Vikipediya:Tanlangan maqola nomzodlari

(Vikipediya:TMNdan yoʻnaltirildi)
Bir burchagi singan bu yulduz Vikipediyadagi tanlangan maqola yoki faylga nomzodlikni ifoda etadi.
Bir burchagi singan bu yulduz Vikipediyadagi tanlangan maqola yoki faylga nomzodlikni ifoda etadi.

Bu sahifada tanlangan maqola nomzodlari koʻrsatiladi. Nomzod maqolaga „tanlangan“ unvonini berish-bermaslikni foydalanuvchilar hal qilishadi. Agar nomzod maqolada kamchiliklar boʻlsa, ular shu yerda koʻrsatilishi kerak.

Ovoz berayotganda {{roziman}} yoki {{qarshiman}} andozalaridan foydalanishingiz mumkin.

Aloqador mavzular

Arxiv

Nomzodlikka qoʻyish

  1. Maqolani nomzodlikka qoʻyishdan avval, bu maqola tayinli mezonlarga javob berishiga ishonch hosil qiling.
  2. Nomzod qilib koʻrsatilayotgan maqola munozara sahifasining eng tepasiga {{subst:TMN}} andozasini joylang.
  3. Joylangan andozadagi „Maqolani tanlangan maqola unvoniga nomzod qilib koʻrsating“ havolasi ustiga bosing.
  4. Sahifa ochilgandan soʻng, kerakli joylarni toʻldirib, sahifani chop eting.
  5. Quyidagi matndan nusxa oling: {{Vikipediya:Tanlangan maqola nomzodlari/nomzod maqola nomi}}. Soʻngra, hozir oʻqib turgan sahifangizdagi Nomzodlar boʻlimining eng tepasiga nusxa olgan matningizni qoʻshing. Nusxa olgan matningizdagi „nomzod maqola nomi“ degan qismini nomzod qilib koʻrsatmoqchi boʻlgan maqola nomi bilan almashtiring va oʻzgarishlarni chop eting.

Nomzodlar

tahrir
Nominator(lar): Divergent08 (munozara) 17:09, 2024-yil 19-dekabr (UTC)[javob berish]

Assalamu alaykum. Fraktal bu cheksizlikka oʻxshash takrorlanuvchi geometrik shakl. U tabiatning deyarli barcha hodisalari va qismlarida uchraydi. U orqali zamonaviy dizayn va modellashtirish ishlarida loyihalar tayyorlanadi. Divergent08 (munozara) 17:09, 2024-yil 19-dekabr (UTC)[javob berish]

Fikrlar

tahrir
  • Maqolani toʻliq oʻqib chiqqanim yoʻq. Tuzilishini koʻrib chiqish jarayonida Fraktal tabiat hodisalari boʻlimida ichki havola bilan bogʻliq jiddiy xatolikni kuzatdim. Nominator qaysi soʻzni „Yosinlar“ deb tarjima qilganini maqolaning originalini koʻrib ham topa olmadim. Lekin shu „Yosinlar“ga avtomat tarjima uskunasi tomonidan Yosin surasi maqolasiga havola berilgan. Mazkur maqolaning esa mavzuga umuman aloqasi yoʻq, menimcha. Bu xatolikdan koʻrinib turibdiki, ichki havolalarning hammasi birma-bir tekshirilishi kerak. Oʻzi umuman maqolani statusga nomzodlikka qoʻyayotgan tahrirchi nima haqida yozayotganini va nimaga ichki havola bersa, qaysi maqolaga olib borishini his qilishi shart.

Eng kamida ichki havolalar bilan bogʻliq shu va boshqa kamchiliklar tuzatilmagunicha mazkur maqolaga TM statusi berilmasligini soʻrayman. Hasan Xamidovich (munozara) 21:15, 2024-yil 19-dekabr (UTC)[javob berish]

Maqolaning inglizchasini oʻqib, Fraktal tabiat hodisalari (Natural phenomena with fractal features) boʻlimini Google translatega qoʻyganimda, Algae (yoki Suvoʻtlar) Yosunlar deb tarjima qilinganini koʻrdim. Oʻzim toʻgʻrilab qoʻymoqchi edim. Lekin inglizchadan Fraktal hodisaga misol boʻladigan hamma hodisalar tarjima qilinmagani, Proteinlar nega roʻyxatda borligini koʻrib, nominatorning oʻzi toʻgʻrilab qoʻyar deb tahrirlamay qoʻya qoldim Janob Mirzaolim (munozara) 17:08, 2024-yil 21-dekabr (UTC)[javob berish]

Rozilar

tahrir

Qarshilar

tahrir

Betaraflar

tahrir

Xulosa

tahrir
Nominator(lar): Diyora Iskandarova (munozara) 14:15, 2024-yil 19-dekabr (UTC)[javob berish]

Ushbu maqola Barokko davri musiqasi haqida. Maqola, asosan, inglizchadan tarjima qilib yaratilgan. Oʻzbekcha manbalar asosida maʼlumotlar bilan boyitilgan. Maqolani oʻqib chiqib ovoz berish jarayonida qatnashishingizni soʻrayman. Diyora Iskandarova (munozara) 14:15, 2024-yil 19-dekabr (UTC)[javob berish]

Oʻzbekcha muqobili bor koʻplab soʻzlar tarjima qilinmabdi. Masalan, Trombone emas, wikt:trombon, tambourine emas, wikt:tamburin, cornett emas, wikt:kornet va hokazo. Bu holatda statusga umuman tortmaydi. Nataev munozara 18:33, 2024-yil 19-dekabr (UTC)[javob berish]

Rozilar

tahrir

  Roziman --Dovuchcha uz (munozara) 07:02, 2024-yil 20-dekabr (UTC)[javob berish]

Qarshilar

tahrir

Betaraflar

tahrir

Xulosa

tahrir
Nominator(lar): Usmonov Gayrat (munozara) 16:21, 2024-yil 18-dekabr (UTC)[javob berish]

Assalomu alaykum, oʻzbekcha vikipediya administratorlari va faollari. Ushbu geologik yoriqlar haqidagi maqolani tanlangan maqola statusiga nomzod sifatida koʻrsatmoqdaman. Bu maqolaning salmoqli qismi oʻzbekcha geologik kitoblarga asoslangan holda yozildi. Shuningdek, maqolaning oʻzbek tilda mavjud boʻlmagan qismlari boshqa tillardagi vikipediya maqolalaridan tarjima qilindi. Maqolani oʻqib chiqib, oʻz fikr-mulohazalaringizni bildirishingizni soʻrab qolaman. Hurmat bilan Usmonov Gayrat (munozara) 16:21, 2024-yil 18-dekabr (UTC).[javob berish]

Hormang! Maqolaning „Galareya“ qismidagi togʻ jinsini Ispaniyadagi yoriq deb olgansiz. Ispaniyadagi yoriq demak toshmi? Rasmda tasvirlangan brekchiya (breccia) yirik burchakli tosh boʻlaklaridan tashkil topgan choʻkindi togʻ jinsi hisoblanadi. „Ispaniyadan keltirilgan yoriq brekchiyasi“ deyilsa xato boʻlmasa kerak. Komilkhuja 05:04, 2024-yil 19-dekabr (UTC)[javob berish]
Assalomu alaykum, hurmatli @Komilkhuja, agar maqolani toʻliq oʻqib chiqan boʻlganizda – "Ispaniyadagi yoriq demak toshmi?" – degan savolni bergan boʻlmas edingiz. Ammo, sizning fikringizni mamnuniyat bilan qabul qildim va maqolaga tuzatish kiritdim. Hurmat bilan Usmonov Gayrat (munozara) 16:18, 2024-yil 19-dekabr (UTC)[javob berish]

Rozilar

tahrir

Qarshilar

tahrir

Betaraflar

tahrir

Xulosa

tahrir
Nominator(lar): Miss Kamola (munozara) 00:49, 2024-yil 19-dekabr (UTC)[javob berish]

Assalomu alaykum hurmatli adminstratorlar hamda Oʻzbekcha Vikipediyaning faol foydalanuvchilari! Nomzodlikka qoʻyilayotgan maqola tarixda Afrikaning Yevropa tomonidan mustamlakaga aylantirilishi va u yerdagi siyosiy ahvol haqida. Maqola ingliz tilidan tarjima qilindi. Shuningdek maqolaga oʻzbekcha manbalar ham qoʻshildi. Maqolani oʻqib chiqib oʻz fikringizni bildirishingizni soʻrayman. Miss Kamola (munozara) 00:49, 2024-yil 19-dekabr (UTC)[javob berish]

Rozilar

tahrir

Qarshilar

tahrir

Betaraflar

tahrir

Xulosa

tahrir
Nominator(lar): Mirishkorlik (munozara) 21:35, 2024-yil 18-dekabr (UTC)[javob berish]

Assalomu alaykum hurmatli adminstratorlar hamda Oʻzbekcha Vikipediyaning faol foydalanuvchilari! Nomzodlikka qoʻyilayotgan maqola ingliz tilidan tarjima qilindi. Shuningdek maqolaga oʻzbekcha manbalar ham qoʻshildi. Maqolani oʻqib chiqib oʻz fikringizni bildirishingizni soʻrayman. Mirishkorlik (munozara) 21:35, 2024-yil 18-dekabr (UTC)[javob berish]

Fikrlar

tahrir

Hormang! 1833-yilda William Whewell „scientist“ (olim) atamasini kiritgan, bu atama avvalgi „naturfaylasuf“ atamasini surib chiqaradi. Ushbu gapda ishlatilgan surib chiqaradi jumlasi gʻaliz tarjima qilingan menimcha. "…bu atama tez orada „tabiat faylasufi“ (natural philosopher) degan eski atamaning oʻrnini egalladi." deb tarjima qilsa ham boʻlar ekan. Komilkhuja 05:06, 2024-yil 19-dekabr (UTC)[javob berish]

Avvalo maqolani oʻqib fikr bildirganingiz uchun tashakkur. Jumlani oʻzgartirdim, ammo siz aytgan tabiat faylasufi soʻzi esa kalka tarjima. Men qoʻllagan soʻz esa OʻzMEdagi Naturfalsafa maqolasida qoʻllangan. Yoqimli tahrirlar! Mirishkorlik (munozara) 15:10, 2024-yil 19-dekabr (UTC)[javob berish]

Rozilar

tahrir

Qarshilar

tahrir

Betaraflar

tahrir

Xulosa

tahrir
Nominator(lar): Hasan Xamidovich (munozara) 19:57, 2024-yil 18-dekabr (UTC)[javob berish]

Assalomu alaykum. Tibbiyotga oid ushbu maqola ingliz tilidan tarjima qilinib, manbalar bilan boyitildi. Tarjima jarayonida asosiy eʼtiborni hajmga emas, maqolaning hamma uchun birdek tushunarli boʻlishiga qaratdim. „Fikrlar“ boʻlimida maqola haqidagi fikringizni bildirib, ovoz berish jarayonida ishtirok etishingizni soʻrayman. Hasan Xamidovich (munozara) 19:57, 2024-yil 18-dekabr (UTC)[javob berish]

Fikrlar

tahrir

Maqolani hali toʻliq oʻqib chiqmadim, ammo TM uchun nisbatan qisqadek, ayniqsa, bu mavzuda material juda koʻpligini hisobga olsak. Nataev munozara 21:45, 2024-yil 25-dekabr (UTC)[javob berish]

Rozilar

tahrir

Qarshilar

tahrir

Betaraflar

tahrir

Xulosa

tahrir
Nominator(lar): Ibrohimjon 19:38, 2024-yil 18-dekabr (UTC)[javob berish]

Ushbu maqola ingliz va rus tillaridan tarjima qilib yaratildi. Maqolani oʻqib chiqib, oʻz fikrlaringizni bildirishingizni soʻrayman. Ibrohimjon 19:38, 2024-yil 18-dekabr (UTC)[javob berish]

Rozilar

tahrir

Qarshilar

tahrir

Betaraflar

tahrir

Xulosa

tahrir
Nominator(lar): Xayriniso (munozara) 23:20, 2024-yil 18-dekabr (UTC)[javob berish]

Ushbu maqola qimor haqida hisoblanib, maqola ingliz tilidan tarjima qilindi. Shuningdek, maqolada o'zbek manbalaridan ham foydalanildi. Oʻqib chiqib fikr-mulohazalaringizni bildirishingizni soʻrayman. Xayriniso (munozara) 23:20, 2024-yil 18-dekabr (UTC)[javob berish]

Rozilar

tahrir

Qarshilar

tahrir

Betaraflar

tahrir

Xulosa

tahrir
Nominator(lar): ANJANIY#gurung 18:25, 2024-yil 18-dekabr (UTC)[javob berish]

Bir qancha Vikipediyalarda turli xil status olgan ushbu maqolaning uzwikida ham statusga erishishida fikr bildirishingizni soʻrab qolaman. ANJANIY#gurung 18:25, 2024-yil 18-dekabr (UTC)[javob berish]

Faqat kirish qismiga koʻz yugurtirdim. Gʻaliz va kalka tarjima gaplar bor. Masalan, „Carbon dioxide, the primary greenhouse gas driving global warming, has grown by about 50% and is at levels not seen for millions of years“ gapi „Karbonat angidrid, global isishda asosiy rol oʻynayotgan issiqxona gazi, millionlab yillar davomida kuzatilmagan darajada, taxminan, 50%ga oʻsdi“ deb olinibdi. Oʻzbekchada inglizchadagi kabi vergullar bilan non-defining relative clause yozish yaramaydi. „1850-yil bilan, muntazam kuzatuv boshlangan vaqt bilan“ jumlasi ham gʻaliz. „Poorer communities“ esa „Kambagʻal hudud aholisi“ deb olingan. Nima uchun „hudud“? Nihoyat, „achieving net-zero emissions by 2050“ jumlasi „davlatlar ... 2050-yilga kelib esa turli xil gazlarni chiqarishni butunlay toʻxtatishi“ deb olingani ham xato, chunki en:Net-zero emissions boshqa narsa. Bu shaklda maqola status olishga loyiq emas. Har bir gap, har bir soʻz toʻgʻri boʻlishi shart. Nataev munozara 17:31, 2024-yil 19-dekabr (UTC)[javob berish]

Rozilar

tahrir

Qarshilar

tahrir

Betaraflar

tahrir

Xulosa

tahrir
Nominator(lar): Farhodovna 074 (munozara) 18:15, 2024-yil 18-dekabr (UTC)[javob berish]

Bu maqola kelajak avlodlarning oʻz ehtiyojlarini qondirish qobiliyatiga ziyon yetkazmagan holda, hozirgi avlodning ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan insoniyat taraqqiyotining samarali yoʻnalishi haqidadir. Maqola ingliz tilidan tarjima qilindi. Oʻqib chiqib fikr-mulohazalaringizni bildirishingizni soʻrayman. Farhodovna 074 (munozara) 18:15, 2024-yil 18-dekabr (UTC)[javob berish]

Fikrlar

tahrir
  • Maqolada gʻaliz jumlalar anchagina. Misol: Angliyada oʻrmon resurslarining kamayib borayotganiga xavotirning ortib borishiga javoban, John Evelyn 1662-yilda yozgan „Sylva“ nomli esse asarida taʼkidlaganidek, „tabiiy resurslardan vayronkorona haddan tashqari foydalanishning oldini olish uchun daraxt ekish va ekishga har bir yer egasining milliy burchi sifatida qarash kerak edi“. --Hasan Xamidovich (munozara) 20:21, 2024-yil 18-dekabr (UTC)[javob berish]

  Tuzatildi. Farhodovna 074 (munozara) 06:16, 2024-yil 19-dekabr (UTC)[javob berish]

Lekin hali boshqa kamchiliklar koʻp. Maqolada VP:MNKIga koʻra lotincha alifbodagi ismlarni aslidek yozish kerak. Fridrix Avgust emas Frederick Augustus. Xuddi shunday xato juda koʻp marta takrorlanilgan. Bir joyda Evelyn, boshqa bir joyda Evelin yozilgan. Ikki kishimi bular? Menimcha yoʻq. Hasan Xamidovich (munozara) 07:14, 2024-yil 19-dekabr (UTC)[javob berish]

Rozilar

tahrir

Qarshilar

tahrir
  1. Eng kamida yuqorida aytib oʻtilgan uzun va tushunarsiz jumla tuzatilmagunigacha bu maqolaning status olishiga   Qarshiman. --Hasan Xamidovich (munozara) 20:20, 2024-yil 18-dekabr (UTC)[javob berish]

Betaraflar

tahrir

Xulosa

tahrir
Nominator: BEKIPEDIYA #yozishma 18:03, 2024-yil 18-dekabr (UTC)[javob berish]

Barcha faol foydalanuvchilarga assalomu alaykum! Ushbu maqolada aviatsiya tarixi bayon qilinadi. Maqolani ingliz tilidan tarjima qilib, oʻzbek tilidagi manbalar bilan boyitishga harakat qildim. Maqola bilan tanishib chiqib, ovoz berish jarayonida faol ishtirok etishingizni soʻrab qolaman. BEKIPEDIYA #yozishma 18:03, 2024-yil 18-dekabr (UTC)[javob berish]

Hormang! Maqolada VP:MNKIga koʻra lotincha alifbodagi ismlarni aslidek yozish kerak. Masalan, aka-uka Raytlar emas, Wrightlar. Nataev munozara 18:20, 2024-yil 18-dekabr (UTC)[javob berish]
Barcha lotin alifbosida yozilgan ismlar aslidek   yozildi. BEKIPEDIYA #yozishma 07:32, 2024-yil 19-dekabr (UTC)[javob berish]
Yashang! „dating back several hundred years BC“ jumlasini „miloddan avvalgi bir necha yuz yillarga borib taqaladi“ deb olibsiz va bu gʻaliz tarjima. Shuningdek, ensiklopedik ohangda oʻtmishdagi hodisalar haqida hikoya uslubiga xos tarzda „XVIII asr oxiriga kelib aka-uka Montgolfierlar havo sharini ixtiro qilishadi. Bu ixtiro esa qisqa vaqt ichida odamlarning parvoz qilishiga imkon yaratadi“, deb yozish naqadar oʻrinli? Nataev munozara 20:09, 2024-yil 19-dekabr (UTC)[javob berish]

Rozilar

tahrir

Qarshilar

tahrir

Betaraflar

tahrir

Xulosa

tahrir
Nominator(lar): Komilkhuja 17:24, 2024-yil 18-dekabr (UTC)[javob berish]

Assalomu aleykum barchaga! Ushbu maqola XX asrning eng mashhur marksist faylasuflaridan biri, oʻzining madaniy gegemoniya nazariyasi bilan mashhur boʻlgan Antonio Gramsci haqida. Ushbu maqolani inglizcha va ruscha Vikipediyalardan tarjima qildim. Ushbu shaxs haqida oʻzbek tilida maʼlumotlar juda kam ekan. Ushbu maqola VP:MM roʻyxatidan joy olgan. Maqola bilan tanishib chiqib, ovoz berishingizni soʻrab qolaman! Komilkhuja 17:24, 2024-yil 18-dekabr (UTC)[javob berish]

Rozilar

tahrir

Qarshilar

tahrir

Betaraflar

tahrir

Xulosa

tahrir
Nominator(lar): AdAstraUz (munozara) 17:18, 2024-yil 18-dekabr (UTC)[javob berish]

Ushbu maqola din falsafasining muhim mavzularidan boʻlgan mistisizm haqida. Maqola ingliz tilidan tarjima qilindi, kerakli qismlarda oʻzbek, rus va ingliz tillaridagi boshqa nufuzli manbalardan olingan maʼlumotlar qoʻshildi. Maqola bilan tanishib, oʻz fikringizni bildirishingizni soʻrayman. AdAstraUz (munozara) 17:18, 2024-yil 18-dekabr (UTC)[javob berish]

Rozilar

tahrir

Qarshilar

tahrir

Betaraflar

tahrir

Xulosa

tahrir
Nominator(lar): 7Devona (munozara) 17:15, 2024-yil 18-dekabr (UTC)[javob berish]

Ushbu maqola 1917-yilda Rossiyada boshlangan inqilob haqida. Maqola ingliz tilidan tarjima qilindi. Oʻqib chiqib fikr-mulohazalaringizni bildirishingizni soʻrayman. 7Devona (munozara) 17:15, 2024-yil 18-dekabr (UTC)[javob berish]

Rozilar

tahrir

Qarshilar

tahrir

Betaraflar

tahrir

Xulosa

tahrir
Nominator(lar): Xoqoni Said yozish 16:48, 2024-yil 18-dekabr (UTC)[javob berish]

Ushbu maqolani asosiy qismini ingliz tilidan tarjima qildim, oʻzbek tilida ham manbalar asosida maʼlumotlar qoʻshdim. Hurmatli vikifaollar ovoz berish jarayonida ishtirok etishingizni soʻrayman. Xoqoni Said yozish 16:48, 2024-yil 18-dekabr (UTC)[javob berish]

Kirish qismini oʻqib chiqdim. Yomon emas! Ammo mavzu boʻyicha paragraflarga boʻlish kerak. Markaziy Osiysidagi ijtimoiy harakatlar haqida alohida boʻlim yaratilgani esa tahsinga sazovor. Nataev munozara 17:54, 2024-yil 19-dekabr (UTC)[javob berish]
Assalomu alaykum @Nataev. Inglizcha Vikipediyadagidek qilib mavzularga boʻlgan edim. Yana qaytadan boʻlib chiqaman. Xoqoni Said yozish 07:07, 2024-yil 26-dekabr (UTC)[javob berish]
Menimcha, tushunmadingiz. Maqola strukturasini emas, aynan kirish qismini (lead section) nazarda tutgandim. Hozir kirish bitta gigant paragrafdan iborat. Nataev munozara 13:32, 2024-yil 26-dekabr (UTC)[javob berish]

Rozilar

tahrir

Qarshilar

tahrir

Betaraflar

tahrir

Xulosa

tahrir
Nominator(lar): Won Mirzo 16:31, 2024-yil 18-dekabr (UTC)[javob berish]

Ushbu maqola tabiatda mavjud boʻlgan fundamental 4 ta kuch haqida. Maqolani ingliz va ispan tilidagi vikipediya hamda mustaqil manbalar asosida yaratdim. Hurmatli administratorlar, vikifaollar, maqola bilan tanishib, fikr-mulohazalaringizni bildirishingizni soʻrayman. Won Mirzo 16:31, 2024-yil 18-dekabr (UTC)[javob berish]

Rozilar

tahrir

Qarshilar

tahrir

Betaraflar

tahrir

Xulosa

tahrir
Nominator(lar): Janob Mirzaolim (munozara) 16:10, 2024-yil 18-dekabr (UTC)[javob berish]

Bu maqola Xitoydagi megaloyiha hamda dunyoning eng yirik elektr stansiyasi haqida. Maqolani ingliz va rus tilidagi vikipediya hamda mustaqil manbalar asosida yaratdim. Hurmatli administratorlar, vikifaollar, maqola bilan tanishib, fikr-mulohazalaringizni bildirishingizni soʻrayman. Janob Mirzaolim (munozara) 16:10, 2024-yil 18-dekabr (UTC)[javob berish]

Faqat kirish qismini oʻqidim. Juda yaxshi yozilgan. Qolgan boʻlimlar ham shunday sifatda boʻlsa, TMga loyiq maqola boʻlibdi. Nataev munozara 18:34, 2024-yil 19-dekabr (UTC)[javob berish]

Rozilar

tahrir

Qarshilar

tahrir

Betaraflar

tahrir

Xulosa

tahrir
Nominator(lar): Visola Tangirova(menga yozish!) 14:17, 2024-yil 18-dekabr (UTC)[javob berish]

Assalomu alaykum, hurmatli administratorlar hamda Vikipediya faollari. Ushbu Gʻarb klassik musiqasi haqidagi maqola ingliz tilidan tarjima qilib yaratildi. Oʻqib chiqib, oʻz fikrlaringizni bildirishingizni soʻrayman. Visola Tangirova(menga yozish!) 14:17, 2024-yil 18-dekabr (UTC)[javob berish]

Fikrlar

tahrir

Hormang! Maqoladagi umumiy kamchiliklardan biri unda kompozitor soʻzi oʻrniga bastakor soʻzini ishlatish boʻlib, bular bir-biriga oʻxshash, lekin boshqa-boshqa atamalar hisoblanadi. Endi boshqa kamchiliklarga oʻtsak:

  1. Kirish qismida „Art music“ jumlasini „badiiy musiqa“ deb tarjima qilgansiz. Lekin amaliyotda bunday atama yoʻq, balki akademik musiqa bor (qarang: Vokal va zamonaviy musiqa, 10-bet).
  2. Keyin „musiqiy shakli va notalar uygʻunligi tuzilishidagi“ emas, „musiqiy shakli va garmonik tuzilishi“ boʻladi. Yana „polifoniya ishlatilishi bilan ajralib turadi jumlasida gʻalizlik bor, uni polifoniyadan foydalanishi bilan ajralib turadi deb tarjima qilgan yaxshiroq.
  3. Satr soʻngidagi „Gʻarb madaniyatining asosiy tarkibiy qismi hisoblangan klassik musiqa koʻpincha bastakorlarning solistik yoki guruh sifatida qarashlari nuqtai nazaridan koʻrib chiqiladi“ gapidagi „solistik“ va „guruh“ soʻzlarini qayerdan oldingiz tushunmadim? Inglizcha „groups“ soʻzida Composition school maqolasiga berilgan ichki havola bor (ruscha: Композиторская школа). Bu maqola oʻzbekchada vikipediya boʻlmasa-da, amaliyotda „kompozitorlik maktabi“ atamasi qoʻllanadi (qarang: Xalq cholg‘ularida ijrochilik, 19-bet

Bular birinchi satrdagi kamchiliklar. BEKIPEDIYA #yozishma 15:12, 2024-yil 19-dekabr (UTC)[javob berish]

Yuqoridagi asosli tanqida qoʻshimcha qilmoqchiman: tuppa-tuzuk wikt:kasseta soʻzi „kasset“ boʻlib qolibdi! Maqolaga AT andozasini qoʻshaman. Nataev munozara 18:38, 2024-yil 19-dekabr (UTC)[javob berish]

Rozilar

tahrir

Qarshilar

tahrir
  1. Yuqorida yozganimga oʻxshash kamchiliklar koʻrib chiqilishi kerak. Keyin fikrimni oʻzgartirish mumkin, lekin ungacha   qarshiman. BEKIPEDIYA #yozishma 15:12, 2024-yil 19-dekabr (UTC)[javob berish]

Betaraflar

tahrir

Xulosa

tahrir
Nominator(lar): Ahror Akramovich (munozara) 14:14, 2024-yil 18-dekabr (UTC)[javob berish]

Bu maqola 1824-yildan keyin Britaniya imperiyasi va uning ta’sir doirasidagi mamlakatlarda ishlatilgan o‘lchov tizimlari haqidadir. Maqola ingliz tilidan tarjima qilindi. Oʻqib chiqib fikr-mulohazalaringizni bildirishingizni soʻrayman. Ahror Akramovich (munozara) 14:14, 2024-yil 18-dekabr (UTC)[javob berish]

Rozilar

tahrir

Qarshilar

tahrir

Betaraflar

tahrir

Xulosa

tahrir
Nominator(lar): Diwikiped muloqot :) 13:31, 2024-yil 18-dekabr (UTC)[javob berish]

Assalomu alaykum, oʻzbekcha Vikipediyaning administratorlari va faollari. Ushbu Farengeyt harorat shkalasi haqidagi maqolani tanlangan maqola statusiga nomzod oʻlaroq koʻrsatmoqdaman. Maqolani inglizcha Vikipediyadan tarjima qildim va bu mavzudagi boshqa tillardagi Vikipediya maqolalari bilan hamda rus, ingliz, oʻzbekcha manbalar bilan tanishib chiqdim. Maqolani koʻrib chiqib, oʻz fikrlaringizni bildirishingizni soʻrab qolaman. Diwikiped muloqot :) 13:31, 2024-yil 18-dekabr (UTC)[javob berish]

Rozilar

tahrir

Qarshilar

tahrir

Betaraflar

tahrir

Xulosa

tahrir
Nominator(lar): Oqsaqol (munozara) 13:06, 2024-yil 18-dekabr (UTC)[javob berish]

Ushbu maqola muhim maqolalardan biri boʻlib, Ispaniya inkvizitsiyasi haqida. Oʻqib chiqib fikr-mulohazalaringizni bildirishingizni soʻrayman. Oqsaqol (munozara) 13:06, 2024-yil 18-dekabr (UTC)[javob berish]

Gʻaliz tarjimalardan xoli emas. „that the inquisitors should never proceed against the Indians, but against the old Christians and their descendants and other persons against whom in these kingdoms of Spain it is customary to proceed“ gapi „inkvizitorlar hech qachon hindularga qarshi harakat qilmasliklari, balki koʻchib kelgan ispaniyalik nasroniylar va ularning avlodlari qarshi harakat qilishlari kerak boʻlgan“ deb olingan va bu tushunarsiz tarjima. „Bunga asos qilinib, Ispaniya qiroli buyrugʻi olingan, buyruqqa koʻra, ...“ shaklida gaplarni ulab ketish ham standart oʻzbek tiliga xos emas. Shuningdek, barcha turkumlarni koʻkartirish kerak. Nataev munozara 19:56, 2024-yil 19-dekabr (UTC)[javob berish]
Xayrli kech fikrlar uchun rahmat, kamchiliklarni tuzataman. Oqsaqol (munozara) 20:02, 2024-yil 19-dekabr (UTC)[javob berish]

Rozilar

tahrir

Qarshilar

tahrir

Betaraflar

tahrir

Xulosa

tahrir
Nominator(lar): Sitora Oblakulova (munozara) 12:13, 2024-yil 18-dekabr (UTC)[javob berish]

Ushbu maqola ilm-fan sohasining muhim mavzularidan biri hisoblangan ilmiy metod haqida. Maqola ingliz tilidan tarjima qilindi. Oʻqib chiqib fikr-mulohazalaringizni bildirishingizni soʻrayman. Sitora Oblakulova (munozara) 12:13, 2024-yil 18-dekabr (UTC)[javob berish]

Faqat kirish qismini sinchiklab oʻqidim, qolgan boʻlimlariga koʻz yugurtirdim. Yomon emas! Manbalardagi „Webarxiv andozasida xato: |url= qiymatini tekshiring“ xatosini tuzatish kerak. Nataev munozara 19:43, 2024-yil 19-dekabr (UTC)[javob berish]

Rozilar

tahrir

Qarshilar

tahrir

Betaraflar

tahrir

Xulosa

tahrir
Nominator(lar): Axadjon1 09:54, 2024-yil 18-dekabr (UTC)[javob berish]

Assalomu alaykum! Oʻzbekcha Vikipediya administratorlari va faollar. Maqola 1922—1948-yillardagi Falastindagi Britaniya mandati haqida. Maqolani ruscha va inglizcha Vikipediyalardan tarjima qilib, yangi oʻzbekcha manbalar qoʻshdim. Ovoz berishda faol boʻlishingizni soʻrab qolgan boʻlar edim. Axadjon1 09:54, 2024-yil 18-dekabr (UTC)[javob berish]

Toʻliq emas, faqat kirish qismiga koʻz yugurtirdim. „en:Homeland for the Jewish people“ maʼnosida kelgan „national home“ jumlasi „milliy uy“ deb olingani kalka tarjima. „Milliy vatan“ yoki „milliy davlat“ boʻlishi kerak. „Bu rejaga binoan, mandatning tugashini va tarixiy Falastinning qolgan qismida Falastin hamda Isroil davlatlarining tashkil etilishini nazarda tutgan“ gapi esa gʻaliz. Maqolada imloviy xatolar ham bor. Masalan, jahon urushlari kichik harf bilan yozilgan, „1947-1949“ kabi holatlarda chiziqcha ishlatilgani esa xato. Va hokazo. Maqola toʻliq koʻrib chiqilishi kerak. Nataev munozara 18:12, 2024-yil 19-dekabr (UTC)[javob berish]
Assalomu alaykum. Siz aytgan kamchiliklar   Tuzatildi. Axadjon1 18:40, 2024-yil 19-dekabr (UTC)[javob berish]
Qizil havolalar uchun {{Tarjima qilinmagan 5}} andozasini ishlatgan maʼqul. Umarxon III (munozara) 07:25, 2024-yil 20-dekabr (UTC).[javob berish]

Rozilar

tahrir

Qarshilar

tahrir

Betaraflar

tahrir

Xulosa

tahrir
Nominator(lar): MinaUktamova (munozara) 07:45, 2024-yil 18-dekabr (UTC)[javob berish]

Ushbu maqola Xristianlik dinining ikki alohida cherkovga boʻlinishi toʻgʻrisida. Ingliz va oʻzbek tilidagi adabiyotlardan foydalangan holda maqolani mavzuga oid maʼlumotlar bilan boyitdim. Tanishib chiqib, oʻz fikrlaringizni bildirgan holda ovoz berish jarayonida ishtirok etishingizni soʻrayman. MinaUktamova (munozara) 07:45, 2024-yil 18-dekabr (UTC)[javob berish]

Hozirgi koʻrinishida maqola oʻta qisqa. Qolaversa, „Gʻarb-Sharq boʻlinishi“ kalka tarjima boʻlib, oʻzbekcha manbalarda umuman uchramaydi. Bu holatda inglizcha emas, ruscha atamalarga tayanish toʻgʻriroq boʻlardi (xususan, Разделе́ние Церкви на Католическую и Православную Церковь, также Вели́кое разделе́ние, Вели́кий раско́л и Вели́кая схи́зма). Nataev munozara 19:30, 2024-yil 19-dekabr (UTC)[javob berish]

Rozilar

tahrir

Qarshilar

tahrir

Betaraflar

tahrir

Xulosa

tahrir
Nominator(lar): Lili (suhbat) 19:10, 2024-yil 17-dekabr (UTC)[javob berish]

Assalomu alaykum hurmatli administratorlar va faol foydalanuvchilar. Enwikidan tarjima qilib yaratilgan falsafaga oid ushbu maqolani „Tanlangan maqola“ statusi uchun nomzod qilib koʻrsatmoqdaman. Maqolani mavzuga oid qoʻshimcha maʼlumotlar bilan boyitdim va yana bir qancha manbalar ham keltirib oʻtdim. Oʻqib koʻrib, oʻz fikringizni bildirishingizni soʻrayman. Lili (suhbat) 19:10, 2024-yil 17-dekabr (UTC)[javob berish]

Mavzu oʻta mavhum boʻlgani uchun sifatli kontent yaratish mushkulligini aytib oʻtmoqchiman. Shunday boʻlsa-da, „I. Klauberg“ va „X. Volf“ kabi ismlar toʻliq yozilmagan va kimligi nomaʼlum. Ustiga ustak, manba keltirilmagan, bu shaxslarga maqolada boshqa toʻxtalmagan. Keyin, en:Entity „narsa“ deb olingani naqadar toʻgʻri? Oʻzbekcha manbalarda nima deyilgan? „ob’ektlarning“ soʻzi esa dahshatli AT alomatidir. Nataev munozara 19:00, 2024-yil 19-dekabr (UTC)[javob berish]
Assalomu alaykum. „Entity“ soʻzi aynan qaysi maʼnoda kelganini bilmaganim uchun umumiy qilib narsa deb tarjima qilgandim. Izohli lugʻatlarni koʻrganimda „mavjudot“ boʻlib chiqdi, ammo baʼzi jumlalarda bu tarjima gapning maʼnosiga toʻgʻri kelmadi. Shu hafta oxirigacha aniq tarjimasini oʻrganib qaytadan koʻrib chiqaman. Lili (suhbat) 05:08, 2024-yil 25-dekabr (UTC)[javob berish]
Assalomu alaykum. „Entity“ soʻzining asl maʼnosini koʻp manbalardan izladim. Inglizchada „A thing with a separate existence“ deb keltirilgan. Ammo bu soʻzning ayni tarjimasini topa olmadim. Shu sababli „narsa“ deb qoldirdim. Obyekt deb tarjima qilingan qismlarini ham toʻgʻrilab chiqdim. Lili (suhbat) 14:12, 2024-yil 29-dekabr (UTC)[javob berish]

Rozilar

tahrir

Qarshilar

tahrir

Betaraflar

tahrir

Xulosa

tahrir
Nominator(lar): MirfayzbekAbdullayev (munozara) 08:38, 2024-yil 16-dekabr (UTC)[javob berish]

Maqolani enwiki’dan tarjima qilgan holda yaratdim. Oʻzbekchada ham shu mavzuda izlandim hamda manbalarga bir qancha oʻzbek manbalarini ham keltirdim. Iltimos, ovoz berish va fikr bildirish jarayonlarida faol boʻling. MirfayzbekAbdullayev (munozara) 08:38, 2024-yil 16-dekabr (UTC)[javob berish]

Umuman olganda, yomon emas. Ammo gʻalizliklar bor. „Logarifm daraja“ deyilmaydi, balki „logarifmik daraja“ boʻladi. en:Floating-point arithmetic atamasi „nuqta arifmetikasi“ deb olingani naqadar toʻgʻri? Shuningdek, etimologiyasi boʻlimida lotincha atamalar tarixi bilan cheklanmay, aynan „daraja“ soʻzi haqida ham yozish kerak edi. Nataev munozara 19:21, 2024-yil 19-dekabr (UTC)[javob berish]
Assalomu alaykum, Nataev. Bildirgan fikringiz uchun rahmat. Siz keltirgan kamchiliklar   Tuzatildi MirfayzbekAbdullayev (munozara) 21:04, 2024-yil 19-dekabr (UTC)[javob berish]

Rozilar

tahrir

Qarshilar

tahrir

Betaraflar

tahrir

Xulosa

tahrir
Nominator(lar): MirfayzbekAbdullayev (munozara) 14:47, 2024-yil 25-noyabr (UTC)[javob berish]

Assalomu alaykum. Maqolani ochiq manbalar, adabiyotlar, gazetalardan foydalangan holda 2 oy davomida tahrirlab bordim. Vikipediya faollaridan nomzod maqolani oʻqib chiqib, fikr hamda ovoz berish jarayonlarida faollikka chorlayman. MirfayzbekAbdullayev (munozara) 14:47, 2024-yil 25-noyabr (UTC)[javob berish]

Rozilar

tahrir

Qarshilar

tahrir

Betaraflar

tahrir

Xulosa

tahrir
Nominator(lar): Just Khumoyun (munozara) 09:14, 2024-yil 26-sentyabr (UTC)[javob berish]

Assalomu alaykum oʻzbekcha Vikipediya foydalanuvchilari va administratorlari. Ushbu maqola Marvel Studiyasi hamda Sony Pictures kompaniyasi hamkorligida yaratilgan film haqida. 2019-yilda yaratilgan chala maqolani inglizcha Vikipediyadan tarjima qildim. Maqola ingliz tilida YM statusini olgan. Oʻzbekcha Vikipediyada esa TM statusiga nomzod qilib koʻrsatilmoqda. Maqola bilan tanishib chiqib, undagi kamchiliklarni fikrlar boʻlimida yozib qoldirishingizni va ovoz berish jarayonida faollik koʻrsatishingizni soʻrayman. Just Khumoyun (munozara) 09:14, 2024-yil 26-sentyabr (UTC)[javob berish]

Fikrlar

tahrir
  • Manbalarning qaralgan sanasi enwikidagi boʻyicha qolib ketgan. Manbalarni tekshirib, ishlayotganlarining qaralgan sanasini yangilash, ishlamayotgan manbalarni olib tashlash kerak. Hasan Xamidovich (munozara) 08:21, 2024-yil 14-oktyabr (UTC)[javob berish]
      Tuzatildi. Just Khumoyun (munozara) 08:06, 2024-yil 15-oktyabr (UTC)[javob berish]
  • Avvalo maqola uchun muallifga tashakkur. Lekin unda eng asosiy status qoidalardn biri bajarilmagan. Bu har bir hatboshidagi gapni manba bilan tasdiqlash. Bu shart bajarilmas ekan maqola statusga loyiq koʻrilmaydi. PanPanChik #yozish 09:29, 2024-yil 28-oktyabr (UTC)[javob berish]
      Tuzatildi 8 ta paragraf manbalarsiz ekanligi aniqlandi va shu paragraflar 10 ta manbalar bilan boyitildi. Just Khumoyun (munozara) 08:08, 2024-yil 1-noyabr (UTC)[javob berish]
  • Maqolaning faqatgina birinchi abzasini oʻqib chiqdim. Kamchiliklar yetarli. Film soʻzining oʻzi bir gapda 3 martagacha qoʻllanilgan. Masalan, Bu film Sam Raimi tomonidan 2002—2007-yillarda suratga olingan Oʻrgimchak-odam trilogiyasidan keyin chiqarilgan toʻrtinchi Oʻrgimchak-odam filmi boʻlib, film yangi aktyorlar guruhi bilan qayta ekranlashtirilgan. Uzun gaplarni 2, kerak boʻlsa 3 ga boʻlib ham tarjima qilish mumkin. Bu gapning oʻquvchi uchun tushunarliroq boʻlishiga yordam beradi. Masalan, Filmga Marc Webb rejissyorlik qilgan boʻlib, film ssenariysi James Vanderbilt, Alvin Sargent hamda Steve Kloves tomonidan yozilgan gapida aynan film ssenariysi emas ssenariy muallifi deb ham keltirish mumkin. Yoki Filmda bosh rollarni Andrew Garfield, Emma Stone, Rhys Ifans, Denis Leary, Campbell Scott, Irrfan Khan, Martin Sheen, va Sally Fieldlar ijro etishgan gapida filmda bosh rollarni emas, shunchaki bosh rollarni deb yozish mumkin. Statusga nomzod sifatida qoʻyiladigan maqolalarning preambula qismida asosan koʻk havolalar bilan berish kerak. Yuzaki tarjima qilinib ketgan gaplar bor: 2010-yil 10-fevral kuni Sony film 2012-yil 3-iyul kuni premyera qilinishi eʼlon qilgan. Tahrirlanishi kerak boʻlgan qismlar hali yetarli.
  • Bundan tashqari Panpanchik tomonidan bildirilgan fikrlarga amal qilmay turib, paragraflar manbalar bilan tasdiqlandi degansiz. Holbuki, eng asosiy preambula qismida birorta ham manba berilmagan. Shartlarni bajarmay turib, yolgʻon maʼlumot bermang. Sitora Oblakulova (munozara) 11:54, 2024-yil 4-noyabr (UTC)[javob berish]
    It is the fourth theatrical Spider-Man film, serving as a reboot following Sam Raimi’s 2002–2007 Spider-Man trilogy, and was followed by a second The Amazing Spider-Man film. Ushbu gapni Bu film Sam Raimi tomonidan 2002—2007-yillarda suratga olingan Oʻrgimchak-odam trilogiyasidan keyin chiqarilgan toʻrtinchi Oʻrgimchak-odam filmi boʻlib, film yangi aktyorlar guruhi bilan qayta ekranlashtirilgan deya tarjima qilgandim. Filmning navbatdagi qismi haqida maʼlumotni keyingi gapda keltirganman. Olib tashlash mumkin boʻlgan yagona narsa bu verguldan keyingi „film“ soʻzi boʻlishi mumkin. Aks holda gapning asosiy maʼnosi chiqmay qoladi. Oʻylaymanki filmda bosh rollarni va bosh rollarni jumlalarida unchalik ham katta farq yoʻq. Film soʻzi koʻproq takrorlanganligi uchun olib tashlayman. 2010-yil 10-fevral kuni Sony film 2012-yil 3-iyul kuni premyera qilinishi eʼlon qilgan jumlani toʻgʻirladim.
    Statusga nomzod sifatida qoʻyiladigan maqolalarning preambula qismida asosan koʻk havolalar bilan berish kerak. Ushbu gapingizni Tanlangan maqolalar uchun qoʻyilgan talablar orasidan topa olmadim shu sabab bu iddao oʻrinsiz deb hisoblayman.
    Panpanchik yozgan fikrlarga tuzatildi deb yozganimni sababi bu yerda foydalanuvchi maqola ichidagi paragraflarni manba bilan boyitishni nazarda tutgan. Maqola ichidagi paragraflar manba bilan boyitilganidan soʻng „tuzatildi“ deya izoh berdim. Undan tashqari maqola enwikida status olgan ammo maqola preambulasida hech qanday manba yoʻq. Agar foydalanuvchi maqola preambulasini ham nazarda tutgan boʻlsa unda yaqinda status olgan Buxoro qamali maqolasi hamda Panpanchik nominatorligidagi Qizil Panda maqolasi ham Tanlangan maqola statusidan mahrum qilinishi hamda bundan avvalgi status olgan maqolalar preambulasi tekshirib chiqilishi kerak. Bu maqolalar shunchaki misol tariqasida taqdim etildi. Nominatorlarga hech qanday adovatim yoʻq. Just Khumoyun (munozara) 07:24, 2024-yil 5-noyabr (UTC)[javob berish]
    Hormang. Statusga nomzod sifatida qoʻyiladigan maqolalarning preambula qismida asosan koʻk havolalar bilan berish kerak. Ushbu gapingizni Tanlangan maqolalar uchun qoʻyilgan talablar orasidan topa olmadim. Maʼlumot oʻrnida shuni ayta olamanki Vikipediya:Ichki havolalar ga koʻra ichki havolalar oʻquvchi va foydalanuvchilarga maqola mazmunini chuqurroq anglashga yordam beradi. Odatda ichki havolalar matn mazmuniga qarab, intuitiv qoʻyiladi. deyilgan. Shuning uchun bir joyda fikr bildirishdan avval qoidalar bilan tanishib chiqing. Va yana ichki havolalar boʻlishi kerak maqolada. Maqolaning Voqealar rivoji va Dizayn boʻlimlarida umuman ichki havola qoʻymagansiz. Bu talablar Tanlangan maqolalar uchun qoʻyilgan talablarda aynan yozilmagan boʻlishi mumkin. Ammo umumiy maqolani rasmiylashtirishda ichki havola boʻlishi kerak. Yuqorida aytilganidek ichki havolalar maqolani chuqurroq tushinishga va siz keltirgan VP:Tanlangan maqola nima?dagi „Yaxshi yozilgan“ – matn tuzilishi chiroyli, oʻqilishi qulay. shu boʻlimga menimcha mos keladi. – Yoqimli tahrirlar. Axadjon1Munozara 17:43, 2024-yil 18-noyabr (UTC)[javob berish]
    Assalomu alekum. Fikrlar uchun tashakkur. Maqolaning Dizayn boʻlimiga ichki havolalar qoʻshildi. Voqealar rivoji bu filmning syujeti boʻlgani uchun unga ichki havola qoʻshmagandim. Unga ham qoʻyilishi kerakmi? Yoki syujetga qoʻshilmaydimi. Just Khumoyun (munozara) 11:04, 2024-yil 19-noyabr (UTC)[javob berish]
    Fikrlarni erkin beravering. Panpanchik tomonidan berilgan fikrga yolgʻon maʼlumot bermang deganingizga biroz qizishibman. Uzr. Yana fikrlar kutib qolaman va qoʻldan kelgancha toʻgʻirlashga harakat qilaman) Just Khumoyun (munozara) 05:19, 2024-yil 7-noyabr (UTC)[javob berish]
  • Iddao? Maqola haqida fikr bildirish iddao hisoblanadimi? Men koʻzimga koʻringan kamchiliklarni imkon qadar sizga tushuntirishga harakat qildim va bu fikrlarga amal qilingan taqdirda maqolaga salbiy emas, aksincha ijobiy tuzatishlar kiritilgan boʻlardi. Maqolaning qolgan qismiga ham tuzatish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida yana batafsil yozmoqchi edim, biroq maslahat va fikrlarni iddao deb qabul qilarkansiz, mayli, oʻz bilganingizcha yozing. Omad! Sitora Oblakulova (munozara) 12:02, 2024-yil 16-noyabr (UTC)[javob berish]
    Fikrlarni erkin beravering. Panpanchik tomonidan berilgan fikrga yolgʻon maʼlumot bermang deganingizga biroz qizishibman. Uzr. Yana fikrlar kutib qolaman va qoʻldan kelgancha toʻgʻirlashga harakat qilaman) Just Khumoyun (munozara) 05:53, 2024-yil 18-noyabr (UTC)[javob berish]
  • Ushbu maqolani inglizchadan tarjima qilgan ekansiz va inglizcha Vikipediyadagi kabi status olishni xoxlasangiz menimcha boshqa tildagi bilan manbalar sonini bir xil qilish kerak. Oʻzbekcha Vikipediyada 113 ta, inglizchada esa bu koʻrsatkich 316 tani tashkil etar ekan.
  • film yarim tundagi premyeralaridan degan jumla gʻaliz chiqibdi.
  • Yuqoridagi fikrlarda har bir xatboshi manba bilan tasdiqlanishi kerakligi haqida eslatma qoldirishibdi sizga, ammo Voqealar rivoji boʻlimida manba keltirilmagan. Xoqoni Said yozish 06:13, 2024-yil 3-dekabr (UTC)[javob berish]
    • Statusli maqola talabida manbalar soni originali bilan bir xil boʻlishi kerak degan qoida yoʻq. Eʼtibor berilsa, ushbu maqolada ishlamaydigan manbalar olib tashlanganligini, bu orqali songa emas manbalarning sifatiga diqqat qilinganligini koʻrish mumkin.
    • Enwikida ham voqealar rivoji boʻlimida manba keltirilmagan.
    Hasan Xamidovich (munozara) 16:23, 2024-yil 8-dekabr (UTC)[javob berish]
    "yarim tundagi premyeralari" "midnight run" jumlasining tarjimasi. Yaʼni kino yarim tunda (Tungi 12dan keyin masalan) premyera qilingan. Menimcha xato emas bu jumla ham. Hasan Xamidovich (munozara) 16:30, 2024-yil 8-dekabr (UTC)[javob berish]
    Yarim tundagi premyeralarni jumlasini Yarim tundagi namoyishlarga oʻzgartirdim. Oʻylashimcha jumla endi tushunarliroq chiqdi. Voqealar rivoji boʻlimi haqida yuqorida ham savol qoldirgan edim. Lekin siz taʼkidlaganingizdek Voqealar rivoji boʻlimida manba keltirilmagani sabab manba qoʻymagan edim. Just Khumoyun (munozara) 08:07, 2024-yil 21-dekabr (UTC)[javob berish]

Rozilar

tahrir

Qarshilar

tahrir

Betaraflar

tahrir

Xulosa

tahrir
Nominator(lar): Lazizbek95 (munozara) 13:38, 2024-yil 14-sentyabr (UTC)[javob berish]

Abbosiylar sulolasining 23-xalifasi haqidagi ushbu maqola ingliz tilidan tarjima qilib yaratilgan. Maqolani oʻqib, uning tanlangan maqola statusiga mos yoki mos emasligi boʻyicha fikr hamda mulohazalaringizni bildirishingiz hamda jarayonda oʻz ovozingiz orqali ishtirok etishingizni soʻrayman. Lazizbek95 (munozara) 13:38, 2024-yil 14-sentyabr (UTC)[javob berish]

Fikrlar

tahrir

Maqoladagi ingliz tilida qolib ketgan izohlar qismini oʻzbekchaga oʻgirish kerak. „Al-Mutiy lilloh hukmdorlik nomi bilan tanilgan“, gapidagi Al-Mutiy lilloh hukmdorlik nomi jumlasi, „Xalifada Iroqdagi sud va diniy tayinlovlar ustidan juda kam boʻlsa-da, hokimiyat mavjud boʻlib, xalifa hokimiyati asosan ramziy ahamiyat kasb etgan“ gapida kam boʻlsa-da, hokimiyat mavjud boʻlib jumlasi gʻaliz chiqqan. Sitora Oblakulova (munozara) 05:32, 2024-yil 11-oktyabr (UTC)[javob berish]

Rozilar

tahrir

  Roziman Tarixga oid shaxsiyatlar haqida maqolalar koʻpayishi tarafdoriman. MirfayzbekAbdullayev (munozara) 14:19, 2024-yil 30-sentyabr (UTC)[javob berish]

Qarshilar

tahrir

Betaraflar

tahrir

Xulosa

tahrir