Temuriylar imperiyasi

Amir Temur tomonidan asos solingan XV asrning eng buyuk davlatlaridan biri
(Temuriylar saltanatidan yoʻnaltirildi)

Temuriyler imperiyasi (chigʻatoycha: کورگن Küregen, tarixiy nomi تیموریلر Temürīlār) – buyuk turkiy sarkarda Amir Temur tomonidan asos solingan davlat.

Temuriylar davlati
تیموریلر (sharqiy turkcha)
گورکانیان تیمور
(forscha)
تیموریان (arabcha)

1370 — 1507


Bayroq

Temuriylar davlati 1405-yilda.
Poytaxti Samarqand
Hirot
Til(lar)i Chigʻatoy tili (rasmiy, adabiyot)
Forscha
Dini sunniy islom
Maydoni 17,00,000 km 1405-yil
Boshqaruv shakli monarxiya
 - 1370-1405 Amir Temur (ilk)
 - 1506-1507 Badiuzzamon (so'nggi)
Tarix
 -  1363 Amir Temur davlat qurishga kirishdi.
 -  1370 Amir Temur Temuriylar davlatiga asos soldi
 -  1380 G'arbga tomon kengayish boshlandi.
 - 20-iyul 1402 Anqara jangi bo'lib o'tdi.
 - 18-fevral 1405 Amir Temurning vafot etishi.
 -  1501 Samarqandning bosib olinishi
 -  1507 Hirotning bosib olinishi
 - 26-aprel 1526-yil Boburiylar davlatiga asos solinishi
Oʻtmishdagilar:
Vorislar:
Chig'atoy ulusi
Qora qoʻyunlilar davlati
Oltin Oʻrda
Sufi sulolasi
Jaloyiriylar davlati
Kurtlar davlati
Muzaffariylar davlati
Sarbadorlar
Marashislar
Afrosiyob sulolasi
Gruziya qirolligi
Oʻzbek xonligi
Buxoro xonligi
Xiva xonligi
Safaviylar davlati
Qora qoʻyunlilar davlati
Boburiylar davlati
Oq qoʻyunli
Gruziya qirolligi

Nasabnoma

tahrir

Temur Turkiy kimligini gʻurur bilan qabul qildi va unga berilgan „moʻgʻul“ atamasidan nafratlandi[1]. Temurga nisbat berilgan avtobiografiyada Temurning Ebu’l-Atrak (turklarning bobosi) avlodidan boʻlganligi yoziladi[2].

Temuriylar hukmdori va oʻzbek olimi Ulugʻbekning Tārīxi arbaʼ ulūs (Toʻrt ulus tarixi) va Shajarat al-atrak (Turklarning nasabnomasi)[3] manbalarida yozilganiga koʻra, Temuriylar Yofas oʻgʻli Turkning avlodlari edi. Nasabnomalarda „Turk“ nomi bilan atalgan shaxs ham „Turklarning otasi“ va „Yofas Oʻgʻlon“ deb atalgan[4]. Egizak aka-uka moʻgʻul va tatar, turk avlodidan boʻlgan Alyexonning farzandlari edi va shuning uchun ular turkning nevaralari edi[5][6].

Ulugʻ Bey Borchigin va Temuriylar shajaralarida yofas, turk, moʻgʻul, tatar va oʻgʻuz şhaxs kiritgan[7].

Amir Temur davrida

tahrir
 
Movarounnahr
1370 - 1405 Amir Temur
1405 - 1447 Shohruh Mirzo
1447 - 1449 Mirzo Ulug'bek
1449 - 1450 Mirzo Abdullatif
1451 - 1469 Abu Said
1469 - 1494 Sulton Ahmad
1494 - 1495 Sulton Mahmud
1495 - 1497 Boysungʻur Mirzo
1498 - 1500 Sulton Ali Mirzo
1500 - 1512 Zahiriddin Muhammad Bobur

XIV asr oʻrtalarida barlos beki oʻgʻli Temur Taragʻay buyuk siyosiy arbob sifatida tarix sahnasida namoyon boʻladi. Nufuzli turk amiri Qozonxon nabirasi – Samarqand hukmdori Husayn bilan ittifoqchilikda Temur Movarounnahrni birlashtirish va uni moʻgʻul bosqinidan ozod qilish uchun kurash boshlaydi, biroq koʻp oʻtmay ular oʻrtasidagi munosabatlar keskinlashadi. 1370-yili Amir Temur Husayn qoʻshinini tor-mor qilgach, Movarounnahr amiri deb eʼlon qilinadi.

1372—1388-yillar davomida Amir Temur Xorazmga besh marta yurish qiladi va uning oʻziga toʻla tobe boʻlishiga erishadi. Shundan soʻng u Eron, Iroq, Kavkaz, Suriya, Turkiyaga harbiy yurishlarni boshlaydi. Natijada ulkan imperiya barpo etiladi, ammo Temur davlati qudratiga Joʻji ulusi tarkibidagi Oltin Oʻrda va Oq Oʻrda doimo rahna solib turadi. 1379-yili Amir Temur Toʻxtamishning Oq Oʻrda taxtiga koʻtarilishiga yordam beradi, lekin Mamay ustidan qozonilgan gʻalabadan soʻng, Toʻxtamish Oltin Oʻrdadagi oliy hokimiyatni egallab oladi va Temur tasarrufidagi yerlarga hamla qila boshlaydi. Bunga javoban Amir Temur Toʻxtamishni 1391-yili Qunduzcha jangi va 1395-yili Shimoliy Kavkazdagi Terek daryosi vodiysidagi jangda qaqshatqich magʻlubiyatga uchratadi. Natijada Toʻxtamish kuchlari shunchalar zaiflashdiki, Temur uchun Volgaboʻyiga, Oltin Oʻrda poytaxti – Saroy Berkaga toʻgʻridan-toʻgʻri yoʻl ochiladi. Shahar ishgʻol etiladi. 1398—1399-yillarda mashhur hind yurishini amalga oshirilib, u yurtdan katta oʻlja olib kelinadi. 1400-yili Amir Temur turk sultoni Boyazid I va Misr sultoni Farajga qarshi urush boshlaydi. 1402-yili Anqara yaqinida Boyazid I usil-kesil tor-mor qilinadi va bu hol Istanbulni usmonli turklar tomonidan istilo etilishini 50 yilga kechiktiradi. 1404-yil boshida Temur oʻzining 200 ming lashkarlik qoʻshini bilan Xitoyga yurishga hozirlik koʻradi, biroq 1405-yilning 18-fevralida Temurning Oʻtrorda vafot etishi tufayli bu yurish amalga oshmay qoldi. Amir Temur hukmronligi davrida ulkan imperiyaning markazi boʻlgan Movarounnahrda iqtisod, savdo va madaniyat yuksak darajada ravnaq etdi. Temuriylar hukmronligidagi „Uygʻonish davri“ boʻlmish XIV-XV asrni Markaziy Osiyo tarixidagi „oltin asr“, deb ataladi. Bu asr jahonga mashhur olimlar, buyuk shoirlar va rassomlarni tuhfa etdi. Isfahoniy oʻzining „Buxorolik mehmon kitobida“ Samarqandda paxtachilikning rivojlanishi hamda paxta tolasi va shoyi matolarining ishlab chiqarilishi haqida bayon etgan. Temur dunyo savdogarlar tufayli obod boʻladi, deb hisoblagan. Binobarin, yangi yoʻllar, savdo inshootlarini bunyod etish uchun katta mablagʻlar sarf etgan. Aynan Temur zamonida Yaqin va Oʻrta Sharq mamlakatlari, Yevropaning olis yurtlari – Ispaniya, Fransiya va Angliya bilan iqtisodiy va siyosiy munosabatlar kengaygan[8].

1405—1450-yillar

tahrir

Amir Temur vafotidan soʻng, besh yil mobaynida Movarounnahrda xonliklararo va sulolalar oʻrtasida urushlar davom etgan. 1409-yili Temur oʻgʻli Shohrux (1376—1447) oʻz ukasining oʻgʻli – Xalil Sultonni yengib, rasman yagona Temuriylar davlatining hukmdoriga aylanadi, ammo amalda esa bu imperiya ikki alohida davlatga ajralgan edi. Shohrux markazi Hirot boʻlgan Xurosonni boshqargan, poytaxti Samarqand boʻlgan Movarounnahr esa uning oʻgʻli Mirzo Ulugʻbek (1394—1449) tasarrufiga oʻtgan. Bu ikki davlat kichik feodal yerlari birlashmasidan tashkil topgan boʻlib, ular katta hokimiyatga daʼvogar temuriylar tomonidan boshqarilgan. Eron hukmdori etib tayinlangan Shohrux nabirasi Sulton Muhammad mustaqil siyosat yurita boshlagani tufayli shaxsan Shohrux koʻp sonli qoʻshin yordami bilan mamlakatda tartib oʻrnatishga majbur boʻladi. U quyi Sirdaryodagi voqealar jarayonini diqqat bilan kuzatib turadi, zotan bu yurtdan turib dashti qipchoqlik oʻzbeklar Xorazmga tez-tez hamla uyushtirishadi. 1419-yili u Barakni qoʻllab-quvvatlab, uni koʻchmanchi oʻzbeklar ulusi xoni boʻlishiga yordam beradi. Ulugʻbek yordami bilan xon Shermuhammad uzoq nizolardan soʻng Moʻgʻiliston taxtini egallaydi, biroq koʻp oʻtmay Ulugʻbek oʻz noiblariga qarshi urushishga majbur boʻladi. 1425-yili Mirzo Ulugʻbek moʻgʻillarni tor-mor qiladi. 1427-yili Barak bilan munosabatlar yomonlashgach, u quyi Sirdaryoga yurish uyushtiradi, ammo natijada qaqshatqich magʻlubiyatga uchraydi. 1447-yili Shohrux oʻlimidan soʻng, Ulugʻbek Hirot va Xurosonni zabt etishga urinib koʻradi, biroq buning uddasidan chiqa olmaydi. 1448-yili u oʻgʻli Abdullatif bilan Hirotga yana yurish qiladi va bu safar shaharni ishgʻol etadi. Xurosonni zabt etishga xurosonlik amirlar isyoni hamda xon Abdulxayr boshchiligidagi koʻchmanchi oʻzbeklarning Movarounnahrga bostirib kirishi monelik qiladi. 1449-yili Abdullatifning otasiga qarshi fitnasi Mirzo Ulugʻbekning oʻlimi bilan tugaydi va Abdullatif taxtga oʻtiradi, ammo zodagonlar va xalq tomonidan nafratlangan Abdullatif fitna natijasida 1450-yilning 8-mayidayoq oʻldiriladi. Hokimiyat temuriy Abdulla ixtiyoriga oʻtadi va u Ulugʻbek siyosatini tiklashga intiladi.

1451—1507-yillar

tahrir
 
Sulton Husayn Boyqaro. 1490-yillar. Kamoliddin Behzod chizgan rasm. Stokgolm, Milliy galereya

Turk zodagonlari tomonidan qoʻllab-quvvatlangan temuriy Abdullaga qarshi Xoʻja Ahror (1404—1490) boshchiligidagi naqshbandiya tariqati yordamiga suyangan Buxoro amirlari taxtga oʻz nomzodlarini ilgari suradilar. Bu talabgor Amir Temur oʻgʻli Mironshoh nabirasi Abu Said (1451—1468) edi. Abu Said koʻchmanchi oʻzbeklar xoni Abulxayrni ittifoq tuzishga koʻndiradi. 1451-yili yozida Samarqand yaqinida hal qiluvchi urush boʻlib oʻtadi. Bu urush da koʻchmanchi oʻzbeklar gʻolib chiqishadi, Abdulla qoʻshini parokanda boʻladi, uning oʻzi esa oʻldiriladi. Abu Said Samarqand va Movarounnahrda hokimiyatni egallaydi. Xoʻja Ahror uning yaqin maslahatchisi etib tayinlanadi. Abu Said Xurosonni ishgʻol eta olmaydi. Zero, Hirot taxtiga 1452-yildan to umrining oxirigacha, yaʼni 1457-yilga qadar Shohrux nabirasi Abulqosim Bobur egalik qilgan. Ikki hukmdor oʻrtasidagi munosabatlar adovatli boʻlgan. 1457-yili Abusaid Hirot taxtini egallab oladi va vaqtinchalik ikki davlatni oʻzaro birlashtirishga erishadi. 1468-yili Abu Said Eronni zabt etish uchun safarga otlanadi, biroq undan qaytib kelmaydi. Sulton Husayn (1469—1506) fursatdan foydalanib Hirot hokimiyatini egallab oladi. Abu Said oʻgʻillari hokimiyat uchun kurashdan voz kechib, Movarounnahrga joʻnab ketishadi. XV asrning ikkinchi yarmida Movarounnahr siyosiy parokandalik davrini boshidan kechiradi. 1469-yildan 1494-yilgacha Samarqandda Abu Said oʻgʻli Sulton Ahmad (amalda hokimiyat Xoʻja Ahror va naqshbandiy tariqati tasarrufi ostida boʻlgan), Buxoroda – Sulton Al Mirzo, Fargʻonada esa Zahiriddin Muhammad Bobur hukmdorlik qiladi. Aynan Bobur Shayboniyxon boshchiligidagi koʻchmanchi oʻzbeklarning bosqiniga astoydil qarshilik koʻrsatadi. 1497-yili Bobur boshqargan andijonliklar qoʻshini Samarqandni ishgʻol etadi. 1501-yilning bahorida Bobur Shayboniyxon bilan urush qilish uchun Samarqandni tark etadi, biroq Kuxak daryosi yaqinidagi urushda magʻlubiyatga uchraydi. Bobur Movarounnahrni tark etib Kobulga ketishga majbur boʻladi. Shayboniyxon Movarounnahr va Xurosonga jadallik bilan hujum boshlaydi. 1501—1506-yillar davomida u Samarqand, Toshkent, Kat va Buldumsoz, Urganch, Balxni bosib oladi. Keksayib kuchdan qolgan Sulton Husayn Shayboniyxonga jiddiy qarshilik koʻrsata olmaydi. Xorazm Shayboniyxon tomonidan egallab olingandan soʻnggina Sulton Husayn yurish uyushtirishga qaror qiladi, ammo uning boshlanishida vafot etadi. Hirotda uning oʻrniga ikki voris – oʻgʻillari Badiuzzamon va Muzaffar Husayn tayinlanadi. Ular oʻrtasidagi ixtiloflar Hirotning tushkunlikka yuz tutishini tezlashtirdi. 1507-yili Shayboniyxon Hirotni ishgʻol etdi.

Temuriylar davrida sipohlarni saylash

tahrir

Amir Temur davlati tarkibiga Shimoliy Hindistonda to Oʻrta Yer dengizigacha boʻlgan hududlar kirganligi, bu davlatlar turli elat va millatlar yashaganligi sababli mamlakat yahlitligini saqlash harbiy-maʼmuriy boshqaruvni talab etilar edi. Amir Temur shu sababli harbiy boshqaruvga katta eʼtibor bergan. Qoʻshin ichidagi birlikni saqlash maqsadida sipohlarning maxsus saylov tizimini joriy etgan. Qoʻshin boʻlinmalarga boʻlingan boʻlib, boʻlinma boshliqlari – Temurga tobe boʻlgan 40 aymoq (qabila)dan 12 tasi: barlos, argʻin, jaloyir, tulkichi, duldoy, moʻgʻul, sulduz, toʻgʻoy, qipchoq, arlot, totor va tarxonlar orasidan saylab olingan[9].

Sipoh saqlab turish tuzuklarini yaratishda ham Amir Temur adolatni birinchi navbatga qoʻyadi. Har bir oʻn kishi orasidan bir navkarni oʻnboshi atashlarini maʼqul koʻrar ekan, uni qonun bilan mustahkamlaydi, oʻnboshini saylashda uning qolgan toʻqqiz navkaridan koʻra, tajribalisi, adolatli, botir va shijoatliligini eʼtiborga olishini aytadi. Yana oʻnboshini toʻqqiz kishining oʻzi saylasin, deydi. Yuzboshi, mingboshi saylashda ham yuqoridagi adolatli qoidalar inobatga olinadi[10].

Poytaxti

tahrir

Amir Temur (1336-1405) davrida poytaxti Samarqand shahri boʻlgan. Shohrux davrida imperiya ikki poytaxtga ega edi: Samarqand va Hirot. Hukmdorning birinchi toj kiyish marosimi Balxda boʻlib, keyin bu odat 1405-yildan Samarqandda oʻtkazila boshlandi.

Temuriylar davlatlarida islom davlat dini hisoblangan. Deyarli barcha temuriylarda musulmon soʻfiylarning ruhiy ustozlari boʻlgan. Amir Temurning bir qancha ustozlari boʻlgan: Mir Sayyid Baraka, Said Kulol. Amir Temur musulmon va soʻfiylik tariqatlariga ixlosi baland edi. Temurning birinchi maʼnaviy ustozi otasining ustozi, soʻfi, shayx Shamsiddin Kulol boʻlib, Xuroson shayxlaridan Zaynuddin Abu Bakr Toyabodiy ham unga ustozlik qilgan.

Temurning ustozlaridan yana biri Muhammad paygʻambarning avlodi shayx Mir Said Baraka edi. Aynan u Temurga 1370-yilda Samarqand taxtiga oʻtirganida hokimiyat timsollarini: nogʻora va bayroqni topshirgan. Mir Sayyid Baraka amirning kelajagini oldindan bashorat qilgan. U Temurga katta yurishlarida hamrohlik qilgan. 1391-yilda Toʻxtamish bilan boʻlgan jang oldidan unga oq fotiha bergan. Manbalarga koʻra, jangning hal qiluvchi pallasida u turkiycha „yogʻiy koʻchdi“ deb qichqirdi, bu esa dushmanning qochib ketishini anglatardi. Bu soʻzlar Temur jangchilarini ruhlantirib yuborgan. 1403-yilda Amir Temur va Mir Said Baraka taxt vorisi Muhammad Sultonning kutilmagan vafoti munosabati bilan birgalikda motam tutganlar. Keyinchalik Mir Sayyid Baraka vafot etgan va Temurning kenja oʻgʻli Shohruhning vasiyatiga koʻra uning jasadi Samarqanddagi Goʻri Amir maqbarasiga dafn qilingan, Temurning oʻzi esa uning oyoqlari ostiga dafn qilindi. Temurning yana bir ustozi soʻfiy shayx Burxoniddin Sagarji Abu Saidning oʻgʻli edi. Temur ularning qabri ustiga Ruhobod maqbarasini qurishni buyurgan[11].

Temur 1370-yilda hokimiyat tepasiga kelgach, u birinchi boʻlib Samarqandda Shayx Nuriddin Basir maqbarasini qurdirgan boʻlsa, 1880-yillarda maqbara vayron qilingan.

Aholining faqat ikki toifasi: Temur avlodlari va Sayidlar Temuriylar davlatida daxlsiz hayot kechirgan[12].

Abu Saidga Xoja Ahror oʻzining ruhiy homiysi boʻlgan. Din sohasidagi barcha davlat lavozimlari Muhammad paygʻambar avlodlari yoki dastlabki toʻrt xalifaning qoʻlida edi. Ularni Sayidlar va Xojalar deb atashgan.

Temur (1370-1405) tomonidan davlat pul tizimiga kiritilgan tanga pul birligi keyinchalik Qoraqoʻyunlu, Oqqoʻyunlu, Shirvonshohlar va birinchi Safaviylar davlatlarida qabul qilingan[13]. Tanga XVI—XIX asrlarda Oʻrta Osiyoning barcha xonliklarida pul birligi sifatida qabul qilingan. Buxoro amirligi[14], Xiva xonligi[15] va Qoʻqon xonligining pul muomalasi sohasida tanga[14] deb nomlangan kumush tangalar mavjud edi. Temur va uning avlodlari 40 dan ortiq shaharlarda tanga chiqargan. Mirzo Ulugʻbek ham oʻz hukmronligi davrida tangalar zarb qildirgan.

Yana qarang

tahrir


Manbalar

tahrir
  1. Andoza:Kitap kaynağı
  2. Andoza:Kaynak
  3. Andoza:Kitap kaynağı
  4. Andoza:Kaynak
  5. Andoza:Kaynak
  6. Andoza:Akademik dergi kaynağı
  7. Andoza:Akademik dergi kaynağı
  8. Alisher Navoi, Sobranie izbrannix, Sochineniya. t.9. T., 1968
  9. Abdulahad Muhammadjonov, Amir Temur va temuriylar saltanati “Qomuslar bosh tahririyati”. Toshkent. 1994. 38 b. {{citation}}: Andozada hech qanday qiymat berilmagan (boʻsh) nomaʼlum parametr mavjud: |seperator= (yordam)
  10. Temur tuzuklari. “O’zbekiston”. Toshkent. 2016 {{citation}}: Andozada hech qanday qiymat berilmagan (boʻsh) nomaʼlum parametr mavjud: |seperator= (yordam)
  11. Kandiya Malaya (per. V. Vyatkina) // Spravochnaya knijka Samarkandskoy oblasti. Vip. 8. Samarkandskiy oblastnoy statisticheskiy komitet. Samarkand, 1905, s. 258
  12. Bartold V. V. Sochineniya t. 2. chast 1. M.,1963, s. 738
  13. Сейфеддини М.А., Мирабдуллаев А.М. Денежное обрашение и монетное дело Азербайджана IX-XIV веков (при феодальном государстве Ширваншахов и Ильдегизидов) (по данным нумизматики). Баку, «Nafta - Press», 2004, с.163
  14. 14,0 14,1 Nastich V. N. Denejnoe xozyaystvo Yujnogo Kazaxstana v XIX veke (po dokumentam „Turkestanskogo arxiva“) // Orientalistika. 2020. T. 3, № 4. S. 985–1007
  15. Cuhaj 2009, ss. 169–170.