Samarqand okrugi – 1926—1930-yillarda SSSR tarkibidagi ittifoq respublika – Oʻzbekiston SSR tarkibidagi oʻnta okrugdan biri. 1926—1930-yillarda Samarqand viloyati ham mavjud boʻlgan. Okrugning maʼmuriy markazi va yirik shahri Samarqand boʻlgan, Samarqand 1925—1930-yillarda OʻzSSRning poytaxti vazifasini ham bajargan. 1930-yilda Respublika poytaxti Toshkentga koʻchiriladi.

Samarqand okrugi
oʻzbekcha: سمرقند آکروگی
tojikcha: آکروگی سمرقند
ruscha: Самаркандский округ

Oʻzbekiston SSR va uning tarkibidagi Tojikiston ASSRning 1927-yilgi maʼmuriy-hududiy xaritasi
Oʻzbekiston SSR va uning tarkibidagi Tojikiston ASSRning 1927-yilgi maʼmuriy-hududiy xaritasi

Mamlakat SSSR bayrogʻi SSSR (1923-1955)
Tegishli 1926—1931-yillar OʻzSSR bayrogʻi OʻzSSR
Tarkibida 10 ta tuman
Maʼmuriy markazi Samarqand
Yirik shahari Samarqand
Boshqa yirik shaharlari Jizzax
Asos solingan sanasi 1926-yil
Bekor qilingan sanasi 1930-yil
Rasmiy tillar Ruscha, oʻzbekcha, tojikcha
Aholi (1926) 526,0 ming kishi
Millatlar tarkibi Asosan oʻzbeklar va tojiklar, shuningdek ruslar, yahudiylar, eroniylar, arablar
Dinlar tarkibi Asosan musulmon (sunniy), shuningdek xristian, shia
Maydoni 19,1 ming km²
Xaritada

Tarixi

tahrir

1925-yilda, Oʻzbekiston SSR tashkil topganidan keyin qisqa vaqt oʻtgach, respublika maʼmuriy-hududiy tuzilish boʻyicha viloyatlarga boʻlinishi joriy etildi. Viloyatlar okruglarga, ular oʻz navbatida boʻlislarga (volost) boʻlingan. Ammo oradan bir yil oʻtmay, 1926-yilda viloyat tuzilmasi tugatilib, respublika okruglarga, ular oʻz navbatida tumanlarga boʻlindi. 1930-yil OʻzSSRda maʼmuriy-hududiy islohot oʻtkazilib, okruglar tugatildi, ular tarkibidagi tumanlar toʻgʻridan-toʻgʻri respublika boshqaruviga oʻtkazildi. Natijada mamlakat 71 tuman va bu tumanlarga boʻysunuvchi 1494 qishloq sovetlariga boʻlindi. Shuningdek, mamlakatda respublikaga boʻysunuvchi 9 ta shahar va ular tarkibida 204 ta qishloq sovetlari bor edi.

Samarqand okrugi shimolda RSFSR tarkibidagi Qozogʻiston ASSR, shimoli-sharqda Toshkent okrugi, janubda Qashqadaryo okrugi, gʻarbda Zarafshon okrugi, sharqda Oʻzbekiston SSR tarkibidagi Tojikiston ASSR bilan chegaradosh boʻlgan.

Maʼmuriy-hududiy boʻlinishi

tahrir

Okrug oʻnta tumanga boʻlingan:

Tuman Maʼmuriy markazi
Oqdaryo Loyish
Bulungʻur Bulungʻur
Jizzax Jizzax
Zomin Zomin
Mitan Mitan
Payariq Payariq
Past Dargʻom Juma
Urgut Urgut
Yuqori Dargʻom Aniq maʼlumot mavjud emas
Yangiqoʻrgʻon Aniq maʼlumot mavjud emas

Geografiyasi

tahrir

Okrugning asosiy qismi Zarafshon vodiysi hududida joylashgan. Hududidan Oʻrta Osiyoning uchinchi eng yirik daryosi – Zarafshon oqib oʻtgan, shimoldan janubga Turkiston va Zarafshon tizmalari oʻrab turgan.

Aholisi

tahrir

1926-yilgi Butunittifoq aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra Samarqand okrugi aholisi 526 000 kishini tashkil qilgan. Milliy tarkibiga koʻra, asosan, oʻzbeklar, tojiklar, shuningdek, ruslar, Buxoro yahudiylari, Oʻrta Osiyo eroniylari, Markaziy Osiyo arablaridan iborat[1].

Adabiyotlar

tahrir
  • Administrativnoe delenie Soyuza SSR. M., 1929.
  • „История Узбекской ССР“, , Ташкент, 1958. 

Manbalar

tahrir