Xalqaro Turkiy Madaniyat Tashkiloti

(TURKSOYdan yoʻnaltirildi)

Xalqaro Turkiy Madaniyat Tashkiloti yoki TURKSOY (turkcha: Uluslararası Türk Kültürü Teşkilatı, Türksoy) — turkiy davlatlardan tashkil topgan xalqaro madaniyat tashkiloti. Tashkilotning asosiy maqsadi bu turkiy davlatlar va xalqlar orasidagi doʻstlikni va hamkorlikni kuchaytirishdir. Bu hamkorlik iqtisodiy, madaniy va boshqa sohalarni oʻz ichiga oladi. Tashkilot bosh binosi Turkiya poytaxti Anqarada joylashgan. Hozirgi vaqtda, tashkilot bosh direktori qozogʻistonlik Dyusen Kaseinov hisoblanadi. Tashkilot 3 ta rasmiy tiliga ega, bular: turk, rus va ingliz tillaridir.

Xalqaro Turkiy Madaniyat Tashkiloti
Ishga tushgan sanasi 12-iyul 1993-yil
Joylashuvi Turkiya bayrogʻi Turkiya, Anqara
Asoschi(lar)i

 Ozarbayjon
 Qozogʻiston
 Qirgʻiziston
 Turkiya
 Oʻzbekiston
 Turkmaniston

Kuzatuvchilar
Bosh kotib  Qozogʻiston, Dyusen Kaseinov
Vebsayti www.turksoy.org
Til(lar)i turkcha, ruscha, inglizcha

Tarixi

tahrir
 
Xalqaro Turkiy madaniyat tashkilotining shtab-kvartirasi.

Tashkilot tarixi ilk marta 1992-yilda Boku va Istanbuldagi Ozarbayjon, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Turkiya, Turkmaniston va Oʻzbekiston madaniyat vazirlari uchrashuvida kelishilgan. 1993-yilning 12-iyul kuni Qozogʻistonning oʻsha paytdagi poytaxti Almatida „Turkiy madaniyat rivojlanishi hamkorligi tshkiloti“ga asos solindi va tegishli xujjatlar imzolandi.

1996-yildan, TURKSOY va YUNESKO oʻrtasida rasmiy hamkorlik yoʻlga qoʻyildi. 2009-yilda tashkilot nomi hozirgi nomga oʻzgartirildi. Oʻsha yili, ushbu tashklot Turkiy kengash tarkibiga kirdi.

Aʼzo mamlakatlar

tahrir

TURKSOY tarkibiga 10 ishtirokchi kiradi, bular mustqail suveren davlatlar, boshqa davlatlar tarkibidagi federal subyektlar va muxtor viloyat va regionlardir.

Mamlakat Poytaxti Rasmiy tili Aholisi soni
  Gagauzia Komrat Gagauz tili 00 163 200
  Ozarbayjon Boku Ozarbayjon tili 09 780 700
  Qozogʻiston Ostona Qozoq tili 17 440 270
  Qirgʻiziston Bishkek Qirgʻiz tili 05 776 580
  Shimoliy Kipr Lefkosiya Turk tili 00 294 900
  Boshqirdiston Ufa Boshqird tili 04 086 180
  Oltoy Respublikasi Gorno Altaysk oltoy tili 00 202 000
  Tatariston Qozon Tatar tili 03 855 000
  Turkiya Anqara Turk tili 77 695 000
  Turkmaniston Ashxobod Turkman tili 05 250 000
  Oʻzbekiston Toshkent Oʻzbek tili 31 050 000

Sobiq aʼzolar

tahrir
 
Eskirgan xarita (turk tilida)

2015-yil oxirida Turkiya harbiy-havo kuchlari Rossiya samolyotini urib tushirgandan so‘ng Rossiyaning uchta federal bo‘linmasi TURKSOYni tark etdi.

Mamlakat Poytaxti Rasmiy tili Aholisi soni
  Saxa Respublikasi Yakutsk saxa tili 992,115
  Tiva Qizil tiva tili 332,609

Turk dunyosining madaniy poytaxti

tahrir

Turksoy har yili Turk dunyosidan bir shaharni „Turk dunyosi madaniyat poytaxti“ etib tanlaydi. Tanlangan shahar turkiy madaniyatni nishonlash uchun bir qancha tadbirlarga mezbonlik qiladi[1]. Ushbu nomga sazovor boʻlgan shaharlar:

Yana qarang

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. Türksoy Official Web Site. „Cultural Capital of the Turkic World 2016: Sheki :: TURKSOY“. www.turksoy.org. 2016-yil 1-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 17-may.
  2. Türksoy Official Web Site. „The Cultural Capital of the Turkic World 2018: Kastamonu :: TURKSOY“ (en-US). www.turksoy.org. 2017-yil 15-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 15-dekabr.
  3. „Özbekistan'ın Hive şehri 2020 Türk Dünyası Kültür Başkenti seçildi“. 2019-yil 6-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 6-dekabr.
  4. „Osmanlı'nın ilk başkenti Bursa 2022 Türk Dünyası Kültür Başkenti seçildi :: TÜRKSOY“. www.turksoy.org. Qaraldi: 2021-yil 16-sentyabr.
  5. „Azerbaycan'ın Şuşa kenti "2023 Türk Dünyası Kültür Başkenti" ilan edildi - Avrasya'dan - Haber“. TRT Avaz. Qaraldi: 2022-yil 31-mart.
  6. „Türkmenistan’ın tarihî Anev kenti 2024 Türk Dünyası Kültür Başkenti seçildi“ (tr). www.turksoy.org. Qaraldi: 2022-yil 12-noyabr.

Havolalar

tahrir