Shoshtepa, Chochtepa — koʻp qatlamli arxeologik yodgorlik. Toshkent shahri hududida qad koʻtargan eng qadimiy qishloq va ilk qoʻrgon — Chochkatning xarobalari (mil. av. 6-asrmil. 16-asrlar). Yodgorlik Joʻnariqning chap va oʻng sohillarida joylashgan biri tik va baland, ikkinchisi yassiroq ulkan tepaliklardan iborat. Umumiy maydoni taxminan 25 ga. Dastlab Turkiston arxeologiya havaskorlari toʻgaragi aʼzosi N.S.Likoshin tomonidan qayd etilgan, N.P.Ostroumov arxeologik qazishlar oʻtkazgan (1896); G.V.Grigoryev tekshirgan (1934), N.I.Krasheninnikova (1956), Gʻ.Dadaboyev (1970)lar arxeologik kuzatishlar olib borgan. 1978 yildan Toshkent arxeodogiya ekspeditsiyasi(V.I.Sprishevskiy, M.I.Filanovich) tomonidan muntazam arxeologik qazishlar oʻtkazilgan. Tadqiqotlarni hozirgi vaqtda M.I.Filanovich davom ettirmoqda.

Joʻnariqning soʻl sohilida joylashgan bal. 18–19 m li tik tepa (maydoni 150– 120 m) istehkomli ilk qishloq xarobasi boʻlib, uning ostki madaniy qatlamlaridan qad. deqqonchilik madaniyati (qarang Burganli madaniyati )ning soʻnggi bosqichi (mil. av. 6-4-asrlar)da yashagan oʻtroq ziroatkor aholi turar joylarining qoldiqlari qayd etilgan.

Arxeologik tadqiqotlardan maʼlum boʻlishicha, mil. av. 3-asrda Janubiy Ural va Sharqiy Orol oldi mintaqalaridan jan.ga tomon siljigan koʻchmanchi chorvador sarmat qabilalari qadimiy Chochkatni vayron etib, qabristonga aylantirganlar.

Mil. av. 21-asrlarda shahrida qadimiy qishloq xarobalari ustida atrofi qalin aylanma devor bilan oʻrab olingan doira shaklidagi qalʼaqoʻrgʻon qad koʻtargan. Qalinligi 4 m li qoʻrgʻon devori yirik xom gʻishtlardan urib chiqilgan. Diametri 60 m li qoʻrgʻon devorining ichki aylanasi boʻylab tomi ravoqsimon qilib yopilgan uzun yoʻlak bino qilingan. Ioʻlak qismlarga boʻlingan va har biridan tashqariga chiqadigan darvozasi boʻlgan. Qoʻrgʻonning markaziy qismida xoch shaklida monumental bino qad koʻtargan. Uning devorlarining qalinligi 2 m, tomi esa ravoqsimon. Bino qator xonalar va yoʻlaklarga ajratilgan. Peshtoqi binoning shim. qanotida, u ravoqli darvozaxona va uning 2 biqinida paykonsimon darchalar joylashtirilgan. Qoʻrgʻon binosining umumiy tarhi: yoʻlakli aylanma tashqi devoriyu, xochsimon markaziy binosi, ravoqli peshtoqiyu paykonsimon darchalariga qaraganda, u avvaldan anchagina puxta oʻylangan reja asosida qurilgan zamonasining nodir meʼmoriy obidalaridan hisoblangan.

shahrining madaniy qatlamlaridan koʻpdankoʻp ashyoviy topilmalar qayd etildi. Ular orasida uyroʻzgʻor va xoʻjalik buyumlari: xum, xoʻmcha, koʻza, bir quloqli va joʻmrakli hoʻqachalar, 2 qulokli sopol qozonlar, tova, suvdonlar, hoʻkiz boshli kabob koʻralar, yoysimon yorgʻuchoqlar, temir pichoq, oʻroq va hokazodan iborat. Topilmalar orasida 2 ta nodir buyum: fil suyagidan yasalgan qadahning bir boʻlagi va suyakdan ishlangan qalam, ayniqsa, diqqatga sazovordir. Hajmi 5 — 3,5 sm.li suyak qadah parchasida boshida ulkan kuloh, keng peshonali, ot yuzli, qirraburun, bodom qovoq, sersoqol va moʻylovli oʻrta yoshdagi kishining siymosi qabartma qilib tasvirlangan. Suyak qalamning uz. 15 sm. Bir tomoni yozish uchun uchli qilib, 2tomoni esa ilonni boshidek romb shaklida kurakcha qilib yasalgan. Bu topilmalar mil. 12-asrlarga mansub boʻlib, Chochda ham qadimda xatsavod boʻlgani hamda shoshtepaliklar karvon yoʻli orqali Yaqin va Oʻrta Sharq mamlakatlari bilan aloqada boʻlganidan dalolat beradi.

Topilmalar koʻchmanchi dasht bilan oʻgroq dehqonchilik vohasi chegarasida uzoq asrlar davomida yonmayon yashagan hamda bir-biri bilan iqtisodiy va madaniy aloqada boʻlgan qadimiy qavmlarning yaratgan oʻziga xos madaniyatining mahsuli edi. Bu madaniyat fanda Qovunchi madaniyati deb ataladi.

Istehkomli qishloq sifatida qad koʻtargan Sh. mil.av. 2 — 1-asrlarda ilk shaharcha qiyofasiga kirib, u Sirdaryoning oʻrta oqimida tashkil topgan Qangʻ davlatining dasht bilan Toshkent vohasiga tutashib ketgan chegarasidagi istehkom, hunarmandchilik markazi, koʻchmanchi chorvador aholi bilan oʻtroq dehqonlar oʻrtasida olib boriladigan oʻzaro savdo bozori vazifasini oʻtagan.

5-asr oʻrtalarida chorvador eftaliylarning jan.ga tomon siljishi oqibatida shahrida qadimdan oʻtparastlik ibodatxonasi boʻlgan xoch shaklidagi markaziy bino qabristonga aylantirilgan. 68-asrlar boshlarida shahrida hayot yana ancha yuksalgan. Arab xalifaligi istilosi natijasida Sh. vayron boʻlgan. 1112-asrlarda undagi hayot birmuncha jonlansada, ammo 16-asrda Sh. deyarli xarobaga aylangan.

Garchi shahrida qad koʻtargan qoʻrgʻon toʻla shahar qiyofasida shakllanmagan boʻlsada, biroq u Toshkent vohasida shaharsozlik madaniyatini shakllanishi va rivoji tarixini tadqiq etishda muhim ahamiyatga ega yodgorlik hisoblanadi.

Havolalar

tahrir