Iltimos, bu yerga oʻzgartirishlar kiritmang.

Bobur hujrasi tahrir

Nominator: Alpasli

ancha vaqt avval uzoq izlanish va muhokamalar bilan mustaqil yaratgandim bu maqolani. bildiriladigan fikrlar ortidan maqola yanada sayqallanishiga umidim bor, muhokamaga ochiqman. marhamat. Alpasli (munozara) 12:55, 9-Dekabr 2023 (UTC)[javob berish]

Fikrlar tahrir

Matn ichida „Boburnoma“ asari bir necha oʻrinda, hattoki bir oʻrinda ketma-ket uch marta manba sifatida koʻrsatilgani tushunarsiz. Kitob manba sifatida koʻrsatilganda, oʻsha maʼlumot berilgan betlari ham koʻrsatib oʻtilishi kerak boʻladi. Laziz Baxtiyorov (munozara) 11:08, 10-Dekabr 2023 (UTC)[javob berish]
internetda qidirish mobaynida chiqqan natijalarga koʻra oʻsha sayt manba qilib koʻrsatilgan. maʼlumot olingan yer havola qilindi yaʼni. Alpasli (munozara) 13:36, 10-Dekabr 2023 (UTC)[javob berish]
Nomzod berganda „Fikrlar“ boʻliminiyam yozish kerak. Bildirladigan fikrlar ana shu boʻlimga yoziladi. Xarita bilguti ichida ramkali boʻlib qolgan, ramkani olib tashlash kerak. Manba va maʼlumotlar qoʻshib, maqolani yana kengroq ochib berish zarur, menimcha. Umarxon III (munozara) 14:05, 10-Dekabr 2023 (UTC).[javob berish]
1. bajarildi.
2. xaritani kichraytirdim, hozirgi holati yaxshi deb oʻylayman.
3. ulashishim mumkin boʻlgan barcha maʼlumot va manbalarni kiritdim. bundan ortigʻini topishni hozir iloji yoʻq. fikr uchun tashakkur. Alpasli (munozara) 14:13, 10-Dekabr 2023 (UTC)[javob berish]
Kirish qismi: Quyidagi tarzda oʻzgartirishni taklif etaman: — Qirgʻizistonnig Osh shahridagi Sulaymon togʻida bunyod etilgan bir hujrali va peshtoq-ayvonli meʼmoriy obida. Temuriy Zahiriddin Muhammad Bobur tomonidan Turkistonda bunyod ettirilgan yagona imorat. 1496–1497-yillarda Andijon shahridan 40 km uzoqlikda qurdirilgan. Mahalliy aholi tomonidan hujraga uzoq vaqt masjid sifatida qarab kelingan. „Masjid“ 1963-yili Sovet davlati tomonidan olib borilgan dinga qarshi tashviqotning bir parchasi oʻlaroq yoʻqotib (portlatib) yuborilgan. 1986-yili Oʻsh shahrining ijroiya qoʻmitasi va shahar faollari tashabbusi ortidan hujraning qayta tiklanishi borasidagi Qirgʻiziston SSR hukumatining qarori tasdiqlangan. Hujra uzoq bahs va tortishuvlardan soʻng „Kirgizrestavratsiya“ ilmiy-konstruktorlik byurosi tomonidan buxorolik va xivalik hunarmandlar bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan loyiha va umumiy hashar yoʻli bilan 1989-yilda asliga monand qilib qayta tiklangan. — Kagansky munozara 15:25, 10-Dekabr 2023 (UTC)[javob berish]
bajarildi. siz taklif etgan versiyaga biroz oʻzgartirish kiritib chop etdim, tashakkurlarim! Alpasli (munozara) 16:20, 10-Dekabr 2023 (UTC)[javob berish]
„Temuriy hukmdor Zahiriddin Muhammad Bobur tomonidan Turkistonda bunyod ettirilgan yagona imorat.“ 1496–1497-yillarga nisbatan Bobur Fargʻona hokimi yoki amiri sifatida tilga olinar ekan. Bu davr uchun uni hukmdor deb atash qanchalik toʻgʻri ish boʻladi? „1496–1497-yillarda bugungi Andijon shahridan 40 km uzoqlikda qurdirilgan“. Bugungi Andijon bilan avvalgisining oʻrni har xil boʻlganmi? — Kagansky munozara 19:51, 10-Dekabr 2023 (UTC)[javob berish]
XV asr Andijoniga farsax bilan oʻz davriga koʻra murojaat qilish yaxshiroq deb oʻylagandim. bu borada tayanadigan manba yoʻqligi sababli Andijon shahridan olindi. Alpasli (munozara) 20:29, 10-Dekabr 2023 (UTC)[javob berish]
Qurilish tarixi va tavsifi: „Boburnomada yozilishicha, hujraning qurilish ishlari musulmon qamariy taqvimi boʻyicha 902-yilda amalga oshirilgan“ni „Boburnomada yozilishicha, hujra hijriy 902-yilda (1496–1497-yillarda) bunyod etilgan“ga oʻzgartirishni taklif etaman. Oʻquvchi tushunishi uchun soddaroq tilda boʻlgani maʼqul. Turklar ham hijriyni hijriy der ekan-a? Shu bahonada ushbu boʻlimda qurilgan yillari Grigoriy taqvimidayam koʻrinib qoladi. Kagansky munozara 20:07, 10-Dekabr 2023 (UTC)[javob berish]
bajarildi. Alpasli (munozara) 20:18, 10-Dekabr 2023 (UTC)[javob berish]

men ushbu maqolamni oʻz istagim bilan nomzodlikdan olib tashlaganman, maqola uchun bildirilgan fikrlar endi menga qiziq emas, maqolani oʻz holida tahrir qilaveraman, status olish olmasligi qiziqmas. Kagansky, fikrlar va faollik uchun sizga rahmat. Alpasli (munozara) 15:27, 14-Dekabr 2023 (UTC)[javob berish]

Arzimaydida, lekin bu mavzuga judayam ishqim tushib maqolani avj bilan tahrir qilib turgandim. Ogʻzaki oʻzaro suhbatimiz jarayonida uning yaxshi holatga kelayotganidan xursan kishi boʻlib @Jamshid Nurqul:ning oldida yaxshi fikrlar bildirgan edingiz. Siz bu maqolani oʻz istagingiz bilan nomzodlikdan olib tashlamadingiz. Nomzodlikka haligacha natija chiqarilgan emas! Xulosa chiqaruvhi oʻlaroq, statusingizdan foydalanib „ovoz berish va fikr bildirish jarayonida kuzatilgan nofaollik sabab“li nomzodlik sahifasini asossiz izoh yozib, 3 ta fikr bildirgan foydalanuvchining yuziga tupurganday qilib oʻchirib tashlagan ekansiz. Maqola nomzodlikka qoʻyilganining ertasiga 3 ta foydalanuvchi fikr bildirdi. Men esa shu zahotiyoq qiziqishim ortidan maqolani yaxshi holatga keltirib sizga yordam qoʻlini choʻzganim siz uchun nofaollik ekanligi aqlga sigʻmayapti. Kelgusi safar statusga nomzodlikka qoʻyganingizda fikr ham bildirib oʻtirmanglar, qarshiyam ovoz bermanglar, faqatgina rozilar ovoz bersin deb oldindan xabar bering unda. Shunga monand natijani chiqaraylik! Mana bu bilan mana bu versiyalar orasidagi farq va nomzodlikdagi yuqorida bildirilgan fikrlar siz, yuqori satusdagi Xulosa chiqaruvchi tomonidan nofaollik deb baholangani qiziq tuyulyapti. Sizga, Xulosa chiqaruvchi sifatida birinchi bildirilgan jiddiy ogohlantirishni qabul qiling. Yaqin oylar ichida tezda oʻchirish mezonlariga asosan sahifani oʻchirishda eʼtiborli boʻling. Vikipediyadagi bildiriladigan fikr va izohlarning telegram guruhi va facebookdan ancha farqi borligini zora endi tushunsangiz! Kagansky munozara 18:21, 14-Dekabr 2023 (UTC)[javob berish]
fikr uchun rahmat avvalo. hech kimni yuziga oyoq bosadigan ish qilmadim. yuziga oyoq qoʻyilish holati manga va mani fkkrlarimga nisbatan qilingan, Arman genotsidini rad etish maqolasida. oʻsha jarayonda 10 lab kamchilik koʻrsatganman maqolada. kimningdir statusiga emas, bildirgan oʻrinli fikriga qaralishi lozim deb hisoblayman, Kagansky. xulosa chiqaruvchilik statusimdagi haqli fikrlarim ortiqchalik qilayotgan boʻlsa, olib tashlanishi mumkin bemalol. Alpasli (munozara) 21:20, 14-Dekabr 2023 (UTC)[javob berish]
Arman genotsidi maqolasidan yuqorida siz keltirgan kabi oʻnlab linklar keltirishim mumkin muammosiz. balki vaziyatga koʻra qilarman ham. u yerda man qoʻygan talab maqolani tahrir qilish boʻlgan. bajarilmagan. yuzimga oyoq qoʻyilib xulosa chiqarilganda ham kamchiliklarini koʻrsatganman oʻsha onda. Kagansky, manga nisbatan qilingan adolatsizlik hisobmasmi yoki? yoxud faqat statusga koʻra munosabat koʻrsatiladimi? Vikipediya qoidalariga hurmat bilan qarayman, ammo undagi ba’zi harakat va faoliyat hafsalani pir qilmoqda faqat. Alpasli (munozara) 21:30, 14-Dekabr 2023 (UTC)[javob berish]
1. Yuqorida men tomonimdan „kimningdir yuziga oyoq qoʻyish“ termini ishlatilmagan. 2. Bu yerda qanaqadir „Arman genotsidi“ haqida emas, „Bobur hujrasi“ maqolasining statusga nomzod qilingan sahifasi haqida soʻz boryapti. „Arman genotsidi“ boʻyicha manga eʼtirozingiz boʻlsa, mavzudan mavzuga sakramay, maqolani oʻzining munozara sahifasida meni ping qilib oʻsha yerda davom ettiravering. 3. „Bobur hujrasi“ maqolasining statusga nomzod qilingan ushbu sahifasini asossiz izoh bilan oʻchirib yuborganingiz haqidagi gaplarimga eʼtriozingiz boʻlsa bemalol shu yerda davom ettiravering. 4. Vikipediya ijtimoiy sayt emas. Undagi maʼlum mezonlarga amal qilib mavzudan mavzuga sakramang! Unda qabul qilingan mezonlarga amal qiling. Bu foydalanuvchi eʼtirozni koʻtarolmas ekan, faqatgina yaxshi gap yozishlarini istar ekan deb raʼyingizga qarab ish qilishga hech kim majbur emas! Statusingizdan foydalanib sahifani asossiz izoh bilan oʻchirmang, tamom vassalom.! Sizga ushbu maqola status olishi qiziq boʻlmasa, unda tahrir qilayotgan foydalanuvchi status olishini xohlayapti! Buyam siz uchun yangilik gap emas edi. — Kagansky munozara 05:48, 15-Dekabr 2023 (UTC)[javob berish]

Rozilar tahrir

Qarshilar tahrir

Betaraflar tahrir

Xulosa tahrir

 Bajarilmadi. Nominator nomzodlikka boʻlgan qiziqishini yoʻqotdi. Maqolani istagan foydalavchi statusga mos holatga keltirib qayta nomzod qilishi mumkin. Kagansky munozara 06:46, 15-Dekabr 2023 (UTC)[javob berish]

Yuqoridagi munozara yopiq. Iltimos, bu yerga oʻzgartirishlar kiritmang.
Iltimos, bu yerga oʻzgartirishlar kiritmang.

Usmon ota masjidi tahrir

Wikisurgery94: Wikisurgery94 (munozara) 15:01, 24-Noyabr 2023 (UTC)[javob berish]

Assalomu Alaykum. Sizlarga taqdim qilayotgan ushbu maqola bilan yaqindan tanishgan holatda oʻz fikr-mulohazalaringizni bildirishingizni soʻrab qolaman. Hurmatli: Nataev, Kagansky, Nataeva,Jamshid Nurqul, Malikxan, Mirzoulugʻbek, Umarxon III, Artemev Nikolay, Muxriddin Azimov, Gayrat98, Alpasli, Diwikiped, Laziz Baxtiyorov, Panpanchik, Salazarov Jahongir Boboyev (munozara) va boshqa faol foydalanuvchilar. Wikisurgery94 (munozara) 15:01, 24-Noyabr 2023 (UTC)[javob berish]

Fikrlar tahrir

Baraka toping! Ammo maqola nazarimda oʻta qisqa. Mavzu juda tor, shunday boʻlsa-da, qoʻshimcha maʼlumot topib, maqolani kengaytirish kerak. Nataev munozara 15:29, 24-Noyabr 2023 (UTC)[javob berish]
Assalomu Alaykum! Aha tushunarli, siz aytganingizdek qilaman. Lekin men oʻylagan edimki maqola hajmi unchalik ahamiyatga ega emas dib oʻylagan edim. Maqolaga oid maʼlumotlarim koʻp, lekin kerakli manba topolmaganim uchun qoʻya olmadim. Nasib qilsa albatta topib qoʻshib qoʻyaman. Wikisurgery94 (munozara) 17:20, 24-Noyabr 2023 (UTC)[javob berish]


Maqola chiroyli tarzda yaratilgan, ammo u status olishi uchun zarur boʻlgan ayrim mezonlarga ham javob berilishi ham talab etiladi. Jumladan, maqolaning preambula qismi juda qisqa. Asosiy bilgiqutida okina va apostrof qoʻllanilishi bilan bogʻliq muammolar, qoʻshtrnoqning vikifikatorlanmaganini kuzatish mumkin. Joylashuvi bandida berilgan holatda har bir mahallani qoʻshtirnoq ichida berib undan keyingi mahallalar (ayni shu gap) oddiy holatda berilishi nooʻrin. Yoki barchasidan qoʻshtirnoqlarni olib tashlang, yoki bir xil holatga keltiring. Joylashuvga bogʻliq holatlarni Sirdaryo viloyati, Guliston tumani koʻrinishida emas Sirdaryo viloyatining Guliston tumani koʻrinishida yozing. PanPanChik #yozish 07:16, 9-Dekabr 2023 (UTC)[javob berish]

Salom. O'rinli fikr va e'tibor uchun rahmat. Siz aytgan kamchiliklarni bartaraf etdim. Preambula qismiga qo'shimcha ma'lumotlar qo'shdim va yana shunday ma'lumotlar bilan boyitishga harakat qilaman. Rahmat Wikisurgery94 (munozara) 15:09, 10-Dekabr 2023 (UTC)[javob berish]

Rozilar tahrir

Qarshilar tahrir

Betaraflar tahrir

Xulosa tahrir

 Bajarilmadi Maqola halicha status uchun hozir emas. Nominatorga qayta tahrirlab, nomzodlikka koʻrsatish tavsiya etiladi. Laziz Baxtiyorov (munozara) 07:06, 13-Dekabr 2023 (UTC)[javob berish]

Yuqoridagi munozara yopiq. Iltimos, bu yerga oʻzgartirishlar kiritmang.
Iltimos, bu yerga oʻzgartirishlar kiritmang.

Technoblade tahrir

Nominator(lar): Msindarov07 (munozara) 06:39, 17-Oktyabr 2023 (UTC)[javob berish]

Ushbu maqola saraton kasalligi tufayli vafot etgan mashhur amerikalik YouTuber Technoblade haqida yozilgan. Hurmatli Kagansky, Jamshid Nurqul, Nataev, Artemev Nikolay, Muxriddin Azimov, Malikxan, Mirzo Ulugʻbek Karimov, Laziz Baxtiyorov, Umarxon III, Alpasli, Panpanchik, Salazarov, Diwikiped, Humoyun Qodirov, Kamol Azzam, Khasan azim1, Anjaniy, Mrshaxas, Abdufattohov Ibrohimjon, Boboyev1996 va boshqalar oʻz fikringizni bildirib, ovoz berishda faol ishtirok etishingizni soʻrab qolaman.Msindarov07 (munozara) 06:39, 17-Oktyabr 2023 (UTC)[javob berish]

Fikrlar tahrir

1-xatboshi. Maqolada uslubiy gʻalizliklar yetarlidan ortiq. Misol uchun, birinchi xatboshidayoq 3 marta asosiy soʻzi ishlatilgan. Bundan tashqari, xatboshi oxirida "…Dream SMP guruhiga taklif qilinadi va qoʻshiladi" deyilgan. Agar taklif rad etilmagan boʻlsa, "taklifini qabul qildi" shaklida berish kerak.

2-xatboshi. Saraton shaxs yoki buyum emas, tanada xavfli oʻsimta shakllanishi bilan kechuvchi onkologik xastalik. Shunga asoslanib, toʻgʻridan-toʻgʻri „saraton“ bilan emas, „saraton kasalligi“ bilan kurash olib boriladi. Bundan tashqari, Technoblade vafotini mudhish voqea deb beribsiz, bir kishining vafoti qanchalar mudhish, ayniqsa, u qotillik yoʻli bilan oʻldirilmagan boʻlsa? Xatboshidagi „beradi“larni ham muvofiqlashtiring.

Xatolarni toʻgʻirladim. --Msindarov07 (munozara) 14:10, 17-Oktyabr 2023 (UTC)[javob berish]

Maqolani mutolaa qilish jarayonida ichki havolalarga koʻzim tushmadi, shuni toʻgʻirlab chiqsangiz yaxshi boʻlardi. Mirfayzbekabdullayev. (munozara) 15:30, 26-Oktyabr 2023 (UTC)[javob berish]

  • Maqolani kuzatish davomida quyidagilar aniqlandi:

1. Maqola tahrirchi orqali tekshiruvga muhtoj. Masalan, „Saraton kasaligi“ emas, „Saraton kasalligi“.

2. Maqolada ichki havolalar deyarli yoʻq.

  • Takliflar:

Maqoladagi „Reaksiyalar hamda hurmat“ oʻrniga boshqa sarlavha qoʻyilsa durust boʻlar edi deb oʻylayman. Young Economist7 (munozara) 05:42, 20-Noyabr 2023 (UTC)[javob berish]

Rozilar tahrir

Qarshilar tahrir

  1.  Qarshiman. Maqola haqida bildirilgan fikrlar 1 oydan ortiq vaqt davomida e'tiborsiz qoldirilgan. Oxirgi bildirilgan fikrlarga javoban hech qanday o'zgartirishlar kiritilmagan. Maqolada ichki vikilinklar deyarli yo'q va imloviy xatolar mavjud. Young Economist7 (munozara) 17:04, 30-Noyabr 2023 (UTC)[javob berish]

Betaraflar tahrir

Xulosa tahrir

 Bajarilmadi Oʻtgan muddat davomida nomzod yetarli ovoz toʻplay olmadi. Nominator Young Economist7ning fikrlarini eʼtiborsiz qoldirib, koʻrsatib oʻtilgan holatlarga tuzatishlar kiritmagan. Shuning uchun bitta qarshi ovoz berilgan. Nominatordan yanada ajoyib mavzularda sifatli maqolalarni kutib qolamiz. Laziz Baxtiyorov (munozara) 07:09, 2-Dekabr 2023 (UTC)[javob berish]

Yuqoridagi munozara yopiq. Iltimos, bu yerga oʻzgartirishlar kiritmang.
Iltimos, bu yerga oʻzgartirishlar kiritmang.

Petrobras tahrir

Nominator: Furqatlik (munozara) 03:12, 17-Oktyabr 2023 (UTC)'Furqatlik'[javob berish]

Maqola Braziliyaning Petrobras nomli yirik neft korporatsiyasi haqida. Maqolani ingliz tilidan oʻzbek tiliga toʻliq tarjima qildim. Oddiy foydalaynuvchiga ham tushunarli boʻlishi uchun qayta-qayta tahrirlab xushsifat maqola darajasiga olib chiqdim. Hurmatli Hurmatli Kagansky, Jamshid Nurqul, Nataev, Artemev Nikolay, Muxriddin Azimov, Malikxan, Mirzo Ulugʻbek Karimov, Laziz Baxtiyorov, Umarxon III, Alpasli, Panpanchik, Salazarov, Diwikiped, Humoyun Qodirov, Kamol Azzam, Khasan azim1, Anjaniy, Mrshaxas, Abdufattohov Ibrohimjon, Boboyev1996, SanjarStamov va boshqalar oʻz fikringizni bildirib, ovoz berishda faol ishtirok etishingizni soʻrab qolaman. Furqatlik (munozara) 03:12, 17-Oktyabr 2023 (UTC)[javob berish]

Fikrlar tahrir

  1. Vikifikator qilish kerak.
  2. Shuningdek emas yana boʻladi.
  3. Neft toʻkilishlari boʻlimida ham kamchilik bor. Ibrohimjon 03:22, 17-Oktyabr 2023 (UTC)[javob berish]
  4. Maqoladagi "Atrof-muhitga taʼ‎siri" boʻlimi enwikida Environmental record deyilgan noʻtoʻgʻri tarjima qilingan shekilli bir qarab koʻring. Mrjavokh1r 03:22, 17-Oktyabr 2023 (UTC)[javob berish]
  5. Maqola hajm jihatidan XM uchun kattalik qiladi.
  6. Kirish qismi qisqa.
  7. Imloviy xatolar mavjud. Young Economist7 (munozara) 05:51, 20-Noyabr 2023 (UTC)[javob berish]

Rozilar tahrir

Qarshilar tahrir

  1.  Qarshiman. Maqola boʻyicha topilgan kamchiliklarga javoban 10 kun davomida hech qanday tahrir amalga oshirilmagan. Maqolaning kirish qismi juda kichik, hajmi (aynan belgilar soni bo'yicha) XM statusiga mos kelmaydi. Maqolaning ba'zi joylarida imloviy xatolar mavjud. Young Economist7 (munozara) 17:12, 30-Noyabr 2023 (UTC)[javob berish]

Betaraflar tahrir

Xulosa tahrir

 Bajarilmadi Oʻtgan muddat davomida nomzod yetarli ovoz toʻplay olmadi. Nominator Young Economist7ning fikrlarini eʼtiborsiz qoldirib, koʻrsatib oʻtilgan holatlarga tuzatishlar kiritmagan. Shuning uchun bitta qarshi ovoz berilgan. Nominatordan yanada ajoyib mavzularda sifatli maqolalarni kutib qolamiz. Laziz Baxtiyorov (munozara) 07:12, 2-Dekabr 2023 (UTC)[javob berish]

Yuqoridagi munozara yopiq. Iltimos, bu yerga oʻzgartirishlar kiritmang.
Iltimos, bu yerga oʻzgartirishlar kiritmang.

Borjomi (suv) tahrir

Nominator(lar): Komrontoy (munozara) 05:25, 1-Sentabr 2023 (UTC)

Assalomu alaykum. Men nomzodlikka qoʻyayotgan maqola ingliz, ispan va gruzin tillari Vikipedialarida statusli maqola boʻlgan. Men ham shunga xos tarzda tahrirlashga harakat qildim. Maqola nafaqat enwiki balki boshqa Vikipediyalardan ham andoza olgan holatda yaratilgan. Hurmatli: Kagansky, Jamshid Nurqul, Nataev, Artemev Nikolay, Muxriddin Azimov, Malikxan, Mirzo Ulugʻbek Karimov, Laziz Baxtiyorov, Panpanchik, Umarxon III, Alpasli va boshqalar, maqolani koʻrib undagi xatoliklarni tuzatishga va statusga loyiq boʻlishida oʻz fikrlaringizni bildirishingizni soʻragan boʻlar edim. Komrontoy (munozara) 05:25, 1-Sentabr 2023 (UTC)

Oxiridagi galereyada keragidan ortiqcha darajada koʻp rasm koʻrsatilgan ekan. — Kagansky munozara 17:24, 2-Sentabr 2023 (UTC)
nechta rasm qolgani maqul deb o'ylaysiz? Komrontoy (munozara) 13:14, 3-Sentabr 2023 (UTC)
Hozirgi holati desktop versiya uchun ham mobil versiya uchun ham durust chiqibdi. — Kagansky munozara 15:58, 4-Sentabr 2023 (UTC)

Fikrlar tahrir

Maqola YM statusi kriteriylariga mos kelar ekan. – Kagansky munozara 17:15, 4-Sentabr 2023 (UTC)

Hajm boʻyicha (aynan belgilar soni boʻyicha) maqola XMga emas, YM kriteriylariga mos tushadi. Jamshid Nurqul (munozara) 14:10, 5-Sentabr 2023 (UTC)

Kagansky va Jamshid Nurqul agar maqolani XM kriteriyalariga mos emas deb hisoblasangiz, munozara sahifasini xulosalab bersangiz. Maqola ustida yana ishlab uni YM statusiga nomzod qilgan boʻlar edim. Komrontoy (munozara) 03:56, 6-Sentabr 2023 (UTC)

Rozilar tahrir

Qarshilar tahrir

Betaraflar tahrir

Xulosa tahrir

 Bajarilmadi — maqola hajm jihatidan XMga emas, YMga mos, maqola sifati hali koʻrib chiqilmadi. Maqola hajmi va nominatorning istagiga koʻra ushbu nomzodga status berilmadi.

Yuqoridagi munozara yopiq. Iltimos, bu yerga oʻzgartirishlar kiritmang.
Iltimos, bu yerga oʻzgartirishlar kiritmang.

Turob Jumayev tahrir

Nominator(lar): Egamberdi Iskandarov (munozara) 14:04, 29-Avgust 2023 (UTC)[javob berish]

Assalomu alaykum, barchaga. Quyidagi maqola Geografiya fanlari nomzodi, dotsent, professor Turob Jumayevich Jumayev haqida. Hurmatli Kagansky, Jamshid Nurqul, Nataev, Artemev Nikolay, Muxriddin Azimov, Malikxan, Mirzo Ulugʻbek Karimov, Laziz Baxtiyorov, Umarxon III, Alpasli va boshqalar mazkur maqola statusga yetishish uchun va mezonlarga javob berish uchun ovoz bering! Egamberdi Iskandarov (munozara) 14:04, 29-Avgust 2023 (UTC)[javob berish]

Fikrlar tahrir

Egamberdi Iskandarov, maqolada ishlatilgan Fayl:Turob jumayev.png, Fayl:Xarita 1.png kabi fayllarning tavsif sahifalariga {{self|cc-zero}} andozasini joylagansiz. Ushbu fayllarni shaxsan oʻzingiz olganmisiz/yaratganmisiz?

Malikxan munozara 23:44, 6-Sentabr 2023 (UTC)

Assalomu alaykum, suratlarni shaxsan o'zim ishlaganman. Vikipediyaga yuklashimda xatoga yo'lga qo'ygan bo'lishini mumkin. Albatta xatoliklarni to'g'irlayman. Fikringiz uchun rahmat. Egamberdi Iskandarov (munozara) 00:47, 7-Sentabr 2023 (UTC)

Rozilar tahrir

Qarshilar tahrir

  1.  Qarshiman. Mavzu zoʻr. Lekin, maqolada koʻrsatilgan manbalarning deyarli yarmi Turob Jumayevning oʻzi yozgan kitobdir. Maqolaning kirish qismi nisbatan qisqa, unda mavzuning qisqacha bayoni keltirilmagan. Bundan tashqari, maqola boshidanoq yolgʻon maʼlumot bilan boshlanayotganday. Surxondaryo viloyati Turob Jumayev tugʻilganida hali tashkil etilmagan boʻlgan. Qaysi davlatda tugʻilganini ham maqoladan bilishning iloji yoʻq. Bilgiqutidan 1991-yilga qadar u apatrid boʻlgan degan mazmun kelib chiqyapti. — Kagansky munozara 17:09, 4-Sentabr 2023 (UTC)
    Assalomu alaykum, maqoladagi xatolarni to'g'irlab chiqman. Egamberdi Iskandarov (munozara) 08:26, 5-Sentabr 2023 (UTC)
    Assalomu alaykum, maqoladagi siz aytgan kamchiliklar to'g'irlandi. Fikringiz uchun rahmat. Egamberdi Iskandarov (munozara) 11:48, 6-Sentabr 2023 (UTC)
    Vaalaykum assalom! Kamchiliklarning barchasi tuzatilmagan. — Kagansky munozara 17:11, 6-Sentabr 2023 (UTC)
    Assalomu alaykum, maqolani 48 soat ichida kamchiliklarini to'g'irlayman. Egamberdi Iskandarov (munozara) 05:37, 7-Sentabr 2023 (UTC)

Betaraflar tahrir

Xulosa tahrir

 Bajarilmadi. Nomzod oʻtgan muddat davomida yetarli ovoz toʻplay olmadi. Laziz Baxtiyorov (munozara) 09:49, 15-Sentyabr 2023 (UTC)[javob berish]

Yuqoridagi munozara yopiq. Iltimos, bu yerga oʻzgartirishlar kiritmang.
Iltimos, bu yerga oʻzgartirishlar kiritmang.

Al-Fayha (futbol klubi) tahrir

Nominator(lar): Rivendell-Imladris (munozara) 16:35, 28-Avgust 2023 (UTC)[javob berish]

Assalomu alaykum, Ushbu maqola Saudiya Arabistoni Professional ligasi turnirida ishtirok etuvchi va OFKda qatnashuvchi futbol klubi haqida yozilgan. Hurmatli vikipediya adminstratorlari Kagansky, Jamshid Nurqul, Nataev, Artemev Nikolay, Muxriddin Azimov, Malikxan, Mirzo Ulugʻbek Karimov, Laziz Baxtiyorov, Umarxon III, Alpasli va boshqalar quyidagi maqolani status yetishishiga va uning quyidagi mezonlarga xos tarzda tayyorlanishga yordam bering. Iltimos ovoz berishda ishtirok eting. Rivendell-Imladris (munozara) 16:35, 28-Avgust 2023 (UTC)[javob berish]

Fikrlar tahrir

  • AT maqola:
  1. Video tahlilchisi, Ishlash tahlilchisi
  2. stadionni shahardagi raqiblari Al-Faysaliy va Al-Mujazzel bilan boʻlishadi. — stadion nonmi bo'lishadigan?
  3. Vuk Rašović oʻz jamoasini toʻgʻridan-toʻgʻri oʻyin yondashuvi va tartibli tashkilotchilik bilan boshqardi va natijada klub 2021—22 ligada eng yaxshi himoyaviy koʻrsatkichga ega boʻldi. — bu gapni futbol ekspertlari ham tushunmasa kerak. Va shunga o'xshash AT jumlalar ko'p maqolada
  • Bosh murabbiylar tarixi emas oddiygina qilib Bosh murabbiylari deyilsa ham bo'laveradi.
  • Ichki havolalar ko'p o'rinlarda xato rasmiylashtirilgan.

Bu maqolani saqlab qolish qiyin masala. Hasan Alimov (munozara) 11:26, 29-Avgust 2023 (UTC)[javob berish]

Assalomu alaykum, fikringiz uchun rahmat, maqoladagi xatoliklarni to'g'irlab chiqaman Rivendell-Imladris (munozara) 13:23, 29-Avgust 2023 (UTC)[javob berish]
Assalomu alaykum, maqoladagi kamchiliklar to'g'irlandi. Rivendell-Imladris (munozara) 13:53, 29-Avgust 2023 (UTC)[javob berish]

Rozilar tahrir

Qarshilar tahrir

  1.  Qarshiman. Katta qismi Avtomat tarjimadan iborat maqola. O'chirilsa ham ajablanmayman. Hasan Alimov (munozara) 11:28, 29-Avgust 2023 (UTC)[javob berish]
  2.  Qarshiman - AT alomati yaqqol seziladi. Mrjavokh1r (munozara) 17:02, 29-Avgust 2023 (UTC)[javob berish]
  3.  Qarshiman Avtomat tarjima Komrontoy (munozara) 05:20, 1-Sentabr 2023 (UTC)

Betaraflar tahrir

Xulosa tahrir

 Bajarilmadi Nomzodlikka qoʻyilgan vaqtdan soʻng oʻtgan davr mobaynida yetarli darajada ovoz toʻplay olmadi. Laziz Baxtiyorov (munozara) 03:40, 13-Sentabr 2023 (UTC)

Yuqoridagi munozara yopiq. Iltimos, bu yerga oʻzgartirishlar kiritmang.
Iltimos, bu yerga oʻzgartirishlar kiritmang.

Prezident maktabi (Andijon) tahrir

Nominator(lar): Ibrohimjon 17:37, 25-Avgust 2023 (UTC)[javob berish]

Mazkur maqola Andijon shahridagi Prezident maktabi haqida yozilgan. Hurmatli: Kagansky, Jamshid Nurqul, Nataev, Artemev Nikolay, Muxriddin Azimov, Malikxan, Mirzo Ulugʻbek Karimov, Laziz Baxtiyorov, Umarxon III, Alpasli va boshqalar iltimos mazkur maqolani shu statusga yetishida uning qoidalarga xos tarzda toʻliq tayyorlanishiga yordam bering, hamda ovoz berishda ishtirok eting. Fikrlaringizni yozib qoldirishing. Maqoladagi xato va kamchiliklardan ogoh etsangiz ularni imkon darajasida tuzatishga harakat qilgan boʻlar edim. Ibrohimjon 17:37, 25-Avgust 2023 (UTC)[javob berish]

Fikrlar tahrir

Assalomu alaykum, VP:IVG bilan yana bir bor tanishib chiqing. – Visola Tangirova(menga yozish!) 04:14, 6-Sentabr 2023 (UTC)

Vo alaykum assalom. Tanishib chiqib baʼzi kamchiliklar  Tuzatildi. Ibrohimjon 06:35, 8-Sentabr 2023 (UTC)

Matnda bir qancha aniqlik kiritilishi lozim gaplar mavjud. Jumladan,

  1. Andijon viloyati hokimligi matbuot xizmati prezident maktabi -> mazkur gap boshidan maktab viloyat matbuot xizmatiga tegishli degan tasavvur hosil boʻlmoqda.
  2. Maktab 86 mlrd soʻmlik loyiha asosida qurilgan va 7,5 oy vaqt sarflandi -> ushbu gapda nima uchun 7,5 oy vaqt sarflanganiga aniqlik kiritish lozim. gapning ikki qismi bogʻlanishi gʻaliz.
  3. Shu bilan birga 23 nafar mahalliy oʻqituvchilar faoliyat yuritadi. -> Mazkur gapdan maktabda xorijiy oʻqituvchilar ham bor, degan xulosa kelib chiqadi. Lekin bunga aniqlik kiritilmagan.
  4. Prezident maktabiga hujjatlarni topshirish uchun talabgorlar STEAM fanlardan oʻtgan oʻquv yilini matematika va tabiatshunoslik fanlaridan aʼlo bahoga tugatgan boʻlishlari shart. -> mana shu gap umuman tushunarsiz. STEAM fanlardanmi yoki keltirilgan ikkita fandanmi?
  5. Ushbu Nizomning talablari buzilganda ishchi guruhning masʼul shaxslari oʻquvchini majburiy tartibda chetlatish dalolatnomasini tuzgan holda kirish imtihonlaridan chetlashish huquqiga egadirlar -> bu gapda kirish imtihoni haqida gapirilganmi yoki matnda nomi keltirilmagan qanaqadir Nizom haqidami?
  6. Prezident maktabining yillik qabul kvotasi 5-sinf uchun 24 nafar oʻquvchidan iborat boʻlib, ular keyinchalik ikkita sinfga bir xil – 12 nafardan oʻquvchi taqsimlanadi. Unga qadar oʻquvchilar quyidagi 3 ta bosqichdan oʻtishadi -> ikkita sinfga boʻlinish haqida gapirib turib, mavzu keskin oʻzgarib kirish imtihonlariga oʻtib ketilgan. Ushbu fikr tugallanmagan.
  7. Sahifa toʻligʻicha maqolaga emas, koʻproq maʼlumotnoma-yoʻllanmaga oʻxshab qolgan.

Yuqorida koʻrsatib oʻtilgan kamchiliklar tuzatilsa, ovoz berish natijalariga qarab status berish masalasini koʻrib chiqish mumkin. Laziz Baxtiyorov (munozara) 03:53, 13-Sentabr 2023 (UTC)

Fikrlar uchun rahmat. Tez orada manbalarga tayangan holda aniqlik kiritaman. Ibrohimjon 10:18, 14-Sentyabr 2023 (UTC)[javob berish]
@Laziz Baxtiyorov siz aytgan kamchiliklar  Tuzatildi. Ibrohimjon 11:03, 18-Sentyabr 2023 (UTC)[javob berish]
Baraka toping, zoʻr mavzuni tanlabsiz. Kamchiliklar bor lekin hali. Quyida yozilganidek, aynan shu maktab haqida yana qoʻshimcha manba va maʼlumot qoʻshsangiz soz boʻladi. Shuningdek, maqolada ichki havolalar oshiqcha koʻp ishlatilgan. Masalan, „tahririyat“ kabi keng maʼnoli soʻzlarni koʻkartirish shart emas. Faqat tor maʼnodagi tushunchalarni toʻrtburchak qavsga olish yetarli boʻladi. Nataev munozara 19:11, 5-Oktyabr 2023 (UTC)[javob berish]
Maktab yangi ochilganligi uchun hali koʻp maʼlumotlar yoʻq ekan va aynan boshqa maktablardan ajrab turadigan jihatini topolmayapman.
Yana maʼlumot qidirib koʻraman. Ibrohimjon 01:40, 6-Oktyabr 2023 (UTC)[javob berish]

Rozilar tahrir

  1.  Roziman – Umuman olganda Oʻzbekiston prezident maktablariga oid maqolalar ichida nisbatan toʻliqrogʻi boʻlibdi. AnvarxonM (munozara) 21:51, 4-sentyabr 2023 (UTC)
  2.  Roziman Axadjon1 (munozara) 17:03, 4-Sentabr 2023 (UTC)
  3.  RozimanErgashev Akobir (munozara) 11:07, 18-Sentyabr 2023 (UTC)[javob berish]
  4.  Roziman. Nafosatxon Otabekovna (munozara) 09:01, 19-Sentyabr 2023 (UTC)[javob berish]
  5.  Roziman Hasan Alimov (munozara) 11:09, 24-Sentyabr 2023 (UTC)[javob berish]
  6.  Roziman - Elbek (munozara) 09:13, 30-Sentyabr 2023 (UTC)[javob berish]

Qarshilar tahrir

  1.  Qarshiman Maqolaning katta qismida barcha prezident maktablariga xos xususiyatlar haqida soʻz yuritilgan. Shuning uchun barcha prezident maktablari uchun xos boʻlgan maʼlumotlarni Prezident maktablari maqolasiga olib oʻtish tavsiya etiladi. Laziz Baxtiyorov (munozara) 12:03, 5-Oktyabr 2023 (UTC)[javob berish]
  2.  Qarshiman. Maqolaning katta qaismi Prezident maktablari mavzusiga mos keladi. Andijondagi maktab haqida kam ma’lumot keltirilgan. — Kagansky munozara 04:08, 6-Oktyabr 2023 (UTC)[javob berish]
    Xulosa chiqarishingiz mumkin. Ibrohimjon 05:12, 6-Oktyabr 2023 (UTC)[javob berish]
  3.  Qarshiman. Adminstratorlar bildirgan fikrga qoʻshilaman. Maqola tashqi koʻrinishidan xushsifatga tortadi. Lekin mano jihatidan bu fikrda emasman. — Muxriddin Azimov (munozara) 05:03, 6-Oktyabr 2023 (UTC)[javob berish]


Betaraflar tahrir

Xulosa tahrir

 Bajarilmadi — qarshi ovoz bergan administratorlarning fikrlarida haqiqat bor. Jamshid Nurqul (munozara) 21:54, 30-Oktyabr 2023 (UTC)[javob berish]

Yuqoridagi munozara yopiq. Iltimos, bu yerga oʻzgartirishlar kiritmang.
Iltimos, bu yerga oʻzgartirishlar kiritmang.

Boltiq yoʻlbarslari tahrir

Nominator(lar): Foydalanuvchi:Janob Mirzaolim

Ushbu maqola Sobiq Ittifoq tarkibida boʻlgan Boltiqboʻyi davlatlari — Estoniya, Latviya, Litvaning iqtisodiy moʻjizasi hamda ma’muriy-buyruqbozlikka asoslangan iqtisodiyotdan bozor iqtisodiyotiga oʻtganligi toʻgʻrisida. Bu davlatlar 1991-yilda Oʻzbekiston bilan bir xil iqtisodiyotdan 21-asrda Yevropa bilan raqobatlasha oladigan iqtisodiyot yarata olganlar. Shu sababli uni Xushsifat maqolaga nomzod sifatida koʻrsatyapman. Hurmatli Kagansky, Jamshid Nurqul, Nataev, Artemev Nikolay, Muxriddin Azimov, Malikxan, Mirzo Ulugʻbek Karimov, Laziz Baxtiyorov, Umarxon III, Alpasli, Panpanchik, Salazarov, Diwikiped, Humoyun Qodirov, Kamol Azzam, Khasan azim1, Anjaniy, Mrshaxas, Abdufattohov Ibrohimjon, Boboyev1996 SanjarStamov (munozara) maqola bilan tanishib, fikr bildirishingizni soʻrayman. Janob Mirzaolim (munozara) 10:24, 24-Avgust 2023 (UTC)[javob berish]

Fikrlar tahrir

Nomzolikka qoʻyganda, 21-asrda Yevropa bilan raqobatlasha oladigan iqtisodiyot yarata olganlar, deb yozgansiz. Bu nima degani? — Kagansky munozara 07:31, 26-Avgust 2023 (UTC)[javob berish]
Maqolada kamchiliklar juda ko'p. Yevro so'zini to'liq vikilinklay olmaganingizni o'zi achinarli. Manba kerak andozasi xatboshilarni manba bilan tasdiqlash qoidasiga mutlaqo to'g'ri kelmaydi. Preambula qismi juda qisqa. Xatboshilar to'liq manbalar bilan boyitilmagan. Kamiga noto'g'ri rasmiylashtirilgan. Jumla g'alizliklari serob. To'liq qayta ko'rib chiqish va manbalar bilan boyitilishi kerak. PanPanChik #yozish 14:05, 27-Avgust 2023 (UTC)[javob berish]
Uchta rasm, bitta grafik, ikkita jadval bilan maqola xushsifatga aylanib qolmaydi, avvalroq status olgan maqolalarni bir koʻrib chiqing. Bu maqolaning oʻrtamiyona maqoladan hech farqi yoʻq. Jamshid Nurqul (munozara) 19:45, 27-Avgust 2023 (UTC)[javob berish]

Rozilar tahrir

Qarshilar tahrir

  1.  Qarshiman. EnWikidagi maqola tarjimasining oʻzginasi. Mavzuning qamroviga yetarli darajada keng, qisqa va loʻnda qilib bayon qilinmagan. — Kagansky munozara 09:29, 29-Avgust 2023 (UTC)[javob berish]
  2.  Qarshiman. Gʻaliz jumlalar koʻp. Avtomat tarjima ekanligi yaqqol bilinib turibdi. Nominator qiziqishini yoʻqotgan shekilli 3 kun oldingi fikrlarga javob ham yozmabdi. — Hasan Alimov (munozara) 11:37, 29-Avgust 2023 (UTC)[javob berish]
  3.  Qarshiman -Tushunarsiz, gʻaliz jumlalar koʻp. Gaplar enwikidagidek qoʻshma holatda juda tushunarsiz tarjima qilingan. PanPanChik #yozish 05:32, 1-Sentabr 2023 (UTC)

Betaraflar tahrir

Xulosa tahrir

 Bajarilmadi — uchta qarshi ovoz, birorta ham rozi ovoz yoʻq. Jamshid Nurqul (munozara) 19:40, 7-Sentabr 2023 (UTC)

Yuqoridagi munozara yopiq. Iltimos, bu yerga oʻzgartirishlar kiritmang.
Iltimos, bu yerga oʻzgartirishlar kiritmang.

Pilorostenoz tahrir

Nominator(lar): SanjarStamov (munozara) 14:55, 21-Avgust 2023 (UTC)[javob berish]

Bu maqola bolalarda uchrovchi kasallik haqida boʻlib, bolalar xirurgiyasi sohasida eng koʻp kuzatiladigan kasalliklardan biri hisoblanadi. Shuningdek klinik belgilari va asoratlari oʻta tez rivojlanishi bilan boshqa kasalliklardan ajralib turadi. Ushbu nomzod qilib koʻrsatilayotgan maqola bilan tanishib chiqasiz degan umiddaman va maqola haqidagi fikrlaringizni kutib qolaman. Rahmat! Hurmatli Kagansky, Jamshid Nurqul, Nataev, Artemev Nikolay, Muxriddin Azimov, Malikxan, Mirzo Ulugʻbek Karimov, Laziz Baxtiyorov, Umarxon III, Alpasli, Panpanchik, Salazarov, Diwikiped, Humoyun Qodirov, Kamol Azzam, Khasan azim1, Anjaniy, Mrshaxas, Abdufattohov Ibrohimjon, Boboyev1996 SanjarStamov (munozara) 14:55, 21-Avgust 2023 (UTC)[javob berish]

Fikrlar tahrir

12 va 13-manbalar bir xil ekan ularni ref name ga olish kerak. Agarda yana 2 ta bir xil manba boʻlsa ref name ga olganingiz maʼqul. MrShaxas #Munozaracha 15:00, 21-Avgust 2023 (UTC)[javob berish]

Assalomu alaykum. Siz aytgan kamchilik tuzatildi va barcha manbalar bir xil emasligi tekshirib chiqildi. SanjarStamov (munozara) 16:30, 21-Avgust 2023 (UTC)[javob berish]
Bilaman, kam mehnat boʻlmagan. Bu yer retsenziya sahifasi emasda endi. Hechboʻlmaganda soʻnggi XM statusini olgan maqolalarni koʻrib chiqib, ularga bildirilgan jiddiy kamchiliklarni oʻrganib chiqish kerakey. — Kagansky munozara 19:04, 21-Avgust 2023 (UTC)[javob berish]
Oʻrganib chiqmoqdaman. Lekin siz ham kamchiliklar aynan maqolaning qayerida ekanligini aytsangiz tezroq kamchiliklarni bartaraf etgan boʻlar edim. SanjarStamov (munozara) 15:34, 22-Avgust 2023 (UTC)[javob berish]
Kagansky Nufuzli manbalar bilan tasdiqlanmagan abzatslarga manbalar qoʻshildi. Yana kamchiliklar boʻlsa habar bersangiz toʻgʻirlashga harakat qilaman. SanjarStamov (munozara) 09:00, 23-Avgust 2023 (UTC)[javob berish]

Hasan Alimovdan fikrlar tahrir

  1. Ismlar aslidagidek yozilishi kerak
  2. Enwikida 25ta manba, sizni maqolangizda 24ta. Bitta manba qayoqqa ketdi?
  3. Snoskalar joy-joyiga qoʻyilmagan. — Hasan Alimov (Munozara) 10:25, 27-Avgust 2023 (UTC)[javob berish]
    1. Olim ismidagi kamchilik tuzatildi.
    2. Bilgi quti va rasmda yozilmay qoldirilib ketilgan manbalar qo`shildi
    3. Snoskalar joylashuviga ham o`zgartirishlar kiritildi.
    SanjarStamov (munozara) 22:02, 27-Avgust 2023 (UTC)[javob berish]
    Snoskalar joylashuvidagi muammo hali ham bartaraf etilmagan. Yaxshilab tekshirib chiqing. Hasan Alimov (munozara) 11:45, 29-Avgust 2023 (UTC)[javob berish]
    Qayta ko`rib chiqishingizni so`rayman. Maqola yana tahrirlandi. Qayta ko`rib chiqish davomida eng wikida mavjud bo`lmagan va men tomondan q`shilgan manbalarga ham chalgimasligingizni so`rayman. Aks holda yana engwiki bilan mos kelmaydigan holatga duch kelishingiz mumkin. SanjarStamov (munozara) 15:06, 29-Avgust 2023 (UTC)[javob berish]

Qoʻshimcha fikrlar tahrir

Avvalo ajoyib va tibbiyotga oid maqola uchun muallifga tashakkur. Lekin maqolangiz oddiy tibbiyotdan bexabar inson uchun juda tushunarsiz yozilgan. Ayrim terminlar qolib oddiy soʻzlarga wikilink berib chiqqansiz. Ehtimol kerakli terminlarni linklash kerakdir?

„'''Ramstedt''' usuli“ deb yozilgan ichki wikilinkli jumlada nimani nazarda tutgansiz?

Kavkazlarda 1000 ta tirik tugʻilgan chaqaloqqa 2,4, ispanlarda 1,8, qora tanlilarda 0,7, osiyoliklarda 0,6 tani tashkil qiladi. bu jumla juda gʻaliz. Kavkaz bu ayni bir hudud maʼnosida qoʻllangan lekin siz ayni bir xalq oʻlaroq tushuntirmoqchisiz. Tushunarsizlik yuzaga kelgan.

Bir oylik chaqaloqda operatsiyadan 30 soat keyingi, vertikal piloromiyotomiyadan qolgan chandiq. jumla gʻaliz chiqqan. Boshqa rasmlar izohlari ham tahrirga muhtoj.

Va yana kichik qoʻshimcha: pH darajasi u gap boshida kelsa ham kichik p bilan yozilgani maqul.

Hozircha koʻzim ilgʻagan xatoliklar shular.PanPanChik #yozish 14:00, 27-Avgust 2023 (UTC)[javob berish]

Ramstedt usulidagi jarrohlik amaliyoti nazarda tutilgan edi va wikilink engwikidagidek qilib tuzatildi.
Tibbiy terminlarni yana bir koʻrib chiqilib, wikilinklar qoʻshildi.
Men ham pH deb yozilishi tarafdoriman, xat boshi boʻlgani uchun katta harflarda yozilgan edi va kichik harfga almashtirildi.
Kavkaz emas Kavkazliklar boʻlishi kerak ekan va bu xato ham tuzatildi.
Rasmlardagi izohlar qayta tahrirlab chiqildi.
Tibbiyotdan bexabar insonlar ham koʻproq ma`lumot ola olishlari uchun, ayrim terminlarni barcha tushunadigan soʻzlarga almashtirishga harakat qildim. Hozircha siz sanab oʻtgan kamchiliklar tuzatildi deb oʻylayman va qoldirgan fikringiz uchun rahmat aytaman. SanjarStamov (munozara) 22:56, 27-Avgust 2023 (UTC)[javob berish]

Rozilar tahrir

Qarshilar tahrir

#  Qarshiman. XM kriteriylariga mos emas. — Kagansky munozara 18:59, 21-Avgust 2023 (UTC) Barcha abzatslar manbalar bilan tasdiqlangani uchun hozirchalik ovozimni qaytib oldim. — Kagansky munozara 06:21, 26-Avgust 2023 (UTC)[javob berish]

Betaraflar tahrir

Xulosa tahrir

 Bajarilmadi — 14 kundan ortiq vaqt davomida birorta ham ovoz ololmadi. Jamshid Nurqul (munozara) 13:54, 5-Sentabr 2023 (UTC)

Yuqoridagi munozara yopiq. Iltimos, bu yerga oʻzgartirishlar kiritmang.
Iltimos, bu yerga oʻzgartirishlar kiritmang.

Vasily Arkhipov tahrir

Nominator(lar): MrShaxas #Munozaracha 17:29, 14-Avgust 2023 (UTC)[javob berish]

Bu maqola xarbiy hizmatchi Vasily Arkhipov, ikki davlat orasida boshlanishi mumkin boʻlgan yadro urushini oldini olib qolgan inson haqida. Tanishib chiqib fikr va mulohazalaringizni kutaman. Rahmat! Hurmatli:Kagansky, Jamshid Nurqul, Nataev, Artemev Nikolay, Muxriddin Azimov, Malikxan, Mirzo Ulugʻbek Karimov, Laziz Baxtiyorov, Umarxon III, Alpasli, Panpanchik, Salazarov, Diwikiped, Humoyun Qodirov, Kamol Azzam, Khasan azim1, Anjaniy, Mrjavokh1r va boshqalar. MrShaxas #Munozaracha 17:29, 14-Avgust 2023 (UTC)[javob berish]

Fikrlar tahrir

Avvalo, maqolani kirill imlosidan transkripsiya qoidalariga muvofiq tarzda „Vasiliy Arxipov“ deb qayta nomlang. Ehtimol, siz tarjima qilgan ingliz tili qoidalari oxirgi harfni transkripsiya boʻyicha olishni qoʻllamas, yoki boʻlmasam „x“ harfini „iks“ shaklida talaffuz qilinishi sababidan „kh“ deya yozilishini taqazo etar, ammo oʻzbek tili bundan mustasno.Kamol Azzam (munozara) 17:48, 14-Avgust 2023 (UTC)[javob berish]

Kamol Azzamnining fikriga qoʻshilgan holda qoidaga muvofiq maqolaning nomini oʻzgartirishingiz kerak. Asos: Agar biror kishining ismi ona tili lotin yozuvlarini ishlatmasa, u holda translit qilish kerak (masalan, George W. Bush, lekin Dmitriy Medvedev) Qarang: Vikipediya:Maqolalarni nomlash. Humoyun Qodirov (munozara) 17:59, 14-Avgust 2023 (UTC)[javob berish]
Barcha joyda ishlatilgan Arkhipov Arxipovga, Vasily esa Vasiliy ga almashtirildi.MrShaxas #Munozaracha 18:22, 14-Avgust 2023 (UTC)[javob berish]
Bu xatolik bartaraf etildi. Kamol Azzam Raxmat. MrShaxas #Munozaracha 18:21, 14-Avgust 2023 (UTC)[javob berish]
Biografiyasi emas Tarjimai holi. Hasan Alimov (Munozara) 17:06, 25-Avgust 2023 (UTC)[javob berish]
Salom ogʻa, hozir koʻrib chiqdim baʼzi maqolalarni. Bunga qarang: Pablo Escobar, Ali Xomanaiy, mayli ikki kishi shuni maʼqulladi.
@Hasan Alimov, aytganlaringiz Tuzatildi.MrShaxas #Munozaracha 17:26, 25-Avgust 2023 (UTC)[javob berish]
19 va 20-manbalarni Muallif ismidan keyin source= parametri bilan bersangiz yaxshi boʻlardi. Qoʻshtirnoqni ichida manba gʻalati turibdi. Qarang: VP:MB. Xuddi shu gap 24 va 25-manbalar uchun ham tegishli. Hasan Alimov (Munozara) 18:14, 25-Avgust 2023 (UTC)[javob berish]
source= ni ishlatganimda manba verguldan oldin boʻlishi kerak edi ammo source= ishlatganimda vergulni oʻtkaza olmay qoldim. Manbalar tuzatildi. MrShaxas #Munozaracha 18:47, 25-Avgust 2023 (UTC)[javob berish]
  • Olga Arxipovaning soʻzlariga koʻra, eri taʼtil paytida ham gazeta oʻqishni yoqtirardi va imkon qadar zamonaviy dunyodan xabardor boʻlishga harakat qilardi. Zamonaviy dunyo? "Soʻnggi yangiliklardan" desak boʻmaydimi? Zamonaviy dunyo tushunchasi gʻalati emasmi? Gazeta oʻqimagan odam zamonaviy dunyodan bexabar boʻlib qoladi deyilmoqchimi bu gap bilan? Jumla gʻalizligiga sabab boʻlyapti 2ta soʻz.
Hasan Alimov (Munozara) 18:26, 25-Avgust 2023 (UTC)[javob berish]
...va bu „maktublarni saqlash omadsizlik keltiradi“, deb aytganini eslaydi. Bu soʻzi ham qoʻshtirnoq ichiga yozilishi kerak Hasan Alimov (Munozara) 18:28, 25-Avgust 2023 (UTC)[javob berish]
Shu yergacha boʻlgani bartaraf etildi. MrShaxas #Munozaracha 18:52, 25-Avgust 2023 (UTC)[javob berish]
Bu masalada yordam berganingiz uchun tashakkur! MrShaxas #Munozaracha 19:00, 25-Avgust 2023 (UTC)[javob berish]
sovitish emas sovutish. Maqolada shunga oʻxshash imloviy va strukturaviy xatoliklar koʻp afsuski. Yuqoridagi kamchiliklarni tuzatganingizdan soʻng, qayta tanishib chiqib, yakuniy fikrimni bildiraman. Maroqli tahrirlar! Hasan Alimov (Munozara) 18:32, 25-Avgust 2023 (UTC)[javob berish]
Imlo boʻyicha koʻp harakat qildim. Sovitish boʻladi imlo.uz dan koʻrsa boʻladi hozir havola qilmoqchi edim ammo spam-filtr tomonidan bloklangan ekan. Sovitish boʻishiga ishonchim komil. Telegram guruhda manbalar tashlayman. MrShaxas #Munozaracha 18:58, 25-Avgust 2023 (UTC)[javob berish]
@Hasan Alimov uzwikichatga tashlab qoʻydim. MrShaxas #Munozaracha 18:59, 25-Avgust 2023 (UTC)[javob berish]
Tushunarli. Oʻsha gapda bir maqolaga vikihavola bor ediku shunga qarab aytgandim. Demak maqola nomini oʻzgartirish kerak. Hasan Alimov (Munozara) 03:13, 26-Avgust 2023 (UTC)[javob berish]


"Maxsus qurol" bilan qurollangan boshqa sovet suv osti kemalaridan farqli oʻlaroq, faqat kapitan va ofitser yadroviy qurolni uchirishga ruxsat berishlari kerak edi, buning oʻrniga B-59 bortidagi barcha uch zobitning ruxsati kerak edi. Shu oʻrinda nima demoqchi boʻlgansiz? Gapning bitta tobe qismiga ikki hokim boʻlak kelyapti. Bitta etikka ikki oyoq suqilganidek oʻrinsiz va gʻaliz mazmun. Kamol Azzam (munozara) 21:28, 14-Avgust 2023 (UTC) Va yana „…B-59 rus floti tomonidan Sovet Ittifoqiga qaytishni buyurdi.“ deyilgan. B-59 kimga buyurdi? Aksi boʻlsa, kim buyurdi? Bu yerda aniq shaxsga nisbatan olmosh bormi yoki ish-harakat orttirma nisbatda ketyaptimi? Kamol Azzam (munozara) 21:32, 14-Avgust 2023 (UTC)[javob berish]

„Maxsus qurol“ bilan qurollantirilgan boshqa sovet suv osti kemalarida yadro qurolini uchirish uchun faqatgina kapitan va ofitserning ruxsati kerak boʻlgan, ammo B-59 suv osti kemasida esa uch zobitning roziligisiz yadro quroli ishga tushmas edi. Shunday qilib qayta kiritdim va ikkinchi jumlani B-59 dan soʻng (suv osti kemasiga …. qaytish bururildi)deb orttirmaga oʻzgartirdim. Tuzatildi. MrShaxas #Munozaracha 00:35, 15-Avgust 2023 (UTC)[javob berish]

„Samolyot oʻt ochishidan 1-3 soniya oldin odamlarni koʻr qiladigan darajada kuchli projektorlarni yoqildi va qayta koʻrishni boshlaganimizda samolyot kema boʻylab va yon tomondan ogohlantiruvchi oʻt ochayotgani maʼlum boʻldi…“ deb tarjima qilibsiz. Lekin jonsiz predmetlar shaxs ishtirokisiz ish-harakatni bajarmaydi, avtomatlashtirilgan tizimni ifodalash bundan mustasno.Kamol Azzam (munozara) 21:35, 14-Avgust 2023 (UTC)[javob berish]

Tuzatildi. MrShaxas #Munozaracha 01:06, 15-Avgust 2023 (UTC)[javob berish]

„Shuningdek, K-19 suv osti kemasining bortida yadroviy halokat sodir boʻlgan paytda qoʻmondon Nikolai Zateyev 1998-yil 28-avgustda vafot etgan.“ K-19 bilan bogʻliq halokatli voqea 1998-yilda boʻlmagan. Taxminan „Shuningdek, K-19 suv osti kemasining bortida yadroviy halokat sodir boʻlgan paytda qoʻmondonlik qilgan Nikolay Zateyev 1998-yil 28-avgustda vafot etgan“ deb berish muvofiqroq mazmunga. Kamol Azzam (munozara) 21:39, 14-Avgust 2023 (UTC)[javob berish]

Siz koʻrsatgan koʻrinishda toʻgʻirlandi. MrShaxas #Munozaracha 00:36, 15-Avgust 2023 (UTC)[javob berish]

Maqolada ayrim strukturaviy kamchiliklar bor ekan. Xususan, Arxipov qabrtoshi rasmini Hayotining soʻnggi yillari boʻlimiga, Kama operatsiyasi andozasini Havolalar boʻlimi oxiriga qoʻyish zarur. Muzaffar Murodovichmusohaba 06:41, 20-Avgust 2023 (UTC)[javob berish]

Sizni tushundim, yaqin daqiqalarda tuzataman. Kamani qaysidur maqolada koʻrganim uchun shu yerga qoʻygandim, uni ham tuzataman. MrShaxas #Munozaracha 18:17, 20-Avgust 2023 (UTC)[javob berish]
. MrShaxas #Munozaracha 18:17, 20-Avgust 2023 (UTC)[javob berish]
Aytilganlari tuzatildi. MrShaxas #Munozaracha 18:49, 20-Avgust 2023 (UTC)[javob berish]

Maqolaning ruscha versiyasida mukofotlari koʻproq ekan, oʻzbekchadagisini ham koʻpaytirish kerak. Maqola SSSRda yashagan shaxs haqida ekanini hisobga olib, yetishmayotgan maʼlumotlarni riwikidan izlab koʻrish kerak. Jamshid Nurqul (munozara) 22:18, 20-Avgust 2023 (UTC)[javob berish]

Takror-takror koʻrsatilgan manbalarni ref name tegi yordamida birladhtirish kerak ekan. — Kagansky munozara 02:53, 21-Avgust 2023 (UTC)[javob berish]

Mukofot uchun andoza yasab chiqaymi unda? Maqoladagilarni baʼzilarini shunchaki rasmini ham qoʻygandim unda andozalar boʻlmaganligi sababli. Agarda yasash kerak boʻlsa biroz muddatda ulgursam kerak. MrShaxas #Munozaracha 03:08, 21-Avgust 2023 (UTC)[javob berish]
@Jamshid Nurkulov. Bajarildi, barcha mukofotlari qoʻshildi. Ba'zi yoʻq andozalar esa yaratildi. MrShaxas #Munozaracha 06:39, 21-Avgust 2023 (UTC)[javob berish]
Manbalar ham tezda tuzatiladi.MrShaxas #Munozaracha 06:51, 21-Avgust 2023 (UTC)[javob berish]
@Kagansky manbalar ham tuzatildi. 6 ta manba ref name bilan 3 ta boʻldi va qoʻshimcha K-19 halokati haqida +2 ta manba qoʻshildi. MrShaxas #Munozaracha 09:18, 21-Avgust 2023 (UTC)[javob berish]

Karyerasini Faoliyati deb o‘zgartirish kerak. Biografiya ham ruscha so‘z. DMahmudova (munozara) 20:05, 21-Avgust 2023 (UTC)[javob berish]

Faoliyatga oʻzgartirdim lekn Biografiya OʻzME dan olingan soʻz. MrShaxas #Munozaracha 21:19, 21-Avgust 2023 (UTC)[javob berish]

Maqola gala yolgʻon maʼlumotlarga boy. Baʼzi bir bitta gapning oʻzida bir nechta yolgʻon iddaolar keltirilgan: 1. „Moskva yaqinidagi Staraya Kupavna shahrida“ emas Moskva viloyatining Kurovsk tumani Zvorkovo qishlogʻida tugʻilgan; 2. „Pushkinskiy tumani“ emas Pushkin tumanida maktabga borgan; 3. Omsk viloyatiga Arxipov emas maktab evakuatsiya qilingan; 4. „Leningrad dengiz maktabi“ emas Omsk viloyatiga evakuatsiya qilingan „Leningrad maxsus harbiy-dengiz maktabi“da oʻqigan; 5. „Tinch okeani oliy dengiz bilim yurti“ emas Tinch okeani oliy harbiy-dengiz bilim yurtida tahsil olgan; 6. Тральщик mina tashuvchi kema emas; 7. „kursant-komandiri“ emas komandirning kursant-dublyori boʻlgan; 8. „Ozarbayjon oliy-dengiz maktabi“ emas Bokudagi „Kaspiy oliy dengiz bilim yurti“ni tamomlagan. Undan oldin esa avvalgi oʻqishini shu yerda davom ettirganligi haqidagi gap tushurib qoldirilgan. Bulardan tashqari, kirish qismidagi gaplar Ruwikidan toʻlaligicha tarjima qilinmagan. Kirish qismida eʼtirof etilmay qolib ketgan, lekin maqola matnida mavjud qismlar judayam koʻp; Koʻplab ensiklopedik ahamiyati molik mavzudagi soʻzlarga ichki havola koʻrsatilmagan: „SSSR“, „Uchinchi jahon urushi“, „suv osti kemasi“ va hkz. — Kagansky munozara 06:08, 26-Avgust 2023 (UTC)[javob berish]

2,3,4,5,6,7,8 larni tuzatdim. Kirish qismi hali tarjima qilinmadi. Ichki havolalar qo'shildi. MrShaxas #Munozaracha 18:47, 26-Avgust 2023 (UTC)[javob berish]

Rozilar tahrir

  1.  Roziman, keltirilgan kamchiliklar toʻgʻirlandi va maqola status qoidalariga mos tarzda yozilgan. Maqolaga status beriladi degan umiddaman. ANJANIY!!#suhbat 04:59, 23-Avgust 2023 (UTC)[javob berish]
  2.  Roziman — Yuqorida sanab oʻtilgan kamchiliklar tuzatildi. Muallifga omad. Mrjavokh1r#suhbat 08:35, 24-Avgust 2023 (UTC)[javob berish]

Qarshilar tahrir

  1.  Qarshiman. Tuzatib boʻlmas mashina tarjimasining mahsuli. Judayam koʻp kamchiliklari mavjud. Judayam koʻp yolgʻon maʼlumotlar kiritilgan. Gapga aniqlik kiritib, uni toʻldirishi mumkin boʻlgan bir qancha maʼlumotlar tarjima paytida tushurib qoldirilgan. Maqola VP:TOʻMga asosan tezda oʻchirishga nomzod qilindi. Tuzatishlar kiritilsa saqlab qolinishi aniq. — Kagansky munozara 06:11, 26-Avgust 2023 (UTC)[javob berish]

Betaraflar tahrir

Xulosa tahrir

 Bajarilmadi — mashina tarjimasi. Jamshid Nurqul (munozara) 08:19, 27-Avgust 2023 (UTC)[javob berish]

Yuqoridagi munozara yopiq. Iltimos, bu yerga oʻzgartirishlar kiritmang.
Iltimos, bu yerga oʻzgartirishlar kiritmang.

Abdulla Mamatov tahrir

Nominator(lar): Egamberdi Iskandarov (munozara) 21:18, 10-Avgust 2023 (UTC)[javob berish]

Assalomu alaykum oʻzbekcha vikipediyada geograf olimlar haqida maqolalar kam. Shu ruhdagi maqolalarni koʻpaytirib va tahrirlab statusli maqolalar reytingiga olib chiqish niyatim. Bunda albatta adminstratorlar yordam bersalaringiz mamnun boʻlaman.

Fikrlar tahrir

  1. Maqoladagi «Ommabob geografiya» shu qoʻshtirnoqni „Ommabob geografiya“ bunisiga oʻzgartirish kerak nazimda. MrShaxas #Munozaracha 01:13, 11-Avgust 2023 (UTC)[javob berish]
    Assalomu aalykum, E'tibor uchun rahmat. Aytganingizdek maqola qo'shtirnoqlarini o'zgartiraman. Lekin bu olim haqida ko'p joyda yozilmagan, shuning uchun ko'p manba yo'q. Yana ham manba qidirman. Rahmat. Egamberdi Iskandarov (munozara) 02:01, 11-Avgust 2023 (UTC)[javob berish]
    Ushbu saytni ham bir koʻring. MrShaxas #Munozaracha 02:28, 11-Avgust 2023 (UTC)[javob berish]
    Assalomu alaykum, Ushbu siz aytgan manba Gadoyev K., Berdiyeva S. Oʻzbek geografiya fani fidoiylari kitobdan to'liq ko'chirib olib internetga qo'yilgan. Mayli shunday bo'lsa ham manbaga qo'shib qo'yaman. Fikringiz uchun rahmat sizga. Egamberdi Iskandarov (munozara) 04:11, 11-Avgust 2023 (UTC)[javob berish]
    Ha unisi bilmas edim, men qidirganda faqat shuni topa olgandim.MrShaxas #Munozaracha 09:49, 11-Avgust 2023 (UTC)[javob berish]
    Maqola betarafligini to‘g‘irlang. Qolgani deyarli yaxshi. Rivendell-Imladris (munozara) 13:05, 12-Avgust 2023 (UTC)[javob berish]
  2. Agarda manbalarni koʻpaytira olsangiz yaxshi sababi hozir faqat 3 dona bor. Manbalar yetarlicha boʻlishi maqolaning ishonchli ekanligining ramzi hamdir. — Bu xabarni Mrshaxas (munozara · hissasi) yozdi, lekin imzo qo‘ymadi

Rozilar tahrir

#  Roziman. Maqola yaxshi yozilgan. Oʻzbekcha vikipediyada geograflar haqida ma’lumotlar kam. Maqola uchun rahmat. Rivendell-Imladris (munozara) 15:14, 12-Avgust 2023 (UTC) — Vikipediyaga kirasola ovoz berishga kirishib ketgan ushbu foydalanuvchining ovozi qabul qilinmadi. Jamshid Nurqul (munozara) 17:14, 12-Avgust 2023 (UTC)[javob berish]

Qarshilar tahrir

Betaraflar tahrir

  1.  Betarafman. Berilgan manbalarni koʻrganimda koʻpi uni yuksakroq koʻrsatish maʼnosida yozilgan va bu narsa manbadan foydalanishda ham betaraflikni anchagina yoʻqotgan. MrShaxas #Munozaracha 19:10, 14-Avgust 2023 (UTC)[javob berish]

Xulosa tahrir

 Bajarilmadi. Maqolaning betarafligi shubha ostida boʻlganligi va ovozlarni yetarlicha olmaganligi uchun Xushsifat maqolalar safidan joy olmadi. –   Mirzoulugʻbek |@  17:57, 20-Avgust 2023 (UTC)[javob berish]

Yuqoridagi munozara yopiq. Iltimos, bu yerga oʻzgartirishlar kiritmang.
Iltimos, bu yerga oʻzgartirishlar kiritmang.

Christopher Nolan tahrir

Nominator(lar): Wikeruz (munozara) 15:46, 10-Avgust 2023 (UTC)[javob berish]

Assalomu alaykum barchaga, o'zbekchada qisqa bo'lgan Christopher Nolan haqidagi maqola hajmini 80%dan ziyodga kengaytirdim, Xushsifat maqola statusiga nomzod sifatida taqdim etyapman.

Hurmatli Kagansky, Jamshid Nurqul, Nataev, Artemev Nikolay, Muxriddin Azimov, Malikxan, Mirzo Ulugʻbek Karimov, Laziz Baxtiyorov, Umarxon III, Alpasli, Panpanchik, Salazarov, Diwikiped, Humoyun Qodirov, Kamol Azzam, Khasan azim1, Anjaniy, Mrshaxas va boshqalar, ovoz berishda ishtirok eting. (munozara) 15:51, 10-Avgust 2023 (UTC)[javob berish]

Fikrlar tahrir

Rozilar tahrir

Qarshilar tahrir

#  Qarshiman. AT Ibrohimjon (✍️) 10:56, 10-Avgust 2023 (UTC) [javob berish]

Betaraflar tahrir

Xulosa tahrir

 Bajarilmadi. Tuzatib boʻlmas mashina tarjimasi. Maqola avvalgi chala holiga qaytarildi. — Kagansky munozara 21:13, 10-Avgust 2023 (UTC)[javob berish]

Yuqoridagi munozara yopiq. Iltimos, bu yerga oʻzgartirishlar kiritmang.
Iltimos, bu yerga oʻzgartirishlar kiritmang.

Serbiya bayrogʻi tahrir

Nominator(lar): Mirfayzbekabdullayev. (munozara) 12:27, 5-Avgust 2023 (UTC)[javob berish]

Assalomu alaykum barchaga, ingliz tilida Serbiya bayrogʻi haqidagi maqolani tarjima qilib, Xushsifat maqola statusiga nomzod sifatida taqdim etyapman.

Hurmatli Kagansky, Jamshid Nurqul, Nataev, Artemev Nikolay, Muxriddin Azimov, Malikxan, Mirzo Ulugʻbek Karimov, Laziz Baxtiyorov, Umarxon III, Alpasli, Panpanchik, Salazarov, Diwikiped, Humoyun Qodirov, Kamol Azzam, Khasan azim1, Anjaniy, Mrshaxas va boshqalar, ovoz berishda ishtirok eting. Mirfayzbekabdullayev. (munozara) 12:27, 5-Avgust 2023 (UTC)[javob berish]

Hozirgi holati xushsifat maqolaning mezoniga toʻgʻri kelmaydi. Manbalarda va ichki havolalarda xatoliklar koʻp. Inglizchadan tarjima qilgan boʻlsangiz, toʻliq qiling, balki shunda ushbu statusni olishi mumkin. Humoyun Qodirov (munozara) 13:11, 5-Avgust 2023 (UTC)[javob berish]
Qaysi manba va ichki havolalarda xatoliklar bor ekan? Shularni anigʻini yozvorsangiz, toʻgʻirlayman. Mirfayzbekabdullayev. (munozara) 13:29, 5-Avgust 2023 (UTC)[javob berish]
  • Manba xatosi: <ref> tags exist for a group named "lower-alpha", but no corresponding tag was found. Misol manashu xato.
Ibrohimjon (munozara) 16:56, 6-Avgust 2023 (UTC)[javob berish]

Rozilar tahrir

Qarshilar tahrir

  1.  Qarshiman. Maqolani Xushsifat statusigacha ishlash kerak. Artemev Nikolay (munozara) 10:50, 9-Avgust 2023 (UTC)[javob berish]
  2.  Qarshiman Maqola toʻliq tarjima qilinmagan, yaqqol manba xatosi koʻrinib turibdi. Adabiyotlar umuman yoʻq yana mayda kamchiliklar bor. Agar shularni toʻgʻrilasangiz ovozni oʻzgartirishim mumkin. Ibrohimjon (munozara) 15:58, 6-Avgust 2023 (UTC)[javob berish]
  3.  Qarshiman — Gʻaliz tarjima, notoʻgʻri rasmiylashtirilgan galereya va ichki linklardagi xatoliklar bisyorligi uchun Komrontoy (munozara) 19:20, 7-Avgust 2023 (UTC)[javob berish]
  4.  Qarshiman Avtomat Tarjima, qisqa preambula va xatoliklari ko'p. Statusga loyiq emas! PanPanChik #yozish 13:34, 9-Avgust 2023 (UTC)[javob berish]

Betaraflar tahrir

Xulosa tahrir

 Bajarilmadi — 4 ta qarshi ovoz, birorta ham rozi ovoz yoʻq. 5- va 6-avgust kunlari foydalanuvchilar — Humoyun Qodirov va Ibrohimjon tomonidan bildirilgan xatolik haqidagi asosli fikrlar nominator tomonidan inobatga olinmagan, xatolik tuzatilmagan, nominator nominatsiyaga boʻlgan qiziqishini yoʻqotgan koʻrinadi. Jamshid Nurqul (munozara) 20:42, 14-Avgust 2023 (UTC)[javob berish]

Yuqoridagi munozara yopiq. Iltimos, bu yerga oʻzgartirishlar kiritmang.
Iltimos, bu yerga oʻzgartirishlar kiritmang.

Sezar shifri tahrir

Nominator(lar): Programmer (munozara) 17:25, 4-Avgust 2023 (UTC)[javob berish]

Sezar shifrini koʻpchilik eshitgan boʻlishi kerak. Avvalroq uzwikida ushbu maqola nomi xato qilib, chala yaratilgan ekan. Men uni nomini toʻgʻirlab, andoza, manbalarni toʻliq olib oʻtib qayta tarjima qildim. Maqolaga kelsak, shu holatda 4 ta tilda TM, 1 ta tilda XM, 2 ta tilda YM statusini olgan. Men esa maqolani uzwikida XM statusiga qoʻyishni taklif qilmoqdaman. Solishtirib koʻring, 2 ta qoʻshimcha giflar qoʻshildi maqolaga. Fikrlaringizni kutib qolaman. Fikrlar uchun esa oldindan rahmat. Programmer (munozara) 17:25, 4-Avgust 2023 (UTC)[javob berish]

Fikrlar tahrir

Qoʻshimcha fikrlar tahrir

Avtomat tarjima qismlari va gʻalizliklar bisyor. Preambula qismi kichik. Yana qarang boʻlimidagi maqola mavjud emasligi uchun qolishi shart emas. Turkumlarni yaratish va koʻpaytirish lozim. PanPanChik #yozish 13:37, 9-Avgust 2023 (UTC)[javob berish]

@Panpanchik keyinroq statusga boyitib qo‘yaman qayta. Siz ovoz bermagansiz. Muddatidan oldin xulosa chiqarishingiz mumkin. Programmer (munozara) 15:42, 9-Avgust 2023 (UTC)[javob berish]

Rozilar tahrir

  1.  RozimanMunavvaroy (munozara) 18:48, 4-Avgust 2023 (UTC)[javob berish]

Qarshilar tahrir

  1.  Qarshiman Maqolani Xushsifat statusigacha ishlash kerak. "D bilan almashtiriladi".....Bu nima!?--Artemev Nikolay (munozara) 10:28, 9-Avgust 2023 (UTC)[javob berish]
  2.  Qarshiman Maqola gʻaliz tarjima qilingan. Tarjima qismlari qolib ketgan. Gaplar notoʻgʻri oʻgirilgan. Laziz Baxtiyorov (munozara) 10:32, 9-Avgust 2023 (UTC)[javob berish]
    @Laziz Baxtiyorov fikrlar uchun rahmat. Statusgacha ishlaymiz. Xulosani chiqarishingiz mumkin Programmer (munozara) 13:30, 9-Avgust 2023 (UTC)[javob berish]

Betaraflar tahrir

Xulosa tahrir

 Bajarilmadi — maqola inglizchadan tarjima qilinganda toʻliq tarjima qilinmagan. Tarjimada xatoliklarga yoʻl qoʻyilgan. Nominator tezkor xulosa chiqarilishiga qarshi emasligini bildirdi. Jamshid Nurqul (munozara) 20:03, 9-Avgust 2023 (UTC)[javob berish]

Yuqoridagi munozara yopiq. Iltimos, bu yerga oʻzgartirishlar kiritmang.
Iltimos, bu yerga oʻzgartirishlar kiritmang.

Ajratuvchi toʻqima tahrir

Nominator(lar): Wikisurgery94 (munozara) 21:20, 30-Iyul 2023 (UTC)[javob berish]

Assalomu alaykum. Xurmatli foydalanuvchilar: Maskur maqola biologiya va gistologiya sohasiga oid boʻlib, uni statusli maqola nomzodligiga taqdim qilmoqchiman. Tanishib chiqib fikr va mulohazalaringizni kutaman. Rahmat! Hurmatli: Nataev, Kagansky, Nataeva,Jamshid Nurqul, Malikxan, Mirzoulugʻbek, Umarxon III, Artemev Nikolay, Muxriddin Azimov, Gayrat98, Alpasli, Diwikiped, Laziz Baxtiyorov, Panpanchik, Salazarov Jahongir Boboyev (munozara) 21:26, 30-Iyul 2023 (UTC)[javob berish]

Maqola uchun tashakkur. Lekin manbalar toʻliq olib oʻtilmagan.
Maqolada ham nomzodlik uchun qoʻygan fikringizda ham Maskur jumlasini ishlatgansiz menimcha Mazkur deb yoziladi. Maqolani koʻrib chiqyapman. Jahongir Boboyev (munozara) 18:58, 30-Iyul 2023 (UTC)[javob berish]
Rahmat, mana shu soʻzlarni telefonda yozgandim, baʼzan avtomat qurilmasi ishga tushib, soʻzlar oʻzgarib ketadi. Keyin manbalarni toʻliq olib oʻtgandim faqat kimdur ularni yigʻib umumiy manba qilib qoʻyibdi. 1 va 5 raqamli manbalarga qarasangiz, ruwikida ham shu. Sizga rahmat. Wikisurgery94 (munozara) 13:37, 31-Iyul 2023 (UTC)[javob berish]

Fikrlar tahrir

Maqoladagi ayrim koʻzga koʻringan kamchiliklar mavjud. Jumladan:

  • Preambula qismi juda qisqa! Statusli maqolaning kirish qismi kengroq maʼlumot bera olishi kerak!
  • Plastidmi plastidami?
  • Ayrim ilmiy terminlarga havola bering. Biolog boʻlmagan inson uchun maqoladagi terminlar tushunarsiz tuyiladi. Jumladan oʻsimlik nomlariga ham. Ular qizillanib qolishi mumkin ammo keyinchalik albatta koʻkaradi.
  • gulda (yaʼni gullarda rivojlanadi) tushunarsiz jumla!
  • Koʻp gulli oʻsimliklarda mavjud, masalan Koʻp gulli emas Koʻpgina gulli degan maqul. Sizning gapingiz turning koʻpligini emas gulning koʻpligini ifodalab qolgan.
  • pektin qatlamining yoʻq qilinishi tufayli paydo boʻladi. Jumla gʻaliz tuzilgan. Tufayli soʻzi bu oʻrin uchun mos emas. PanPanChik #yozish 03:43, 2-Avgust 2023 (UTC)[javob berish]

Adabiyotlarni original yozuvida yozamiz. Ibrohimjon (munozara) 17:10, 6-Avgust 2023 (UTC)[javob berish]

Ha yana Snf andozasi umuman ishlamayapti bu degani kitob manbasi hammasi xato hisoblanadi. Ibrohimjon (munozara) 17:18, 6-Avgust 2023 (UTC)[javob berish]

Rozilar tahrir

Qarshilar tahrir

  1.  Qarshiman — maqola asosan jadvaldan iborat boʻlib qolgan. Alpasli (munozara) 19:53, 7-Avgust 2023 (UTC)[javob berish]
  2.  Qarshiman 6 kun davomida berilgan fikrlarga koʻra maqola tahrirlanmay qolingan. PanPanChik #yozish 13:54, 9-Avgust 2023 (UTC)[javob berish]
  3.  Qarshiman 3 kun ichida aytib oʻtilgan kamchiliklar tuzatilmagan. Ibrohimjon (✍️) 16:31, 9-Avgust 2023 (UTC)[javob berish]

Betaraflar tahrir

Xulosa tahrir

 Bajarilmadi — maqola matnidan koʻra jadval qismi koʻproq boʻlib qolgan. Jamshid Nurqul (munozara) 19:57, 9-Avgust 2023 (UTC)[javob berish]

Yuqoridagi munozara yopiq. Iltimos, bu yerga oʻzgartirishlar kiritmang.
Iltimos, bu yerga oʻzgartirishlar kiritmang.

G’ani Valiyev tahrir

Nominator(lar): Mrjavokh1r (munozara) 07:33, 22-Iyul 2023 (UTC)[javob berish]

Ushbu maqola Ulugʻ Vatan urushi qatnashchisi Gʻani Valiyev haqida boʻlib ushbu maqolani ruwikidan tarjima qilib yaratdim va XMga nomzod qilib koʻrsatyabman.

Hurmatli Kagansky, Jamshid Nurqul, Nataev, Artemev Nikolay, Muxriddin Azimov, Malikxan, Mirzo Ulugʻbek Karimov, Laziz Baxtiyorov, Umarxon III, Alpasli, Panpanchik, Salazarov, Diwikiped, Humoyun Qodirov, Kamol Azzam, Khasan azim1, Anjaniy, Mrshaxas va boshqalar, ovoz berishda ishtirok eting. Hurmat bilan Mrjavokh1r (munozara) 07:33, 22-Iyul 2023 (UTC)[javob berish]

Gʻ harfi notoʻgʻri yozilgan maqola hecham status ololmaydi. Nataev munozara 07:37, 22-Iyul 2023 (UTC)[javob berish]
Mukofotlari boʻlimida yillar orasida tire boʻladi. Ibrohimjon (munozara) 07:40, 22-Iyul 2023 (UTC)[javob berish]
 Bajarildi Mrjavokh1r (munozara) 20:14, 22-Iyul 2023 (UTC)[javob berish]
Toʻgʻirlandi Mrjavokh1r (munozara) 20:14, 22-Iyul 2023 (UTC)[javob berish]
Yangi nomzod nomi „== Nomzodlar ==“ yozuvining ostidan yozilishi kerak, ustidan emas. Jamshid Nurqul (munozara) 08:14, 22-Iyul 2023 (UTC)[javob berish]
 Bajarildi Mrjavokh1r (munozara) 20:13, 22-Iyul 2023 (UTC)[javob berish]
  1. . Narev daryosining emas Narew, „Shon-sharaf“ ordeni ichki lonkda esa Shuhrat ordeni (SSSR), Belorus emas Belarus, oktabr emas oktyabr shuningdek maqola hajmi ham statusga mos kelishiga shubham bor.MrShaxas #Munozaracha 16:43, 22-Iyul 2023 (UTC)[javob berish]
    Xatoliklar tuzatildi. Mrjavokh1r (munozara) 17:23, 24-Iyul 2023 (UTC)[javob berish]
12-18-manbalarni toʻgʻrilash kerak. Muzaffar Murodovichmunozara 16:26, 23-Iyul 2023 (UTC)[javob berish]
 Bajarildi Mrjavokh1r (munozara) 10:12, 25-Iyul 2023 (UTC)[javob berish]
Mrjavokh1r, menimcha, ularni izohlar bo'limiga olish kerak. Muzaffar Murodovichmusohaba 07:13, 2-Avgust 2023 (UTC)[javob berish]
  • Ushbu shaxs 1998-yil vafot etgan ekan lekin maqola bilgiqutisidagi „Fuqaroligi“ parametrida faqat „SSSR“ deb yozilgan. 1991-yil mustaqil boʻlgan Oʻzbekiston 1998-yilgacha yashagan urush veteraniga fuqarolik bergandirey, manbalarni bir qarab koʻring, dezinformatsiya boʻlib qolmasin. Jamshid Nurqul (munozara) 18:08, 26-Iyul 2023 (UTC)[javob berish]
    Ushbu shaxs Oʻzbekiston SSSR tarkibida vatqtida tavallud topgani uchun SSSR fuqarosi yozib ketgandim. Manbalar qidirib koʻrdim lekin fuqaroligi haqida hech narsa topa olmadim. Maqoladan olib tashlaymi ushbu qismni. Mrjavokh1r (munozara) 04:32, 27-Iyul 2023 (UTC)[javob berish]
    Oʻzbekistonda yashagandan keyin SSSR tarqalgach, avtomatik Oʻzbekiston fuqarosiga aylanadi. Bu uchun qayerdadir yozilishi shart emasku. Agar Oʻzbekistondan koʻchib ketib, aytaylik, Moskvada vafot etgan boʻlsa, Rossiya fuqarosi yoki Oʻzbekiston deb ikkilanish mumkin edi. Laziz Baxtiyorov (munozara) 12:47, 29-Iyul 2023 (UTC)[javob berish]
    Tushunarli Mrjavokh1r (munozara) 21:49, 29-Iyul 2023 (UTC)[javob berish]
    Abdurauf Fitrat maqolasining bilgiqutisiga qarang, fuqarolik boʻlimi qanday bezatilganiga. Maqolani statusga beryapsizmi, unga faqat prinsipial tarzda emas, erkin ijod va kreativlik bilan ham yondashing. Maqolaga matnli maʼlumotlardan tashqari imkon darajasida vizual maʼlumotlar ham qoʻshishga harakat qiling, „fuqaroligi“ boʻlimi ham shunaqa vizual qismni boyitishi mumkin, olib tashlamang. Jamshid Nurqul (munozara) 20:48, 29-Iyul 2023 (UTC)[javob berish]
     Bajarildi Mrjavokh1r (munozara) 21:55, 29-Iyul 2023 (UTC)[javob berish]
  • Kirish qismini biroz kengaytirish kerak nazarimda. Laziz Baxtiyorov (munozara) 12:48, 29-Iyul 2023 (UTC)[javob berish]
     Bajarildi Mrjavokh1r (munozara) 08:34, 30-Iyul 2023 (UTC)[javob berish]
  • Hayoti va faoliyati boʻlimidagi 3-abzasda aniq faktlar (raqamlar bilan) berilgan. Lekin manbasiz qolgan. Oʻsha maʼlumotlarni qayerdan olgan boʻlsangiz ham manba bersangiz yaxshi boʻlar edi.
  • Adabiyotlar boʻlimida maʼlumotlar oʻzbek tili alifbosidan foydalangan holda yozilishi kerak.
  • Gʻani Valiyev (1924-yil 17-iyulda tavallud topgan — 1998-yil 26-mart) -da tavallud topgan degan joyi kerak emas.
  • Hayoti va faoliyati boʻlimidagi 1924-yil 15-iyulda Oʻzbekistonning Namangan viloyati Qurmoq qishlogʻida (hozirgi Namangan viloyati) dehqon oilasida tugʻilgan. gapidagi Namangan viloyatiga ichki havola qilib Namangan tumani berilganmi, tushunmadim. Nima demoqchi boʻlgansiz?
  • …urush tugaguniga qadar 28-armiyaning 66-piyoda polkida Ukrainada frontida…

Shular va shu kabi xatoliklarni qaytadan yaxshilab sinchiklab qarab, tuzatib chiqishni tavsiya qilaman. ANJANIY!!#suhbat 10:44, 30-Iyul 2023 (UTC)[javob berish]

 Tuzatildi Mrjavokh1r (munozara) 11:23, 30-Iyul 2023 (UTC)[javob berish]
Maqolada „1924-yil 15-iyulda Oʻzbekistonning Namangan viloyati Qurmoq qishlogʻida dehqon oilasida tugʻilgan“ deyilgan ekan. Bir nechta sabablarga koʻra bunday deyish xato:
  1. 1924-yilda bizning tasavvurimizdagi mustaqil Oʻzbekiston mavjud boʻlmagan. Agar u vaqtdagi Oʻzbekiston haqida yozilsa doim Oʻzbekiston SSR deb yozilishi kerak, siz esa ichki havola sifatida 1991-yil tashkil etilgan Oʻzbekistonga havola berib qoʻyibsiz.
  2. 1924-yil 15-iyulda hatto Oʻzbekiston SSR ham tuzilmagan edi, qarang: Узбекская Советская Социалистическая Республика — mana shu maqolada Oʻzbekiston SSR 1924-yilning 27-oktyabrida tashkil etilgani haqida yozilgan (Образована 27 октября 1924 года в результате так называемого национально-территориального размежевания в СССР, bu maqolaning manbasida shunday yozilgan: В ре­зуль­та­те на­цио­наль­но-го­су­дар­ст­вен­но­го раз­ме­же­ва­ния в Ср. Азии 27.10.1924 об­ра­зо­ва­на Узб. ССР с Тадж. АССР в её со­ста­ве.), demak, Gʻani Valiyev Oʻzbekiston SSR tashkil etilishidan 3 oylar oldin tugʻilgan. Maqolani yozishda faktlardan chetlashmang, dezinformatsiya tarqatmang! Jamshid Nurqul (munozara) 22:24, 5-Avgust 2023 (UTC)[javob berish]
    To'g'irlab qo'ydim Mrjavokh1r (munozara) 04:59, 6-Avgust 2023 (UTC)[javob berish]
    Maqolani qayta o‘qib chiqing. Xatolik ko‘p. Hamma xatoni boshdan oxirigacha tuzatib beradigan ona tili yo tarix o‘qituvchisi yo‘q bu yerda. O‘zingiz izlanib so‘zlarni, gaplarni tuzatib chiqing. Agar xato yo‘q deb hisoblasangoz yoki tuzatolmasangiz ayting. Jamshid Nurqul (munozara) 11:41, 6-Avgust 2023 (UTC)[javob berish]

Fikrlar tahrir

  • Avvalo maqolaning preambula qismi juda qisqa. Mumkin qadar uni kengaytiring. Statusli maqola va roʻyhatlar kirish qismi bu qadar kichik boʻlmasligi kerak. Zero statusli maqola Vikipediya bosh sahifasida chiqadi.
  • Bir joyning oʻzida bitta mavzuga qayta qayta 3 talab ichki link berish shart emas.
  • Shaxsan oʻzi 17 nemis askari va 1 zobitini yoʻq qiladi mazkur jumla maqola uchun gʻalati. Buning oʻrniga oddiygina qilib Gʻani Valiyev 17 nemis askari va 1 zobitini yoʻq qiladi deyish kifoya edi. Va yana bir askarini shaxsan qoʻlga oldi bu oʻrinda ham. Shu singari jimjimador gaplarni oddiygina qilib yozavering. Maqola Valiyev haqida shaxsan oʻzi emas oddiygina Gʻani Valiyev desangiz ham oʻquvchi tushunib olaveradi.
  • Ichki qizil linklar berishda ehtiyot boʻling. Biz hech qachon Gusev shahri nomli maqola yaratmasligimiz tayin. Gusev (shahar) yoki oddiygina Gusev koʻrinishida yaratiladi. Qizil linklaringizni qayta koʻrib chiqing.
  • Xotirasi boʻlimidagi matnni manba bilan tasdiqlang. Statusli maqolalarda har bir xatboshi manba bilan toʻliq tasdiqlanishi shart. Sizda esa butun boshli boʻlim manbasiz. Mukofotlarida ham har bir mukofot olganligi xususida manba bersangiz yaxshi boʻlar edi. PanPanChik #yozish 03:35, 2-Avgust 2023 (UTC)[javob berish]
     Tuzatildi Mrjavokh1r (munozara) 18:22, 2-Avgust 2023 (UTC)[javob berish]
    Mukofotlar boʻlimida har bir mukofot olganligi xususida manba topilmadi shuning uchun topilganlariga berildi. Mrjavokh1r (munozara) 18:24, 2-Avgust 2023 (UTC)[javob berish]
    Men aytgan xatoliklar toʻliq tuzatilmagan!!! Vikifikatsiya qilinmagan joylari bor, ichki vikilink bilan bogʻliq muammo toʻliq bartaraf etilmagan! Qizil vikilinklar nomlanishi noaniq! Urushdagi operatsiyalar nomi berilganda shaharga link berilishi bu tartibda amalga oshirilmasligi kerak. PanPanChik #yozish 14:38, 6-Avgust 2023 (UTC)[javob berish]
     Bajarildi Mrjavokh1r (munozara) 16:05, 6-Avgust 2023 (UTC)[javob berish]

Rozilar tahrir

  1.  Roziman MrShaxas #Munozaracha 09:46, 30-Iyul 2023 (UTC)[javob berish]
  2.  Roziman Mahmud Hamrayev (munozara) 10:21, 5-Avgust 2023 (UTC)[javob berish]

Qarshilar tahrir

  1.  Qarshiman — maqola Statusli maqolalar tanlovi doirasida doirasida qoʻyilmoqda. Gʻaliz jumlalarga ega ushbu maqola ham Vikipediya, ham tanlov talablariga toʻla mos emas, deb hisoblayman. Kamol Azzam (munozara) 20:07, 6-Avgust 2023 (UTC)[javob berish]
  2.  Qarshiman Garchi berilgan iddaolarim qisman boʻlsa ham tuzatilgan boʻlsa-da matnda men koʻrsatmagan avtomat tarjimalar qolib ketgan. Jumladan Qahramon qabriga qabr toshi oʻrnatildi.. Shuningdek, 1994-yil 9-noyabrda... jumlasi bilan boshlanuvchi xatboshi manbasida (4-manba) ham bu qismdagi maʼlumotlar oʻz tasdigʻini topmagan. Bu shunchaki hakamlarni aldash maqsadida oʻylangan soxta manba deb hisoblab, maqola status olishiga qarshilik bildiraman. PanPanChik #yozish 20:00, 6-Avgust 2023 (UTC)[javob berish]

Betaraflar tahrir

Xulosa tahrir

 Bajarilmadi — maqola rus tilidan tarjima qilingan va tarjima toʻgʻri amalga oshirilmagani uchun gapda soʻzlarning kelish tartibi (gap qurilishi) rus tilidagidek qolib ketgan. Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi haqidagi maqola qayoqdagi polk bilan boshlanganini (gapdagi prioritet Ikkinchi jahon urushiga emas, polkka berilishini) aynan rus tilidagi gap qurilishi bilan izohlash mumkin. Bu bitta holat, bunday holatlar maqola ichida koʻp. Xullas gʻaliz tarjima. Jamshid Nurqul (munozara) 20:13, 6-Avgust 2023 (UTC)[javob berish]

Yuqoridagi munozara yopiq. Iltimos, bu yerga oʻzgartirishlar kiritmang.
Iltimos, bu yerga oʻzgartirishlar kiritmang.

Oʻzbekiston 2010-yilgi Qishki Olimpiada oʻyinlarida tahrir

Nominator(lar): ANJANIY!!#suhbat 22:40, 17-Iyul 2023 (UTC)[javob berish]

Maqola Oʻzbekiston loyihasi doirasida yozilgan boʻlib, ingliz tilidagi Vikipediyada ham „yaxshi“ (good) statusga erishgan. Hajmi sababli „xushsifat“ statusiga nomzod qilib qoʻyishni maʼqul koʻrdim. Hurmatli Nataev, Kagansky, Jamshid Nurqul, Artemev Nikolay, Muxriddin Azimov, Malikxan, Mirzo Ulugʻbek Karimov, Umarxon III, Alpasli, Panpanchik, Laziz Baxtiyorov, Salazarov, Muzaffar Murodovich, Diwikiped, Khasan azim1, Kamol Azzam, Mrshaxas va boshqa foydalanuvchilar, iltimos, ovoz berish va fikr bildirishda faol boʻling. ANJANIY!!#suhbat 22:40, 17-Iyul 2023 (UTC)[javob berish]

Fikrlar tahrir

Asosiy maqola ham yaratilgan boʻlishi kerak. Olib tashlash yoki yaratish kerak. Umarjon Rahimov (munozara) 23:20, 17-Iyul 2023 (UTC).[javob berish]

 Yaratildi.ANJANIY!!#suhbat 02:19, 20-Iyul 2023 (UTC)[javob berish]

Rozilar tahrir

Qarshilar tahrir

  1.  Qarshiman. Maqolani Xushsifat statusigacha ishlash kerak – Artemev Nikolay (munozara) 08:08, 18-Iyul 2023 (UTC)[javob berish]
  2.  Qarshiman -Preambula qismi juda qisqa! Maqola hajmi ham statusbop emas. Yana ishlash kerak! PanPanChik #yozish 14:43, 21-Iyul 2023 (UTC)[javob berish]
  3.  Qarshiman — Status uchun munosib emas (hozircha). Salazarov 15:37, 23-Iyul 2023 (UTC)[javob berish]
  4.  Qarshiman — Maqola hajmi juda kichkina. Sitora Rashidova (munozara) 13:08, 28-Iyul 2023 (UTC).[javob berish]

Betaraflar tahrir

Xulosa tahrir

 Bajarilmadi — berilgan muddat ichida birorta ham rozi ovoz ololmadi, nominator maqolaga boʻlgan qiziqishini yoʻqotgan shekilli, 18-iyul kun yozilgan fikrga javob ham bermagan. Jamshid Nurqul (munozara) 19:55, 29-Iyul 2023 (UTC)[javob berish]

Yuqoridagi munozara yopiq. Iltimos, bu yerga oʻzgartirishlar kiritmang.
Iltimos, bu yerga oʻzgartirishlar kiritmang.

Indoneziyada turizm tahrir

Nominator(lar): Mirfayzbekabdullayev. (munozara) 15:57, 3-Iyul 2023 (UTC)[javob berish]

Assalomu alaykum. Men ushbu maqolani „Xushsifat maqola“ statusiga nomzodlikka taqdim etyapman. Maqola ingliz tilidan tarjima qilindi. Iltimos oʻz fikrlaringizni qoldiring. Hurmatli Kagansky, Jamshid Nurqul, Laziz Baxtiyorov, Mirzo-Ulugʻbek Karimov, Munojat Maqsudxonova, Nataev, Muxriddin Azimov, Malikxan, Artemev Nikolay, Alpasli, Humoyun Qodirov, Visola Tangirova, Kamoliddin Azzamov va boshqalar. Eʼtiboringiz uchun oldindan rahmat Mirfayzbekabdullayev. (munozara) 15:57, 3-Iyul 2023 (UTC)[javob berish]

Fikrlar tahrir

  1. Vikifikator tegmagan joylar bor, manbalar orasida probel qolib ketgan va nuqtadan keyin joy (probel) tashalmagan baʼzi joylarda. Abdufattohov Ibrohimjon (munozara) 16:24, 3-Iyul 2023 (UTC)[javob berish]
     Bajarildi Kamchiliklar tuzatildi Mirfayzbekabdullayev. (munozara) 16:49, 3-Iyul 2023 (UTC)[javob berish]
  2. Menga shunday tuyulaptimi yoki baʼzi foydalanuchilar ayana shu uchun wikiga kirishganmi? Rozilar sahifasidagi IP hamda 1 yoki 2 ta foydalanuvchida kõrdim
    Men kim ovoz berganligini bilmayman, rozilik bildirgan hech bir foydalanuvchini tanimayman. Mirfayzbekabdullayev. (munozara) 03:45, 5-Iyul 2023 (UTC)[javob berish]
    Nazarimda hech kim ham bilmaydi. 12 soat oldin kirib darhol ovo bergan chunki MrShaxas #Munozaracha 07:03, 5-Iyul 2023 (UTC)[javob berish]
  3. Mazkur nomzod uchun ovoz berganlardan qoʻgʻirchoqbozlik holati sezilmoqda. Rozi ovozlar qayta tekshirilib, ovoz berish huquqi mavjud boʻlmaganlar hamda IP orqali ovoz berganlar hisobdan chiqarilishini soʻrayman. Xulosa chiqarishda shu holatlar inobatga olinsa yaxshi boʻlardi. Laziz Baxtiyorov (munozara) 16:20, 8-Iyul 2023 (UTC)[javob berish]
  4. Tarjima qilganda baʼzi bir ensiklopedik ahamiyatga ega mavzudagi soʻzlarga ichki havolalar koʻrsatilmagan. Balki qizil boʻlib qolgani uchun ichki havola koʻrsatilmagandir. Tarjima qilingan maqolaga qarab koʻrsatilmagan ichki havolalarni qoʻyib chiqish kerak. — Kagansky munozara 14:58, 13-Iyul 2023 (UTC)[javob berish]
     Bajarildi Assalomu alaykum. Ensiklopedik ahamiyatga ega mavzudagi soʻzlarga ichki havolalarni qoʻshdim. Mirfayzbekabdullayev. (munozara) 17:25, 13-Iyul 2023 (UTC)[javob berish]
    Aha, lekin aksariyat rasmlarga berilgan izohlarda bu holat kuzatilmayapti. — Kagansky munozara 19:50, 14-Iyul 2023 (UTC)[javob berish]
     Bajarildi Toʻgʻirlab, rasm izohlariga ichki havolalarni qoʻshdim.

Rozilar tahrir

  1.  Roziman - Omad!Donokhon (munozara) 11:19, 4-Iyul 2023 (UTC)[javob berish]
  2.  Roziman Zakovatium (munozara) 16:16, 3-Iyul 2023 (UTC)[javob berish]
  3.  Roziman — Maqola hajm jihatdan XMga mos. Nominatorga omad --Hasan Alimov (munozara) 19:01, 3-Iyul 2023 (UTC)[javob berish]
     Roziman 213.230.87.147 03:14, 4-Iyul 2023 (UTC) Anonim ovozlar hisobga olinmaydi. — Kagansky munozara 18:33, 11-Iyul 2023 (UTC)[javob berish]
  4.  Roziman — Gʻalizliklar yoʻq ekan. Tashakkurlar. PandaSamarkand1234 (munozara) 06:04, 4-Iyul 2023 (UTC)[javob berish]

Qarshilar tahrir

  1.  Qarshiman – Maqolada uslubiy gʻalizliklar koʻp. Bundan tashqari, tashkilot va muassasa nomlarni tarjima qilayotganingizda eʼtibor bering — ingliz tilidan farqli, faqat birinchi soʻzda bosh harfdan foydalaniladi. Hozircha toʻgʻri kelmaydi. Toʻgʻrilansa, ovoz oʻzgartirilishi mumkin. — Kamol Azzam (munozara) 06:22, 4-Iyul 2023 (UTC)[javob berish]
     Bajarildi Kamchiliklar toʻgʻirlandi Mirfayzbekabdullayev. (munozara) 07:23, 4-Iyul 2023 (UTC)[javob berish]

Betaraflar tahrir

  1.  Betarafman — Rozilik yoki qarshilikni berishga ikkilandim! Shuningdek yuqoridagi holatlar menga qoʻgʻirchoqbozlikdek tuyulyapti. MrShaxas #Munozaracha 19:24, 12-Iyul 2023 (UTC)[javob berish]

Xulosa tahrir

 Bajarilmadi — Maqola matnida uslubiy gʻalizliklar koʻp. Jamshid Nurqul (munozara) 01:47, 16-Iyul 2023 (UTC)[javob berish]

Yuqoridagi munozara yopiq. Iltimos, bu yerga oʻzgartirishlar kiritmang.
Iltimos, bu yerga oʻzgartirishlar kiritmang.

Saidjamshid Jafarov tahrir

Nominator(lar): Xasanboy off (munozara) 13:22, 2-Iyul 2023 (UTC)[javob berish]

Assalomu alaykum.Saidjamshid Jafarov haqidagi maqola Rus tilidan tarjima qilingan va mustaqil ravishda toʻldirilgan „Xushsifat maqola“ statusi uchun nomzodlikka taqdim etmoqchiman. Hurmatli Kagansky, Jamshid Nurqul, Laziz Baxtiyorov, Mirzo-Ulugʻbek Karimov, Munojat Maqsudxonova, Nataev, Muxriddin Azimov, Malikxan, Artemev Nikolay, Alpasli, Humoyun Qodirov, Visola Tangirova, Kamoliddin Azzamov va boshqa foydalanuvchilar fikringizni bildirib, ovoz berishingizni soʻrab qolaman! Xasanboy off (munozara) 13:22, 2-Iyul 2023 (UTC)[javob berish]

Fikrlar tahrir

Maqolaning preambula qismi juda qisqa yozilgan, shuningdek nazarimda asosiy urgʻu shaxsga emas qandaydir yillar seriyasiga qaratilgan. Salkam roʻyxat holida yozilganga oʻxshaydi. Maqola Saidjamshid Jafarovning oʻzi haqida emas uning yutuqlari haqidagina hikoya qilgan. XM statusiga munosib boʻlishi uchun yana maʼlumotlar bilan boyitilishi darkor. PanPanChik #yozish 05:21, 3-Iyul 2023 (UTC)[javob berish]

Saidjamshid Jafarov haqidagi maqolaga maʼlumotlarni qoʻshyabman koʻp manbalarda asosan yutuqlari haqida maʼlumotlar berilgan ekan. Xasanboy off (munozara) 11:39, 3-Iyul 2023 (UTC).[javob berish]

Rozilar tahrir

Qarshilar tahrir

  1.  Qarshiman. Birinchi navbatda koʻzga tushgan kamchiliklar: Maqolaning kirish qismi judayam qisqa; Maqola matni xronologik roʻyxat tarzida yilga urgʻu berib yozilgan. Maqolaning mavzusi yil emas, kishi haqida. XM statusiga mos emas. — Kagansky munozara 13:27, 2-Iyul 2023 (UTC)[javob berish]
  2.  Qarshiman. Maqolani Xushsifat statusigacha ishlash kerak. — Artemev Nikolay (munozara) 19:00, 8-Iyul 2023 (UTC)[javob berish]
  3.  Qarshiman. Nomzodlikka qoʻyilganidan beri 10 kun oʻtdi. Shu vaqt ichida maqola yanada yaxshilanishga harakat qilinmabdi. — Muxriddin Azimov (munozara) 18:39, 13-Iyul 2023 (UTC)[javob berish]

Betaraflar tahrir

Xulosa tahrir

 Bajarilmadi — Berilgan vaqt ichida birorta ham rozi ovoz ololmadi. Jamshid Nurqul (munozara) 01:38, 16-Iyul 2023 (UTC)[javob berish]

Yuqoridagi munozara yopiq. Iltimos, bu yerga oʻzgartirishlar kiritmang.
Iltimos, bu yerga oʻzgartirishlar kiritmang.

Qizil tulki tahrir

Nominator(lar): T6rabek (munozara) 09:15, 26-Iyun 2023 (UTC)[javob berish]

Assalomu alaykum. Bu maqola ingliz tilidan tarjima qilingan boʻlib, eng keng tarqalgan, 45 ta (ayrim manbalarda 47 ta) kichik turga ega boʻlgan „Qizil tulkilar“ haqida. Hurmatli Kagansky, Jamshid Nurqul, Laziz Baxtiyorov, Mirzo-Ulugʻbek Karimov, Munojat Maqsudxonova, Nataev, Muxriddin Azimov, Malikxan, Artemev Nikolay, Alpasli, Humoyun Qodirov, Visola Tangirova, Kamoliddin Azzamov va boshqa foydalanuvchilar fikringizni bildirib, ovoz berishingizni soʻrab qolaman! T6rabek (munozara) 09:15, 26-Iyun 2023 (UTC)[javob berish]

Fikrlar tahrir

Avtomat tarjimaning alomatlari yaqqol koʻrinib turibdi. Toʻliq qayta tekshirib chiqing. — Kagansky munozara 09:44, 26-Iyun 2023 (UTC)[javob berish]
Ayrim joylarini toʻgʻirladim, qayta tekshirib koʻra olasizmi? T6rabek (munozara) 10:46, 26-Iyun 2023 (UTC)[javob berish]
Qaytadan tahrirlab bilgiqutini va rasmlarini ham olib oʻtsangiz yaxshi boʻlar edi. Misol Qizil panda maqolasini bir koʻring goʻzal qilib qilingan. — Abdufattohov Ibrohimjon () 10:10, 26-Iyun 2023 (UTC)[javob berish]
Bilgiqutini qoʻshdim, rahmat fikringgiz uchun :). T6rabek (munozara) 11:42, 26-Iyun 2023 (UTC)[javob berish]
Aytilgan bitta kichik xatoni tuzatib, qayta koʻrib bering, deb soʻrayvermang. Maqola qariyb boshdan-oyoq mashina tarjimasi. Har bir gapni tekshirib, tuzatib chiqsangizgina status olishi mumkin. Oddiy misol, Yevroosiya degan narsa yoʻq. Yevrosiyo bor. Nataev munozara 13:26, 26-Iyun 2023 (UTC)[javob berish]
Men ham faqatgina bitta xatoni toʻgʻirlab soʻraganim yoʻq. Butun boshli maqolani oʻqib, hamma xatoliklarni toʻgʻirlashga harakat qilyapman. T6rabek (munozara) 13:38, 26-Iyun 2023 (UTC)[javob berish]
T6rabek; Inglizcha Vikipediyada jadvallari va 116 ta manbasi bor. Sizda esa bunday emas. Ularni olib oʻtish kerak. Salazarov 14:39, 26-Iyun 2023 (UTC)[javob berish]
Matn jiddiy qayta ishlashga muhtoj. Avtomat tarjima ekanligi yaqqol sezilib turibdi. EnWikida maqola status olgan ekan. Lekin u yerda matn nisbatan uzun, jadvallar mavjud hamda suratlari koʻp ekan. Manbalari soniga qaralganda ham EnWikida 116 ta, UzWikidagi maqolada esa 28 ta. Goʻyoki davom etayotgan tanlov uchun pala partish tarjima qilib chiqilganga oʻxshaydi. Laziz Baxtiyorov (munozara) 14:07, 26-Iyun 2023 (UTC)[javob berish]
  1. Shimoliy yarimshar qoʻshib yoziladi.
  2. Qazilma davri: Oʻrta Pleystotsendan-hozirgacha,… (bilgiqutida). Bu yerda qazilma soʻzi mavzuga umuman mos emas. Bilgiqutini tahrir qilib, yaxshiroq soʻzga almashtirilishi kerak.
  3. Xavotirsiz hayvonlar roʻyhati? Balki xavfsiz hayvonlar roʻyhatidir?
  4. …yaʼni ularning tanalari leykistik va melanistik ranglarni ishlab chiqaradi[5]… Shunda tana rang ishlab chiqaradimi?
  5. Shimoliy tulkilar katta va yorqin rangga ega. „Rang“ soʻzi uchun „katta“ sifati ishlatilishiga birinchi bor duch kelyabman.
  6. Manbalar orasida joy tashlanmaydi! (…juda kam farq borligini koʻrsatadi[24] [25]. Genetik…)
  7. Havolalar boʻlimidagi baʼzi soʻzlar tarjima qilinmagan.

Sanaydigan boʻlsak, shu kabi mayda hatoliklar juda ham koʻp. Goʻyoki, Laziz Baxtiyorovning fikri toʻgʻridek. ANJANIY!!#suhbat 17:49, 26-Iyun 2023 (UTC)[javob berish]

Fikiringiz uchun rahmat. Keyingi maqolalarimda bularni albatta toʻgʻirlashga harakat qilyapman. Faqat „Hatoliklar“ soʻzi boʻgʻiz undoshi „x“ bilan yoziladi, yaʼni „xatoliklar“. T6rabek (munozara) 18:24, 26-Iyun 2023 (UTC)[javob berish]
Fikiringiz (Fikringiz) uchun rahmat. Keyingi maqolalarimda bularni albatta (, albatta,)toʻgʻirlashga (toʻgʻirlashga) harakat qilyapman (qilaman). Faqat "Hatoliklar" („Hatoliklar“) soʻzi (soʻzi) boʻgʻiz (boʻgʻiz) undoshi "x" („x“) bilan yoziladi, yaʼni (yaʼni) "xatoliklar" „xatoliklar“.ANJANIY!!#suhbat 10:10, 28-Iyun 2023 (UTC)[javob berish]
Muhokama vaqti vikifikatorlanmagan jumlalarga e'tibor berish shart emas. Muhimi maqolada vikifikatorlanish ahamiyatliroq. Komrontoy (munozara) 06:27, 1-Iyul 2023 (UTC)[javob berish]
3. Unday deb oʻylamayman. T6rabek (munozara) 18:44, 26-Iyun 2023 (UTC)[javob berish]

Qo'shimcha fikrlar tahrir

Maqola tarjimasi juda yomon holatda. Masalan

  1. Gʻarbiy Yevropada tugʻilgan yaʼni mahalliy yagona tulki. Bu nima degani? Nima uni tugʻilishiga kimdir doyalik qilganmi? Gʻaliz jumla uni tushunarliroq qilish kerak.
  2. Yana qarang boʻlimi ham xato rasmiylashtirilgan. Yana qarang boʻlimi ayni Vikipediyada mavjud boʻlgan va maqolaga aloqador boshqa maqolalrga yoʻnaltirilishi kerak aslida.
  3. "Dunyodagi sutemizuvchilar turlari" kitobining 3-nashri, bu jumla: bu kitob oʻzbekchaga tarjima qilinganmi? Rasmiy tarjimasi boʻlmasa kitoblar nomlarini aslicha qolishi kerak emasmi?
  4. Ayrim oʻrinlarda snoskalar ham notoʻgʻri qoidaga zid tarzda rasmiylashtirilgan.
  5. Bilgiqutidagi qizil wikilinklar ham notoʻgʻri rasmiylashtirilish oqibatida shu holga kelgan.
  6. Clade andozasi tarkibini ham qayta koʻrib chiqish darkor. Nomlarni toʻgʻri yozish orqali Vikipediyada mavjud boshqa maqolalarga ulash mumkin boʻladi.
  7. Bu tur Yevroosiyadan kelib chiqqan bo'lib, Pleystotsen davrining O'rta Villafranchian davrida yashagan Vulpes alopecoides yoki unga bog'liq bo'lgan xitoy Vulpesdan shakllangan boʻlishi mumkin bu oʻrinda esa ham gʻalizlik ham vikifikatorlanmagan holatning guvohi boʻldim.
  8. Genetik xilma-xillikning yoʻqligi, qizil tulkini juda epchil tur boʻlishiga olib keladi, olib keldimi yoki sabab boʻldimi? Komrontoy (munozara) 06:22, 1-Iyul 2023 (UTC)[javob berish]

Rozilar tahrir

Qarshilar tahrir

  1.  Qarshiman Maqola ustida yetarlicha ishlanmagan. Avtomat tarjima nuqsonlari bor, asosan, joy nomlarida. Masalan, (San-Fransisko, 46-chi , Dunyodagi sutemizuvchilar turlarining 3-nashri 45 ta kichik tur mavjudligini aytib oʻtgan, tarjima qilinmagan: and, ([11]). Manba qavsga olingan) yana koʻp qismda ' va ʻ ishlatishda xatoliklar mavjud. Bu xatoliklar tuzatilgandagina oʻz ovozimi oʻzgartiraman. MrShaxas #Munozaracha 10:39, 26-Iyun 2023 (UTC)[javob berish]
    Xatoliklarni to'g'irladim, qayta ko'rib chiqa olasizmi? T6rabek (munozara) 11:05, 26-Iyun 2023 (UTC)[javob berish]
    Feyrbanks, Virjiniya bilogik atamaga uncha tushunmasamda binomial nomi bu ham bor, mumki, Toshga aylanga hayvon, "Dunyodagi sutemizuvchilar turlari" bunda qoʻshtirnoq ishlatishda xatolik.
    Uzr vaqtida javob yoza olmagandim. MrShaxas #Munozaracha 13:22, 8-Iyul 2023 (UTC)[javob berish]
  2. Fikrlar boʻlimidagi izohimdan kelib chiqqan holda  Qarshiman. — — Bu xabarni Laziz Baxtiyorov (munozara · hissasi) yozdi, lekin imzo qo‘ymadi
  3.  Qarshiman. Sababi — fikrlar boʻlimidagi izohim. — — Bu xabarni Anjaniy (munozara · hissasi) yozdi, lekin imzo qo‘ymadi
  4.  Qarshiman. EnWikidan oʻta chala va judayam koʻp kamchiliklar bilan avtomat tarjima qilingan. XM statusi kriteriylariga umuman mos emas. — Kagansky munozara 18:08, 26-Iyun 2023 (UTC)[javob berish]

Betaraflar tahrir

Xulosa tahrir

 Bajarilmadi — faqat qarshi ovozlar bor, rozilar yoʻq. Jamshid Nurqul (munozara) 10:58, 9-Iyul 2023 (UTC)[javob berish]

Yuqoridagi munozara yopiq. Iltimos, bu yerga oʻzgartirishlar kiritmang.
Iltimos, bu yerga oʻzgartirishlar kiritmang.

Samoviy otlar urushi tahrir

Nominator(lar): DMahmudova (munozara) 19:14, 20-Iyun 2023 (UTC)[javob berish]

Assalom-u alaykum, ushbu maqolani „Xushsifat maqola“ statusi uchun nomzodlikka taqdim etmoqchiman. Maqola bilan tanishib chiqing, xato va kamchiliklari boʻlsa tuzatishga yordamlashing yoki „Fikrlar“ boʻlimida yozib qoldiring. Hurmatli, MirzoUlugʻbek Karimov, Kagansky, Alpasli, Nataev, Malikxan, Artemev Nikolay, Jamshid Nurqul, Umarjon Rahimov, Muxriddin Azimov, Laziz Baxtiyorov, Humoyun Qodirov, Muzaffar Murodovich, Husniddin Rasulov, Salazarov, Kamol Azzam va boshqalar, iltimos, ovoz bering DMahmudova (munozara) 19:14, 20-Iyun 2023 (UTC)[javob berish]

Fikrlar tahrir

  1. Snoskalar qavsdan keyin qoʻyiladi.
  2. Mana bu yerda chiziqcha tushib qolgan.
  3. Mana bu yerda vergul tushib qolgan.
  4. Otlar boʻlimida oʻ/gʻ ishlatilishi bilan bogʻliq xatoliklar mavjud.
  5. Oʻzbek tili alifbosida mavjud boʻlmagan harfdan foydalanilgan. ANJANIY!!#suhbat 14:33, 28-Iyun 2023 (UTC)[javob berish]
    Tuzatildi DMahmudova (munozara) 05:13, 2-Iyul 2023 (UTC)[javob berish]

Rozilar tahrir

Qarshilar tahrir

Betaraflar tahrir

Xulosa tahrir

 Bajarilmadi. Maʼlum muddat davomida birorta ham ovoz toʻplay olmadi. Jamshid Nurqul (munozara) 16:40, 2-Iyul 2023 (UTC)[javob berish]

Yuqoridagi munozara yopiq. Iltimos, bu yerga oʻzgartirishlar kiritmang.
Iltimos, bu yerga oʻzgartirishlar kiritmang.

Bektemir Meliqoʻziyev tahrir

Nominator(lar): ANJANIY!!#suhbat 08:21, 12-Iyun 2023 (UTC)[javob berish]

Assalomu alaykum, hammaga. Ushbu maqolani Xushsifat maqola statusi uchun nomzodlikka qoʻymoqchi edim. Iltimos, fikringizni bildiring. Hurmatli Kagansky, Jamshid Nurqul, Laziz Baxtiyorov, Mirzo-Ulugʻbek Karimov, Munojat Maqsudxonova, Nataev, Muxriddin Azimov, Malikxan, Artemev Nikolay, Alpasli, Humoyun Qodirov, Visola Tangirova, Kamoliddin Azzamov va boshqalar, ovoz bering. Hurmat bilan, Anjaniy ANJANIY!!#suhbat 08:21, 12-Iyun 2023 (UTC)[javob berish]

Fikrlar

  1. Meliqoʻziev bir qancha ogʻir zarbalar bilan raqibini sekin-asta magʻlub etib, toʻrtinchi raundda texnik nokaut bilan gʻalaba qozondi. Ushbu jumlada gʻalizlik bor. Familiyaning yozilishiga ham eʼtiborli boʻling. --Hasan Alimov (munozara) 08:35, 12-Iyun 2023 (UTC)[javob berish]
  2. „...ammo Rosado kutilmaganda uchinchi raundda Meliqoʻzievni kuchli ustunlik bilan ushlab oldi va unga kuchli zarba berdi. Meliqoʻziev oʻzini tiklay olmadi mgʻlub boʻldi.“ Shu kabi gʻaliz jumlalar anchagina. Maqolani nomzodlikka qoʻyishdan oldin yozilgan jumlalarning maʼnosiga va imlosiga (round va raund soʻzlaridan foydalanish) eʼtibor berib, xatoliklarni bartaraf etsangiz maqsadga muvofiq boʻlardi. Hasan Alimov (munozara) 08:47, 12-Iyun 2023 (UTC)[javob berish]

Muzaffar Murodovichdan fikrlar

  1. Kirish qismida maqola nomi qalin boʻlishi kerak. Muzaffar Murodovichmunozara 12:42, 12-Iyun 2023 (UTC)[javob berish]
  2. Bilgiqutidagi maʼlumotlarni koʻpaytirish kerak (ruwikida ancha koʻp) . Muzaffar Murodovichmunozara 12:42, 12-Iyun 2023 (UTC)[javob berish]
  3. Davlat nomiga -lik qoʻshimchasi qoʻshilganda avlat nomi kichik harfda yoziladi. (Shri-Lankalikni toʻgʻirlash kerak. Muzaffar Murodovichmunozara 12:42, 12-Iyun 2023 (UTC)[javob berish]
  4. Maqolada kishi ismlari koʻp kelgan. Ammo deyarlik barcha kishi ismlari asliday yozilmagan. Muzaffar Murodovichmunozara 12:42, 12-Iyun 2023 (UTC)[javob berish]
  5. VP:IVGga muvofiq maqoladagi barcha oktabr va sentabr soʻzlarini mos ravishda oktyabr va sentyabr soʻzlariga almashtirish kerak. Muzaffar Murodovichmunozara 12:42, 12-Iyun 2023 (UTC)[javob berish]
  6. Meliqoʻziev yoki Meliqoʻziyev? Maqolada ikkalasini ham koʻrdim. Muzaffar Murodovichmunozara 12:42, 12-Iyun 2023 (UTC)[javob berish]
  7. Jadvalning 8-tartib raqami, 2-ustundagi yoʻqmi yoki Magʻlubiyat? Muzaffar Murodovichmunozara 12:42, 12-Iyun 2023 (UTC)[javob berish]
    Magʻlubiyat. Lekin bunday andoza yoʻq ekan. Yaʼni gʻalaba uchun andoza:yes2 ni ishlatdim. Ammo andoza:no2 degani yoʻq ekan. Qanday andoza ishlatish mumkinligi haqida maʼlumot bera olasizmi, iltimos. ANJANIY!!#suhbat 19:08, 12-Iyun 2023 (UTC)[javob berish]
    {{no2}} andozasi yaratildi va maqolaga qoʻshildi. Muzaffar Murodovichmunozara 07:30, 15-Iyun 2023 (UTC)[javob berish]
  8. Kalifornia emas, Kaliforniya deb yoziladi. Muzaffar Murodovichmunozara 12:42, 12-Iyun 2023 (UTC)[javob berish]
  9. Yutuqlari boʻlimidagi apostroflar oʻrniga okinalarni qoʻyish kerak. Muzaffar Murodovichmunozara 12:42, 12-Iyun 2023 (UTC)[javob berish]
    Qalin yozuv qilish maqsadida ishlatilgan opostroflarni aytyabsizmi? Qanday okinalarga almashtirish kerak, tushunmadim. ANJANIY!!#suhbat 20:28, 12-Iyun 2023 (UTC)[javob berish]
    Mana bu tahrirdan bilib olsangiz boʻladi. Muzaffar Murodovichmunozara 07:32, 15-Iyun 2023 (UTC)[javob berish]
xulosam: maqolani yuzaki tekshirgan boʻlsam-da, xatolari juda koʻp. Toʻliq qayta koʻrib, yana qayta nomzodlikka qoʻysangiz boʻladi. Muzaffar Murodovichmunozara 12:42, 12-Iyun 2023 (UTC)[javob berish]
 Bajarildi. 7- va 9-dan tashqari qolgan hammasi toʻgʻirlandi, toʻldirildi. Qayta oʻqib chiqib, oʻz fikringizni qayta bildirsangiz boʻladi. ANJANIY!!#suhbat 20:29, 12-Iyun 2023 (UTC)[javob berish]

Rozilar tahrir

Qarshilar tahrir

  1.  Qarshiman — Yuqorida fikrlarimni keltirdim. Muzaffar Murodovichmunozara 12:42, 12-Iyun 2023 (UTC)[javob berish]
  2.  Qarshiman — „Fikrlar“ boʻlimida bildirilgan fikrlarim muallif tomonidan eʼtiborsiz qodirildi. Maqolada imlo xatolar va gaplarda gʻalizlik(lar) mavjud. — Bu xabarni Hasan Alimov (munozara · hissasi) yozdi, lekin imzo qo‘ymadi
  3.  Qarshiman. Maqolada judayam koʻp xato va kamchiliklar kuzatiladi: bilgiqutida — oʻchirilgan rasmning matni haligacha oʻchirilmagan, laqabi „(ruscha: Bek xuligan)“ deb yozilgan (UzWikida tarjima oʻzbekchada yoziladi va lang andozasi bu oʻrinda ishlatilmaydi), „Super oʻrta vazn“ va „Southpaw pozitsiyasi“ga ichki havola EnWikiga koʻrsatilgan, Yarim ogʻir vazn toifasi „Yengil vazn“ deb xato tarjima qilingan, Fargʻona shahrida tugʻilgan deb yolgʻon maʼlumot kiritilgan, „2016 Rio-de-Janeyro“dan boshqa barcha Xalqaro musoboqalarga ichki havola koʻrsatilmagan; preambulada — Ensiklopedik ahamiyatga molik mavzudagi soʻzlarga (masalan, Shoimbek qishlogʻi, boks, professional boks) ichki havola koʻrsatilmagan, Yarim ogʻir vazn toifasi „Yengil vazn“ deb xato tarjima qilingan. Qolganlarini yozib oʻtirmayman. Statusga noloyiqligining eng katta 4 alomati: maqolaning predmeti haqidagi maʼlumot XM statusi uchun mos ravishda toʻliq yoritilmagan, tarjimada xatoliklarga yoʻl qoʻyilishi natijasida maqolaning mazmuni bilgiquti va kirish qismidayoq butkul oʻzgarib ketgan, matnni Vikifikatsiya qilish va ichki havolalarni koʻrsatish bilan bogʻliq xatolarga yoʻl qoʻyilgan va eng asosiysi, barcha iddaolar nufuzli va mustaqil manba bilan tasdiqlanmagan. — Kagansky munozara 17:30, 24-Iyun 2023 (UTC)[javob berish]

Betaraflar tahrir

  1.  Betarafman — Maqola ustida biroz mehnat qilib, keyinroq qayta nomzodlikka qoʻyishni maslahat beraman. Muxriddin Azimov (munozara) 18:37, 12-Iyun 2023 (UTC)[javob berish]

Xulosa tahrir

 Bajarilmadi — Maʼlum muddat davomida yetarlicha ovoz toʻplay olmadi. Foydalanuvchilar tomonidan keltirilgan kamchiliklar tuzatilib, keyinchalik statusga qoʻyish mumkin. Salazarov 19:49, 25-Iyun 2023 (UTC)[javob berish]

Ushbu sahifada boshqa tahrir qilinmasligi lozim.
Iltimos, bu yerga oʻzgartirishlar kiritmang.

Mulla Bozor Oxund ziyoratgoh majmuasi tahrir

Nominator(lar): Komilhuja 22:19, 10-Iyun 2023 (UTC)[javob berish]

Ushbu maqola Namangan viloyatidagi tarixiy ziyoratgoh haqida hisoblanadi. Ushbu ziyoratgoh majmuasida Boborahim Mashrabning ustozi boʻlmish Mulla Bozor Oxundning qabri hamda jome masjidi joylashgan. Hurmatli vikipediya administratorlari hamda faol foydalanuvchilar ushbu maqola haqida oʻz fikrlaringizni yozib qoldirishingizni soʻrab qolaman. Komilhuja 22:19, 10-Iyun 2023 (UTC)[javob berish]

Rozilar tahrir

Qarshilar tahrir

  1.  Qarshiman Plagiat 70 % oshiq. Abdufattohov Ibrohimjon () 04:36, 11-Iyun 2023 (UTC)[javob berish]
    Assalomu aleykum. Ushbu mavzuga oid ma`lumotlarni barchasi bitta bir hil manbadan olinganligi sababli shunday bo`ldi. Albatta buni to`grilayman. Komilhuja 11:35, 17-Iyun 2023 (UTC)[javob berish]

Betaraflar tahrir

Xulosa tahrir

 Bajarilmadi. Maʼlum muddat davomida yetarli ovoz toʻplay olmadi. Muzaffar Murodovichmunozara 16:04, 10-Iyul 2023 (UTC)[javob berish]

Yuqoridagi munozara yopiq. Iltimos, bu yerga oʻzgartirishlar kiritmang.
Iltimos, bu yerga oʻzgartirishlar kiritmang.

Ben Bernanke tahrir

Nominator(lar): Umarjon Rahimov (munozara).

Hurmatli foydalanuvchilar, maqola Xushsifat maqomi uchun nomzodlikka berilmoqda. Hech qaysi tilda status olmagan. Fikringizni bildiring. Hurmatli Kagansky, Jamshid Nurqul, Laziz Baxtiyorov, Mirzo-Ulugʻbek Karimov, Munojat Maqsudxonova, Nataev, Muxriddin Azimov, Malikxan, Artemev Nikolay, Alpasli, Humoyun Qodirov, Visola Tangirova, Kamol Azzam va boshqalar, ovoz bering. Hurmat bilan, Umarjon Rahimov (munozara) 17:18, 10-Iyun 2023 (UTC).[javob berish]

Fikrlar tahrir

Rozilar tahrir

Qarshilar tahrir

Betaraflar tahrir

Xulosa tahrir

 Bajarilmadi Nomzod oʻtgan muddat (15 kun) davomida yetarli darajada ovozlar toʻplay olmadi. Qayta nomzodlikka koʻrsatilishi mumkin. Laziz Baxtiyorov (munozara) 08:52, 25-Iyun 2023 (UTC)[javob berish]

Ushbu sahifada boshqa tahrir qilinmasligi lozim.
Iltimos, bu yerga oʻzgartirishlar kiritmang.

Andijonsoy tahrir

Nominator(lar): Finikchik 09:07, 10-Iyun 2023 (UTC)[javob berish]

Hammaga salom, ushbu maqolani „Xushsifat maqola“ statusi uchun nomzodlikka taqdim etmoqchiman. U ruscha vikipediyada „Xushsifat maqola“ statusini olgan. Maqola oldin yaratilgan. Unga ruscha vikipediyadan maʼlumotlar olib qoʻshdim. Maqola bilan tanishib chiqing, xato va kamchiliklari boʻlsa tuzatishga yordamlashing yoki „Fikrlar“ boʻlimida yozib qoldiring. Hurmatli, MirzoUlugʻbek Karimov, Kagansky, Alpasli, Nataev, Malikxan, Artemev Nikolay, Jamshid Nurqul, Umarjon Rahimov, Muxriddin Azimov, Laziz Baxtiyorov, Humoyun Qodirov, Muzaffar Murodovich, Husniddin Rasulov, Salazarov, Visola Tangirova, Kamol Azzam va boshqalar, iltimos, ovoz bering Finikchik 09:07, 10-Iyun 2023 (UTC)[javob berish]

Ma’lumot uchun, Vikipediya soʻzini bosh harf bilan yozamiz. ;) — Kagansky munozara 01:45, 13-Iyun 2023 (UTC)[javob berish]

Fikrlar tahrir

Andijonsoy oʻzanidan oldingi boʻlgan qismida Qoradaryoga bogʻliqligi kam boʻlgan mustaqil daryo sifatida harakatlanadi — mana shu jumlani aniqlashtirish kerak ekan Laziz Baxtiyorov (munozara) 12:31, 10-Iyun 2023 (UTC)[javob berish]

Tuzatildi. Finikchik 13:15, 10-Iyun 2023 (UTC)[javob berish]
Kirish qismini koʻpaytirish kerak ekan. — Kagansky munozara 06:50, 11-Iyun 2023 (UTC)[javob berish]
Assalomu alaykum, manbalarni aytganingizdek koʻrsatdim, kirish qismi uchun internetni rosa kovladim ammo ishochli bir manba topa olmadim, topsam ham maqolani ichidagi bor gaplar. Lekin, maqolani oʻzidan ikkita gap olib qoʻshdim, oʻquvchi bir koʻrishda maqola haqida asosiy maʻlumotlarga ega boʻluvchi. Fikringizni kutaman Finikchik 07:23, 13-Iyun 2023 (UTC)[javob berish]
Ajoyib! RuWikidagi statusli maqolada manbalarning soni 13 ta. Ularni barchasini koʻrsatish kerak boʻladi. — Kagansky munozara 08:13, 15-Iyun 2023 (UTC)[javob berish]
Baʼzi manbalar andoza koʻrinishida berilgani uchun ozgina qiynalgan edim, lekin oʻrganib oldim qanday qoʻyishni, 13 ta manbani barchasi koʻrsatildi Finikchik 12:53, 15-Iyun 2023 (UTC)[javob berish]

Rozilar tahrir

  1.  Roziman — RuWikida XM. Har bir boʻlim manbalar bilan tasdiqlangan. Tarjimada gʻalizliklar koʻrmadim. Salazarov 09:11, 10-Iyun 2023 (UTC)[javob berish]
  2.  Roziman — Visola Tangirova(menga yozish!) 10:01, 10-Iyun 2023 (UTC)[javob berish]
     Roziman. XM kriteriylariga mos. — Kagansky munozara 06:48, 11-Iyun 2023 (UTC) Ovoz berishda ozgina shoshilgan ekanman. Ruscha Vikipediyadan tarjima qilganda bir nechta gaplarning mazmuni butkul oʻzgarib qolgan. Tumanlar haqida ketayotgan gapga esa ularning maʼmuriy markazlariga ichki havolalar koʻrsatilgan. Vodiydagi Qoradaryo oʻrniga Samarqand viloyatidan oqib oʻtuvchi boshqa Qoradaryo (daryo)ga ichki havola koʻrsatilga. Maqola mavzusi menga qiziq uchun ularni tuzatib qoʻydim. Bundan tashqari ikkita xatboshi soʻnggidagi iddao manba bilan tasdiqlanmagan. Umuman olganda manbalar RuWikida koʻrsatilgan, ularni barchasini koʻchirib oʻtishning oʻzi yetarli boʻladi. Shularni koʻrsatib, kirish qismini koʻpaytirish qoldi. — Kagansky munozara 03:18, 13-Iyun 2023 (UTC)[javob berish]
  3.  Roziman. Muzaffar Murodovichmunozara 12:11, 11-Iyun 2023 (UTC)[javob berish]
  4.  RozimanHumoyun Qodirov (munozara) 12:18, 12-Iyun 2023 (UTC)[javob berish]
  5.  Roziman — kerakli maqola, shu bilan birga yaxshi yoritilgan Alpasli (munozara) 14:39, 12-Iyun 2023 (UTC)[javob berish]
  6.  Roziman. RuWikida ham shu satatus berilgan. Statusga arziydi. ANJANIY!!#suhbat 06:03, 23-Iyun 2023 (UTC)[javob berish]

Qarshilar tahrir

  1.  Qarshiman — Shuncha kun turgan boʻlsa ham maqola matni avtomat tarjimaligicha turibdi. Mas.: „Shuningdek, kanalning suvi Andijon shahrida Andijon biokimyo zavodining ehtiyoji va gulzorlarni sugʻorish uchun ishlatiladi“. Jamshid Nurqul (munozara) 10:47, 23-Iyun 2023 (UTC)[javob berish]

Betaraflar tahrir

Xulosa tahrir

 Bajarilmadi. Andijonsoy haqida maqola yaratilgani yaxshi biroq ruschadan tarjima qilinganda bir nechta jumlalarning mazmuni butkul oʻzgarib qolgan. —   Mirzoulug'bek |@  11:28, 23-Iyun 2023 (UTC)[javob berish]

Ushbu sahifada boshqa tahrir qilinmasligi lozim.
Iltimos, bu yerga oʻzgartirishlar kiritmang.

Sardoba Qaynar tahrir

Nominator(lar): Visola Tangirova(menga yozish!) 04:34, 10-Iyun 2023 (UTC)[javob berish]

Assalomu alaykum, Sardoba Qaynar maqolasi rus tilidan tarjima qilindi. Maqola Qo'qon xonligi davrida bunyod etilgan va hozirgi kungacha Toshkentda saqlanib qolgan yagona sardoba haqida. Ushbu maqola ruscha vikipediyada xushsifat statusini olgan. Hamda maqola Vodiy oyligi maqolalari turkumiga ham kiradi.

Hurmatli, Kagansky, Jamshid Nurqul, Umarjon Rahimov, Muxriddin Azimov, Malikxan, MirzoUlugʻbek Karimov, Alpasli, Laziz Baxtiyorov, Salazarov, Humoyun Qodirov, Panpanchik, Muzaffar Murodovich, Husniddin Rasulov, ShohjahonSobirov, Finikchik, Diwikiped, Kamol Azzam va boshqa foydalanuvchilar, iltimos ovoz berishda ishtirok etsangiz! Visola Tangirova(menga yozish!) 04:34, 10-Iyun 2023 (UTC)[javob berish]

Fikrlar tahrir

Avvalo, maqolani yaratganingiz uchun tashakkur! Ayrim oʻrinlarda tushunarsiz qismlariga duch keldim. Bu AT hosilasi boʻlishi mumkin. Shu sababli ayrim oʻrinlariga izoh bersangiz, ehtimol bu aslida ham shundan boshqacharoq tarjima qilinmas:

  1. Gumbaz bulogʻi kichik Omonqulsoy suv oqimini oʻzlashtiradi. Bu soʻzning maʼnosi nima? Buloq suv oqimini qanday oʻzlashtiradi?
  2. Anʼanalarga ko‘ra Gumbaz qurilishi 19-asrga to‘g‘ri keladi. Jumladan tushunadigan boʻlsak, anʼanalarga koʻra barcha gumbazlarning qurilishi 19-asrga borib taqaladimi?
  3. Uning taʼkidlashicha, uning gʻishtlari, hech boʻlmaganda, baʼzi oldingi binolarning xarobalaridan qolgan qadimgi gʻishtlarni oʻz ichiga oladi Shunda u yaʼni olimning taʼkidlashicha olimning gʻishtlari boshqa xaroba gʻishlarini oʻz ichiga oladimi (yoki maʼnoga mosroq qadimgi gʻishtlar bilan qoʻshib qurilganmi)?
  4. „Tarixiy, badiiy yoki oʻzga madaniy qimmatliligi tufayli garov va ipoteka qoʻllanilishi mumkin boʻlmagan obʼektlar roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida — Oʻzbekiston respublikasi Vazirlar mahkamasining 5.12.2014-yildagi 335-son Qarori“ shu holatda yozishni qanchalik toʻgʻri deya baholagansiz? Ehtimol „Tarixiy, badiiy yoki oʻzga madaniy qimmatliligi tufayli garov va ipoteka qoʻllanilishi mumkin boʻlmagan obyektlar roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisi“dagi — Oʻzbekiston respublikasi Vazirlar mahkamasining 5-dekabr 2014-yilgi 335-son Qarori tarzida yozilishi kerakdir?

Shuningdek maqola tarkibida va va va… Bogʻlovchilaridan juda koʻp foydalanganingiz ham yoqimsizroq koʻrinadi.

Maqola sifatini yaxshilab chiqishingizni soʻrab qolar edim. PanPanChik #yozish 08:05, 10-Iyun 2023 (UTC)[javob berish]

Xayrli kun, hurmatli @Panpanchik. Avvalambor xatolarni aniqlashga yordam berganligingiz uchun katta rahmat. Maqolani yana bir bor koʻrib chiqib, xatolarini tuzatib Toshkent oyligida doirasida nomzodlikka qoʻyaman Visola Tangirova(menga yozish!) 09:57, 10-Iyun 2023 (UTC)[javob berish]
Ishlaringizda omad) PanPanChik #yozish 14:15, 10-Iyun 2023 (UTC)[javob berish]
@Visola Tangirova:, yuqoridagi gapingizdan, siz maqolani qayta koʻrib chiqib, keyinchalik nomzodlikka qayta qoʻymoqchisiz degan mazmunda yozgan koʻrinasiz.? Nomzodlikdan hozircha voz kechmoqchimiz? — Kagansky munozara 03:44, 13-Iyun 2023 (UTC)[javob berish]
Assalomu alaykum @Kagansky, ha agar imkoni boʻlsa shunday qilmoqchi edim. Hozir esa maqolani yaxshi holatga keltirib, nomzod sifatida qoldirmoqchiman. Visola Tangirova(menga yozish!) 03:50, 13-Iyun 2023 (UTC)[javob berish]
OK. — Kagansky munozara 04:01, 13-Iyun 2023 (UTC)[javob berish]
  • Maqola uchun tashakkur lekin u hozirgi koʻrinishida gʻirt avtomat tarjimadir. Maqola status olishi uchun u oʻzbek tilida ravon yozilgan boʻlishi kerak. Inson ongi aralashmagan, online tarjimon yordamida qilingan bunday avtomat tarjimalar hech qachon status ololmaydi, munozara qilib Vikipediyadan ham oʻchirilishi mumkin. Maqola matnini boshdan-oyoq qayta koʻrib chiqing! Jamshid Nurqul (munozara) 09:47, 11-Iyun 2023 (UTC)[javob berish]
    tuzatildi @Jamshid Nurkulov Visola Tangirova(menga yozish!) 16:11, 11-Iyun 2023 (UTC)[javob berish]
    Maqolada hali gʻaliz jumlalar, avtomat tarjima unsurlari koʻp. Masalan, kirish qismida „Oʻrta Osiyoning issiq va qurgʻoqchil iqlimi sharoitida suvning oʻrni va ahamiyati alohida boʻlGAN. Shahar va qishloqlarda suvni saqlash va obodonlashtirish maqsadida ochiq suv havzalari — havzalar, karvon yo‘llari bo‘ylab maxsus yopiq suv omborlari — sardobalar qurilDI“, deb yozilgan. Biz guvohi boʻlmagan xabarlar -gan qoʻshimchasi bilan ketgani maʼqul. Oʻzi umuman, „Oʻrta Osiyoning issiq va qurgʻoqchil…“ deb boshlangan va „… bilan daryo yoki yer osti suvlari bilan toʻldirilgan“, deb tugagan joygacha kirish qismiga umuman mos emas. Bu gaplarni kirish qismini koʻproq soʻzli qilib koʻrsatish uchun yozganingizni tushunaman lekin kirish qism maqolaning umumiy mazmunini qisqa bayon etgani maʼqul, sardobalarning qurilish tarixini boshqa boʻlimga yozgan yaxshiroq. Sizga misol sifatida Muzaffar Murodovich yozgan va nomzodlikka qoʻygan Yogʻochli sardoba maqolasining kirish qismini aytish mumkin. Unda kirish qismidagi har bir gap bevosita Yogʻochli sardobaga oid, umumiy tushunchalardan qochilgan. Jamshid Nurqul (munozara) 17:42, 12-Iyun 2023 (UTC)[javob berish]
    Assalomu alaykum, @Jamshid Nurkulov. Maqolani yana bir bor koʻrib xatolarini tuzatishga harakat qildim. Kirish qismidagi Sardoba Qaynarga tegishli boʻlmagan maʼlumotni olib tashladim. Visola Tangirova(menga yozish!) 12:25, 17-Iyun 2023 (UTC)[javob berish]

Rozilar tahrir

  1.  Roziman — Ruscha Vikipediyada bu statusni olgan ekan — Sitora Rashidova (munozara) 07:55, 10-Iyun 2023 (UTC)[javob berish]

Qarshilar tahrir

  1.  Qarshiman — Rus tilidan tarjima juda gʻaliz chiqqan. Tarjimon oʻzi yozayotgan mavzuni toʻliq tushunib yetganiga shubham bor. Mavzuni toʻliq tushunmaslik ortidan gaplarning maʼnosi umuman boshqa tomonga burilib ketgan. Jamshid Nurqul (munozara) 10:37, 23-Iyun 2023 (UTC).[javob berish]
  2.  Qarshiman keltirilgan kamchiliklar bartaraf etilmagan. Avtomat tarjima ekanligi sezilib turibdi. Agar tuzatilmasa hatto oʻchirishga nomzod qilish tarafdoriman. Laziz Baxtiyorov (munozara) 11:19, 23-Iyun 2023 (UTC)[javob berish]

Betaraflar tahrir

Xulosa tahrir

 Bajarilmadi. Maʼlum muddat davomida yetarli ovoz toʻplay olmadi.—   Mirzoulug'bek |@  11:19, 23-Iyun 2023 (UTC)[javob berish]

Ushbu sahifada boshqa tahrir qilinmasligi lozim.
Iltimos, bu yerga oʻzgartirishlar kiritmang.

Jara tahrir

Nominator(lar): Anjaniymunozaramga yozish06:50, 22-May 2023 (UTC)[javob berish]

Hammaga salom, ushbu maqolani „Xushsifat maqola“ statusi uchun nomzodlikka taqdim etmoqchiman. Maqola bilan tanishib chiqing, xato va kamchiliklari boʻlsa tuzatishga yordamlashing yoki „Fikrlar“ boʻlimida yozib qoldiring.

Hurmatli Kagansky, Nataev, Nataeva, Malikxan, Mirzoulugʻbek, Umarxon III, Artemev Nikolay, Muxriddin Azimov, Gayrat98, Alpasli, Jamshid Nurqulov, ITPRO.UZ, Panpanchik, Muzaffar Murodovich, Salazarov, Husniddin Rasulov va boshqalar, iltimos, ovoz bering.Anjaniymunozaramga yozish06:50, 22-May 2023 (UTC)[javob berish]

Fikrlar tahrir

Kirish qismida original nomi ham qavs ichida yozilishi kerak. Yillar orasidagi chiziqchalarni qoʻyishda xatoliklar bor. Umarjon Rahimov (munozara) 13:41, 23-May 2023 (UTC).[javob berish]

 Bajarildi. Fikrlar uchun rahmat. Anjaniy#suhbat 17:45, 23-May 2023 (UTC)[javob berish]

Qiziq nega mazkur qism yotiq tarzda yozilgan? Yoki bu qismning noodatiy jihati bormi?

Jara (rus. "Jara (festival) — har yili boʻlib oʻtadigan xalqaro musiqiy festival. 2016-yilda[1] rossiyalik va ozarbayjonlik qoʻshiqchi, musiqachi va tadbirkor Emin Agalarov tomonidan asos solingan[2][3][4]. U birinchi marta 2016-yil 9-10-iyul kunlari Boku shahrida, Kaspiy dengizi sohilidagi Sea Breeze kurortida boʻlib oʻtdi.

PanPanChik #yozish 08:45, 25-May 2023 (UTC)[javob berish]

 Bajarildi. Anjaniy#suhbat 14:33, 25-May 2023 (UTC)[javob berish]

Nega har bir yil boʻlimida bu yilda falon-falon ish boʻldi deb yozilgan. Nima siz har bir yilga waybackmachine oqali qaytayapsizmi? PanPanChik #yozish 08:49, 25-May 2023 (UTC)[javob berish]

Qay shaklda yozilgan maqul deb oʻylaysiz? Yaxshiroq variant taklif qila olasizmi? Anjaniy#suhbat 14:35, 25-May 2023 (UTC)[javob berish]
Bu yil jumlasini qo'llamaslik kerak. Oddiy o'quvchi buni ayni hozirgi yil (2023) deb o'ylashi tayin. PanPanChik #yozish 16:26, 30-May 2023 (UTC)[javob berish]
 Bajarildi.Anjaniy#suhbat 13:49, 31-May 2023 (UTC)[javob berish]

Shuningdek statusli maqola qoidalariga koʻra har bir xatboshi manba bilan tasdiqlanishi kerak. Sizning maqolangizda esa manbalar unday tarzda joylashmagan. Agar manbasi mavjud boʻlmasa, statusbop maqola nomzodligi berilmaydi yoinki shu qism uchun manba topiladi. Ayrim maqolalar manbasiz xatboshilaridan voz kechilishiga ham sabab boʻlgan. Lekin sizda ham manbasiz xatboshilar toʻliq olib tashlansa, maqola butkul statusga arzimas boʻlib qoladi. PanPanChik #yozish 08:55, 25-May 2023 (UTC)[javob berish]

 Bajarildi. Har bir xatboshi, iloji boricha, manba bilan boyitildi. Anjaniy#suhbat 13:51, 31-May 2023 (UTC)[javob berish]

Rozilar tahrir

 Roziman. Maqolani oʻqish davrida jumlalarda gʻalizliklarni kuzatmadim.MrShaxas #Munozaracha 08:07, 22-May 2023 (UTC)[javob berish]

Qarshilar tahrir

  1.  Qarshiman Maqola ayni holatida bu statusga arzimaydi. Uni qayta to'liq tahrirlash va manbalar bilan boyitish kerak. PanPanChik #yozish 08:56, 25-May 2023 (UTC)[javob berish]
  2.  Qarshiman. Hozirgi koʻrinishida maqolada punktuatsion xatolar koʻp. Hatto bilgiqutining ichida ham verguldan oldin probellar tashlangan, ularning joylashuvi bir standartda emas. Festival logotipi bilgiqutining teng oʻrtasida joylashmagan — bu jihatlar maqolaga xushsifatlik emas, xushxunuklik berib turibdi. Maqolani statusga nomzod qilgan shaxs va mening sifat haqidagi tushunchalarimiz turlicha ekan. Jamshid Nurqul (munozara) 19:41, 4-Iyun 2023 (UTC)[javob berish]

Betaraflar tahrir

  1.  Betarafman Maqola hajmi status olish uchun biroz kamdek, nazarimda. Laziz Baxtiyorov (munozara) 07:37, 22-May 2023 (UTC)[javob berish]
  2.  Betarafman. Bir tomondan maqola XM kriteriylariga mosday tuyuladi. Lekin, mavzuning xronologik boʻlimlardagina ochib berilishi gʻalati koʻrinyapti. Maqolada maqoladan ham koʻra roʻyxatga xos elementlar borligi kuchli kuzatiladi. Umuman olganda yomon emas lekin. — Kagansky munozara 05:12, 2-Iyun 2023 (UTC)[javob berish]

Xulosa tahrir

 Bajarilmadi. Qarshi ovoz bergan foydalanuvchilar fikri oʻrinli. Maʼlum muddat davomida yetarli ovoz toʻplay olmadi. Bildirilgan fikrlardan toʻgʻri xulosa chiqargan holda maqola status uchun loyiq boʻlgandan soʻng, qayta nomzodlikka qoʻyilishi tavsiya etiladi. Salazarov 21:06, 7-Iyun 2023 (UTC)[javob berish]

Ushbu sahifada boshqa tahrir qilinmasligi lozim.
Iltimos, bu yerga oʻzgartirishlar kiritmang.

Fondukiston ibodatxonasi tahrir

Nominator(lar): Xoqoni Said (munozara) 17:57, 19-Yanvar 2023 (UTC)[javob berish]

Hozirgi kunda Afgʻoniston hududiga kiruvchi Kobul shahri yaqinidagi buddistlarning sanʼat asarlariga juda boy ibodatxonasi haqidagi maqola yaratildi va „Xushsifat maqola“ statusiga nomzod qilib koʻrsatildi.

Hurmatli Kagansky, Nataev, Nataeva, Malikxan, Mirzoulugʻbek, Jamshid Nurqul, Artemev Nikolay, Muxriddin Azimov, Gayrat98, Alpasli, Laziz Baxtiyorov, Salazarov ovoz berishda ishtirok etishingizni soʻrayman, agar xato va kamchiliklarni topsangiz shu yerda xabar berishingizni soʻrayman! — Xoqoni Said (munozara) 17:57, 19-Yanvar 2023 (UTC)[javob berish]

Rozilar tahrir

Qarshilar tahrir

  1.  Qarshiman. EnWikidan tikka tarjima qilingan maqolaning mavzusi goʻzal! Ammo, kirish qismi juda qisqa. Umuman olganda maqolada ibodatxonaga tegishli gaplarning oʻzi sanoqligina. Uni oʻqigan kishi mavzu haqida hozirchalik qisqacha loʻnda, maksimal maʼlumot ololmaydi. Maqolaga goʻzal rasmlar uchungina status berilmaydi. Status uchun nufuzli manbalar asosida kengaytirish, yoritilmagan jihatlarini ochib berish zarur. — Kagansky (munozarasi) 18:26, 19-Yanvar 2023 (UTC)[javob berish]
  2.  Qarshiman. Maqola hajmi juda qisqa. — Laziz Baxtiyorov (munozara) 12:04, 20-Yanvar 2023 (UTC)[javob berish]
  3.  Qarshiman Zaz defacto (munozara) 15:10, 21-Yanvar 2023 (UTC)[javob berish]
  4.  Qarshiman PanPanChik #yozish 05:48, 4-Fevral 2023 (UTC)[javob berish]

Betaraflar tahrir

 Betarafman Xushsifat maqola boʻlish uchun kirish qismi juda qisqa. Side Zone (munozarasi)16:23, 20-Yanvar 2023 (UTC)[javob berish]

Xulosa tahrir

 Bajarilmadi. Umarjon Rahimov (munozara) 12:43, 5-Fevral 2023 (UTC).[javob berish]

Ushbu sahifada boshqa tahrir qilinmasligi lozim.
Iltimos, bu yerga oʻzgartirishlar kiritmang.

Kamoliddin Behzod tahrir

Nominator(lar): Umarxon III (munozara)

Hammaga salom, Oʻrta Osiyo tarixidagı buyuk allomalardan biri haqida navbatdagi maqolani XM statusi uchun taklif qilmoqchiman. Maqola 2013-yilda bot tomonidan yaratilgan. Kamina butunlay qayta ishladi. Oʻqib koʻring, xatolarini koʻrsangiz xabar bering, tuzataman.

Hurmatli Kagansky, Nataev, Nataeva, Malikxan, Mirzoulugʻbek, Jamshid Nurqul, Artemev Nikolay, Muxriddin Azimov, Gayrat98, Alpasli, Laziz Baxtiyorov, ITPRO.UZ, Panpanchik, Salazarov, Husniddin Rasulov va boshqalar, iltimos, ovoz bering. Umarjon Rahimov (munozara) 09:57, 17-Yanvar 2023 (UTC).[javob berish]

„Fors miniatyurasi bo‘yicha rassom“ — eng muhim mavzu bu yerda en:Persian miniature. Avval shuni oʻzbekchasini yaratish kerak. Yillar oʻrtasidagi chiziqchalar xato. Okinalar biz ishlatadigan belgilar emas, single quotation mark ekan. Kirish qismi esa juda qisqa. Boʻlim nomlari standartlashtirilishi kerak. Maqola hali XMga tortmaydi. Nataev munozara 11:50, 17-Yanvar 2023 (UTC)[javob berish]
Tuzatildi, Umarjon Rahimov (munozara) 12:55, 18-Yanvar 2023 (UTC).[javob berish]
Maqolada „Shoh Ismoil bilan birga bo‘lganligi“, „Ov qilinayotgan yer“ kabi jumlalar bor. Maqola matnini toʻliq qayta koʻrib chiqish kerak. Matnni imkon boricha oʻzgartirdim. Jamshid Nurqul (munozara) 20:58, 18-Yanvar 2023 (UTC)[javob berish]
1. „fors miniatyurasining taniqli musavviri“ deyilgan ekan. Fors miniatyurasi esa „kitob illyustratsiyasi yoki alohida sanʼat asari“ deb taʼriflangan. Kamoliddin Behzod sanʼat asarining taniqli musavviri degan maʼno kelib chiqyapti; 2. „Temuriy hukmdor Husayn Boyqaro saroyining rassomi“ deb urgʻu berilyapti. Maqolaning keyingi matnlarida esa u faqat Boyqaro saroyida faoliyat yuritmaganiga guvoh boʻlinadi; 3. Boyqaroga keltirilgan (875-912—hijriy[1] / 1460-1415—milodiy yillar) tushunarsiz; Maqola matnini toʻliq qayta koʻrib chiqib, kirish qismini kerakli maʼlumotlar bilan boyitish zarur. 4. Manbalarni (snoskalarni) statusli maqolaga xos qilib tuzatish zarur. Baʼzi bir kitoblarga keltirilgan snoskada maʼlumot koʻrsatilgan betlar yoʻq. Baʼzi bir snoskalar <ref name=""></ref> yordamida koʻrsatilmagani uchun takror kelyapti. — Kagansky (munozarasi) 18:54, 19-Yanvar 2023 (UTC)[javob berish]


Rozilar tahrir

  1.  Roziman Alpasli (munozara) 11:56, 17-Yanvar 2023 (UTC)[javob berish]
  2.  Roziman Side Zone (munozara) 16:20, 20-Yanvar 2023 (UTC)[javob berish]
  3.  Roziman Compholic (munozara)
  4.  RozimanAhror Akramovich (munozara) 15:28, 23-Yanvar 2023 (UTC)[javob berish]
  5.  Roziman Hilola Jurakulova (munozara) 11:03, 2-Fevral 2023 (UTC)[javob berish]

Qarshilar tahrir

  1.  Qarshiman. Manba bilan bogʻliq muammolar bartaraf etilmagan. Betaraflik oqsab turgan qismlari hali ham tuzatilmagan. Tuzatish va qoʻshimchalar kiritib YMga nomzod qilinsa ajoyib ish boʻlardi. — Kagansky (munozarasi) 12:09, 5-Fevral 2023 (UTC)[javob berish]
  2.  Qarshiman. Gʻaliz jumlalar koʻp. — Jamshid Nurqul (munozara) 14:49, 5-Fevral 2023 (UTC)[javob berish]

Betaraflar tahrir

  1.  Betarafman Zaz defacto (munozara) 15:15, 21-Yanvar 2023 (UTC)[javob berish]

Izohlar tahrir

Maqola mavzusini yanada kengaytirib, yuqoriroq statusga nomzod qilaman, munozarani yopaveringlar. Umarjon Rahimov (munozara) 19:03, 5-Fevral 2023 (UTC).[javob berish]

Xulosa tahrir

 Bajarilmadi.Muxriddin Azimov (munozara) 20:43, 5-Fevral 2023 (UTC)[javob berish]

Ushbu sahifada boshqa tahrir qilinmasligi lozim.