nothumb
1500 — 1510 Muhammad Shayboniy
1511 — 1512 Suyunchxoʻjaxon
1512 — 1530 Koʻchkunchixon
1530 — 1533 Abu Said
1533 — 1540 Ubaydulla I
1540 — 1540 Abdulla I
1540 — 1551 Abdullatif
1540 — 1550 Abdulaziz
1552 — 1556 Navroʻz Ahmad
1552 — 1556 Burhon sulton
1556 — 1561 Pirmuhammad
1561 — 1583 Iskandarxon
1583 — 1598 Abdullaxon II
1598 — 1599 Abdulmoʻmin
1599 — 1601 Pirmuhammad II
1601 — 1605 Boqimuhammad
1605 — 1608 Valimuhammad
1608 — 1650 Imomquli
1640 — 1647 Nadr Muhammadxon
1645 — 1680 Abdulaziz
1680 — 1702 Subhonquli
1702 — 1711 Ubaydullaxon II
1711 — 1747 Abulfayz
1756 — 1758 Muhammad Rahim
1758 — 1785 Doniyolbiy otaliq
1785 — 1800 Amir Shohmurod
1800 — 1826 Amir Haydar
1826 — 1826 Amir Husayn
1826 — 1827 Amir Umar
1827 — 1860 Amir Nasrulloh
1860 — 1885 Amir Muzaffar
1885 — 1910 Amir Abdulahad
1910 — 1920 Amir Olimxon

Ubaydulla II (Ubaydullo Muhammad Bahodirxon) — (1681—1711) — oʻzbeklarning Ashtarxoniylar sulolasining vakili. Buxoro xoni (1702—1711). Buxoro xoni ashtarxoniy Subhonqulixonning oʻgʻli. Buxoroda Madrasa tahsilini olgan. Subhonqulixon vafoti arafasida valiahd qilib nevarasi Balx hokimi Muhammad Muqimxonni tayinlaydi. Biroq, Buxoro ulamolari va qoʻshinning madadiga tayangan Ubaydullaxon II 1702-yil sentabrda Buxoro taxtini egallaydi.

Balx hokimi Muhammad Muqimxonning otaligʻi hisoblangan Mahmud qatagʻon (Mahmudbiy) Buxoroga boʻysunmaslikdan tashqari Qubodiyon (1703), Termiz (1704)ni ham Balxga qoʻshib olib, Balxni mustaqil deb eʼlon qilgan. Beklarning saroy fitnasi natijasida Muhammad Muqimxon oʻldirilgach (1707-yil mart), Ubaydullaxon II Balx ustiga katta qoʻshin bilan yurish qiladi va shaharni egallaydi (1707-yil 27-may).

Ubaydullaxon II murakkab sharoitda Buxoro xonligini boshqargan. Iqtisodiy tanazzul va ichki nizolardan tashqari jungʻorlar (qalmoqlar)ning harbiy bosqinlari Samarqandga hujumi, qalmoqlar xurujidan qochgan qozoqlar va qoraqalpoqlarning Movarounnahr hududi Toshkent va boshqa joylarga koʻchib kelishi vaziyatni yana ham murakkablashtirgan. Ana shunday sharoitda Ubaydullaxon II davlatning iqtisodiy negizini mustahkamlashga qaratilgan choralar koʻrgan. Avvalo, u maʼmuriy sohada islohotlar oʻtkazib, davlatni boshqarishga oʻrta tabaqa: hunarmandlar va savdogarlarni jalb qilgan. Ubaydullaxon II hatto markaziy hokimiyatni kuchaytirish uchun yirik yer egalarining imtiyozlarini qisqartirgan boʻlib, Joʻybor xojalarini soliq toʻlashga majbur qilingan. Biroq Joʻybor shayxlari katta siyosiy kuch boʻlib, Ubaydullaxon II oʻtkazayotgan siyosat uchun xatarli muxolifga aylanishgan.

Ubaydullaxon II ning siyosiy faoliyatida pul islohoti ham alohida oʻrin tutadi. U pul islohoti oʻtqazish orqali davlat xazinasini toʻldirishni, bebosh amirlar, beklar va urugʻ boshliqlari bilan kurashda oʻz mavqeini kuchaytirish va ayrim mahalliy hokimlarning ayirmachilik intilishlarini bartaraf qilib, markaziy hokimiyatni mustahkamlashga intildi. Biroq Ubaydullaxon II ning islohotlari badavlat tabaqalar va ayrim oʻrtahol shaharliklar tomonidan noxush kutib olindi. Ubaydullaxon II ga qarshi gʻalayonlar koʻtarildi.

Ubaydullaxon II mamlakatda obodonchilik ishlariga eʼtibor qaratgan. U Madrasa va Buxoroning gʻarbida Xonobod chorbogʻi (1709)ni barpo qilgan. Tarixchi Mir Muhammad Amin Buxoriy uning saroyida bosh munshiy boʻlib, uning siyosiy faoliyati haqida „Ubaydullanoma“ (1716) asarini yozgan. Muhammad Yusuf Munshiyning „Tarixi Muqimxoniy“ va Abdurahmon Tolennng „Tarixi Abulfayzxon“ asarlarida ham Ubaydullaxon II faoliyati aks etgan.

Ubaydullaxon II saroy fitnasi natijasida Buxoroning Piri Mirza chorbogʻida oʻldirilgan. U Buxoro yaqinida — Bahouddin Naqshband majmuasidagi Daxmai shohonda otasi Subhonqulixon qabri yonida dafn etilgan.

Tashqi siyosati

tahrir

Ubaydullaxon II qoʻshni mamlakatlar bilan diplomatik munosabatlar olib boradi. U asosan Turkiya, Hindiston, Rossiya mamlakatlarga elchilar yuborgan. Ashtarxoniy hukmdorlar tashqi siyosatda harbiy koʻmak olish, savdo-sotiq qilish maqsadida qoʻshni va xorijiy mamlakatlar bilan elchilik aloqalari olib borishgan.

Usmonlilar imperiyasi bilan diplomatik aloqalari

tahrir

Ubaydullaxon II taxtga chiqishi bilan Usmonli sultoniga elchi yuboradi. Ubaydullaxon II Istambulga Xoja Mahmud Aminni yuboradi va sulton Ahmad III (1703—1730) taxtga kelganligi munosabati bilan tabriklaydi. U elchi bilan yuborgan maktubida oʻzi erishgan muvaffaqiyatlar jumladan, Xorazmga yurishlari va qozoq qabilalari ustidan gʻalabasi haqida aytib oʻtadi[1].

Rossiya bilan diplomatik munosabatlar

tahrir

Buxoro xoni Ubaydullo Bahodirxon 1705-yilda Rossiyaning poytaxti Moskvaga Olimbek Qochoqbekni elchi sifatida yuboradi. Elchilik karvonida Ubaydullaxonning 35 ta, elchining 15 ta odami hamda savdogar Mirqurbon Mirgadoyevning o‘zi va unga tegishli 7 ta kishi bo‘lgan. 1705-yil 17-fevral kuni tantanali qabul marosimida elchi tomonidan topshirilgan xon yorlig‘ida yozilishicha, yaqindagina Xivani egallagan Ubaydullaxon II o‘zining rus hukmdori bilan oldindan olib borilgan do‘stlik aloqalarni davom ettirish kabi masalalar bildirilgan. Bu elchilikda birgalikda kelgan savdogar Mirzayev rus podshosiga yaqin hisoblangan knyaz Boris Galitsinga bir noma topshirib, Moskvada buxorodan keltirilgan mollarni sotishga ruxsat soʻraydi va sotib olinadigan mollardan soliq olinmasligini iltimos qiladi. Elchi va savdogarlar talabi bajariladi. Ubaydullaxon II elchilariga minnatdorchilik bildiriladi va buxoroliklarning Rus davlatida erkin savdo qilishlariga ruxsat beriladi. Ubaydullaxon II yuborgan sovgʻalar uchun rus hukmdori Pyotr I minnatdorchilik bildiradi va xonga chervonlar yaʼni oltin pullar hadya etadi[2].

Manbalar

tahrir
  1. Васильев 2014, s. 97.
  2. Жуковский 2022, s. 41.

Adabiyotlar

tahrir

Ilmiy adabiyotlar

tahrir
  • Васильев А. Знамя и меч от падишаха. Политические и культурные контакты ханств Центральной Азии и Османской империи (середина XVI—начало XX вв.), Москва, 2014 — 353-bet. 
  • Жуковский С.В. Бухоро ва Хива хонликлари билан уч юз йилликдаги муносабатлари. Таржима ва изоҳлар муаллифлари: Ҳамроев A., Рахмонова М.. Бухоро: “Durdona”, 2022 — 152-bet. 
  • F.Sultonov. F. Bozorboyev. O'zbekiston hukmdorlari



Ashtarxoniylar sulolasi (1601-1756)

Buxoro xonligi
Boqi Muhammad 1601 - 1605
Vali Muhammad 1605 - 1611
Imomqulixon 1611 - 1642
Nadr Muhammadxon 1642 - 1645
Abdulazizxon 1645 - 1681
Subhonquli 1681 - 1702
Ubaydullaxon II 1702 - 1711
Abulfayzxon 1711 - 1747
Abdulmo’minxon 1747 - 1751
Ubaydulloxon III 1751 - 1754
Sherg'ozixon 1754 - 1756