Shoʻrtan (futbol klubi)

(Sho'rtandan yoʻnaltirildi)

Shoʻrtan Gʻuzor futbol klubi – (oʻzbekcha: Шўртан Ғузор футбол клуби) – Qashqadaryo viloyati Gʻuzor tumani sharafini himoya qiluvchi futbol klubi, Oʻzbekiston Pro Ligasi vakili.

Shoʻrtan
Toʻliq nomi „Shoʻrtan“ Gʻuzor futbol klubi
Laqabi Oq boʻrilar, Gʻuzorliklar
Asos solingan 1992 (32 yil avval) (1992)
Stadion Gʻuzor stadioni
Stadion hajmi 7000
Direktori Abdurahmon Yumangulov
Bosh direktori Shamil Yarulin
Murabbiyi Asror Aliqulov
Reytingi 7
Homiysi Shoʻrtanneftgaz
Vebsayt http://fcshurtan.uz/
Musobaqasi Oʻzbekiston Pro ligasi
Asosiy libosi
Ikkinchi libosi

Tarixi tahrir

Gʻuzorda ilk futbol klubi 1986-yilda „Oq oltin“ nomi bilan tashkil etilgan. Gʻuzor futbolining ilk qadamlari oʻtgan asrning 60-70-yillari oʻrtalarida boʻlgan. Bu davrda jamoa turli nomlar ostida chiqish qildi. SSSR parchalanganidan keyin klub oʻz faoliyatini toʻxtatdi.

1989-yildan buyon jamoaga rahbarlik „Shoʻrtangaz“ gaz konlari rahbariyati qoʻliga oʻtdi va shu yildan boshlab „Shoʻrtan“ nomi ostida Oʻzbekiston SSR ichki musobaqalarda qatnasha boshladi. Bu davrda jamoani hozirda marhum Eshmurod Charshanbiyev boshqargan. Bu yillar davomida jamoa birinchi ligaga chiqish uchun bir necha bor urinib koʻrdi.

Oʻzbekiston musobaqalari tahrir

1992-yilda jamoa Navoiy shahrida boʻlib oʻtgan Respublika kasaba uyushmalari jamoalari birinchiligida muvaffaqiyatli ishtirok etib, birinchi ligada qatnashish huquqini beruvchi oʻtish turnirida qatnashdi, oʻsha paytda chempionatda oltita jamoa gʻoliblik uchun kurashgan. Jamoa birinchi ligaga chiqa olmagan boʻlsa-da, chiroyli oʻyini bilan futbol muxlislari mehrini qozondi.

1993-yilda jamoa viloyat chempionatida muvaffaqiyatli ishtirok etib, yana bir bor oʻtish turnirida qatnashish huquqini qoʻlga kiritdi. Bu gal viloyat chempionlari Angrenda shahrida toʻplanishdi. Turnir yakunlariga koʻra, „SHoʻrtan“ har doimgidek Birinchi ligaga yaqin edi. Ammo klubga bir ochko yetishmadi.

Shoʻrtan futbol klubi 1994-yil Qashqadaryo viloyatinining Gʻuzor tumanida professional jamoa sifatida tashkil etilgan[1]. Klub dastlabki musobaqasida 1995-yil Oʻzbekiston Ikkinchi ligasi baxslarida ishtirok etib Oʻzbekiston Birinchi ligasiga (Eslatma: Oʻzbekiston Pro ligasi). Klub Birinchi liganing ilk yillarida Oʻrtamiyona jamoalar safida borgan. 2004-yilgi mavsumda jamoa tarkibi sezilarli kuchaytirilganidan soʻng ilk bor Oʻzbekiston Oliy ligasiga (Eslatma: Oʻzbekiston Superligasi) 2005-yilda „Shoʻrtan“ Oʻzbekiston ligasida debyut qilgan. 2010-yilgi mavsum klub uchun eng omadli mavsum boʻldi, ular chempionatda 4-oʻrinni egalladi va Oʻzbekiston kubogida ikkinchi oʻrinni egalladi.[2] Oʻzbekiston kubogi chorak finalida umumiy hisobda „Paxtakor“[3], yarim finalda Toshkentning „Lokomotiv“ jamoasini magʻlub etishdi. Toshkentda boʻlib oʻtgan Final uchrashuvida „Shoʻrtan“ „Bunyodkor“ga 0:1 hisobida imkoniyatni boy berdi. 2011-yilda „Shoʻrtan“ xalqaro maydondagi debyutini oʻtkazdi va AFC Kubogida ishtirok etdi. Klub guruh bosqichida 2-oʻrinni egalladi va Pley-off bosqichiga yoʻllanma oldi, biroq „Al Vehdat“ga qarshi 1/8 final oʻyinida magʻlub boʻldi.[4] Yakuniy hisob 1-2.

2011-yil 22-noyabrda „Shoʻrtan“ rahbariyati Toshmurod Ogʻamurodov oʻrniga Igor Kriushenkoni bosh murabbiy etib tayinladi.[5] Kriushenko 2012-yilning 5-iyulida ishdan boʻshatildi va uning oʻrniga 2013-yil 15-maygacha bosh murabbiy boʻlib ishlagan Edgar Gess tayinlandi. Gess ham Oliy Liga oʻyinlaridagi yomon natijalardan soʻng ishdan boʻshatildi. 2013-yilda „SHoʻrtan“ jamoasida ikki marta bosh murabbiy almashdi, lekin natijalar yaxshilanmadi[6][7]. Klub Ligada 14-oʻrinni egallab, Birinchi ligaga tushib ketgan. Bir yildan soʻng, 2014-yilda klub Birinchi ligada gʻolib chiqdi va yana oliy divizionga koʻtarildi. Keyingi 2015—2017-yilgi mavsumlar davomida jamoa oldinggi natijalarini takrorlay olmadi. 2017-yil klub eski murabbiylardan qarzdorlik tufayli FIFA tarafidan taqiqga uchrab Oʻzbekiston Birinchi ligasiga tushirib yuborildi.[8] 2018-yil 12-fevralda jamoaga Asror Aliqulov bosh murabbiy etib tayinlandi.[9] 2020-yil Shoʻrtan jamoasida klub ramzi, logosi oʻzgartirildi.[10] 2021-yil Klubdan FIFA taqiqi olib tashlandi[11] va klub oʻz akademiyasini[12] tashkil etdi.[13]

Oʻzbekiston Pro Ligasi 2023—2024 tahrir

15-mart 2023-yilda Shoʻrtan futbol klubi Oʻzbekiston pro ligasidagi bahslarini Qoʻqon 1912 jamoasiga qarshi oʻyin bilan boshlagan. Oʻyinda jamoalar 3:3 hisobida durrang oʻynashgan[14]. 22-mart kuni lga 2-tur oʻyini doirasida Gʻijduvon klubi mehmoni boʻlgan Shoʻrtan jamoasi futbolchilari 2:1 hisobida gʻalabaga erishishgan[15]. 16-aprel kuni boʻlib oʻtgan liganing 5-tur bahsida Shoʻrtan klubi Yunired jamoasi bilan kuch sinashgan va 2:1 hisobida mgʻlubiyatga uchragan[16]. 20-aprel kuni Navbahor-Farm jamoasi bilan liganing oltinchi turi doirasida bahs olib borishgan va 1:0 hisobida gʻalaba qozonishgan[17]. 26-aprel kuni pro liga yettinchi tur bahsida Andijon-SGS jamoasi mehmoni boʻlgan shortanliklar 3:2 hisobida magʻlubiyatga uchragan[18]. 4-may kuni sakkinchi tur bahsida poytaxtning „Lokomotiv“ jamoasi bilan bahs olib borgan Shoʻrtan jamoasi 2:1 hisobida imkoniyatni boy berishgan[19]. 15-may kuni pro liga toʻqqizinchi tur bahsida Aral jamoasi mehmoni boʻlgan Shortan jamoasi vakillari 0:0 hisobida durrang oʻynashgan[20]. 24-may kuni pro liganing qoldirilgan toʻrtinchi tur bahsida Mash’al jamoasi bilan kuch sinashgan shoʻrtanliklar, raqiblarini 2:0 hisobida magʻlubiyatga uchratgan[21]. 29-may kuni liganing oʻninchi tur bahsida Xorazm jamoasini qabul qilgan shoʻrtanliklar 1:0 hisobida gʻalabaga erishishgan[22]. 11-iyun kuni liganing oʻn birinchi tur bahsida Samarqandning Dinamo jamoasi mehmoni boʻlgan Shoʻrtan klubi 1:1 hisobida durrang oʻynagan[23]. 3-avgust kuni pro liganing oʻn ikkinchi tur bahsida Qoʻqon-1912 jamoasi mehmoni boʻlgan voha jamoasi 2:1 hisobida magʻlubiyatga uchragan[24]. 9-avgust kuni liganing oʻn uchinchi tur bahsida gʻijduvon jamoasi bilan bahs yuritgan shoʻrtan futbolchilari 2:1 hisobida gʻalaba qozonishgan[25].

Mahalliy musoboqalar tarixi tahrir

Mavsum Liga Oʻzbekiston Kubogi Eng koʻp gol urgan
Div. Oʻrin Oʻ. Yu D. M. U.G OʻG O Nomi Liga
1992 3 6 5 1 4 4 10 1 Qatnashmagan Maʼlumotlar mavjud emas Maʼlumotlar mavjud emas
1993 Qatnashmagan Maʼlumotlar mavjud emas Maʼlumotlar mavjud emas
1994 Qatnashmagan Maʼlumotlar mavjud emas Maʼlumotlar mavjud emas
1995 3 1 4 4 0 0 11 3 12 Qatnashmagan Maʼlumotlar mavjud emas Maʼlumotlar mavjud emas
1996 2 20 52 19 8 25 64 78 65 Guruh bosqichi Maʼlumotlar mavjud emas Maʼlumotlar mavjud emas
1997 2 14 42 18 6 18 69 66 60 Birinchi bosqich   Shavkat Ismoilov 29 Maʼlumotlar mavjud emas
1998 2 9 38 16 4 18 66 67 52 1/16 final Maʼlumotlar mavjud emas Maʼlumotlar mavjud emas
1999 2 10 34 14 2 18 64 49 44 1/16 final Maʼlumotlar mavjud emas Maʼlumotlar mavjud emas
2000 2 14 38 17 2 19 73 47 53 Maʼlumotlar mavjud emas Maʼlumotlar mavjud emas
2001 2 6 32 14 7 11 49 43 49 Guruh bosqichi Maʼlumotlar mavjud emas Maʼlumotlar mavjud emas
2002 2 13 32 12 1 19 41 64 37 1/16 final Maʼlumotlar mavjud emas Maʼlumotlar mavjud emas
2003 2 7 28 11 4 13 52 66 37 Guruh bosqichi Maʼlumotlar mavjud emas Maʼlumotlar mavjud emas
2004 2 2 40 26 1 13 117 47 79 1/16 final   Ravshan Doʻrmonov 27 Maʼlumotlar mavjud emas
2005 1 13 26 6 1 19 23 56 19 1/8 final   Igor Taran 9   Sergey Dotsenko
2006 1 12 30 10 2 18 43 55 32 1/4 final   Igor Taran 13 Maʼlumotlar mavjud emas
2007 1 13 30 8 5 17 32 51 23 1/4 final   Sirojiddin Sayfiyev

  Zafar Polvonov

3 Maʼlumotlar mavjud emas
2008 1 12 30 9 6 15 22 44 33 1/4 final   Artur Gevorkyan 6   Bahrom Hakimov

  Viktor Pasulko

2009 1 8 30 11 6 13 36 50 39 1/4 final   Artur Gevorkyan 7   Usmon Toshev

  Edgar Gess

2010 1 4 26 12 6 8 35 28 42 Finalchi[26]   Shahboz Erkinov 9   Edgar Gess
2011 1 7 26 9 5 12 29 41 32 1/2 final   Igor Taran 10   Tachmurad Agamuradov

  Igor Kriushenko

2012 1 5 26 12 4 10 38 33 40 1/8 final   Igor Taran 14   Igor Kriushenko

  Edgar Gess

2013 1 14 26 4 5 17 22 47 17 1/8 final   Pavel Solomin 7   Edgar Gess

  Zoir Toʻraqulov

  Erkin Mirzayev

2014 2 1 30 25 2 3 88 18 77 Ikkinchi bosqich   Viktor Klishin 40   Muxtor Qurbonov
2015 1 11 30 8 9 16 42 53 33 1/8 final   Igor Taran 11   Muxtor Qurbonov
2016 1 9 30 12 2 16 43 56 38 Ikkinchi bosqich   Zafar Polvonov 12   Ixtiyor Karimov
2017[27] 1 14 30 8 3 19 28 52 27 1/8 final   Igor Taran 7   Genadiy Kochnev

  Edgar Gess

  Yorqin Nazarov

2018 2 6 32 10 7 15 33 45 37 1/16 final   Islom Boysariev

  Otabek Narzullayev

  Mar’ruf Murodov

  Moʻmin Meliyev

3   Asror Aliqulov
2019 2 4 28 15 3 10 56 36 48 Ikkinchi bosqich   Sherzod Temirov 17   Sergey Kovshov
2020 2 4 20 8 4 8 29 23 28 1/8 final   Jasur Xoltoʻrayev 9   Asror Aliqulov
2021 2 9th 26 7 10 9 26 29 31 1/8 final   Muhriddin Zoirov

  Elyor Omonjonov

3   Asror Aliqulov
2022 2 6th 18 6 5 7 29 20 23 1/8 final   Muhriddin Zoirov 11   Asror Aliqulov
2023 2 5th 20 7 5 8 29 25 26 Guruh bosqichi   Muhriddin Zoirov 9   Aleksey Yevstafeyev

  Anvar Berdiyev

OFK musobaqalaridagi ishtiroki tahrir

Musobaqa Yu D M U.G Oʻ.G O
OFK Kubogi 7 2 3 2 11 10 9
Hammasi 7 2 3 2 11 10 9
AFC
Sana Raund Natija Jamoa Joyi Mavsumi
01.03.2011 Guruh bosqichi 4-0   Al-Qodisiya Havali 2011-yil OFK kubogi
15.03.2011 Guruh bosqichi 7-2   As-Saqr Gʻuzor
13.04.2011 Guruh bosqichi 1-1   Al-Ittixod Gʻuzor[28]
26.04.2011 Guruh bosqichi 0-0   Al-Ittixod Alepo
04.05.2011 Guruh bosqichi 1-1   Al-Qodisiya Gʻuzor
11.05.2011 Guruh bosqichi 0-1   As-Saqr Alepo
25.05.2011 1/8 final 2-1   Al-Vixdat Amman

Yutuqlari tahrir

Stadion tahrir

„Shoʻrtan“ oʻz uy uchrashuvlarini 7000 tomoshabinga moʻljallangan „Gʻuzor“ stadionida oʻtkazadi.[29]

Qashqadaryo derbisi tahrir

„SHoʻrtan“ futbol klubi „Qashqadaryo derbisi“ qarama-qarshiligining 3 nafar ishtirokchisidan biridir.

Oʻzbekistonning Qashqadaryo viloyati mamlakat Oliy ligasida yaqin vaqtgacha birdaniga 3 xil shaharning 3 ta klubi: „Nasaf“ – Qarshi , „Mash’al“ – Muborak va Gʻuzordan „Shoʻrtan“ ishtirok etdi.

Bu 3 jamoa oʻrtasidagi oʻyinlar „Qashqadaryo derbisi“ maqomiga ega, bu nafaqat Qashqadaryo viloyatining oʻzida, balki butun Oʻzbekiston boʻylab qiziqish uygʻotmoqda.

Jamoa tarkibi tahrir

Hozirgi tarkibi tahrir

2024-yil 13-mart holatiga[30]
Amplua Futbolchi
1   UZB DR Suhrob Eshboyev
2   UZB HM Shoolim Toshimov
3   UZB HM Shukurali Poʻlatov
4   UZB HM Ulug‘bek Xudoyberdiev
5   UZB HM Timur Nabiyev
6   UZB YH Qurbonali Shomurodov
7   UZB YH Bekzod Suvonov
8   UZB YH Shahboz Nuriddinov
9   UZB HJ Mahmud Jo‘raboyev
10   UZB HJ Muhriddin Zoirov
11   UZB HJ Jasur Xolto‘rayev
15   UZB YH Joʻrabek Mannonov
17   UZB YH Javohir Hasanov
18   UZB YH Abdug‘ani Kamolov
Amplua Futbolchi
19   UZB HJ G‘anisher Qodirov
20   UZB YH Jasurbek O‘rinov
21   UZB HM Azamatxon Maksumov
22   UZB HM Sardor Sa’dullayev
23   UZB HM Sherali Jo‘rayev
25   UZB DR Mirzohid Mamatxonov
27   UZB YH Nodirbek Mukarov
30   UZB YH Asadek Saidxonov
32   UZB YH Fazliddin Karomatov
35   UZB DR Sherzodbek Abduraimov
47   UZB HJ Asilbek Anvarov
70   UZB YH Mirjalol Jumayev
55   UZB HJ Choriyor Tursunqulov
77   UZB HJ Abdulloh Olimov

U21 tahrir

U19 tahrir

Klub hodimlari tahrir

Boshqaruv tahrir

Jamoa menejeri Shamil Yarulin
Sport direktori Abdurahmon Yumangulov
Jamoa Boshligʻi Ixtiyor Karimov

Murabbiylar shtabi tahrir

Lavozim Ism
Menejer   Zoir Toʻraqulov
Yordamchi murabbiy   Anvar Berdiyev
Darvozabonlar murabbiyi   Sherzod Kattayev
Yordamchi murabbiy   Zafar Polvonov

Boshqaruv tarixi tahrir

Maʼlumotlar 2017-yilga tegishli. Roʻyxatda kichik noaniqliklar boʻlishi mumkin.

Yillar Murabbiy
1994 – 2004 Maʼlumotlar mavjud emas
2005   Sergey Dotsenko
2008   Bahrom Hakimov
2008 – 2008   Viktor Pasulko
2009   Usmon Toshev
2009 – 2011   Edgar Gess
2011   Tachmurad Agamuradov
2011 – 2012   Igor Kriushenko
2012 – 2013   Edgar Gess
2013 – 2013   Zoir Toʻraqulov
2013 – 2014   Erkin Mirzayev
2014 – 2016   Muxtor Qurbonov
2016   Aleksandr Volkov
2016 – 2017   Ixtiyor Karimov
2017   Genadiy Kochnev
2017   Edgar Gess
2017   Genadiy Kochnev
2017   Yorqin Nazarov
2018 – 2022   Asror Aliqulov[31]
2019   Sergey Kovshov
2023   Aleksey Yevstafeyev[32]
2023 —   Anvar Berdiyev

Mashhur futbolchilar tahrir

Yana qarang tahrir

Oʻzbekiston futbol klublari Osiyo kuboklarida

Manbalar tahrir

  1. „"Шўртан" - 18 ёшда“. 2023-yil 29-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 29-oktyabr.
  2. „2010 йилги Ўзбекистон кубоги финали. Финалга чиққан “Шўртан”, Ристичнинг ғалаба тўпи, юлдузларсиз ўйнаган “Бунёдкор”“. 2022-yil 12-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 12-sentyabr 2022-yil.
  3. „Ишонасизми? Кубок доирасидаги баҳсларда "Шўртан" "Пахтакор"ни кўпроқ мағлуб этган“. 2022-yil 5-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 12-sentyabr 2022-yil.
  4. „Al Wehdat 2–1 Shurtan“. the-afc.com (25-may 2011-yil). 2012-yil 12-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan.
  5. „Igor Kriushenko appointed as Shurtan head coach“. UzDaily.com (22-noyabr 2011-yil). 2016-yil 3-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 23-iyul.
  6. „Олий лига-2013 якунлари. "Шўртан" футболчилари ҳақида“ (2013-yil 29-noyabr).
  7. „Олий лига-2013 якунлари. "Шўртан"нинг энг, энг, энг...лари“ (2013-yil 29-noyabr).
  8. „Breaking news. ФИФА ЎФФга "Шўртан"ни 2018 йил биринчи лигага тушириб юбориш талабини қўйди“. 2022-yil 12-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 12-sentyabr 2022-yil.
  9. „Асрор Алиқулов “Шўртан” бош мураббийи“. 2022-yil 12-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 12-sentyabr 2022-yil.
  10. „"Шўртан"нинг логотипи янгиланди“. 2022-yil 12-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 12-sentyabr 2022-yil.
  11. „Расман: ФИФА “Шўртан”га қўйилган тақиқни олиб ташлади“. 2022-yil 12-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 12-sentyabr 2022-yil.
  12. „“Шўртан”да уйғониш даври. Клуб яна ўз академиясига эътибор беришни бошлади“. 2022-yil 12-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 12-sentyabr 2022-yil.
  13. „ЎФА раҳбарияти Ғузордаги "Шўртан" клуби стадиони ва академияси билан танишди“. 2022-yil 12-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 12-sentyabr 2022-yil.
  14. https://pfl.uz/uzb/m/match/15299
  15. https://pfl.uz/uzb/m/match/15308
  16. https://pfl.uz/uzb/m/match/15319
  17. https://pfl.uz/uzb/m/match/15326
  18. https://pfl.uz/uzb/m/match/15326
  19. https://pfl.uz/uzb/m/match/15336
  20. https://pfl.uz/uzb/m/match/15341
  21. https://pfl.uz/uzb/m/match/15318
  22. https://pfl.uz/uzb/m/match/15345
  23. https://pfl.uz/uzb/m/match/15352
  24. https://pfl.uz/uzb/m/match/15887
  25. https://pfl.uz/uzb/m/match/15892
  26. „2010 йилги Ўзбекистон кубоги финали. Финалга чиққан “Шўртан”, Ристичнинг ғалаба тўпи, юлдузларсиз ўйнаган “Бунёдкор”“. 2023-yil 4-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 4-may.
  27. „championat.asia - Олий лига-2017. Барча 16 жамоанинг футболчилар рўйхати“. 2017-yil 19-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 27-aprel.
  28. „"SHo'rtan"dan bir o'yin tarixi“. 2023-yil 29-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 7-oktyabr.
  29. „"Шўртан" стадионининг айни дамдаги ҳолатини кўрдингизми?“. 2022-yil 12-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 12-sentyabr 2022-yil.
  30. „Shoʻrtan jamoasi tarkibi“. pfl.uz. Qaraldi: 13-mart 2024-yil.
  31. „Асрор Алиқулов - "Шўртан" бош мураббийи“. 2022-yil 12-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 12-sentyabr 2022-yil.
  32. „fcshurtan.uz - Алексей Евстафеев — «Шўртан» жамоаси бош мураббийи“. Qaraldi: 2023-yil 11-yanvar.

Havolalar tahrir