Iltimos, tahrirlashda ehtiyot boʻling, ayniqsa avtomatlashtirilgan tahrirlash dasturidan foydalansangiz. Texnik xizmat ko'rsatish maʼlumotlarini qanday yangilashni bu yerda bilib oling.
Gruziya yoki Gurjiston, rasman Gruziya Respublikasi (gruzincha: საქართველო [sɑkʰɑrtʰvɛlɔ], Sakartvelo) – Kavkazortining markaziy va garbiy qismlarida, Qora dengizning sharqiy qirgʻoqida joylashgan mamlakat. Qisman Sharqiy Yevropaning eng chekka janubi-sharqiy qismida, qisman Yaqin Sharqning shimoli-sharqiy qismida joylashgan. Umumiy maydoni 69 700 km²2. Aholisining umumiy soni 3 729 500 kishi (2015). Poytaxti – Tbilisi shahri.
Shimolda Rossiya, janubda Armaniston, janubi-gʻarbda Turkiya, sharqda va janubi-sharqda Ozarbayjon bilan chegaradosh. Gruziya maʼmuriy hududiy boʻlinish boʻyicha 2 ta muxtor respublika va 10 ta viloyatdan iborat (gruzincha: მხარე / mxare). Ushbu muxtor respublikalar va viloyatlar 59 ta munisipalitetga boʻlingan. 4 ta shahar: Batumi, Kutaisi, Poti va Rustavi viloyatlar huquqiga ega. Gruziya hududiga kiruvchi 2 ta muxtor respublika: Abxaziya va Janubiy Osetiya de-fakto qisman tan olingan mamlakatlar hisoblanadi va ushbu respublikalar hududlari Gruziya tomonidan de-fakto boshqarilmaydi. Ushbu hududlar Gruziya, AQSH, YXHT Parlament Assambleyasi va Yevropa komissiyasi tomonidan Rossiya okkupatsiyasidagi Gruziya hududlari deb tan olingan. (Full article...)
Gruzinlar, gurjilar yoki kartveller (oʻzlarini kartveli deb ataydilar) – xalq, Gruziyaning asosiy aholisi (3787 ming kishi). Rossiyada 131 ming kishi. Umumiy soni 4,15 mln. kishi (1990-yillar oʻrtalari). Shuningdek, Ozarbayjon, Ukraina, Gretsiya, Qozogʻiston, Turkiya, Eron va boshqa mamlakatlarda ham yashaydi. 17 ta subetnik guruhga boʻlingan: ajarlar, guriylar, imeretinlar, kartlilar, kaxetinlar, xevsurlar, megrellar, svanlar, javaxlar va boshqa Gruzin tilida soʻzlashadi. Dindorlari – asosan pravoslavlar, bir qismi (ajarlar, mesxilar guruhi) – musulmon-sunniylar. (Full article...)
…Gruziyadan surgun qilingan yili Meri Shervashidze(suratda), Galaktion Tabidzening ilhomlantiruvchi farishtasi oʻlaroq 1921-yilgi jahon goʻzallik tanlovida gʻoliblikni qoʻlga kiritgan Istanbul…