Abdulla I (XVI asr oxiri — 1540.14.9, Samarqand) — Movarounnahr (Buxoro) xoni (1540-yil mart-sentyabr). Abdulxayrxonning nevarasi, Koʻchkunchixonning oʻgʻli.
Abdulla I koʻp yillar davomida Yassi (Turkiston)da hokimlik qilgan (taxminan 1514—1540-yil mart). Ubaydullaxon vafot etgach (1540-yil mart), Buxoro xonligi qisqa muddat 3 qismga boʻlingan davrda Samarqandda hukmronlik qilgan. Abdulla I I Samarqandda Registon yaqinidagi Chihil (Chil) Duxtaron qabristonida dafn etilgan. Uning vafotidan soʻng Samarqanddagi shayboniylar taxtiga ukasi Abdullatifxon oʻtirgan.
- Istoriya Oʻzbekistana, t. Z (XVI — per-vaya polovina XIX veka). T , 1993.