The Music of Central Asia

Markaziy Osiyo musiqasi boʻyicha qoʻllanma

„The Music of Central Asia“ (tarjimasi „Markaziy Osiyo musiqasi“) — Markaziy Osiyo xalqlari musiqasi boʻyicha oʻquv qoʻllanma. Asar 14 mamlakatda yashovchi 27 nafar muallif tomonidan yozilgan. Unga amerikalik musiqashunos va etnograf Theodore Levin, qozogʻistonlik musiqashunos va tarixchi Saida Daukeyeva hamda qirgʻizistonlik antropolog Elmira Kochumkulova muharrirlik qilgan. Asar unda tilga olingan 200 ga yaqin musiqiy asarni va qoʻshimcha materiallarni oʻzida jamlagan www.musicofcentralasia.org sayti bilan hamkorlikda eʼlon qilindi.

The Music of Central Asia
Muharrir(lar) Theodore Levin
Saida Daukeyeva
Elmira Kochumkulova
Til inglizcha
Janr(lar)i musiqa
antropologiya
Nashr etilgan sanasi 2015
2016
Nashriyot Indiana University Press
Sahifalar soni 676
ISBN ISBN 978-0-253-01751-2
ISBN 978-0-253-01764-2 (e-kitob)

Kitobda Markaziy Osiyo davlatlarining, xususan, Qirgʻiziston, Qozogʻiston, Tojikiston, Turkmaniston va Oʻzbekistonning musiqiy merosi, ushbu mamlakatlarda yashovchi xalqlar musiqasida Sovet Ittifoqi davrida qilingan islohotlar hamda mintaqada ijod qilgan yetuk musiqachilar, sanʼatkorlar va musiqashunoslar hayoti va ijodi haqida soʻz yuritiladi. Kitobdan, shuningdek, Markaziy Osiyo xalqlari cholgʻu asboblari hamda musiqiy atamalari glossariysi, koʻplab surat va xaritalar hamda mualliflar va muharrirlarning qisqa biografiyalari oʻrin olgan.

Qoʻllanma ilk bor 2015-yil AQShning Bloomington shahrida Indiana University Press nashriyotida Ogʻa Xon madaniyat trasti (inglizcha: Aga Khan Trust for Culture) qoʻllovi bilan chop etildi. 2016-yil qayta nashr qilindi. Asar Markaziy Osiyo xalqlari musiqasiga bagʻishlangan ilk oʻquv qoʻllanmasidir. Asar toʻrt yirik boʻlim („Markaziy Osiyoda musiqa va madaniyat“, „Koʻchmanchilar dunyosi“, „Oʻtroq xalqlar dunyosi“, „Globalizatsiya davrida Markaziy Osiyo musiqasi“) va 31 bobdan iborat.

Kitob tanqidchilar va oʻquvchilar tomonidan yaxshi kutib olindi.[1] Delaware universiteti professori Sunmin Yoon kitobni yuqori baholadi: „Bu kitob zamonaviy olimlar — ham markaziy osiyolik, ham xorijlik — yozgan tadqiqotlar bilan boyitilgan. Kitobning oʻziga xos jihatlaridan biri yoritilgan mavzularning ularni ham madaniy, ham musiqiy jihatdan oʻz boshidan kechirgan shaxslar tomonidan yozilganidir.“[2]

Ilk qoʻlyozmasi

tahrir

2012—2013-yillarda qoʻllanmaning ilk qoʻlyozmasi asosida Qirgʻizistondagi Markaziy Osiyo universiteti hamda Markaziy Osiyo Amerika universitetida, Markaziy Osiyo universitetining Dushanbedagi Ogʻa xon gumanitar fanlar loyihasida hamda Olmaotadagi Qurmangʻazi nomli qozoq milliy konservatoriyasida 15 haftaga choʻziluvchi kurs uyushtirildi.[3] Shuningdek, muharrir Levin Dartmouth kollejida Markaziy Osiyo va Yaqin Sharq musiqasi boʻyicha kursini oʻqitishda qoʻllanmadan foydalandi. Kitobning dastlabki nusxasini tayyorlashda Ogʻa Xon musiqa tashabbusi (inglizcha: Aga Khan Music Initiative) hamda Markaziy Osiyo universiteti hamkorlik qilgan.[4]

Kitobning yakuniy nusxasi talabalar va oʻqituvchilar bergan baho asosida nashrga tayyorlandi. Qoʻllanma ilk bor 2015-yil AQShning Bloomington shahrida Indiana University Press nashriyotida Ogʻa Xon madaniyat trasti (inglizcha: Aga Khan Trust for Culture) qoʻllovi bilan chop etildi. 2016-yil qayta nashr qilindi.

Boʻlimlari

tahrir
Boʻlim Bob Bob nomi Tavsif Muallif
Part I. Music and Culture in Central Asia
I boʻlim. Markaziy Osiyoda musiqa va madaniyat
1 Music in Central Asia: An Overview
Markaziy Osiyoda musiqa: Obzor
Birinchi bobda Markaziy Osiyoning geografik va madaniy chegaralari, mintaqada yashovchi koʻchmanchi va oʻtroq xalqlar oʻrtasidagi farqlar va oʻxshashliklar, Islom dini va musiqa, ijro va ijtimoiy kontekst, Islom dini va tasviriy sanʼat, Markaziy Osiyo musiqasining Sovet Ittifoqi davridagi hamda 21-asr boshidagi qismati haqida soʻz yuritiladi. Theodore Levin
2 Musical Instruments in Central Asia
Markaziy Osiyo cholgʻu asboblari
Ikkinchi bobda Markaziy Osiyo xalqlari cholgʻu asboblari, cholgʻularni klassifikatsiyalash, xususan, Hornbostel–Sachs tizimi hamda ularning tuzilishi, va, nihoyat, koʻchmanchi va oʻtmishda koʻchmanchi boʻlgan xalqlar bilan oʻtroq xalqlar cholgʻu asboblari oʻrtasidagi farqlar haqida soʻz yuritiladi.
Part II. The Nomadic World
II boʻlim. Koʻchmanchilar dunyosi
Prologue
Muqaddima
Who Are the Nomads of Central Asia?
Markaziy Osiyo koʻchmanchilari kim?
Muqaddimada Markaziy Osiyoning oʻtmishda koʻchmanchi boʻlgan xalqlari, sovet davrida ularning majburan oʻtroqlashtirilgani hamda ushbu xalqlarning hozirgi turmush tarzi haqida qisqacha maʼlumot berilgan.
3 Introduction to Central Asian Epic Traditions
Markaziy Osiyo dostonlariga kirish
Uchinchi bobda Markaziy Osiyo xalqlari dostonlari, xususan, „Manas“, „Alpomish“, „Goʻroʻgʻli“ dostonlari, Markaziy Osiyo xalqlari dostonlarining qahramonlari, dostonlarda keng uchraydigan mavzular, doston ijrosi hamda dostonchilar/baxshilar/qissaxonlar haqida hikoya qilinadi. Elmira Kochumkulova
4 The Kyrgyz Epic Manas
"Manas" qirgʻiz eposi
Toʻrtinchi bobda qirgʻizlarning „Manas“ trilogiyasi, xususan, uning ahamiyati, eposning jugʻrofiy qamrovi, 19-asrdan boshlab yozib olinishi, eposni ijro etish uslublari, taniqli manaschilar hamda eposning zamonaviy Qirgʻizistonda tutgan oʻrni haqida hikoya qilinadi.
5 Oral Epic in Kazakhstan: Körughly and a Dynasty of Great Jyraus
Qozogʻistonda ogʻzaki poetik ijod: Goʻroʻgʻli va buyuk jirovlar sulolasi
Beshinchi bobda „Goʻroʻgʻli“ dostonining qozoqlar orasida tarqalgan versiyasi hamda jirovlar va jirovlar sulolalari haqida hikoya qilinadi. Uljan Baybosinova
6 Music of the Karakalpaks. The Epic World of the Karakalpaks: Jyrau and Baqsy
Qoraqalpoqlar musiqasi. Qoraqalpoqlar doston dunyosi: Jirovlar va baxshilar
Oltinchi bobning birinchi qismida Qoraqalpogʻistonda bir-biriga yaqin, lekin farq qiladigan jirovlik va baxshilik sanʼati hamda qoraqalpoqlar kundalik hayotida kuylaydigan boshqa kuylar, jumladan, ona allasi haqida soʻz yuritiladi. Frédéric Léotar
Music of the Karakalpaks. Qyssakhan: Performer of Written and Oral Literature
Qoraqalpoqlar musiqasi. Qissaxon: Yozma va ogʻzagi adabiyot ijrochisi
Oltinchi bobning ikkinchi qismida qissaxonlik anʼanasi, xususan, uning kelib chiqishi, qissaxonlar orasida keng tarqalgan adabiy janrlar, qissaxonlik anʼanasining avlodda-avlodga oʻtishi, ushbu sanʼatning sovet davridagi qismati, taniqli qissaxonlar hamda ushbu sanʼat turi tobora unutilib borayotgani haqida hikoya qilinadi. Qalmurza Qurbanov va Saida Daukeyeva
7 The Art of the Turkmen Bagshy
Turkman baxshisi sanʼati
Yettinchi bobda turkmanlar orasidagi baxshichilik sanʼati, xususan, baxshilar turlari, baxshichilik uslublari va maktablari (Ahal, Bolqon, Lebap, Dashoguz, Mari baxshichilik anʼanalari) yoritilgan. Jamilya Gurbanova
8 The Turkmen Dutar
Turkman dutori
Sakkizinchi bob dutorning turkmanlar orasida keng tarqalgan kalta dastali versiyasi va Turkmanistonning Mari va Ahal viloyatlarida keng tarqalgan ijro uslublariga bagʻishlangan. David Fossum
9 Kyrgyz Wisdom Songs: Terme Yrlary
Qirgʻiz donishmandlik qoʻshiqlari: Terma ashulalar
Toʻqqizinchi bobda terma janrining qirgʻizlar orasida keng tarqalgan turilari, bunday ashulalarning sheʼri va ohangi hamda zamonaviy terma qoʻshiqlar haqida soʻz yuritiladi. Elmira Kochumkulova
10 Aqyns and Improvised Poetry Competitions among

the Kazakhs and Kyrgyz
Oqinlar va qozoqlar va qozoqlarning badiha bellashuvlari

Oʻninchi bobda ogʻzaki ijodkorlar, xususan, jirovlar va oqinlar, oqinlik sanʼati, ustoz-shogird munosabatlari, oqinlar bellashuvlari — aytishuvlar, aytishuv turlari, aytishuv poeziyasi va musiqasi, oqinlar ijtimoiy hayot va siyosatda tutgan oʻrin hamda zamonaviy aytishuvlar haqida soʻz yuritiladi. Elmira Kochumkulova va Jangul Qojaxmetova
11 Singing Traditions of the Kazakhs
Qozoqlarning kuylash anʼanalari
Oʻn birinchi bobda qozoqlar orasidagi kuylash anʼanalari, xususan, marosim qoʻshiqlari, professional ijodkorlar sollar va serilar ijodi hamda jirovchilik haqida soʻz yuritiladi. Alma Kunanbayeva
12 Kyrgyz Funeral Laments
Qirgʻiz motam qoʻshiqlari
Oʻn ikkinchi bobda qirgʻizlar orasida keng tarqalgan motam qoʻshiqlari, xususan, marosim qoʻshiqlarining zamonaviy qirgʻiz jamiyatida tutgan oʻrni, marosim qoʻshiqlari va marsiyalarning tuzilishi, vafot etgan ota-ona va yosh shaxsga bagʻishlangan motam qoʻshiqlari, qabr boshida aytiladigan qoʻshiqlar, va, nihoyat, qirgʻiz yozuvchisi Chingiz Aytmatovga bagʻishlangan motam qoʻshigʻi haqida soʻz yuritiladi. Elmira Kochumkulova
13 Kyrgyz Wedding Songs
Qirgʻiz toʻy qoʻshiqlari
Oʻn uchinchi bobda qirgʻiz orasida yoʻq boʻlib borayotgan toʻy qoʻshiqlari, xususan, kelinga aytiladigan qoʻshiqlar, haqida soʻz yuritiladi. Bobda bunday qoʻshiqlar aytiladigan ijtimoiy kontekst, toʻq qoʻshiqlarining sheʼriy tuzilishi, mavzulari yoritilgan. Boʻlimda faqat muallifning oʻz toʻyidan va qarindosh-urugʻi toʻylaridan misollar keltirilgan.
14 Kazakh Küi
Qozoq kuylari
Oʻn toʻrtinchi bobning birinchi qismida qozoqlar orasida keng tarqalgan instrumental asarlar, jumladan, instrumental kuylarining kelib chiqish tarixi, ularni doʻmbirada ijro etish uslublari (xususan, „toʻkma“ va „chertma“ chalish uslublari) hamda taniqli ijrochilar haqida hikoya qilinadi. Saida Daukeyeva
Kyrgyz Küü
Qirgʻiz kuylari
Oʻn toʻrtinchi bobning ikkinchi qismida qirgʻizlar orasida keng tarqalgan instrumental asarlar, jumladan, kuy turlari hamda zamonaviy qoʻmuz kuylari haqida soʻz yuritiladi. Nurlanbek Nishanov
15 Kyrgyz Jaw Harps
Qirgʻiz changqoʻbizlari
Oʻn beshinchi bobda qirgʻizlar orasida keng tarqalgan changqoʻbiz, turlari, xususan, yogʻochdan va metalldan yasalgan changqoʻbizlar hamda hozirgi qirgʻiz jamiyatida mazkur cholgʻuga boʻlgan qiziqish haqida soʻz yuritiladi.
16 The Kazakh Qobyz
Qozoq qoʻbizi
Oʻn oltinchi bobda qozoqlar orasida keng tarqalgan qoʻbiz, uning kelib chiqishi, kuy ijrosidagi roli, sovet davrida oʻzgartirilgani hamda mustaqil Qozogʻistonda cholgʻuga qaytadan uygʻongan qiziqish va qoʻbiz uchun yaratilgan zamonaviy kuylar haqida soʻz yuritiladi. Saida Daukeyeva
17 Dombyra Performance, Migration, and Memory among Mongolian Kazakhs
Moʻgʻulistondagi qozoqlar orasida doʻmbira ijrosi, migratsiya va xotira
Oʻn yettinchi bobda Moʻgʻulistonda yashovchi etnik qozoqlar orasida doʻmbira ijrosi haqida soʻz yuritiladi. Mazkur bobda qozoq diasporasi orasidagi doʻmbira ijrosi uch davr — qozoq diasporasining yuzaga kelishi, sotsialistik davr hamda mustaqil Qozogʻiston davrida yashab, ijod qilgan uch sanʼatkor misolida yoritilgan.
Part III. The World of Sedentary Dwellers
III boʻlim. Oʻtroq xalqlar dunyosi
Prologue
Muqaddima
Patterns of Culture: Sedentary Dwellers
Madaniyat tuzilmalari: Oʻtroq xalqlar
Muqaddimada Markaziy Osiyoning oʻtroq xalqlari hamda mintaqada yashovchi oʻtroq va koʻchmanchi xalqlar oʻrtasidagi asosiy farqlar haqida qisqacha maʼlumot berilgan. Theodore Levin
18 Maqom Traditions of the Tajiks and Uzbeks
Tojiklar va oʻzbeklarning maqom anʼanalari
Oʻn sakkizinchi boʻlimda tojiklar va oʻzbeklarning maqom sanʼati, xususan, maqomning ikki keng tarqalgan maʼnosi, Markaziy Osiyodagi maqom anʼanalari va ularning kelib chiqishi, maqomning uch keng tarqalgan turi — shashmaqom, olti yarim maqom (Xorazm) hamda chormaqom (Fargʻona-Toshkent) haqida soʻz yuritiladi. Will Sumits va Theodore Levin
19 The Uyghur Muqam
Uyʻgur maqom
Oʻn toʻqqizinchi boʻlimda uygʻurlarning maqom sanʼati, xususan, uning oʻn ikki maqom va dolan maqomi turlari hamda Shinjon-Uygʻur muxtor rayonida yashovchi uygʻurlar orasida maqom sanʼati tugan oʻrin haqida soʻz yuritiladi. Rachel Harris
20 New Images of Azebaijani Mugham in the Twentieth Century
Ozarbayjon maqomining yigirmanchi asrdagi yangi tasvirlari
Yigirmanchi boʻlimda ozarbayjonlarning maqom sanʼati, xususan, ozarbayjon va Markaziy Osiyo xalqlari oʻrtasidagi musiqiy va madaniy rishtalar, yigirmanchi asrda Ozarbayjonda shakllangan maqom operasi, simfonik maqom hamda jazz haqida hikoya qilinadi. Aida Huseynova
21 Popular Classics: Traditional Singer-Songwriters in Uzbekistan and Tajikistan
Pop klassika: Oʻzbekiston va Tojikistondagi anʼanaviy qoʻshiqchi- bastakorlar
Yigirma birinchi boʻlimda Oʻzbekiston va Tojikiston faoliyat yurituvchi zamonaviy qoʻshiqchi-bastakorlar, yaʼni anʼanaviy va xalq qoʻshiqlarini zamonaviy talqinda ijro etuvchi sanʼatkorlar hamda mumtoz adabiyot vakillari sheʼrlariga kuy bastalovchi yoki aksincha — xalq qoʻshiqlari ohanglariga yangi sheʼr yozuvchi sanʼatkorlar haqida soʻz yuritiladi. Theodore Levin
22 Religious Music and Chant in the Culture of Sedentary Dwellers
Oʻtroq xalqlar madaniyatida diniy musiqa va qoʻshiqlar
Yigirma ikkinchi boʻlimda Markaziy Osiyo xalqlari madaniyatida Islom turgan oʻrin, mintaqadagi diniy musiqa va qoʻshiqlar tarixi va turlari, ularni ijro etish anʼanalari, diniy marosimlar davomida ijro etiladigan qoʻshiq va musiqa, tasavvufdagi musiqiy anʼanalar, diniy asosga ega xalq musiqasi hamda diniy anʼanalarni saqlab kelayotgan ayollar haqida soʻz yuritiladi. Aleksandr Jumayev
23 Sufism and the Ceremony of Zikr in Ghulja
Gʻuljada tasavvuf va zikr marosimi
Yigirma uchinchi boʻlimda Shinjon-Uygʻur muxtor rayonidagi Gʻulja shahrida yashovchi uygʻur sufiylar hamda zikr marosimi, xususan, uning „Zikri jahriy“ („oshkora zikr“) hamda „Zikri xafiy“ (yashirin zikr) turlari haqida soʻz yuritiladi. Muqaddas Mijit
24 Dastan Performance among the Uyghurs
Uygʻurlar orasida dostonchilik
Yigirma toʻrtinchi boʻlimda uygʻurlar orasidagi dostonchilik sanʼati, xususan, doston repertuari, doston aytishni oʻrganish, doston ijro etiladigan joylar hamda uygʻur dostonlarining oʻzgacha jihatlari yoritilgan. Rahile Davut va Elise Anderson
25 Female Musicians in Uzbekistan: Otin-oy, Dutarchi, and Maqomchi
Oʻzbekistondagi ayolr musiqachilar: otinoyi, dutorchi va maqomchi
Yigirma beshinchi boʻlimda Oʻzbekistondagi ayol musiqachilar, xususan, otinoyilar, dutorchilar (jumladan, Dutorchi qizlar ansambli) va maqomchilar (jumladan, Munojot Yoʻlchiyeva) haqida soʻz yuritiladi. Roziya Sultonova
26 Music in the City of Bukhara
Buxoro shahrida musiqa
Yigirma oltinchi boʻlimda Oʻzbekistonning Buxoro shahri musiqasi, xususan, shaharda oʻtkaziladigan bayram tadbirlari va marosimlar, sozandalar va ularning repertuari, mavrigxonlar, shuningdek, shaharda yashab, ijod qilgan yahudiy musiqachilari sulolalari haqida soʻz yuritiladi. Theodore Levin va Aleksandr Jumayev
27 Music and Culture in Badakhshan
Badaxshonda musiqa va madaniyat
Yigirma yettinchi boʻlimda Badaxshonning Tojikistonga tegishli hududida yashovchi xalqlar, ayniqsa, shia mazhabining ismoiliylik yoʻnalishiga amal qiluvchi xalqlar musiqasi va sanʼati haqida soʻz yuritiladi. Theodore Levin
28 The Maddoh Tradition of Badaksgan
Badaxshondagi maddohlik anʼanasi
Yigirma sakkizinchi boʻlimda Badaxshonning Tojikistonga tegishli hududida yashovchi xalqlar orasidagi maddohlik anʼanaviy aytim yoʻli, xususan, maddohlik yordamida davolash hamda maddohlikda Pomir rubobi tutgan oʻrin haqida soʻz yuritiladi. Benjamin D. Koen
29 Qasoid-khoni in the Wakhan Valley of Badakhshan
Badaxshonning Vahon vodiysidagi qasidaxonlar
Yigirma toʻqqizinchi boʻlimda Badaxshondagi Vahon vodiysida xalqlar orasidagi qasidaxonlar haqida, xususan, qasida janri musiqasi, qasida ijro etiladigan diniy marosimlar, qasidaxonlarning musiqa asboblari, Pomirdagi ismoiliylar orasida Pomir rubobi tutgan oʻrin hamda qasidalarning diniy aspekti va tuzilishi haqida soʻz yuritiladi. Chorshanbe Goibnazarov
30 Falak: Spiritual Songs of the Mountain Tajiks
Falak: Togʻli tojiklarning diniy qoʻshiqlari
Oʻttizinchi boʻlimda Tojikistonning janubi-sharqida va janubi-gʻarbida yashaydigan xalqlar orasidagi falak musiqa janri haqida, xususan, uning Koʻlob va Pomirdagi turlari, falak janridagi qoʻshiqlar ijro etiladigan marosimlar hamda zamonaviy falak ijrochilari haqida soʻz yuritiladi. Farogʻat Aziziy
Part III. Central Asian Music in the Age of Globalization
IIII boʻlim. Globalizatsiya davrida Markaziy Osiyo musiqasi
31 Revitalizing Musical Traditions: The Aga Khan Music Initiative
Musiqiy anʼanalarni qayta jonlantirish: Ogʻa Xon Musiqa tashabbusi
Oʻttiz birinchi bobda Markaziy Osiyo musiqasining globalizatsiya davridagi taqdiri, xususan, mintaqa musiqiy anʼanalarini qayta jonlantirishda hamda Markaziy Osiyo madaniyatini global miqyosda targʻib qilib kelayotgan Ogʻa Xon musiqa tashabbusi (inglizcha: Aga Khan Music Initiative) haqida soʻz yuritiladi. Theodore Levin
32 Cultural Renewal in Kyrgyzstan
Qirgʻizistonda madaniy tiklanish
Oʻttiz ikkinchi bobda Qirgʻizistonda Sovet Ittifoqi parchalanib ketganidan keyin sodir boʻlgan madaniy tiklanish uch davrga boʻlib koʻrib chiqilgan. Bular 1990-yillar, 2000-yillar va 2010-yillardir. Bobda neotraditsionalist va post-neotraditsionalist sanʼatkorlar haqida soʻz yuritiladi. Raziya Sirdibayeva
33 Popular Music in Uzbekistan
Oʻzbekistonda pop musiqa
Oʻttiz uchinchi bobda Oʻzbekistonda Sovet Ittifoqi davrida va mustaqillik yillaridagi estrada musiqasi, estradaning Oʻzbekistonning turli hududlaridagi turlari hamda alternativ musiqa haqida soʻz yuritiladi. Bobda Botir Zokirov, „Yalla“ guruhi, Yulduz Usmonova, „Setora“ guruhi, Sevara Nazarxon hamda Mahmud Namozov va Nikita Makarenkoning rock guruhi tilga olingan. Kerstin Klenke
34 Innovation in Tradition
Anʼanadan yangilik
Oʻttiz toʻrtinchi bobda Oʻzbekistonda Sovet Ittifoqi parchalanib ketganidan keyin musiqa sanʼatida yuzaga kelgan eklektizm musiqasi, bastakor Dmitriy Yanov-Yanovskiy hamda teatr rejissori Ovlaquli Xoʻjaquli kabi ijodiy eksperimentalizm namoyondalari va ularning asarlari haqida soʻz yuritiladi. Aleksandr Jumayev
35 Tradition-Based Popular Music in Contemporary Tajikistan
Hozirgi Tojikistonda anʼanaga asoslangan pop musiqa
Oʻttiz beshinchi, yakuniy bobda mustaqil Tojikiston estradasi, xususan, uning xorij musiqasi va anʼanaviy musiqa taʼsirida shakllanishi hamda zamonaviy estrada ijrochilar haqida hikoya qilinadi. Federico Spinetti

Kutib olinishi

tahrir

Kitob tanqidchilar va oʻquvchilar tomonidan yaxshi kutib olindi.[1] Delaware universiteti professori Sunmin Yoon kitobni yuqori baholadi: „Bu kitob zamonaviy olimlar — ham markaziy osiyolik, ham xorijlik — yozgan tadqiqotlar bilan boyitilgan. Kitobning oʻziga xos jihatlaridan biri yoritilgan mavzularning ularni ham madaniy, ham musiqiy jihatdan oʻz boshidan kechirgan shaxslar tomonidan yozilganidir. ... Mahalliy olimlar va sanʼatkorlar kombinatsiyasi hamda mahalliy olimlar bilan yaqindan ishlagan xorijlik tadqiqotchilar orqali bu kitob bugunga qadar kamdan-kam yoritilgan ogʻzaki anʼana va udumlarni taqdim etadi.“[2]

Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 "The Music of Central Asia. Ed. Theodore Levin, Saida Daukeyeva & Elmira Köchümkulova. Indiana University Press ISBN 978-0253-01751-2 704pp (hb)" (inglizcha). BBC Music Magazine 96. 23.02.2017. 
  2. 2,0 2,1 Yoon, Sunmin (2019 mart). "The Music of Central Asia. Edited by Theodore Levin, Saida Daukeyeva, and Elmira Köchümkulova. Bloomington: Indiana University Press, 2016. [xxii, 676 p. ISBN 978-0253-01751-2 (hardback), $40.] Music examples, illustrations, bibliography, glossary, index, accompanying website" (inglizcha). Notes (Music Library Association) 75 (3): 524-526. doi:10.1353/not.2019.0026. 
  3. „UCA Course on Central Asia Musical Traditions Teaches and Inspires“ (inglizcha). Markaziy Osiyo universiteti (2013-yil 29-may). 2020-yil 30-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 9-avgust. (Wayback Machine saytida 2020-09-30 sanasida arxivlangan)
  4. „The Music of Central Asia“ (ruscha). Markaziy Osiyo Amerika universiteti (2013-yil 11-iyul). Qaraldi: 2020-yil 9-avgust.

Havolalar

tahrir