Galliy / Gallium (Ga)
Atom raqami 31
Koʻrinishi Oq-kumush rangli yumshoq metall
Atom xossasi
Atom massasi
(molyar massasi)
69,723 m. a. b. (g/mol)
Atom radiusi 141 pm
Ionlashish energiyasi
(birinchi elektron)
578,7 (6,00) kJ/mol (eV)
Elektron konfiguratsiyasi [Ar] 3d10 4s2 4p1
Kimyoviy xossalari
Kovalentlik radiusi 126 pm
Ion radiusi (+3e) 62 (+1e) 81 pm
Elektrmanfiylik
(poling boʻyicha)
1,81
Elektrod potensiali 0
Oksidlanish darajasi 3
Termodinamik xossalari
Zichlik 5,91 g/sm³
Solishtirma issiqlik sigʻimi 0,372 J/(K·mol)
Issiqlik oʻtkazuvchanlik 28,1 Vt/(m·K)
Erish harorati 302,93 K
Erish issiqligi 5,59 kJ/mol
Qaynash harorati 2 676 K
Qaynash issiqligi 270,3 kJ/mol
Molyar hajm 11,8 sm³/mol
Kristall panjarasi
Panjara tuzilishi ortorombik
Panjara davri 4,510 Å
Panjara/atom nisbati n/a
Debye harorati 240,00 K
31
Galliy
Ga
69,723
3d104s24p1

Galliy (Gallium), Ga — Mendeleyev davriy sistemasining III guruhiga mansub kimyoviy element; tartib raqami 31; atom massasi 69,72; barqaror izotoplari: Ga""(61,2%) va Ga71(38,8%). Sunʼiy radioaktiv izotoplaridan Ga72 (yarim yemirilish davri 14,2 soat) radioaktiv indikator sifatida qoʻllaniladi. Galliyni 1875 yilda fransuz kimyogari Lekok deBuabodran kashf etgan va Fransiyaning lotincha nomi bilan "galliy" deb atagan. Galliy kumush kabi oqish-kulrang metall. Tabiatda nodir minerallar: zengeit Ga(OH)3 gallit CuGaS2 va boshqa holida uchraydi. Galliy Yer poʻstlogʻida ogʻirlik jihatidan 1,8-10-3%, dengiz va okean suvlarida 3-1O"5% ni tashkil qiladi.Atom radiusi 0,139 nm-. Qattiq Galliyning zichligi 5,904 g/sm3 (20° da), suyuqlanish temperaturasi 29,5°; qay-nash temperaturasi 2205°. Galliy kimyoviy xossalari jihatidan alyuminiyga juda oʻxshaydi, havoda keyingi oksidlanishdan himoyalovchi oksid parda bilan qoplanadi. Bosim ostida qizdirilganda Galliy suv bilan birikib gidroksid hosil qiladi. Galliy gidroksid Ga(OH)3 amfoter. Galliy oddiy sharoitda mineral kislotalar bilan taʼsirlanib tuzlar, ishqor eritmalari yoki ishqoriy metallar karbonatlari bilan reaksiyaga kirishib gid-roksogallatlar beradi. Xona temperaturasida xlor va ftor bilan, brom bilan esa —35° dayoq (20° da — alangalanish bilan), qizdirilganda yod bilan reaksiyaga kirishadi. Vodorod, azot, uglerod, kremniy va bor bilan birikmalar hosil qilmaydi. Galliy koʻpgina metallar bilan gallidlar hosil qiladi. Ulardan ahamiyatlilari NbGa va Y3Ga dir. Galliy margimush, fosfor, surma bilan birikib, tegishli galliy arsenid, galliy fosfid, galliy antimonid, oltingugurt, selen va tellur bilan 600—1100° da xalkogenidlar hosil qiladi. Ga2S3 — oq (zichligi 3,650 g/sm3), och sariq (3,74 g/sm3) yoki toʻq sariq kristall modda. Suyuqlanish temperaturasi 1125°. Ga2S2 — sariq rangli kristall modda, suyuqlanish temperaturasi 1015°; zichligi 3,75 g/sm3. Ga2Se2— toʻq qizil kristall modda. Suyuqlanish temperaturasi 960°, zichligi 5,03 g/sm3; yarimoʻtkazgich sifatida qoʻllaniladi. Ga2Te3— qora rangli kristall modda. Suyuqlanish temperaturasi 810°; zichligi 5,582 g/sm3. Galliy va uning birikmalariga 1050—1200° da ammiak taʼsir ettirib galliy nitrid GaN olinadi. Uning suyuqlanish temperaturasi -1700°; zichligi 6,1 g/sm3; radiotexnikada, dielektrik qoplamalar tayyorlashda va istiqbolli lazer material sifatida qoʻllaniladi. Galliy, asosan, alyuminiy va rux xom ashyolarini qayta ishlashda hosil boʻladigan chiqindilardan olinadi. Galliy yuqori temperaturalarni oʻlchaydigan termometrlar, yarimoʻtkazgichlar, maxsus optik shishalar tayyorlashda ishlatiladi.

Rustam Maʼrupov.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil