2019-yilgi FIFA ayollar o‘rtasidagi Jahon chempionati jamoalari
2019-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati 2019-yilning 7-iyundan 7-iyuliga qadar Fransiyada boʻlib oʻtgan ayollar oʻrtasidagi futbol boʻyicha xalqaro eng nufuzli turnir edi. Turnirda ishtirok etayotgan har bir 24 ta terma jamoa 23 nafar futbolchidan iborat tarkibni, jumladan, uchta darvozabonni roʻyxatdan oʻtkazishi kerak edi. Turnirda faqat ushbu tarkibdagi futbolchilar qatnashish huquqiga ega edi.
2019-yilning 26-apreliga qadar har bir terma jamoa uchun 2019-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatida qatnashish uchun 23 dan 50 nafargacha futbolchidan iborat vaqtinchalik taxminiy futbolchilar roʻyxatini FIFAga taqdim etgan, ammo bu roʻyxateʼlon qilinmagan. Jamoalar dastlabki tarkibdan terma jamoaga 23 nafar futbolchidan iborat yakuniy roʻyxatni 2019-yilning 24-mayiga qadar, turnirning ochilish oʻyinidan ikki hafta oldin FIFAga taqdim etilishgan. FIFA 2019-yil 27-may kuni oʻz veb-saytida terma jamoalarning yakuniy roʻyxatini eʼlon qildi[1][2]. Jamoalarning yakuniy tarkib oʻyinchilari oʻrasida jiddiy jarohatlar boʻlgan taqdirda, birinchi oʻyindan 24 soat oldingacha istalgan vaqtda jarohlatlangan oʻyinchini almashtirishga ruxsat berilgan edi. Bunda zaxira oʻyinchilari dastlabki tarkibda boʻlishlari shart emas edi[3].
2019-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatida qatnashayotgan har bir oʻyinchi uchun koʻrsatilgan yosh 2019-yil 7-iyun (2019-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatining birinchi kuni) holatiga koʻra aniqlangan. Quyidagi jadvallarda koʻrsatilgan har bir oʻyinchi uchun roʻyxatga kiritilgan oʻtkazilgan oʻyinlar va gollar soni 2019-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati boshlanganidan keyin oʻtkazilgan oʻyinlarni oʻz ichiga olmaydi. Roʻyxatda koʻrsatilgan futbolchining klubi — bu oʻyinchi turnirdan oldin oxirgi marta musobaqa oʻtkazgan klub hisoblanadi. Agar jamoalarning bosh murabbiyi oʻz milliy terma jamoasidan boshqa millatdaboʻlsa, bosh murabbiy fuqaroligining ramzi sifatida davlat bayrogʻining tasviri kiritilgan.
2019-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati A Guruhi
tahrirFransiya
tahrirBosh murabbiy: Corinne Diacre
23 nafar futbolchidan iborat yakuniy tarkib 2019-yil 2-mayda eʼlon qilindi[4][5].
NigeriyatahrirBosh murabbiy: Thomas Dennerby 27 nafar futbolchidan iborat vaqtinchalik tarkib 2019-yilning 13-mayida eʼlon qilindi[6]. 23 nafar futbolchidan iborat yakuniy tarkib 2019-yilning 24-mayida eʼlon qilindi[7].
|