Ksenon
Ksenon / Xenon (Xe) | |
---|---|
Atom raqami | 54 |
Koʻrinishi | |
Atom xossasi | |
Atom massasi (molyar massasi) |
131,29 m. a. b. (g/mol) |
Atom radiusi | n/a pm |
Ionlashish energiyasi (birinchi elektron) |
1 170,0 (12,13) kJ/mol (eV) |
Elektron konfiguratsiyasi | [Kr] 4d10 5s2 5p6 |
Kimyoviy xossalari | |
Kovalentlik radiusi | 131 pm |
Ion radiusi | n/a pm |
Elektrmanfiylik (poling boʻyicha) |
0,0 |
Elektrod potensiali | 0 |
Oksidlanish darajasi | 7 |
Termodinamik xossalari | |
Zichlik | 3,52 (-109 °C da) g/sm³ |
Solishtirma issiqlik sigʻimi | 0,158 J/(K·mol) |
Issiqlik oʻtkazuvchanlik | 0,0057 Vt/(m·K) |
Erish harorati | 161,3 K |
Erish issiqligi | n/a kJ/mol |
Qaynash harorati | 166,1 K |
Qaynash issiqligi | 12,65 kJ/mol |
Molyar hajm | 42,9 sm³/mol |
Kristall panjarasi | |
Panjara tuzilishi | kubik markazlashgan |
Panjara davri | 6,200 Å |
Panjara/atom nisbati | n/a |
Debye harorati | n/a K |
54 | Ksenon
|
Xe | |
4d105s25p6 |
Ksenon (yun. xenos — begona, lotincha Xsepop), Xe — Mendeleyev davriy sistemasining VIII guruhiga mansub kimyoviy element. Tartib raqami 53, atom massasi 131,29. Inert gazlar jumlasidan. Havodan ajratib olingan tabiiy Ksenon 9 ta izotopdan iborat: i24Xe (hajmi jihatidan 0,096%), l26Xe(0,090%), 128Xe(1,92%), 129Xe(26,44%), 13OXe(4,O8%), |3|Xe(21,18%), 132Xe(26,89%), |34Xe(10,44%), |36Xe(8,87%). Uran minerallaridan ajratib olingan. Ksenonning izotop tarkibi bundan farq qiladi, chunki 235U va 238U boʻlinganda radioaktiv izotoplar hosil boʻladi. Yadroviy portlashlarda ham shu hodisa kuzatiladi. Poling boʻyicha elektromanfiyligi 2,6; at. radiusi 0,218 nm. Ksenon hajm jihatidan atmosferaning 0,86-10~5%ni tashkil etadi. Fazoda juda siyrak tarqalgan (7,7108 atom geliyga 1 atom Ksenon toʻgʻri keladi). Ksenon — bir atomli rangsiz va hidsiz gaz. Qaynash temperaturasi 165,05K; qattiq holatdagi Ksenonning zichligi 2,700 g/sm³ (133K), suyuq holatdagi Ksenonniki 2,987 g/sm³ (165K), gaz holatdagi Ksenonniki 5,85 kg/m³ (273K, 0,1 MPa). Ksenon faqat ftor bilan bevosita birikadi va Ksenon ftoridlari (XeF2 XeF4 va XeF6) hosil qiladi. Ksenonning boshqa birikmalari bilvosita usullar yordamida Ksenon ftoridlardan olinadi.
Ksenon (Sh)-oksid, XeO, — oddiy sharoitda rangsiz kristall modda. Suvli eritmalarda oksidlovchi, koʻpgiva organik moddalarni parchalab SO2 ajratib chiqaradi. Kristall holatdagi XeO3 — portlovchi modda. 30 mg dan ortiq miqdorda oʻz-oʻzidan portlaydi. XeO3dantashqari Ksenon (1U)-oksid, XeO4 (suyuqlanish temperaturasi — 35,8°, oddiy sharoitda oson parchalanadi) ham maʼlum.
Ksenon sanoatda havodan olinadi. Uni kripton-ksenonli konsentratdan ajratib olish ham mumkin. Elektrovakuum texnikasida, gaz yorugʻlik lampalari, kuchli gazrazryadli- va impulsli yorugʻlik manbalarini radiografiya va tibbiyot diagnostikasida, shuningdek, vakuum qurilmalaridagi yoriqlarni aniqlashda qoʻllanadi.[1]
Ksenon - unsurlar davriy jadvalining 54 unsuri, inert gaz.
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |