Davlatlar boshqaruv shakllari roʻyxati
Bu maqolada manbalar <ref></ref> teglariga olinmagan yoki umuman koʻrsatilmagan. |
Boshqaruv shakli – bu davlat mazmunining tashqi korinishi, davlat hokimiyati yuqori organlarining huquqiy holati bilan belgilanadi.
Boshqaruv shakli xarakteri davlat boshligʻining huquqiy holati va vaziyatidan kelib chiqadi va monarxiya yoki respublika boshqaruv shakllari, davlat boshligining qaysi yol bilan saylanishi yoki tayinlanishi va hokimiyat qaysi yoʻl bilan amalga oshirilishi bilan farqlanadi.
- Respublikalar — 149 ta
- Monarxiyalar — 45 ta
Boshqaruv shakllari Tahrirlash
Respublika Tahrirlash
Respublika (lotincha: respublica, res — ish va publicus — ijtimoiy, umumxalq) — davlat boshqaruvi shakli, unda barcha davlat hokimiyati organlari saylab qoʻyiladi yoki umummilliy vakolatli muassasalar (parlamentlar) tomonidan shakllantiriladi, fuqarolar esa shaxsiy va siyosiy huquqlarga ega boʻladilar.
- Prezidentlik respublikasi — parlamentarizm bilan bir qatorda davlat boshligʻi va hukumat boshligʻining vakolatlari bir vaqtning oʻzida prezident qoʻlida birlashtirilgan davlat. Hukumat toʻgʻridan-toʻgʻri prezident tomonidan tuziladi va tarqatiladi, parlament esa hukumatga sezilarli taʼsir koʻrsata olmaydi.
- Parlamentar respublika — jamiyat hayotini tashkil etishda oliy rol parlamentga tegishli boʻlgan davlat. Parlament hukumatni tuzadi va uni istalgan vaqtda tarqatib yuborish huquqiga ega. Bunday davlatda prezident muhim vakolatlarga ega emas.
- Aralash respublika — bunda prezidentlik respublikasi bilan parlamentar respublika xususiyatlari qoʻshilib ketadi. Yaʼni prezident umumxalq saylovlarida saylanib, yuridik va real keng vakolatlarga ega boʻladi. Biroq hukumat parlament tomonidan tashkil etiladi va u nafaqat prezident oldida, balki parlament oldida ham siyosiy javobgar boʻladi. Bunda prezident hukumatga umumiy rahbarlik qiladi, lekin uni bosh vazir boshqaradi. Prezident maʼlum holatlar yuz berganda parlamentni tarqatib yuborish huquqiga ega.
- Teokratik Respublika (Islom Respublikasi) — musulmon ruhoniylari tomonidan boshqariladigan respublikaning alohida shakli boʻlib, anʼanaviy islom xalifaligining asosiy belgilari va zamonaviy respublika tuzumi xususiyatlarini oʻzida mujassam etgan respublika.
Monarxiya Tahrirlash
Monarxiya (yunoncha: monarchia — yakka hokimlik) — davlat boshligʻi tegishli unvonga ega boʻlgan monarx (podshoh, imperator, sulton, amir, firʼavn va boshqalar) boʻlgan boshqaruv shakli. Monarx cheklanmagan vakolat muddatiga ega, uning huquqlari esa qonun, konstitutsiya yoki parlament bilan cheklanishi mumkin. Qoidaga koʻra, monarxiyada davlat boshligʻi lavozimi meros boʻlib qoladi.
- Mutlaq monarxiya — monarx cheksiz hokimiyatga egalik qiladigan monarxiya koʻrinishi. Mutlaq monarxiyada hukumat yoki boshqa hokimiyat organlari faqat davlat boshligʻi boʻlgan monarx oldida javobgardir, odatda parlament boʻlmaydi, boʻlgan taqdirda u maslahat kengashi vazifasini bajaradi, xolos.
- Konstitutsiyaviy monarxiya — monarx hokimiyati konstitutsiya bilan cheklangan monarxiya. Konstitutsiyaviy monarxiyada qonun chiqaruvchi hokimiyat organi vazifasini parlament bajaradi, bajaruvchi organ esa hukumat boʻladi. Konstitutsiyaviy monarxiya ikki xil koʻrinishda boʻladi: dualistik va parlamentar monarxiya.
- Dualistik monarxiya — (lotincha: Dualis) — monarx hokimiyati konstitutsiya bilan cheklanuvchi monarxiya, lekin shunga qaramasdan monarx oʻzining hokimiyat uchun keng vakolatlarini saqlab qoladi.
- Parlamentar monarxiya — monarx vakolatlari oʻta cheklangan, hukumat va hukumat organlari monarx oldida emas, parlament oldida javob beradi.
- Teokratik monarxiya — bu monarxiya boʻlib, unda siyosiy hokimiyat cherkov boshligʻi yoki diniy rahbarga tegishli boʻladi.
- Amirlik (arab. إمارة, аmarat) — islomiy davlatning amir boshchiligidagi boshqaruv shakli. Islom olamidagi tarixiy va zamonaviy davlatlar, ularning ajralib turadigan xususiyatlari hududining kichikligi, bu xalq va shariat oʻrtasida yagona boshqaruv anʼanalariga murojaat qilishdir. Amirlikning zaruriy sharti islom qonunlari - shariatni amalga oshirishdir. Vaqt oʻtishi bilan amirlik haqiqatda qirollikka oʻxshash davlatga aylandi.
Respublikalar roʻyxati Tahrirlash
Prezidentlik respublikalar Tahrirlash
- Angola
- Belarus
- Benin
- Boliviya
- Botsvana
- Burkina Faso[1]
- Venesuela
- Gabon
- Gaiti
- Gambiya
- Gana
- Gvatemala
- Gvineya[1]
- Gvineya-Bisau
- Gonduras
- Dominikan Respublikasi
- Jibuti
- Zambiya
- Zimbabve
- Indoneziya
- Kamerun
- Keniya
- Kipr
- Kiribati
- Kongo Respublikasi
- Koreya Respublikasi
- Kosta Rika
- Kot-d'Ivuar
- Liberiya
- Mavritaniya
- Madagaskar
- Malavi
- Maldiv
- Markaziy Afrika Respublikasi
- Marshall Orollari
- Mozambik
- Myanma[1]
- Namibiya
- Niger
- Nikaragua
- Ozarbayjon
- Palau
- Panama
- Paragvay
- Peru
- Ruanda
- Salvador
- San Tome va Prinsipi
- Seyshell orollari
- Somaliya[2]
- Sudan[1]
- Syerra Leone
- Tojikiston
- Tanzaniya
- Togo
- Tunis
- Turkmaniston
- Turkiya
- Uganda
- Urugvay
- Filippin
- Chad[3]
- Chili
- Ekvador
- Ekvatorial Gvineya
- Eritreya
- Yaman
- Oʻzbekiston
- Qozogʻiston
- Qirgʻiziston
Prezidentlik-Parlamentar respublikalar Tahrirlash
Federativ-Prezidentlik respublikalari Tahrirlash
Demokratik-Prezidentlik respublikasi Tahrirlash
Parlamentar-Prezidentlik respublikasi Tahrirlash
Parlamentar respublikalar Tahrirlash
- Albaniya
- Armaniston
- Bangladesh
- Barbados
- Bolgariya
- Bosniya va Gertsogovina
- Vanuatu
- Vengriya
- Gretsiya
- Gruziya
- Dominika
- Janubiy Afrika Respublikasi
- Isroil
- Irlandiya
- Islandiya
- Italiya
- Kabo Verde
- Latviya
- Livan
- Liviya[4]
- Mavrikiy
- Malta
- Moldova
- Mongoliya
- Nauru
- San Marino
- Serbiya
- Singapur
- Slovakiya
- Sloveniya
- Trinidad va Tobago
- Fiji
- Finlandiya
- Xorvatiya
- Chernogoriya
- Chexiya
- Shimoliy Makedoniya
- Estoniya
Federativ-Parlamentar respublikalar Tahrirlash
Bittapartiyaviy Parlamentar respublikalar Tahrirlash
Konfederativ-Parlamentar respublika Tahrirlash
Federativ-Demokratik Parlamentar respublika Tahrirlash
Aralash respublikalar Tahrirlash
Federativ-Aralash respublika Tahrirlash
Bittapartiyaviy Aralash respublika Tahrirlash
Teokratik respublika Tahrirlash
Monarxiyalar roʻyxati Tahrirlash
Mutloq Monarxiyalar Tahrirlash
Konstitutsion Monarxiyalar Tahrirlash
- Avstraliya
- Bagam orollari
- Beliz
- Belgiya
- Butan
- Grenada
- Daniya
- Ispaniya
- Kanada
- Lesoto
- Lixtenshteyn
- Lyuksemburg
- Monako
- Niderlandiya
- Norvegiya
- Papua Yangi Gvineya
- Sent Vinsent va Grenadinlar
- Sent Kitts va Nevis
- Sent Lusiya
- Solomon Orollari
- Tailand
- Tuvalu
- Shvetsiya
- Yamayka
- Yaponiya
- Yangi Zelandiya
- Quvayt
- Malayziya[6]
Dualistik Monarxiyalar Tahrirlash
Parlamentar Monarxiyalar Tahrirlash
Mutloq Teokratik Monarxiya Tahrirlash
Amirlik Tahrirlash
Manbalar Tahrirlash
Izohlar Tahrirlash
- ↑ 1,0 1,1 1,2 1,3 Harbiy diktatura (de-fakto).
- ↑ Inqirozga uchragan hokimiyat (de-fakto).
- ↑ Vaqtinchalik harbiy kengash tomonidan boshqariladigan prezidentlik respublikasi.
- ↑ Beqaror vaziyat (de-fakto).
- ↑ Bittapartiyaviy Sotsialistik Parlamentar respublika.
- ↑ Federativ Konstitutsion Saylanadigan monarxiya.
- ↑ Bittapartiyaviy parlamentar monarxiya.