heraldsun.com.au. 23-dekabr 2014.
  38. 2015 AFC Asian Cup logo. designstation.com.au. 23-noyabr 2014.
  39. AFC Asian Cup Australia 2015 Preliminary Draw Conducted and Competition Logo Launched. footballnsw.com.au. 23-noyabr 2014.
  40. Nutmeg the Wombat named Cup mascot. AFC Asian Cup (11-noyabr 2014).

HavolalarTahrirlash