Foydalanuvchi munozarasi:Alpasli/2023

Eng oxirgi fikr: 4 oy oldin (Alpasli tomonidan „Assalomu alaykum“ mavzusida)
Tez boshlash uchun qoʻllanma Vikipediyaga xush kelibsiz, Alpasli!
Birinchi qadam Vikipediya foydalanuvchilari nomidan uning oʻzbek tilidagi boʻlimiga kelganingiz bilan qutlayman. Umid qilamizki, siz loyihada ishtirok etishdan behad mamnun boʻlasiz.

Ishtirok etishning asosiy tamoyillariga eʼtibor bering: bemalol tahrirlang va ezgu maqsadni koʻzlang.

Munozara sahifalarida tasvirda koʻrsatilgan tugmani bosish orqali imzo qoʻyish mumkin.

Vikipediyada maqolalar ostiga imzo qoʻyilmaydi (mualliflar roʻyxati avtomatik shakllanib boradi va maqolaning tahrirlar tarixidan olinishi mumkin boʻladi), biroq forumdagi muhokamalarda yoki alohida sahifalarning munozaralarida ishtirok etishni istasangiz — iltimos, toʻrtta tilda (~~~~) belgisi bilan yoki asboblar panelidagi mos tugmachani bosish yoʻli bilan imzo cheking. Bunda foydalanuvchi nomingizni qoʻlda kiritish talab etilmaydi.

Foydalanuvchi sahifangizda oʻzingiz haqingizdagi ayrim maʼlumotlar haqida xabar berishingiz mumkin — masalan, qaysi tillarni bilishingiz yoki qiziqishlaringiz.

Endi boshlayotganlarning tez-tez qiladigan xatolaridan biri — mualliflik huquqlarini buzishdir. Vikipediyada mualliflik huquqi egasining ruxsatisiz matnlardan nusxa koʻchirish taqiqlanadi. Batafsil maʼlumot uchun Vikipediya:Mualliflik huquqlari sahifasiga nazar soling.

Yozilgan matn imlosini tuzatish kabi koʻp mehnat talab qiladigan amallarni bajarish uchun tahrirlash oynasining tagida joylashgan Vikifikator funksiyasidan foydalanishingiz mumkin.

Agar siz bitta tahrir bilan maqola yarata olmasangiz va uni yozishni keyinroq davom ettirmoqchi boʻlsangiz, bu haqda boshqa foydalanuvchilarni xabardor qilish uchun maqola matnining eng boshiga {{subst:L}} kodini qoldiring.

Agar sizda savollar tugʻilib qolsa, Yordam sahifasidan foydalaning. Agar savollaringizga u yerda javob topa olmagan boʻlsangiz, unda uni loyiha forumida yoki Telegram chatda bering yoki shaxsiy munozara sahifangizni tahrirlang: u yerga {{yordam kerak}} kodini va savolingiz matnini yozing — sizga albatta yordam berishadi.

Vikiiqtibos, Vikilugʻat, Vikimaʼlumotlar, Vikiombor kabi Vikipediyaga qardosh boshqa loyihalar ham bor. Ularni boyitishga ham hissa qoʻshishingiz mumkin.

Va yana bir marotaba, xush kelibsiz!

Hello and welcome to the Uzbek Wikipedia! We appreciate your contributions. If your Uzbek skills are not good enough, that’s no problem. We have an embassy where you can inquire for further information in your native language. We hope you enjoy your time here!
Maqolalarni nomlash
Maqola qanday yoziladi? Qarang: Maqola ustaxonasi / Videodarslar
Qoida va koʻrsatmalar
Tasvirlar bilan bezash
Mualliflik huquqlari
Glossariy


Nima gap --Issakii (munozara) 05:14, 5-Aprel 2023 (UTC)Javob berish

Alpasli sababsiz sahifani oʻchirdiz. Men toʻliq mavzuga biriktirgandim . Noroziman Khurmatxanim (munozara) 13:46, 24-Dekabr 2023 (UTC)Javob berish

Fountain baholash tahrir

Assalomu alaykum! Arizona iqtisodiyoti maqolasini kamchiliklarini toʻgʻriladim. Munozar sahifangizga yozishimni aytibsiz. Tekshirib berishingizni soʻrab qolaman.--Gulistanium (munozara) 03:18, 18-Sentyabr 2023 (UTC)Javob berish

Assalomu alaykum. Alpasli Yosh Muhofiz nomli foydalanuvchi tarjima qilgan Ariychilik maqolasini o'chirgan ekansiz. Lekin bu qilmishga hech qanday izohni ko'rolmadim. Asoslay olasizmi?

Assalomu alaykum, Asliddin aka, salomatmisiz? Avvalo maqolalarimdagi kamchiliklarni yozib, baho qoʻyayotganingizga rahmat.

Nodir aka „Bilgiqutidan tashqari jadvallari boʻlsa murakkab uslubda rasmiylashtirishga kiradi“ degan mazmundagi gapni oromgohdagi amfiteatrda aytgandi. Murakkab uslubda rasmiylashtirgan maqolalarimga ham 1 bal qoʻyibsiz. @Alpasli

Muzaffar Murodovichmunozaramga yozish 13:49, 24-Sentabr 2022 (UTC)

vaalaykum assalom. hozir hakamlar oʻrtasida maqolalarning muhimligi masalasida munozaralar boʻlib oʻtyapti. iloji boricha yuqori baholashga va maslahat qilib baholashga harakat qildim. maqolaning muhimlik jihati, mazmunidagi ahamiyati, soʻzlarning toʻgʻri foydalanish jihatlariga koʻproq eʼtibor berganman. Alpasli (munozara) 14:09, 24-Sentabr 2022 (UTC).

@Alpasli aka assalomu alaykum! Yaxshiyam bor ekansiz, baraka toping. Adolat bilan, yaxshini yaxshi, yomonni yomon deb baho qoʻyayotganizdan juda xursandman! Alloh kuch-quvvat va sogʻlik bersin, hecham charchamang akajon! Ot dushi hurmatimdasiz! Gaffarov737 (munozara) 14:41, 22-Noyabr 2022 (UTC)Javob berish
vaalaykum assalom. soʻngi maqolangizdagi „manba xatolarini“ toʻgʻrilang. ballga taʼsir qilishi mumkin Alpasli (munozara) 15:15, 22-Noyabr 2022 (UTC)Javob berish
Assalomu alaykum men bir nechta maqollar yozgan edim havolalar bilan muommo boʻlib tushunarsiz yozuvlar qoʻshilibdi, tahrir qilishga ulgurmasimdan uni oʻchirib tashlashdi. Yana 2000 soʻzdan tashkil topgan hech qanaqa xatosiz boʻlgan(bir necha marta oʻzim koʻrin chiqqanman) maqolamni ham Natayev(Nodir aka oʻchirib tashladilar), mayli lekin yangi yozgan maqolalarimga ham ball berganingiz yoʻq hali ham Botirjon X (munozara) 07:14, 16-Sentyabr 2023 (UTC)Javob berish

Baholash tahrir

Assalomu alaykum, aka.

Aka, baholashda negadir −1 olyapman. Men yangi maqolalar ustida ancha ustida ishlab tahrirlashga hojat qoldirmaslikka harakat qilyapman. Aynan qaysi jihatlar uchun −1 olayotganimni ayta olasizmi. Keyingilarida yaxshiroq boʻlardi oʻzim topolmayapman. Odilbek Irisqulov (munozara) 15:39, 26-Sentabr 2022 (UTC)

vaalaykum assalom. nega bahoni yuqori qoʻymaganimning sababini aytib oʻtganman kommentariya qismiga. asosan jumla qurilishidagi gʻalizliklar uchun minus qoʻyyapman. lekin hech kim minusga oʻrgani yoʻq, eng kamida bir qoʻyib beryapman Alpasli (munozara) 15:45, 26-Sentabr 2022 (UTC)

Assalomu alayykum aka yaxshimisiz? Chindan ham sizda baholash borasida adolat va eʼtiborli ekanligizni koʻrdim! Siz bilan bir jamoada ekanligimdan xursandman. #Tilimiz_uchun harakatdamiz va birgamiz! Maqolalarni baholashda omad va kuch-quvvat tilayman! Qoʻygan baholaringiz uchun rahmat, motiv boʻldi akajon! Gaffarov737 (munozara) 19:37, 6-Dekabr 2022 (UTC)Javob berish
vaalaykum assalom. arzimaydi, sogʻ boʻling Alpasli (munozara) 19:42, 6-Dekabr 2022 (UTC)Javob berish

Baholash tahrir

Assalomu alaykum. Meni Clinton N'Jie maqolam uchun −1 baho beribsiz, maqolani toʻliq oʻqib tarjima qilganman. Iltimos xatoyimni bildiring. Diwikiped (munozara) 07:27, 30-Sentabr 2022 (UTC)

vaalaykum assalom! avvalambor javob berolmaganim uchun uzr soʻrayman sizdan. maqolangizga qarab koʻrdim, adashganimni tan olaman, tajribasizlik qilganman. va Wikipediadagi porloq faoliyatingizga omad tilayman Alpasli (munozara) 18:27, 20-Aprel 2023 (UTC)Javob berish

Baholash tahrir

Assalomu alaykum men birinchi marta munozaraga yozyapman, agar xato boʻlib ketsa oldindan uzr. Hakamlarni qatorini koʻrib chiqdim, nega meni maqolalarimni hech baholab koʻrmagansiz?)) History uzbeks (munozara)

vaalaykum assalom. boʻldi, qarab baholashga harakat qilaman. Alpasli (munozara) 19:31, 18-Noyabr 2022 (UTC)Javob berish

YM statusi tahrir

Yaxshi maqola statusiga nomzod | Malay quyosh ayigʻi
 
 
  • Malay quyosh ayigʻi IUCN qizil roʻyxatiga kiritilgan yoʻqolib ketish xavfi ostida turgan ayiq turi. Mazkur maqolada siz bu ayiqlar haqida yetarlicha maʼlumot olishingiz mumkin.
  • Maqolada convert andozasi tufayli ayrim oʻlchov birliklari ingliz tilida qolib ketgan va bu holatga vaqtincha koʻz yumishingizni soʻrar edim.
  • Iltimos, maqola bilan tanishib chiqing va oʻz fikrlaringizni qoldiring!
  • Lozim deb topsangiz   Roziman andozasini aks holda   Qarshiman yoinki   Betarafman belgisini qoʻllashingiz mumkin. Sizning har bir fikringiz men uchun ahamiyatli
  • Marhamat fikrlaringizni qoldirishingiz mumkin: kirish

Iltimos maqolani tahrilashda Vikifikator tugmasini bosishga eʼtiborli boʻling. Ayrim rasmlar vikifikator qilingach ishlamay qolishi mumkin.

PanPanChik #yozish 04:58, 10-Oktabr 2022 (UTC)

Ovoz berishda ishtirok eting! tahrir

Assalomu alaykum, hurmatli Alpasli! Ushbu sahifada boʻlayotgan ovoz berish jarayonida qatnashishingizni iltimos qilib qolgan boʻlar edim. Soʻrovnomaga befarqlik koʻzi ostida boqmasligingiz, ovoz berishda ishtirok etishingiz, Vikimizda tahrirlar soninig oshishiga xizmat qilishi mumkin. Hurmat bilan, MaxiMillian (talk) 12:06, 12-Noyabr 2022 (UTC)Javob berish

Fountain baholash tahrir

Assalomu alaykum @Alpasli. Meni maqolamni tekshirgangiz uchun minnatdorchiligimni bildiraman, avvalgi adminlar boshqa bahoni qoʻyishgan, siz esa 0 qoʻyib kelyapsiz, faqat bir soʻzni takrorlab yozgansiz, ochigʻi bu soʻzlarizdan maʼno mantiq topmadim, yoki boshqa yozmasligim uchun ruhiyatimni choʻktirmoqchimisiz? Vaqtimni koʻz nurimni va mehnatimni sarflab qilayotgan ishimni shunchaki yuzaki tekshirmasdan eʼtiborli boʻlib adolatli tarzda adminlarga mos boʻlib koʻrib chiqgan holda baho berishingizni soʻrayman va xato kamchiliklarni batafsil yozishingizni, men esa xatolarimni takrorlamaslik uchun va anglashim uchun toʻgʻri yoʻl koʻrsatishingizni sizdan iltimos qilib qolaman. Sakinabonu (munozara) 02:52, 20-Noyabr 2022 (UTC)Javob berish

vaalaykum assalom. soʻzlardagi gʻalizliklar sabab baho olib tashlanmoqda. yaratgan maqolangizni qayta-qayta oʻqib chiqishingizni soʻrayman Alpasli (munozara) 21:58, 19-Noyabr 2022 (UTC)Javob berish
Aynan nimani nazarda tutyapsiz? Men sizni tilingizni chunmayapman, yoki siz meni gapimni anglamadingiz. Sakinabonu (munozara) 22:00, 19-Noyabr 2022 (UTC)Javob berish
nimani tushunmayapsiz? maqola yaratgach oʻqing deyapman qayta-qayta. men baholagan maqolalarni ham oʻqing yana bir qayta. „chundingiz“ deb umid qilaman Alpasli (munozara) 22:05, 19-Noyabr 2022 (UTC)Javob berish
Men sizni chundim, boshqa ishtirokchilarga qoʻygan baholaringizni va ularning maqolalarini ham koʻrib chiqdim, bu yerda boshqa sabab borligini anglab yetdim, sizga katta rahmat. Sakinabonu (munozara) 22:10, 19-Noyabr 2022 (UTC)Javob berish
Foydalanuvchi @Sakinabonu, avvalo Oʻzbekcha Vikipediyaga hissa qoʻshayotganingiz uchun tashakkur. Koʻplab maqolalaringizda avtomat tarjima qolib ketyapti. Masalan „Lancashiredagi rejalashtirilgan yodgorliklar“ maqolasida "Birlashgan Qirollikda rejalashtirilgan yodgorlik „milliy ahamiyatga ega“ arxeologik ob’ekt yoki tarixiy bino boʻlib, uni raqamli, madaniyat va ommaviy axborot vositalari boʻyicha Davlat kotibi tomonidan roʻyxatga (yoki „jadvalga“) joylashtirish orqali ruxsatsiz oʻzgartirishdan himoyalangan. Bunday joylarni aniqlashda tarixiy Angliya yetakchi rol oʻynaydi", deb yozgansiz. Bu yerda:
1. Ob’ekt emas, obyekt.
2. „Bunday joylarni aniqlashda tarixiy Angliya yetakchi rol oʻynaydi“, bu gap juda tushunarsiz, „tarixiy Angliya“ shaxsmi? Yoki Angliyaning biror tarix jamiyati haqidami gap? Xatolar hali koʻp. Tarjima sifatini yaxshilang, buning uchun maqolani chop etgach, bir necha marta (kamida 5 marta) boshdan-oyoq oʻqib chiqing. Jamshid Nurqul (munozara) 22:19, 19-Noyabr 2022 (UTC)Javob berish
Assalomu aleykum, eʼtiboringiz uchun va chuntirib oʻtganligingiz uchun alohida rahmat. bu maqolani nihoyasiga yetkazmagan edim, tahrirlayotganimda toʻqnashuv yuz berdi, sizga kattakon rahmat, joningiz sogʻ boʻlsin. Sakinabonu (munozara) 22:54, 19-Noyabr 2022 (UTC)Javob berish

Yulduz tahrir

  Portalchilar“ yulduzi
Hurmatli, Alpasli sizni „Portalchilar“ jamoasiga aʼzo boʻlganingiz uchun tabriklagan holda, ushbu yulduzni sizga sovgʻa qilmoqchiman. Biz bilan birga boʻlishni tanlaganingiz uchun tashakkurlar! Hurmat bilan, MaxiMillian (talk) 06:36, 5-Dekabr 2022 (UTC)Javob berish
tashakkurlar! Alpasli (munozara) 08:12, 5-Dekabr 2022 (UTC)Javob berish

Gʻalizliklari tahrir

Assalomu alaykum Alpasli! Avvalambor tarjimalarimni baholayotganingiz uchun tashakkur. Dusheti munitsipaliteti maqolasida qaysi qismlarida kamchiliklar bor. Siz xato tekshiribsiz degan maqsadda emas, balki qayerida gʻaliz tarjima qilganimni bilmoqchi edim. Vaqtingiz boʻlsa xabar yuborishingizni soʻrab qolaman! Mirishkorlik (munozara) 14:56, 9-Dekabr 2022 (UTC)Javob berish

vaalaykum assalom. bu siz yozgan maqoladan parcha:
„Munitsipalitetning eng yirik milliy ozchiligi – osetinlarning asosiy qismi munitsipalitetning janubida joylashgan.“
eng yirik milliy ozchilik? davomida esa Osetinlar janubda joylashgan deyilibdi. yashashgan deyilsa yanada toʻgʻriroq boʻlmaydimi? tagʻin yana bor, bu kabi kamchiliklar
siz kabi ishtirokchilar juda koʻp, baholanmagan maqolalar esa undan-da koʻp!
maqolani qayta qayta oʻqing, murojaat qilishdan avval. sogʻ boʻling! Alpasli (munozara) 15:20, 9-Dekabr 2022 (UTC)Javob berish

Baholash tahrir

Assalomu alaykum. Maqolalarimni tekshiryapsiz avvalo rahmat. Ammo hammasiga Najot0809 ikkovingiz qatorlashtirib 0 qoʻyib chiqyapsizlar. Oldin umuman tekshirmasdingiz. 0 lik maqolalar boʻlsa umuman tekshirmay qoʻya qolganingiz maʼqul Narzullayev Elbek (munozara) 03:38, 14-Dekabr 2022 (UTC)Javob berish

Fountain tahrir

Assalomu alaykum Asliddin aka. Sogʻliklaringiz yaxshimi. 1-savolim, nega eski fountaindagi ballarimni pastlatyapsiz? Keyin u maqolani sizdan avval anchagina tajribali hakam baholagan bu 1-sabab. Agar pastlatish kerak boʻlsa, ayrim foydalanuvchilarga bergan novatorlikni toʻgʻilrlashingiz kerak deb oʻylayman. Avval oʻzingiz qilgan xatoni toʻgʻirlab keyin boshqalarni ishini tekshirishingizni soʻrab qolaman. Bu sizga qarshilik yoki boshqa narsa emas. Keyin boʻlsa oʻzingizni ham fountainda 11 donagina maqolangiz bor ekan. Shularni hozigi meʼyorlarga moslab qoʻyishingizni ham soʻrab qolardim. Men xatosiz ishlamayman demayman xatolarim bor va ularni toʻgʻirlab chiqmoqdaman. Fikrlarimni toʻgʻri tushunasiz degan umiddaman. Avval aytganingizdek yuqorida tekshirmayman deganmisiz meni maqolalarimga tegmasligingizni soʻrab qolaman. Programmer (munozara) 09:15, 14-Dekabr 2022 (UTC)Javob berish

Foydalanuvchi nomlarini ochiqlash tahrir

Xayrli kun, ijtimoiy tarmoqlarda foydalanuvchilar nomini ochiqlayotganingizdan yaqinda xabar topdim. Bu xavfsizlik tomondan shu foydalanuvchini shaxsiy hayoti, harakatlariga taʼsir qilishini bilmas edingizmi? Nataev bu boʻyicha biror choralar bormi? MiroJP (munozara) 10:21, 26-Dekabr 2022 (UTC)Javob berish

xayrli kun. yoʻq, bilmas edim. kerakli chora koʻrilishiga qarshi emasman Alpasli (munozara) 10:25, 26-Dekabr 2022 (UTC)Javob berish

Konsta maqolasi oʻchirishga nomzod qilib koʻrsatildi tahrir

 

Siz tomoningizdan yaratilgan Konsta maqolasi oʻchirishga nomzod sifatida koʻrsatildi. Chunki, maqolangiz Vikipediya qoida va koʻrsatmalariga mos kelmaydi, shuning uchun oʻchirilishi lozim.

Maqolangizni oʻchirish masalasi konsensusga erishilgunga qadar Vikipediya:Oʻchirishga/Konsta sahifasida muhokama qilinadi. Muhokamada hamma, jumladan siz ham qatnasha olasiz.

Muhokama davomida ham maqolada tahrirlar qilishingiz mumkin, biroq uning tepasidagi {{oʻchirishga}} andozasini olib tashlamasligingiz kerak. Salazarov (suhbat) 10:16, 27-Dekabr 2022 (UTC)Javob berish

tushundim, rahmat. bu maqolaning ensiklopedik ahamiyatga ega ekanligini isbotlashga harakat qilaman Alpasli (munozara) 10:41, 27-Dekabr 2022 (UTC)Javob berish

Yangi 2023-yil muborak boʻlsin! tahrir

  Yangi 2023-yil bilan!

Assalomu alaykum Asliddin aka Sizni kirib kelgan yangi 2023-yil bilan chin qalbimdan tabriklayman! Kelayotgan yil barchamizga baxt, omad va quvonch keltirsin. Yakunlangan 2022-yilda siz bilan oʻzbekcha vikipediyada tanishganligimdan juda xursandman! Yangi yilda Vikipediyani birgalikda rivojlantirishimizga tilakdoshman!!!
Samimiy tilaklar ila

PanPanChik #yozish 07:28, 1-Yanvar 2023 (UTC)Javob berish

rahmat, PanPanchik
senga ham qutlugʻ boʻlsin
aytganing kelsin Alpasli (munozara) 08:59, 1-Yanvar 2023 (UTC)Javob berish

Viki tabrik tahrir

  Viki tabrik!

Assalomu alaykum Alpasli! Taʼbir joiz boʻlsa Viki-polkovnik 😁! Oʻzbekcha Vikipediyaga qoʻshayotgan ulkan hissangiz bilan Vatan himoyasiga salmoqli hissa qoʻshmoqdasiz! Sizni kirib kelayotgan 14-yanvar „Vatan himoyachilari kuni“ bilan tabriklayman! Albatta ushbu kunda tabrikka eng haqli insonlardan birisiz!

Hurmat ila viki shogird – Narzullayev Elbek (munozara) 12:33, 13-Yanvar 2023 (UTC)
Javob berish

vaalaykum assalom, Elbek! rahmat, tabrik uchun. sizga ham bayram qutlugʻ boʻlsin! Alpasli (munozara) 21:14, 13-Yanvar 2023 (UTC)Javob berish

Okina va apostrof tahrir

Xayrli kun, Asliddin aka.

  1. Sahifa nomlashda apostrof (') emas, balki oʻ va gʻ da okina (ʻ) yoki bundan boshqa oʻrinlarda tutuq belgisi (ʼ) ishlating. Ayniqsa, turkum yaratayotganda eʼtiborliroq boʻlish kerak. Chunki notoʻgʻri yaratilsa, turkumdagi barcha maqolani tahrirlab chiqishga toʻgʻri keladi.
  2. Turkum yaratish davomida unga qisqacha taʼrif bering yoki boʻsh yarating, aslo Turkum:She'rlar sahifasi kabi yaratmang (Goʻzal Turkiston deb yozibsiz)
  3. Turkum:She'rlar hamda Turkum:She'riy turlar turkumini imlo asosida koʻchirib, undagi maqolalarni qayta tahrirlab chiqishingizni maslahat beraman

Yoqimli tahrirlar tilayman, aka
Muzaffar Murodovichmunozara 11:38, 1-Mart 2023 (UTC)Javob berish

salom
tayyor turkumlardan foydalandim, yaratmadim. maslahat uchun rahmat Alpasli (munozara) 11:46, 1-Mart 2023 (UTC)Javob berish

Vikilugʻat tahrir

Salom! Vikilugʻatda andoza va qay tartibda lugʻat yozishni koʻrsatganingiz uchun tashakkur. Albatta lugʻatni boyitishga kirishaman. MrShaxas #Munozaracha 13:37, 27-Aprel 2023 (UTC)Javob berish

salom! juda soz, foydam tekkanidan xursandman! Alpasli (munozara) 13:50, 27-Aprel 2023 (UTC)Javob berish

Soʻrovnomada qatnashing! tahrir

Salom! Mana bu sahifada administratorlik bayrogʻini qabul qilib olish uchun nomzodimni qoʻygan edim. Iltimos, soʻrovnomada oʻz ovozingiz bilan ishtirok etsangiz! Hurmat bilan, Salazarov 18:05, 9-Iyun 2023 (UTC)Javob berish

salom! albatta qatnashaman Alpasli (munozara) 18:17, 9-Iyun 2023 (UTC)Javob berish

Status uchun ovoz bering! tahrir

Salom. Habaringiz bor, Alisher Usmonov nomli maqolani yaxshi statusiga qoʻygan edim. Iltimos, ovoz berish orqali oʻz fikringizni bildiring. Rahmat. ANJANIY!!#suhbat 15:50, 30-Iyun 2023 (UTC)Javob berish

Tanlangan maqola uchun nomzod tahrir

Assalamu alaykum xurmatli admin va faol foydalanuvchi. Men Inson yuragi nomli maqolamni TM uchun nomzod qilib koʻrsatmoqchiman. Bu jarayonda sizning ovozingiz katta ahamiyatga ega hisoblanadi. Fikr-mulohazalaringizni kutib qolaman. Hurmat bilan Wikisurgery94 (munozara) 09:42, 30-Iyul 2023 (UTC)Javob berish

 

You have been a medical translators within Wikipedia. We have recently relaunched our efforts and invite you to join the new process. Let me know if you have questions. Best Doc James (talk · contribs · email) 12:34, 13 August 2023 (UTC)

Chizburgerga nima deysiz?! tahrir

  Mazza qilib taomlaning oʻzingizni koʻp urintirib qoʻymang!   Mirzoulugʻbek |@  18:29, 18-Avgust 2023 (UTC)Javob berish
rahmat, ogʻa! Alpasli (munozara) 13:19, 20-Avgust 2023 (UTC)Javob berish

TM statusi tahrir

TM statusi uchun qoʻyilgan ushbu maqolamga izoh bildirishingizni, xatolarini koʻrsatib oʻtishingiz, hamda loyiq koʻrsangiz, rozilik ishoratini qoldirishingizni soʻrab qolgan boʻlar edim! Mahmud Hamrayev (munozara) 10:40, 22-Avgust 2023 (UTC)Javob berish

TM statusi uchun yangi nomzod tahrir

Assalomu alaykum. TM statusi uchun nomzodlikka qoʻyilgan Futbol boʻyicha 1930-yilgi jahon chempionati maqolasini koʻrib chiqib, mana bu sahifada oʻz fikringizni bildirgan holda ovoz berish jarayonida qatnashishingizni soʻrayman! Hurmat bilan, Hasan Alimov (munozara) 07:37, 29-Avgust 2023 (UTC)Javob berish

XM statusi tahrir

  Prezident maktabi (Andijon) maqolasi
XM statusi uchun qoʻyilgan ushbu maqola haqida oʻz fikrlaringizni muhokama boʻlimida qoldirishingizni va uni statusga olib chiqishda oʻz maslahatlaringiz bilan oʻrtoqlashishingizni soʻragan boʻlar edim. Eʼtiboringiz uchun TASHAKKUR!!! Ibrohimjon 16:09, 5-Sentabr 2023 (UTC)

Fountain tahrir

Saliha Sultan (Ahmed IIIning qizi) maqolasiga AT andozasini qoʻygan edingiz. Qayta koʻrib chiqib oʻzgartirishlar kiritdim. Qayta baholash mumkinmi? Elbek (munozara) 08:39, 16-Sentyabr 2023 (UTC)Javob berish

salom. bundan keyin eʼtiborliroq boʻling va avtomat tarjima boʻlimidan foydalanmang maslahatim. yoqimli tahrirlar Alpasli (munozara) 08:59, 16-Sentyabr 2023 (UTC)Javob berish
Xoʻp rahmat. Elbek (munozara) 09:22, 16-Sentyabr 2023 (UTC)Javob berish

Ohanami maqolasi tahrir

Assalomu alaykum, oldin ham „Ohanami“ maqolasiga AT andozasi qoʻyilganda, qoʻlimdan kelganicha yaxshilagandim. Lekin ball berilmaptida, shunga uni yana kamchiliklari boʻlsa koʻrsatib bera olasizmi, toʻgʻirlamoqchi edim. Keyin ball bera olasizmi Yusufjonov3107 (munozara) 13:11, 16-Sentyabr 2023 (UTC)Javob berish

salom. wikidataga ulanmagan hozir, maqolaning soʻnggi qismi tushunarsiz. yoqimli tahrirlar Alpasli (munozara) 13:15, 16-Sentyabr 2023 (UTC)Javob berish
Assalomu alaykum, maqolani oxirini tahrirladim. Yana qarab berib baholay olasizmi Yusufjonov3107 (munozara) 12:49, 17-Sentyabr 2023 (UTC)Javob berish
Assalomu alaykum, o'sha maqolani tahrirlagandim, qarab bera olasizmi Yusufjonov3107 (munozara) 14:52, 18-Sentyabr 2023 (UTC)Javob berish

Fountain tahrir

Assalomu aleykum! Asliddin ogʻa Tuğba Özay va Billur Kalkavan maqolalariga AT andozasini qoʻygan edingiz. Ularni qoʻlimdan kelganicha tahrirlab oʻzgartirish kiritdim. Yana bir bor koʻrib va qayta baholash mumkin boʻlsa, qayta baholab bersangiz. Doniyor Yóldoshev (munozara) 02:35, 17-Sentyabr 2023 (UTC)Javob berish

vaalaykum salom. tushunarli Alpasli (munozara) 07:12, 17-Sentyabr 2023 (UTC)Javob berish

Fauntain tahrir

Assalomu alaykum. Bezovta Ruh (film) maqolasini qayta tahrirladim va avtomat tarjimalarni olib tashladim. Fountainda qayta baholab bera olasizmi? Soʻgʻdiyona

vaalaykum salom. Munozarangizni pastga olib oʻtdim. Alpasli (munozara) 11:10, 17-Sentyabr 2023 (UTC)Javob berish
Maqola qabul qilindimi? So'g'diyona (munozara) 12:00, 17-Sentyabr 2023 (UTC)Javob berish
fauntainda koʻring. Alpasli (munozara) 12:02, 17-Sentyabr 2023 (UTC)Javob berish
Yoʻq, „ATni tuzatib munozaramga yozilgan taqdirda qayta baholanadi“ degan ekansiz. Shunga qayta koʻrib chiqa olasizmi? So'g'diyona (munozara) 14:52, 17-Sentyabr 2023 (UTC)Javob berish
koʻrildi Alpasli (munozara) 14:55, 17-Sentyabr 2023 (UTC)Javob berish
Rahmat Ishingizda omad! So'g'diyona (munozara) 14:56, 17-Sentyabr 2023 (UTC)Javob berish
Kichkina shahzoda (film 2015) maqolasini AT dan tozaladim. Qayta baholab bering So'g'diyona (munozara) 16:31, 17-Sentyabr 2023 (UTC)Javob berish
Sandeep Unnikrishnan sahifasi toʻliq koʻrib chiqilib yangilandi va xatolardan tozalandi. Sahifani yana bir bor qayta koʻrib chiqishingizni soʻrayman. Rahmat So'g'diyona (munozara) 17:49, 17-Sentyabr 2023 (UTC)Javob berish
Assalomu alaykum! Sandeep Unnikrishnan va Kichkina shahzoda (film 2015) maqolalarini qayta ko'rib chiqing. Qayta tahrirlandi, iltimos. Bu xatolar boshqa qaytarilmaydi So'g'diyona (munozara) 16:34, 20-Sentyabr 2023 (UTC)Javob berish

Fountain. Maqola qayta tahrirlandi! tahrir

Assalomu alaykum. Ahmed Abdallah nomli maqola yozgan edim. AT aybi qoʻyilibdi. Maqolani toʻgʻrilab, munozarangizga yozishimni va maqola qayta baholanishini aytibsiz. Xatolar toʻgʻrilandi. Iltimos, qayta koʻrib, baholab bersangiz. Rahmat! Saloxiddin Mirzaolimov (munozara) 12:29, 17-Sentyabr 2023 (UTC)Javob berish

vaalaykum salom. tushunarli Alpasli (munozara) 12:32, 17-Sentyabr 2023 (UTC)Javob berish

Fountain tahrir

Assalomu aleykum! Asliddin aka, Ryan King (Kanada futboli) maqolasiga AT andozasini qoʻygan edingiz. Maqolani qoʻldan kelganicha tahrirladim. Yana bir bor koʻrib va qayta baholash mumkin boʻlsa, qayta baholab bersangiz Ro'zimurodov Zuhriddin (munozara) 12:44, 17-Sentyabr 2023 (UTC)Javob berish

vaalaykum salom. hali kamchiliklari bor, jumlasi bilan bogʻliq. yana qarab chiqing qayta. yoqimli tahrirlar Alpasli (munozara) 12:48, 17-Sentyabr 2023 (UTC)Javob berish
ko'rib chiqdim va qo'limdan kelgancha to'g'irlab chiqdi, yana bir bor ko'rib yuboring Ro'zimurodov Zuhriddin (munozara) 04:24, 18-Sentyabr 2023 (UTC)Javob berish

Fountain tahrir

Assalomu aleykum! Asliddin aka, Steve Paproski maqolasiga AT andozasini qoʻygan edingiz. Maqolani qoʻldan kelganicha tahrirladim. Yana bir bor koʻrib va qayta baholash mumkin boʻlsa, qayta baholab bersangiz Ro'zimurodov Zuhriddin (munozara) 13:03, 17-Sentyabr 2023 (UTC)Javob berish

Fountain tahrir

Assalomu aleykum! Asliddin aka, J-Min Pelle maqolasiga AT andozasini qoʻygan edingiz. Maqolani qoʻldan kelganicha tahrirladim. Yana bir bor koʻrib va qayta baholash mumkin boʻlsa, qayta baholab bersangiz Ro'zimurodov Zuhriddin (munozara) 13:37, 17-Sentyabr 2023 (UTC)Javob berish

vaalaykum salom. maqolani yaxshilab oʻqib tahrirlang. Alpasli (munozara) 14:37, 17-Sentyabr 2023 (UTC)Javob berish

Assalomu alaykum tahrir

Asliddin aka yaxshimisiz, ayta olasizmi maqolalar oʻchirilmaslik uchun nima qilish kerak, yoki hech boʻlmaganda maqolani oʻchirganda izoh qoldirib keting xatoni bilib keying toʻgʻirlar edim B.oyatillo. X (munozara) 14:48, 17-Sentyabr 2023 (UTC)Javob berish

salom. doimiy izoh berib boryapman. maqola tushunarli yozilsin birinchi navbatda. Alpasli (munozara) 14:49, 17-Sentyabr 2023 (UTC)Javob berish

Fountain tahrir

Nikol Pashinyan va Katya Sambuka maqolalarini tahrirlab chiqdim, qayta baholab bersangiz. Nikol Pashinyan maqolasini hajmini ham kichraytirib asosiy joylarini qoldirdim Hammasigakulibqoydim (munozara) 15:18, 17-Sentyabr 2023 (UTC)Javob berish

vikifikator tugmasini ishlating doim oxirida. baribir gʻaliz joylari qolibdi. keyingi safar kechirilmaydi Alpasli (munozara) 15:46, 17-Sentyabr 2023 (UTC)Javob berish
Tushunarli, rahmat, har kuni yangi narsalarni oʻrganyabman, siz aytgan kamchiliklarni ham kelgusida bartaraf qilishga harakat qilaman Hammasigakulibqoydim (munozara) 17:23, 17-Sentyabr 2023 (UTC)Javob berish

Papaichton tahrir

Assalomu alaykum. Aka yaxshimisiz?

Ushbu maqolani: - "qayta ko`rib chiqib munozaramga yosangiz, qayta baholanadi" degandingiz. Aka qayta ko`rib chiqdim. Iltimos baholab bering.

https://uz.wikipedia.org/wiki/Papaichton Ulugbek Inomjonov (munozara) 01:40, 18-Sentyabr 2023 (UTC)Javob berish

vaalaykum salom. maqolangiz oʻchirilibdi. koʻnglingiz tushurmasdan boshqa yozing, yoqimli tahrirlar. Alpasli (munozara) 09:45, 18-Sentyabr 2023 (UTC)Javob berish

Assalomu alaykum tahrir

Assalomu alaykum Asliddin ustoz yaxshimisiz. Meni maqolamni tekshirgangiz uchun minnatdorchiligimni bildiraman. Kech bo'lganda bezovta qildim. Oldindan UZR so'rayman. Men tarjima qilayotgan maqolalarni AT deb, 0 qoʻyib kelyapsiz ekan, ochigʻi boshqa yozmasligim uchun ruhiyatimni choʻktirmoqchimisiz Ustoz. Vaqtimni koʻz nurimni va mehnatimni sarflab qilayotgan ishimni shunchaki yuzaki tekshirmasdan eʼtiborli boʻlib adolatli tarzda adminlarga mos boʻlib koʻrib chiqgan holda baho berishingizni soʻrayman va iltimos qilib qolaman. Xato va kamchiliklarni batafsil yozishingizni, men esa xatolarimni takrorlamaslik uchun va anglashim uchun toʻgʻri yoʻl koʻrsatishingizni sizdan iltimos qilib qolaman.. Men maqolani endi yozishni boshladimda. Men ham oromgohga juda ham borishni xohlayabman ustoz Iloji bo'lsa qolib ketmaY, ozgina yordam qiling. Xudo xohlasa Oromgohga borsam nasib qilgan bo'lsa sizdan mukammal tarzda maqola yozishni o'rganib olar edim. Shunga hozir qiynalyabman. Hamma ham bilib tug'ilmaydiku to'g'rimi ustoz. Juda ham qiziqyabman oromgohga borishga, oromgoh qanday tarzda bo'lishi haqida o'ylayabman. Shunga ustoz yuqoriroq ball qo'yib yordam qiling, qolib ketmay, sizni yordamingiz orqali o'zbekcha vikipediyani sifatli maqolalar bilan rivojlantirishda hissam qo'shilib qolsa o'zimizga, kelajak avlodimizga ham foydali bo'ladiku albatta. Yana bir bor UZR noto'g'ri fikr yozayotgan bo'lsam). Arxitektor.X (munozara) 05:00, 18-Sentyabr 2023 (UTC)Javob berish

vaalaykum salom. buncha narsa yozish oʻrniga maqola yarating/tahrir qiling maslahatim. va izoh qismida xatolar aytilyapti. tushunarli yozing eng avvalo. yoqimli tahrirlar Alpasli (munozara) 07:54, 18-Sentyabr 2023 (UTC)Javob berish
rahmat kattakon Arxitektor.X (munozara) 10:50, 18-Sentyabr 2023 (UTC)Javob berish

Fountain maqola qayta tahrirlandi tahrir

Assalomaleykum men Bradley Barcola haqidagi maqolamni lugatdan kochirilgan qayta taxrirlab munozaramga yozing degandiz,qaytadan taxrirlab ,yozib chiqdim iltimos baholab bering Young boy0707 (munozara) 11:11, 18-Sentyabr 2023 (UTC)Javob berish

salom. maqolangizni tuzatish uchun berilgan imkoniyatdan foydalana olmadingiz, maqola oʻchirildi. shoshilmasdan oʻrganib, soʻng yozing maqolani Alpasli (munozara) 12:22, 18-Sentyabr 2023 (UTC)Javob berish
thank u Young boy0707 (munozara) 13:12, 18-Sentyabr 2023 (UTC)Javob berish
assalomaleykum "Sochma yulduz to'dalari" sarlavhasi ostida maqola yozgandim iloji bosa tekshirib beraolaszmi Young boy0707 (munozara) 11:16, 19-Sentyabr 2023 (UTC)Javob berish

XM tahrir

XM statusi uchun qoʻyilgan ushbu maqola haqida oʻz fikrlaringizni muhokama boʻlimida qoldirishingizni va uni statusga olib chiqishda oʻz maslahatlaringiz bilan oʻrtoqlashishing Ibrohimjon 13:21, 18-Sentyabr 2023 (UTC)Javob berish


Ertagacha hamma spam Ibrohimjon 14:43, 18-Sentyabr 2023 (UTC)Javob berish


Asrlar arab raqamlarida ham yozilsa boʻladi tahrir

Assalawma aleykum hurmatli Asliddin aka. Maqolalar uchun ball qoʻyayotganingizga va kerakli fikrlaringizni ayamay tavsiya etayotganingizga katta rahmat! Lekin, telegramdagi guruhda asrlar arab raqamlarida yozilsa boʻladimi degan savolga „ha“ deya javob qaytarilgan. Chunki, lotin yozuvidan kirill yozuviga konvert qilinganida asrlar agar Rim raqamlarida yozilsa xato boʻlib ketilishini aytgandi va shuning uchun ham maqolalarimda asrlarni arab raqamida yozib yuruvdim. Inosham هىخساشة 15:31, 18-Sentyabr 2023 (UTC)Javob berish

vaalaykum salom. <nowiki></nowiki> ichiga olsangiz muammoni oldini olgan boʻlasiz. misol uchun XIV asr va hakazo. yoʻnalishim tarix boʻlganligi sababli unaqa holatlarga koʻzim oʻrganmagan. yoqimli tahrirlar Alpasli (munozara) 15:40, 18-Sentyabr 2023 (UTC)Javob berish
aytgancha, tuzatib qoʻyganman maqolangizdagi holatni. koʻrishingiz mumkin Alpasli (munozara) 15:42, 18-Sentyabr 2023 (UTC)Javob berish

Fauntain masalasida tahrir

salom! Mani maqolalarimga AT andozasi qo'ygan ekansiz, shuni qayta ko'rib bersangiz degandim. Daniel Daler (talk) 17:37, 18-Sentyabr 2023 (UTC)Javob berish

salom. tushunarli Alpasli (munozara) 21:04, 18-Sentyabr 2023 (UTC)Javob berish

Fauntain masalasida tahrir

Assalomu alaykum. Avvalo maqolamni tuzatishimga imkon berganingiz uchun tashakkur. Mening ''Lisa Joy'' nomli maqolamni yana bir ko'rib bersangiz degandim. Oldindan tashakkur! Joziba Shukrullayeva (munozara) 17:39, 18-Sentyabr 2023 (UTC)Javob berish

Yana bir iltimosim...Mening maqolalarimni birma bir ko'rib bersangiz degandim yaroqlimi yoki yo'q... agar baholab bersangiz, maqolalarim qabul qilinsa bag'oyatda xursand bo'lardim agar yaroqli holatda bo'lmasa maqola yozishni bas qilardim) harqalay Vikipediyamiz bir chala maqolachidan qutilardi) Joziba Shukrullayeva (munozara) 17:45, 18-Sentyabr 2023 (UTC)Javob berish

vaalaykum salom! maqolangiz qayta tekshirildi. dastlabki oʻrganish bosqichida qiyinchiliklar doim boʻlgan. omad hamda yoqimli tahrirlar tilayman. Alpasli (munozara) 17:56, 18-Sentyabr 2023 (UTC)Javob berish

Fountain tahrir

Rashid Bouazan maqolasidagi tarjimadagi kamchiliklarni bartaraf etdim, qayta ko'rib chiqsangiz. Tarjima bo'yicha aniq qilyatgan xatolarimni aytib o'tsangiz ham hursand bo'lardim, guruhda savol bersam ko'pincha hechkim javob bermayabdi. Oldindan rahmat Hammasigakulibqoydim (munozara) 03:55, 19-Sentyabr 2023 (UTC)Javob berish

salom. siz berilgan imkoniyatdan foydalana olmadingiz. maqolangiz administratorlar tomonidan oʻchirilibdi. Alpasli (munozara) 08:05, 19-Sentyabr 2023 (UTC)Javob berish
Ha talabga javob bermasa turmagani ma'qul, lekin bir maqolaga kamida 2.3 marta, kerak bo'lsa boshlanishiga ko'proq ko'z yugurtish kerak ekan, baholaguningizcha qarab qo'yay deb har kirganimda o'zim ham xatolar topyabman. Hammasigakulibqoydim (munozara) 09:49, 19-Sentyabr 2023 (UTC)Javob berish
tushunibsiz, xursandman Alpasli (munozara) 09:52, 19-Sentyabr 2023 (UTC)Javob berish

assalomu alaykum tahrir

Mening ikkilikda manfiy sonlarni ifodalash degan mavzuimni o'chirib tashlabsiz, lekin men bu mavzuni o'z bilimimdan foydalanib yozovdim o'qigan bo'lsangiz, mashina tarjimasi deb o'chirib tashlabsiz, to'liqroq ma'lumot olsam bo'ladimi Elyorjon Ne'matjonov (munozara) 08:41, 19-Sentyabr 2023 (UTC)Javob berish

maqola tushunarsiz yozilgan. Alpasli (munozara) 08:46, 19-Sentyabr 2023 (UTC)Javob berish
Har bir gapini o'zim yozgan Hodder As level degan kitobni o'qib turib yozganman( bu kitob bizning maktabda o'qitiladi), men har bir gapni o'qib chiqqanman bundey bo'lishi mumkin emas. Bunday tashqari xatolik demasdan o'chirib tashlabsiz birdaniga Elyorjon Ne'matjonov (munozara) 09:05, 19-Sentyabr 2023 (UTC)Javob berish
murojaat uchun rahmat. siz tomoningizdan yaratilgan barcha maqolalar tuzatib boʻlmas mashina tarjimasi bandi bilan oʻchirilganini maʼlum qilaman. sogʻ boʻling Alpasli (munozara) 09:13, 19-Sentyabr 2023 (UTC)Javob berish
Aka uzr men aniq sababini bilmoqchi edim javob uchun rahat Elyorjon Ne'matjonov (munozara) 09:18, 19-Sentyabr 2023 (UTC)Javob berish
Unaqangi qilmang iltimos Elyorjon Ne'matjonov (munozara) 09:18, 19-Sentyabr 2023 (UTC)Javob berish
Aka bo'ldi o'chirib tashlamang qaytarib qo'ying Iltimos, bo'ldi boshqa unaqa qilmayman Elyorjon Ne'matjonov (munozara) 09:20, 19-Sentyabr 2023 (UTC)Javob berish
Aka o'chirib bo'ldizku iltimos qaytarib qo'ying Elyorjon Ne'matjonov (munozara) 09:21, 19-Sentyabr 2023 (UTC)Javob berish
maqolangiz avvalgi holatida baribir oʻchiriladi. tiklagandan maʼni yoʻq. man oʻchirmasam boshqalar oʻchirishardi. sogʻ boʻling Alpasli (munozara) 09:24, 19-Sentyabr 2023 (UTC)Javob berish
Aka shu maqolalarni tiklab bering iltimos boshqa qaytarilamydi Elyorjon Ne'matjonov (munozara) 09:36, 19-Sentyabr 2023 (UTC)Javob berish
@Elyorjon Ne'matjonov Iltimos, maqolalar yaratishni va ulardan barcha ma'lumotlarni olib tashlashni to'xtating, qoralamada mashq qiling! 卂ㄥ丨乃乇Ҝ 卂ㄒㄒ卂爪ㄖ几ㄖᐯ (munozara) 12:28, 19-Sentyabr 2023 (UTC)Javob berish

Fountain tahrir

Assalomu aleykum! Asliddin aka, Asli Inandik maqolasiga AT andozasini qoʻygan edingiz. Maqolani qoʻldan kelganicha tahrirladim. Yana bir bor koʻrib va qayta baholash mumkin boʻlsa, qayta baholab bersangiz Ro'zimurodov Zuhriddin (munozara) 12:06, 19-Sentyabr 2023 (UTC)Javob berish

vaalaykum salom. vikifikator tugmasini ishlating doim. Alpasli (munozara) 12:25, 19-Sentyabr 2023 (UTC)Javob berish

fountain tahrir

assalomaleykum "Sochma yulduz to'dalari" degan maqolani tekshirib bering Young boy0707 (munozara) 13:03, 19-Sentyabr 2023 (UTC)Javob berish

Fountain tahrir

Assalomu alaykum. Men tarjima qilgan maqolalarni o'chirishga beribsiz. Apple A6 chiplar sistemasi haqidagi izoh olsam bo'ladimi.Husanjon05 (munozara) 13:16, 19-Sentyabr 2023 (UTC)Javob berish

vaalaykum salom. maqolalaringizga qayta qarab/tahrirlab chiqing. yoʻqsa oʻchirib yuborilish ehtimoli katta. mashina tarjimasiga yoʻl qoʻymoqdasiz, eʼtiborli boʻling. Alpasli (munozara) 13:37, 19-Sentyabr 2023 (UTC)Javob berish
Rahmat E'tibor uchun Agar iloji bo'lsa O'chirishga bermasligingizni so'rardim. Qayta ko'rib chiqishim uchun.Husanjon05 (munozara) 13:41, 19-Sentyabr 2023 (UTC)Javob berish

Fountain tahrir

Assalomu aleykum! Asliddin aka, Matt Lambros maqolasiga AT andozasini qoʻygan edingiz. Maqolani qoʻldan kelganicha tahrirladim. Yana bir bor koʻrib va qayta baholash mumkin boʻlsa, qayta baholab bersangiz Ro'zimurodov Zuhriddin (munozara) 14:37, 19-Sentyabr 2023 (UTC)Javob berish

Fountain ! tahrir

Meni maqolalarimni oʻchirib yuboribsiz! Avtomat tarjima deb! Lekin 90% foizi yaratilgan yaʼni tarjima qilmasdan asosli manbalar ostida yaratilgan edi! ALPASLI JAVOBINGIZNI KUTAMAN! FOTIH SULTON MEHMED (MUHAMMAD) UL-SONIY (munozara) 20:09, 19-Sentyabr 2023 (UTC)Javob berish

uch kunga bloklandingiz qoʻshimchasiga. oʻzingizga kelib olasiz shunga qadar. Alpasli (munozara) 20:21, 19-Sentyabr 2023 (UTC)Javob berish

E'tiroz tahrir

Assalomu aleykum. Nega mening Doktor Stoun, Boichi va Jekson-Venik tuzatishi kabi uchta maolamni o'chirdingiz? Eng qizig'i ahrigi maqolam ball olgan edi. Buni aftomat tarjima sabab o'chirgan ekansiz. Lekin maqolalarimda asosan o'zbek manbalari bor edi. Keyin ularni ko'rib chiqqanman. Hech bo'lmasa munozarada ogohlantirish berish kerak edi. Aftomat tarjima bo'sada faqat so'z bir-biriga to'g'ri tushmaydi lekin ma'no bor. Men esa maqolamni shunchaki ko'chirmasdan ko'p vaqt sariflab yozayabman. Hech bo'lmasa vaqtga achinsalaring bo'lardi Asliddin Almardonov (munozara) 21:10, 19-Sentyabr 2023 (UTC)Javob berish

Fountain tahrir

Assalomu aleykum! Asliddin aka, Binnur Kaya maqolasiga 200 so'zdan kamdeb yozgan edingiz. Maqolani qoʻldan kelganicha tahrirladim. Yana bir bor koʻrib va qayta baholash mumkin boʻlsa, qayta baholab bersangiz Ro'zimurodov Zuhriddin (munozara) 21:12, 19-Sentyabr 2023 (UTC)Javob berish

Shuncha mehnat qilgandim oʻqib oʻtirmay oʻchiryapsizmi qancha vaqtim ketdi 🥺 tahrir

🥺 Mitti quyoshcha (munozara) 03:47, 20-Sentyabr 2023 (UTC)Javob berish

mani ham qimmatli vaqtim axlat maqolalarni oʻchirishga/oʻqishga sarflanmoqda. hech kimga oson emas bu jarayonda. Alpasli (munozara) 07:34, 20-Sentyabr 2023 (UTC)Javob berish

Baholash tahrir

Assalomu aleykum "The Sphere" haykali nomli maqolaga xatolarni to'g'irlab munozaraga yozing qayta baholash uchun degan ekansiz iloji boricha hamma xatolarni ko'rib tog'irlab qo'ydim. Oldindan Raxmat Abduraximovjavlon27 (munozara) 07:35, 20-Sentyabr 2023 (UTC)Javob berish

Assalomu alaykum tahrir

Maqolalar nega qabul qilinmaganini tushuntirib bera olasizmi? Menda umuman xatolar yo‘qku!!! Quvonchbekfuturepresident (munozara) 10:19, 20-Sentyabr 2023 (UTC)Javob berish

qolgan barcha maqolalaringiz ham mualliflik huquqining yaqqol buzilishi/Ensiklopedik ahamiyatga ega emasligi kabi bandlar bilan oʻchirildi. avval qoidalarni oʻrganib keyin maqola yarating. omad Alpasli (munozara) 10:39, 20-Sentyabr 2023 (UTC)Javob berish
Men hech qanday mualliflik huquqini buzmadim. Hattoki oxirida saytlar nomini ham yozgandim.@Quvonchbekfuturepresident Quvonchbekfuturepresident (munozara) 15:31, 21-Sentyabr 2023 (UTC)Javob berish

O'zbekcha Vikipediyaga o'z hissamni qo'shmoqchiman! tahrir

Assalomu alaykum, Pip (paket menejeri) nomli maqolamni "Mashina tarjimasi" deb o'chirgan ekansiz, ammo

maqolani o'zim shu sohada(Python dasturlash) mutaxassis bo'lganligim sababli, ishonch bilan har tomonlama tarjima qilib chiqganman. SHu kungacha yozgan maqolalarim ichida eng yaxshisi edi.

Shunday bo'lsa ham, qayerlarda xato kamchiliklarga yo'l qo'yganimni ko'rsatib o'tsangiz, tuzatib chiqib sahifani qayta tiklamoqchi edim. Yoqimli tahrirlar! Zarifboyev (munozara) 12:46, 20-Sentyabr 2023 (UTC)Javob berish

vaalaykum salom. bilish boshqa, maqola yarata olish boshqa. bilimingizni bilmadim, maqolangiz xatoliklardan tarkib topgan edi. ishlaringizga omad. Alpasli (munozara) 13:15, 20-Sentyabr 2023 (UTC)Javob berish
Aynan qanday xatoliklar? Sahifani qayta yaratsam bo'ladimi? Zarifboyev (munozara) 13:28, 20-Sentyabr 2023 (UTC)Javob berish
jumlalariga eʼtiborli boʻlsangiz bas, toʻsiq yoʻq. xato qilsangiz bloklanishingiz xavfi bor faqat. omad. Alpasli (munozara) 13:40, 20-Sentyabr 2023 (UTC)Javob berish
Tushunarli rahmat katta! Bilaman, anchadan beri AT va vandalizm bilan kurashyapsiz, sizning ham ishlaringizga omad! Sog'-salomat bo'ling. Yoqimli tahrirlar! Zarifboyev (munozara) 13:51, 20-Sentyabr 2023 (UTC)Javob berish
rahmat Alpasli (munozara) 13:55, 20-Sentyabr 2023 (UTC)Javob berish

Fauntain tahrir

Assalomu alaykum, uzr, Katta chumolixoʻr maqolamni oʻchiribsiz, xatoliklarini ayta olasizmi? Avto tarjima qilinmagan, ensiklopediyadan olingan maʼlumotlar edi! — Bu xabarni Sarvinoz Orifjonova (munozara · hissasi) yozdi, lekin imzo qo‘ymadi

vaalaykum salom. Maqolangiz mashina tarjimasi edi. Alpasli (munozara) 15:15, 20-Sentyabr 2023 (UTC)Javob berish

Qora klever tahrir

Salom Alpasli mening Qora klever nomli maqolamni oʻchirib tashlabsiz. Sabab: tuzatib boʻlmasa aftomatik tarjima. Oldin oʻchirilgan animelar haqidagi maqolalardan hulosa chiqarib, ularni Oʻzbek manbalariga (Anibla va aminelar haqidagi oʻzbek telegram kanallari ) asosan yozdim. Ularni har bir qismini oʻzim koʻrganman. Aftomatik tarjima boʻlishi mumkin emas. Asl Denovi (munozara) 17:36, 20-Sentyabr 2023 (UTC)Javob berish

Boshqa maqolalar tahrir

Qolgan maqolalarini baholamasangiz ham iltimos oʻchirib yubormang. Maʼlumtlar Anibla va animelarning rasmiy kanali hamda fandomlaridan olingan. Mazmuni aslo koʻchirma emas, oʻzim yozib chiqqanman. Asl Denovi (munozara) 17:42, 20-Sentyabr 2023 (UTC)Javob berish

Bayroq tahrir

@Alpasli Salom! Menga orqaga qaytarish bayrog'ini bera olasizmi? Sizni tushkunlikka tushirmaslikka va'da beraman! 卂ㄥ丨乃乇Ҝ 卂ㄒㄒ卂爪ㄖ几ㄖᐯ (munozara) 00:44, 21-Sentyabr 2023 (UTC)Javob berish

Assalomu alaykum! Uzr bezovta qildim...Mening maqolalarim birdaniga hammasi óchirilgan ekan iltimos qayta kórib bering oxirgi 4 5 ta maqolamni ózim tarjima qilib yozgandim barcha gaplarini óchirib, chop etayotganda muammosi ham yóq edi, ótsa kerak deb óylagandim( oldindan tashakkur! 37.110.210.146 02:06, 21-Sentyabr 2023 (UTC)Javob berish

vaalaykum salom! eng avvalo foydalanuvchi sahifangizga kirib yozishni tavsiya etgan boʻlardim sizga. va endi kech. Alpasli (munozara) 10:38, 21-Sentyabr 2023 (UTC)Javob berish

Savol ? tahrir

@Alpasli Salom, mening o'zgarishlarim orqaga qaytarilishining aniq sababi bormi? Maqola yaratish uchun - qoralama yoki inkubator mavjud, maqola jamoat mulki hisoblanadi, agar u 24 soat ichida to'ldirilmasa, shablon yana qaytariladi. 卂ㄥ丨乃乇Ҝ 卂ㄒㄒ卂爪ㄖ几ㄖᐯ (munozara) 06:14, 26-Sentyabr 2023 (UTC)Javob berish

salom. sababimni izoh qismida yozib oʻtdim. maqolaga andozasi qoʻyilgan. olib tashlanganidan soʻngra qayta koʻrib chiqiladi. faollik uchun rahmat Alpasli (munozara) 06:16, 26-Sentyabr 2023 (UTC)Javob berish
Ha OK! 卂ㄥ丨乃乇Ҝ 卂ㄒㄒ卂爪ㄖ几ㄖᐯ (munozara) 06:18, 26-Sentyabr 2023 (UTC)Javob berish

YM statusiga nomzod tahrir

  YM statusiga nomzod
Assalomu alaykum! Ushbu maqola Turkshohiylar sulolasi haqida. Chap tarafda turgan tamgʻa esa mazkur sulola tamgʻasi hisoblanadi. Mazkur maqolani Yaxshi maqola statusiga nomzod qilib koʻrsatdim! Ovoz berishda ishtirok etishingizni soʻrab qolaman!
Elbek Yozish 22:19, 8-Oktyabr 2023 (UTC)Javob berish

XM statusi tahrir

Assalomu alaykum. XM statusi uchun nomzodlikka qoʻyilgan Vanadzor maqolasini koʻrib chiqib, mana bu sahifada o'z fikringizni bildirgan holda ovoz berish jarayonida qatnashishingizni so'rayman! Hurmat bilan, Mirfayzbekabdullayev. (munozara) 14:47, 11-Oktyabr 2023 (UTC)Javob berish

Oʻchirishga tahrir

Assalomu aleykum! Itoatsiz (film) maqolamni oʻchirib yuborsangiz. Chunki haddan tashqari AT boʻlib ketti. Inabat Allanova 05:06, 14-Oktyabr 2023 (UTC)Javob berish

vaalaykum salom! bajarildi, yoqimli tahrirlar) Alpasli (munozara) 05:13, 14-Oktyabr 2023 (UTC)Javob berish

To'liq qo'shing iltimos tahrir

Assalamu aleykum. Hissa qo'shyotganingiz uchun rahmat. Yangi turkum qo'shyotgan paytingizda turkumning turkumin va boshqa tillarga bog'lashni ham unutmang iltimos. Muzaffar Turgunov (munozara) 08:49, 15-Oktyabr 2023 (UTC)Javob berish

vaalaykum salom. xoʻp Alpasli (munozara) 13:30, 15-Oktyabr 2023 (UTC)Javob berish

XM statusi tahrir

  Abdulla Aʼzamov maqolasi
XM statusi uchun qoʻyilgan ushbu maqola haqida oʻz fikrlaringizni muhokama boʻlimida qoldirishingizni va uni statusga olib chiqishda oʻz maslahatlaringiz bilan oʻrtoqlashishingizni soʻragan boʻlar edim. Eʼtiboringiz uchun TASHAKKUR!!! Ibrohimjon 14:41, 15-Oktyabr 2023 (UTC)Javob berish

Mukofotimni qabul eting! tahrir

  „Gʻayratli ishtirokchi“ ordeni
Hormang! Oʻzbekcha Vikipediyada aktual mavzular yaxshi yoritilishiga qoʻshayotgan salmoqli hissangiz uchun ushbu orden bilan taqdirlashni joiz topdim. Charchamang! Nataev munozara 15:55, 18-Oktyabr 2023 (UTC)Javob berish
rahmat! bu man uchun sharaf)) Alpasli (munozara) 16:02, 18-Oktyabr 2023 (UTC)Javob berish

Salom tahrir

Qorako'z (Oq sazan) Orolda yo'q bo'lib ketgani bilan Amudaryoda tarqalgan degan joyini ko'rmadingizmi? Anoynymus (munozara) 10:09, 26-Oktyabr 2023 (UTC)Javob berish

birodar, buni oylikka dahli yoʻq, deb izoh yozdim, koʻring. Alpasli (munozara) 10:13, 26-Oktyabr 2023 (UTC)Javob berish
Xa uzur men buni Amudaryo oyligi deb o'ylabman. Anoynymus (munozara) 10:15, 26-Oktyabr 2023 (UTC)Javob berish
piching gaplariz oʻzizda qolsin. fikrimcha, hech narsani tushunmagansiz. baliq dunyoning boshqa daryo/dengizlarida emas, faqat Amudaryo yoki Orolda yashaganida oʻylab koʻrsa boʻlardi. dunyoning har yerida uchraydigan baliqni oylikka dahldor qilgan zehningiz ortiq nima demoqchi boʻlganimni tushunchali ravishda qabul etar endi degan yaxshi gumondaman. harholda, bu masala muhokamadan oʻtgan allaqachonlar, osmondan olinmadi. Alpasli (munozara) 10:19, 26-Oktyabr 2023 (UTC)Javob berish

Obruchev maqolasi tahrir

Xayrli kun Obruchev maqolasi oylikka aloqasi yoʻq deb, noll ball qoʻyibsiz, lekin bu paroxod Xiva yurishida va Nukusni tadqiq qilishda ishlatilgan. Maqolani qayta koʻrib chiqing iltimos Shahriyor06 (munozara) 13:44, 30-Oktyabr 2023 (UTC)Javob berish

xayrli kun. buni muhokama qilamiz hakamlar bilan, yoqimli tahrirlar. Alpasli (munozara) 13:46, 30-Oktyabr 2023 (UTC)Javob berish
Xayrli tun siz fountainda Aqchakoʻl turistik zonasi, Sulaymon qalʼa maqolalarini qoidaga zid baholagansiz. Mazkur maqolalarga oylik tugaganidan keyin bilgiquti qoʻshilgan, keyin bu foydalanuvchi tahrirlangan maqolalar jadvalida ham oʻzi tahrirlagan 5 ta maqolalariga dastavval bilgiquti qoʻshmagan, oylik tugaganidan keyin bilgiquti qoʻshib, jadvalni oʻzgartirgan, bu ham qoidagi zid qilingan, ushbu foydalanuvchiga chora koʻriladimi. Shahriyor06 (munozara) 19:45, 4-Noyabr 2023 (UTC)Javob berish
xayrli kun. maqola tahrirlangandan soʻng sifatli maqola boʻlsa agar, u maqolaga ball berilishi avvaldan bor tartib. Nazarda tutilgan foydalanuvchining maqolalarini man tekshirmayman, adolatsiz holatlar roʻy bergandagina aralashishim mumkin. va biz uchun maqolaning sifatli holatga keltirilgani muhim, maqolani sifatli holatga keltirilgani uchun ball olishi qoidaga zid holat emas, soʻz qoʻllashda ehtiyot boʻling. yoqimli tahrirlar Alpasli (munozara) 06:03, 5-Noyabr 2023 (UTC)Javob berish
Toʻgʻri, maqolani sifatli holatga keltirilgani uchun ball olishi qoidaga zid holat emas, lekin Shahriyor06 aytayoygan holat umuman boshqadir. — Kagansky munozara 15:59, 5-Noyabr 2023 (UTC)Javob berish
foydalanuvchi Shahriyor06 aytayotgan holatni tushinib turibman, oʻziga qoʻyilgan ballni joyi kelganda oʻzgartirganman. manga qolsa hamon oylikka dahli yoʻq deb bilaman u maqolani. ammo, foydalanuvchi mehnati kuymasin uchun qoʻyilgan u baho, arz qilib kelingan holatdagi kabi. yuqoridagi fikrimda sobitman. Alpasli (munozara) 18:12, 5-Noyabr 2023 (UTC)Javob berish
Sobitmisiz, yoʻqmi bilmadimda. Men Shahriyor6 Aqchakoʻl turistik zonasi va Sulaymon qalʼa maqolalari boʻyicha aytgan gapi toʻgʻriligini aytyapman. Unga esa siz mana bu tarzda javob qaytaryapsiz „maqolani sifatli holatga keltirilgani uchun ball olishi qoidaga zid holat emas, soʻz qoʻllashda ehtiyot boʻling“. Yaxshi emas demoqchiman. Nima kerak gapni koʻpaytirib. — Kagansky munozara 18:55, 5-Noyabr 2023 (UTC)Javob berish
soʻzni qoidani buzgansan, deb kelgan foydalanuvchiga qanday javob beriladi boshqa. gapimdan konteks yulib emas, toʻliq oʻqib fikr bildirishingizni soʻrab qolaman. Alpasli (munozara) 19:03, 5-Noyabr 2023 (UTC)Javob berish
Sifat Vikichi uchun doim muhim. Lekin gap marafonda ballash haqida ketayapti. Marafon tugaganidan keyin qilingan foydali tahrirga ball berilgan boʻlib chiqyapti. Nimasi qoidaga mos buni? — Kagansky munozara 19:08, 5-Noyabr 2023 (UTC)Javob berish
ball olib tashlandi. oʻylashimcha, boshqa tortishiladigan gap qolmadi. Alpasli (munozara) 19:22, 5-Noyabr 2023 (UTC)Javob berish

Morgenshtern tahrir

@Alpasli Hello! I would like to ask you how to apply for quality articles? I have significantly improved the article about this artist, is it possible to get this? Also, I started translating the entire discography, if you want, you can help to make the article even better! Thank you very much in advance! 卂ㄥ丨乃乇Ҝ 卂ㄒㄒ卂爪ㄖ几ㄖᐯ (munozara) 13:53, 30-Oktyabr 2023 (UTC)Javob berish

Statusli maqolalar marafoni tahrir

Assalomu alaykum. Sizga „Statusli maqolalar marafoni“ boʻyicha savolim bor edi. Bosh sahifada marafon noyabr oyi oxirigacha oʻtkaziladi deb yozilgan. „Marafon davomida yaratilgan“ deb hisoblanishi uchun maqola noyabr oyi oxirigacha status olishi kerakmi yoki nominatsiyaga berilsa boʻldimi? Ya'ni, marafon tugashiga 1 hafta qolganida maqolamni status uchun nomzodlikka bersam va u dekabr oyida status olsa, maqolam „Marafon davomida yaratilgan statusli maqola“ hisoblanadimi? Javobingiz uchun oldindan rahmat. Hurmat bilan, Young Economist7 (munozara) 19:14, 12-Noyabr 2023 (UTC)Javob berish

vaalaykum salom. statusli maqola alohida kichik loyihadir. uning oyliklarga dahli yoʻq, mavzusi ham shunday. yoqimli tahrirlar. Alpasli (munozara) 19:18, 12-Noyabr 2023 (UTC)Javob berish

Status uchun maqola tahrir

Assalomu alaykum. XM statusi uchun qoʻyilgan ushbu maqola boʻyicha fikr bildirishingizni soʻrab qolaman. Statusli maqolalarni yaratish va rasmiylashtirish boʻyicha katta tajribangiz maqola uchun muhim hisoblanadi. Eʼtibor uchun tashakkur! Young Economist7 (munozara) 19:08, 16-Noyabr 2023 (UTC)Javob berish

Statusga qoʻyilgan maqola soʻrovini oʻchirish yuzasidan tahrir

Salom, Alpasli. Siz tomoningizdan statusga qoʻyilgan Bobur hujrasi maqolasi asossiz ravishda statusdan olib tashlangan]. Keyingi shu kabi holatlarda bu kabi vandalizmga oʻxshash holatlarga yoʻl qoʻyib, oʻz huquqingizni suisteʼmol qilmaslikni soʻrayman. Shuningdek, siz koʻrsatib oʻtgan ovoz berish va fikr bildirish jarayonida kuzatilgan nofaollik sabab statusga qoʻyilgan maqola nomzodini qaytarib oldim kabi fikrlar oʻchirish uchun asos boʻla olmaydi. Qoʻshimcha sifatida statusga qoʻyilgan sahifa Kagansky tomonidan qizgʻin muhokama qilinganini ham taʼkidlab oʻtmoqchiman. Keyingi faoliyatingizga omad va zafarlar hamda shu kabi holatlarni takrorlanmasligini soʻrab qolaman.

Oʻchirilgan sahifa qayta tiklandi. Laziz Baxtiyorov (munozara) 15:17, 14-Dekabr 2023 (UTC)Javob berish

yaxshi Alpasli (munozara) 15:19, 14-Dekabr 2023 (UTC)Javob berish
aslida AT maqolalar turgan yerda maqolam turishi men uchun hech kerak emas, Laziz Baxtiyorov. sizga ham faoliyatda omad, yoqimli tahrirlar. Alpasli (munozara) 15:31, 14-Dekabr 2023 (UTC)Javob berish
Gapni olib qochib, soʻz oʻyini qilmang va qoidadan chetlashmang. TIlak uchun rahmat. Laziz Baxtiyorov (munozara) 15:32, 14-Dekabr 2023 (UTC)Javob berish
mavzudan chiqmadim. arzimaydi. Alpasli (munozara) 15:35, 14-Dekabr 2023 (UTC)Javob berish

Imzo tahrir

Munozaralarda fikr bildirganda toʻrtta tilda (~~~~) belgisi bilan imzo qoʻyishni soʻrardim. Uchta tilda belgisi bilan imzo qoʻyilganda, sana, vaqt kabi maʼlumotlar hamda Javob berish nomli kichik, ammo muhim tugmacha qoʻshilmayapti va bu fikr bildiruvchiga noqulaylik tugʻdirmoqda. Laziz Baxtiyorov (munozara) 15:44, 14-Dekabr 2023 (UTC)Javob berish

Assalomu alaykum tahrir

The Idol musiqalari maqolasi avtomat tarjima, tushunarli emas degan xulosaga kelingan. Lekin Google Translate yaxshi o'girib berolmagan, ma'no chiqarib berolmagan joyiga boshqa bitta tarjimon - Yandex ishlatib o'girib chiqilgan, iloji boricha tushunarli bo'lishi uchun. O'zim o'qisam bemalol tushuna olyapman. Qaysi joyi ayniqsa tushunishga qiyinligini ko'rsatib bera olasizmi? Azizxon Muzaffarov (munozara) 14:03, 24-Dekabr 2023 (UTC)Javob berish

salom. masalan, shu qismini oʻqish mobaynida nima demoqchi boʻlinganini anglata olasizmi? The Idol Episode 5 Part 2 (Music from the HBO Original Series) — The Idolning beshinchi epizodi „Jocelyn Forever“dan olingan musiqalardan iborat ikkita mini-albomning ikkinchi qismidir. EP epizod premerasidan soʻng chiqarildi va uchta qoʻshiqdan iborat: The Weeknd va Lily-Rose Depp tomonidan ijro etilgan „Dollhouse“, Troye Sivan ijro etgan Jorj Xarrisonning „My Sweet Lord“ qoʻshigʻining kaver versiyasi va Suzanna Sonning „Crocodile Tears“ qoʻshigʻi. ikkita mini-albomning ikkinchi qismi nima degani? Alpasli (munozara) 14:44, 24-Dekabr 2023 (UTC)Javob berish
„Alpasli/2023“ foydalanuvchi sahifasiga qaytish.