Mashʼal (futbol klubi)
Mash’al – Qashqadaryo viloyati, Muborak shahri futbol jamoasi. Oʻzbekiston Pro ligasi vakili.
Toʻliq nomi | Mashʻal Professional Futbol Klubi | ||
---|---|---|---|
Laqabi | Gazchilar | ||
Asos solingan | 1984 | ||
Stadioni | Bahrom Vafoev nomli stadion | ||
Sigʻimi | 10,000 | ||
Bosh murabbiy | UZB Asror Aliqulov | ||
Liga | Pro liga | ||
|
Nomlari
tahrirYillar | Nomi |
---|---|
1982—1984 | Avtomobilist |
1984—1992 | Fakel |
1992—h. v. | Mash’al |
Tarixi
tahrir1982-yilda hali juda yosh sanoat shahri boʻlgan Muborakda korxonalardan birining oʻsha paytdagi rahbari Bahrom Vafoyevning saʼy-harakatlari bilan futbol klubi tashkil etildi. 1-mavsumda Muborak jamoasi viloyat birinchiligi gʻolibi boʻldi va „Fakel“ Sovet respublika chempionatida qatnashishga yoʻllanma oldi.[1] 1992-yilda SSSR parchalanganidan keyin „Mash’al“ mustaqil Oʻzbekiston chempionatida oʻynay boshlaydi. 1994-yilda Birinchi ligada 1-oʻrinni egallab, Oliy ligaga chiqish huquqini qoʻlga kiritgan hamda 1995-1996, 2002—2012 va 2014—2017-yillarda oʻynagan. 2005-yilda kumush, 2007-yilda esa Oliy liganing bronza medali sohibiga aylandi. 2006-yili Oʻzbekiston kubogi finaliga qadar yetib borgan va Osiyo chempionlar ligasida ishtirok etgan. 2014 va 2015-yillardagi Oʻzbekiston Professional futbol ligasi kubogi sohibi va finalchisi hisoblanadi. 2017-yilgi mavsumda „Mash’al“ 16 ta klub orasida 7-oʻrinni egalladi. Shu yilning oʻzida jamoa Oliy ligada oʻzizning 200-gʻalabasini nishonladi.[2] Ammo, bir qator sabablarga koʻra Oʻzbekiston Superligasida (2018-yilgacha u Oliy liga deb atalgan) ishtirok etish uchun klub oʻyinga qoʻyilmagani[3] uchun 2018-yilgi mavsumda mamlakat futbol divizionida saviyasi va ahamiyati boʻyicha 2-oʻrinda (bundan oldin u Birinchi liga deb atagan) boʻlgan Oʻzbekiston Pro-Ligasida oʻynagan. 2018 va 2019-yilgi mavsumda Oʻzbekiston Pro ligasida toʻp surgan „gazchilar“ jamoasi 2019-yilgi mavsum yakunida Asror Aliqulov boshchiligida Pro liga gʻolibli boʻlib,[4] Oʻzbekiston Superligasi yoʻllanmasini qoʻlga kiritdi.[5] 2023-yil 26-iyulda jamoaning ramzi, klub logosi oʻzgardi va jamoaga Oʻzbekiston milliy banki homiylik qilishi maʼlum boʻldi[6][7].
Mahalliy musobaqalar tarixi
tahrirPro liga 2022—2023-yilgi mavsum
tahrir2022—2023-yilgi mavsumni Mashaʼl jamoasi pro liga bahlarida ishtirok etish bilan boshlagan. 15-mart kuni boʻlib oʻtgan pro liganing birinchi tur bahsida Maʼshal jamoasi vakillari Samarqandning Dinamo klubini qabul qilishgan. Oʻyin Samarqandliklarning 3-1 hisobidagi gʻalabasi bilan yakunlangan[8]. Pro liganing 22-mart kuni boʻlib oʻtgan ikkinchi tur bahsida Qoʻqon 1912 jamosi mehmoni boʻlgan Qashqadaryo klubi 1-0 hisobida imkoniyatni boy berishgan[9]. 30-mart kuni boʻlib oʻtgan Pro liganing uchinchi tur bahsida Maʼshal jamoasi Gʻijduvon jamoasini qabul qilib 3-1 hisobida gʻalaba qozonishgan[10]. Mash’al jamoasining Pro ligadagi beshinchi tur bahsi klubning kubokdagi ishtiroki tyfayli boshqa kunga qoldirilgan. 21-aprel kuni pro liganing oltinchi tur bahsida Yunired jamoasini qabul qilgan Maʼshal jamoasi vakillari 2-1 hisobida gʻalaba qozonishgan[11]. 27-aprel kuni boʻlib oʻtgan Pro liganing yettinchi tur bahsida Mash’al jamoasi Navbahor-farm klubi mehmoni boʻlishgan, oʻyin 2-2 hisobuidagi durang bilan yakunlangan[12]. 9-may kuni Pro liganing toʻqqiznchi tur bahsida Maʼshal jamoasi Andijon-SGS jamoasini qabul qilib 3-0 hisobida gaʼlaba qozonishgan[13]. Pro liganing toʻqqiznchi turi doirasida Maʼshal jamoasi toshkentning Lokomotiv jamoasi mehmoni boʻlishgan, oʻyin 0-0 hisobidagi nursiz durrang bilan yakunlangan. 24-may kuni Pro liganing qoldirilgan toʻrtinchi tur bahsi oʻtkzilgan. Shoʻrtan jamoasi bilan kuch sinashgan Maʼashal jamoasi vakillari 2-0 hisobida mag\lubiyatga uchrashgan[14]. 28-may kuni Pro liganing oʻninchi tur bahsi doirasida Maʼshal jamoasi Aral jamoasini qabul qilib 2-0 hisobida zafar quchishgan[15].
Oʻzbekiston kubogi bahslari 2023
tahrirFutbol boʻyicha oʻzbekiston kubogi bahslarini Qashqadaryoning mash’al klubi vakillari B guruhida Surxondaryoning Surxon jamoasiga qarshi nursiz durrang bilan yakunlangan bahs orqali boshlashgan[16]. Oʻyin 5-aprel Surxon markaziy oʻyingohida oʻtkazilgan. Oʻzbeksiton kubogi doirasidagi ikkinchi uchrashuvni Mash’al futbolchilari oʻzlarining uy stadiono hisoblanadigan Bahrom Vafoyev nomli stadionda 2-may Qoʻqon-1912 jamoasiga qarshi oʻtkazishgan. Oʻyinda Qashqadaryo jamoasi 3:2 hisobida gʻalaba qozonishgan[17]. Oʻzbekiston kubogi bahlarining uchunchi turida Mash’al futbol klubi Qashqadaryoning boshqa nomdor klubi hisoblanmish Nasaf jamoasi bilan bahs olib borgan. 2-iyun kuni oʻtkazilgan bahsda mash’al jamoasi kichik 1:0 hisobida imkoniyatni boy berishgan[18]. Umumiy ochkolor hisobiga koʻra Mash’al jamaosi Oʻzbekiston kubogi bahlarida guruhdan chiqish vazifasini uddalay olmagan. Mash’al jamoasi vakillari Oʻzbekiston kubogining guruh bosqichiga yetib kelgunga qadar Doʻstlik Oltiariqni 3:1 hisobida magʻlubiyatga uchratgan boʻlsa, Gʻijduvon bilan durrang oʻynagan va kubok eshiklarini ochadigan bahsda 4-0 hisobida zafar quchishgan edi.
Mavsum | Liga | Oʻzbekiston Kubogi | OFK | Eng yaxshi toʻpurar | Murabbiy | ||||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Divizion | Oʻrin. | Oʻ | Gʻ | D | M | UG | OʻG | O | Musobaqa | Natija | Ism | Liga | |||
1993 | Oʻzbekiston Pro ligasi | 6th | 1/16 final | Abdurahmon Yumangulov | 12 | Vladimir Nadyarniy | |||||||||
1994 | 1 | 1/16 final | Boris Serostanov | ||||||||||||
1995 | Oʻzbekiston Superligasi | 14 | 30 | 8 | 5 | 17 | 18 | 58 | 29 | 1/8 final | Anvar Berdiyev | 4 | Boris Serostanov | ||
1996 | 14 | 30 | 8 | 4 | 18 | 28 | 64 | 28 | 2-guruh bosqichi | Anvar Berdiyev | 7 | Vitaliy Dorofeev | |||
1997 | Oʻzbekiston Pro ligasi | 6 | 42 | 20 | 8 | 14 | 71 | 58 | 68 | 2-bosqich | Abdurahmon Yumangulov | ||||
1998 | 7 | 34 | 24 | 6 | 8 | 96 | 50 | 78 | 1/16 final | Abdurahmon Yumangulov | |||||
1999 | 5 | 34 | 16 | 8 | 10 | 66 | 41 | 56 | 1/16 final | Vladimir Lyubushin | |||||
2000 | 2 | 38 | 28 | 2 | 8 | 103 | 32 | 86 | Baxtiyor Davlatov | 36 | Bahodir Davlatov | ||||
2001 | 2 | 32 | 24 | 4 | 4 | 82 | 25 | 76 | 1/8 final | Abduvosit Azizov | 21 | Bahodir Davlatov | |||
2002 | Oʻzbekiston Superligasi | 10 | 30 | 9 | 6 | 15 | 36 | 53 | 33 | 1/16 final | Ravshan Bozorov | 9 | Baxtiyor Boboev | ||
2003 | 6 | 30 | 13 | 5 | 12 | 48 | 40 | 44 | 1/4 final | Rustam Qodirov | 13 | Vitaliy Ivanov | |||
2004 | 10 | 26 | 8 | 3 | 15 | 26 | 48 | 27 | 1/2 final | Jasur Boboyev | 7 | Bahodir Davlatov | |||
2005 | 2 | 26 | 19 | 2 | 5 | 54 | 24 | 59 | 1/4 final | Shuhrat Mirxoldorshoyev | 20 | Viktor Jalilov | |||
2006 | 4 | 30 | 18 | 6 | 6 | 50 | 28 | 60 | Final | Osiyo Chempionlar ligasi | Guruh bosqichi | Kamoliddin Murzoyev | 15 | Viktor Jalilov | |
2007 | 3 | 30 | 22 | 4 | 4 | 62 | 25 | 70 | 1/2 final | Viktor Klishin | 14 | Viktor Kumikov | |||
2008 | 4 | 30 | 15 | 7 | 8 | 38 | 26 | 52 | 1/4 final | Rustam Qodirov | 8 | Viktor Kumikov | |||
2009[19] | 13 | 30 | 8 | 6 | 16 | 32 | 43 | 30 | 1/8 final | Aleksandr Shadrin | 5 | Genadiy Kochnev | |||
2010 | 5 | 26 | 10 | 7 | 9 | 22 | 24 | 37 | 1/8 final | Nikolay Rindyuk | 7 | Bahodir Davlatov | |||
2011 | 5 | 26 | 12 | 4 | 10 | 32 | 33 | 40 | 1/4 final | Zafar Xolmurodov | 9 | Vladimir Fomichyov | |||
2012 | 13 | 26 | 6 | 5 | 15 | 20 | 43 | 23 | 1/4 final | Samandar Shodmonov | 6 | Vladimir Fomichyov | |||
2013[20] | Oʻzbekiston Pro ligasi | 1 | 30 | 24 | 3 | 3 | 76 | 16 | 75 | 1/4 final | Zohir Qoʻziboyev | 20 | Aleksandr Xomyakov | ||
2014 | Oʻzbekiston Superligasi | 5 | 26 | 10 | 6 | 10 | 37 | 42 | 36 | 1/16 final | Zohir Qoʻziboyev | 14 | Aleksandr Xomyakov | ||
2015 | 7 | 30 | 11 | 5 | 14 | 37 | 42 | 38 | 1/8 final | Zafar Toʻrayev | 7 | Aleksandr Xomyakov | |||
2016 | 8 | 30 | 11 | 5 | 14 | 35 | 41 | 38 | 1/4 final | Shahboz Erkinov | 11 | Aleksandr Xomyakov | |||
2017 | 7 | 30 | 12 | 8 | 10 | 37 | 31 | 44 | 1/4 final | Humoyun Murtozoyev | 8 | Aleksandr Xomyakov | |||
2018 | Oʻzbekiston Pro ligasi | 2 | 32 | 19 | 6 | 7 | 53 | 27 | 63 | 1/4 final | Humoyun Murtozoyev | 11 | Aleksandr Xomyakov | ||
2019 | 1 | 28 | 16 | 7 | 6 | 49 | 24 | 55 | 1/8 final | Moʻminjon Meliyev | 8 | Aleksandr Xomyakov | |||
2020 | Oʻzbekiston Superligasi | 10 | 26 | 8 | 5 | 13 | 23 | 31 | 29 | 1/4 final | Humoyun Murtozoyev | 6 | Dilyaver Vaniyev | ||
2021 | 12 | 26 | 5 | 8 | 13 | 21 | 35 | 23 | 1/8 final | Samuel Chigozie Ononiwu | 5 | Aleksandr Xomyakov | |||
2022 | Oʻzbekiston Pro ligasi | 5 | 26 | 9 | 6 | 11 | 40 | 33 | 33 | 1/8 final | Mykola Ahapov | 8 | Dilyaver Vaniyev | ||
2023 | 4 | 20 | 10 | 4 | 6 | 26 | 20 | 34 | Guruh bosqichi | Sergey Petrov | 10 | Dilyaver Vaniyev | |||
2024 | 1 | 26 | 16 | 8 | 4 | 41 | 15 | 56 | 1/8 final | Humoyun Murtozoyev | 16 | Asror Aliqulov |
Yutuqlari
tahrirOʻzbekiston chempionati Oliy ligasi
Oʻzbekiston kubogi
Oʻzbekiston chempionati Pro ligasi
Oʻzbekiston PFL kubogi
OFK musobaqalaridagi ishtiroki
tahrir2005-yilgi mavsum yakunida Oʻzbekiston Oliy ligasida sensatsion tarzda ikkinchi oʻrinni egallagan „Mash’al“ 2006-yilgi mavsumda Toshkentning „Paxtakor“ jamoasi bilan birga OFK chempionlar ligasida Oʻzbekiston sharafini himoya qilish imkoniyatini berdi. „Mash’al“ B guruhidan joy oldi va turnir yakuniga muvofiq guruhdagi uchinchi oʻrin bilan turnirdagi ishtirokini yakunladi. 2006-yilgi Osiyo Chempionlar Ligasidagi ishtiroki „Mash’al“ning hozircha xalqaro turnirlardagi yagona ishtirokidir.
Klub | Oʻyin | Gʻal. | Dur. | Magʻ. | UT | OʻT | Farq | Ochko |
---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Al Ain FC | 6 | 4 | 1 | 1 | 10 | 6 | +4 | 13 |
Al-Hilol | 6 | 3 | 1 | 2 | 12 | 7 | +5 | 10 |
Mashʻal | 6 | 2 | 2 | 2 | 7 | 11 | -4 | 8 |
Al-Mina | 6 | 0 | 2 | 4 | 6 | 11 | -5 | 2 |
Musoboqa | Pld | W | D | L | GF | GA |
---|---|---|---|---|---|---|
Osiyo Chempionlar ligasi | 6 | 2 | 2 | 2 | 7 | 11 |
Umumiy | 6 | 2 | 2 | 2 | 7 | 11 |
Mavsum | Musoboqa | Bosqich | Klub | Uy | Safar | Natija |
---|---|---|---|---|---|---|
2006 | Osiyo Chempionlar ligasi | Group B | Al-Minaa | 2-2 | 1-0 | 3rd |
Al Hilal | 2-1 | 0-5 | ||||
Al Ain | 1-1 | 1-2 |
Bosqich | Sana | Shahar | Mezbon | Hisob | Mehmon | "Mash’al" goʻllari |
B guruh | 16.03.2006 | Al-Quvayt | Al-Mina | 0:1 | Mash’al | Zafar Xolmurodov |
B guruh | 22.03.2006 | Qarshi | Mash’al | 1:1 | Al Ain FC | Shuhrat Mirxoldorshoyev |
B guruh | 12.04.2006 | Ar-Riyod | Al-Hilol | 5:0 | Mash’al | |
B guruh | 26.04.2006 | Qarshi | Mash’al | 2:1 | Al-Hilol | Botir Qorayev, Zafar Xolmurodov |
B guruh | 03.05.2006 | Qarshi | Mash’al | 2:2[21] | Al-Mina | Jasur Hasanov, Shuhrat Mirxoldorshoyev |
B guruh | 17.05.2006 | Al Ayn | Al Ain FC | 2:1 | Mash’al | Zafar Xolmurodov |
Stadion
tahrirMash’al oʻz uy uchrashuvlarini Muborakdagi 10 000 tomoshabinga moʻljallangan „Bahrom Vafoev“ nomidagi stadionda oʻtkazadi. U klub faoliyatining dastlabki yillarida (1980-yillar boshida) Bahrom Vafoyev tashabbusi bilan qurilgan.
Uning qurilishiga koʻplab homiylar jalb qilingan, jumladan, Muborak gazni qayta ishlash zavodi. Keyinchalik u bir necha bor rekonstruksiya qilingan.
Qashqadaryo derbisi
tahrir„Mash’al“ futbol qarama-qarshiligi boʻlgan „Qashqadaryo derbisi“ning uch ishtirokchisidan biri hisoblanadi. Yaqin vaqtgacha Oʻzbekistonning Qashqaryo viloyatidan mamlakat chempionati Oliy ligasida birdaniga 3 ta shaharning 3 ta klubi: Qarshidan „Nasaf“, Muborakdan „Mash’al“ va Gʻuzordan „Shoʻrtan“ ishtirok etgan.
2018-yildan buyon oliy divizionda faqat "Nasaf" oʻynab kelayotganiga, shu bilan birga 2 ta jamoa quyi ligada toʻp surayotganiga qaramay, ular oʻrtasidagi oʻyinlar „Qashqadaryo derbisi“ maqomiga ega, bu nafaqat Qashqadaryoda, balki butun Oʻzbekistonda qiziqish uygʻotmoqda.
Joriy tarkib
tahrir2024-yilgi mavsum uchun asosiy tarkib[22].
|
|
U19
tahrir# | Futbolchi | Oʻyin | Daqiqa | Bosh | Alm | Qoʻsh | Zax | Gol | OʻG | Toʻp | Gol+Toʻp | SK | 2SK | QK |
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
85 | Nodirbek Orzimatov | 0 | ||||||||||||
76 | Oʻral Hikmatullayev | 2 | 2 | |||||||||||
45 | Temur Rashidov | 2 | 2 | |||||||||||
84 | Amirxon Ochildiyev | 4 | 46 | 1 | 1 | 3 | ||||||||
64 | Asadbek Begʻamov | 5 | 39 | 4 | 1 | |||||||||
93 | Jasur Risboyev | 5 | 58 | 3 | 2 | |||||||||
20 | Ozodbek Olimov | 6 | 41 | 4 | 2 | 1 | 1 | |||||||
15 | Shamshod Ochilov | 9 | 113 | 1 | 2 | 6 | ||||||||
32 | Azizbek Sotvoldiyev | 9 | 164 | 2 | 2 | 3 | 4 | 1 | ||||||
59 | Arturbek Saʼdullayev | 9 | 609 | 7 | 4 | 1 | 1 | 5 | 5 | 2 | ||||
41 | Shahobiddin Mardonov | 12 | 93 | 9 | 3 | 1 | ||||||||
25 | Rajabboy Rajabboyev | 12 | 148 | 1 | 1 | 5 | 6 | |||||||
40 | Ruhiddin Xolmatov | 12 | 92 | 10 | 2 | 2 | 2 | |||||||
74 | Muhammadali Boymurodov | 12 | 55 | 4 | 8 | |||||||||
31 | Bayramali Ortiqov | 13 | 552 | 6 | 2 | 5 | ||||||||
28 | Zafar Samadov | 13 | 791 | 10 | 6 | 2 | 1 | 1 | 1 | 4 | ||||
39 | Suhrob Parmonqulov | 14 | 830 | 9 | 2 | 5 | 1 | |||||||
72 | Mironshoh Shonazarov | 15 | 1036 | 11 | 2 | 3 | 1 | 3 | 3 | 1 | ||||
30 | Davronbek Rahmonov | 17 | 835 | 9 | 3 | 2 | 6 | |||||||
70 | Farrux Toshpoʻlatov | 17 | 1444 | 16 | 2 | 1 | 3 | 3 | 2 | |||||
29 | Sarvarbek Bekchanov | 17 | 1174 | 12 | 5 | 5 | 2 | 2 | 6 | 1 | ||||
13 | Bobur Karimov | 18 | 804 | 9 | 1 | 9 | ||||||||
3 | Asan Vaniyev | 18 | 1574 | 17 | 1 | 1 | 1 | 6 | 1 | |||||
42 | Bakir Saidov | 19 | 1669 | 19 | 2 | 1 | 1 | 6 | ||||||
24 | Ahrorbek Rahimov | 19 | 774 | 9 | 5 | 9 | 1 | 1 | 1 | 2 | ||||
66 | Sardor Qudratov | 19 | 1356 | 15 | 8 | 4 | 4 | 4 | 3 | 1 | ||||
50 | Asadbek Mustafoqulov | 20 | 1754 | 20 | 3 | 3 | 3 | 3 | ||||||
55 | Samandarjon Zayniddinov | 20 | 1656 | 19 | 6 | 1 | 1 | 1 | 1 | |||||
44 | Behruzbek Oblaqulov | 20 | 1684 | 20 | 9 | 26 (5) | 26 | 5 | ||||||
69 | Mironshoh Hamidov | 20 | 1220 | 13 | 9 | 6 | 1 | 1 | ||||||
74 | Bekjon Gʻaniyev | 20 | 1022 | 14 | 13 | 4 | 2 | 11 | 11 | 2 |
U21
tahrirKlub hodimlari
tahrirMurabbiylar shtabi
tahrir- Bosh murabbiy – Asror Aliqulov
- Yordamchi murabbiy – Aktam Berdiyev
- Darvozabonlar murabbiyi – Eldor Isaboyev
Mashhur futbolchilari
tahrir- Aziz Ibragimov
- Aleksandr Xvostunov
- Aleksandr Shadrin
- Artyom Filiposyan
- Asror Aliqulov
- Botir Qoraev
- Bobir Davlatov
- Viktor Klishin
- Jahongir Abdumoʻminov
- Jahongir Jiyamurodov
- Zafar Xolmurodov
- Zohir Qoʻziboyev
- Ilhomjon Suyunov
- Ilhom Shomurodov
- Kamoliddin Murzoyev
- Lutfulla Toʻrayev
- Mirjalol Qosimov
- Otabek Shukurov
- Pavel Solomin
- Ravshan Bozorov
- Salamat Qutiboyev
- Fozil Musayev
- Xayrulla Karimov
- Shuhrat Mirxoldorshoyev
- Shuhrat Muhammadiyev
- Eldor Shomurodov
- Yuriy Sheykin
- Sobiq SSSR davlatlari
- Yevropa
- Afrika
- Janubiy Amerika
Bosh murabbiylari
tahrirIsmi sharifi | Faoliyati davri |
---|---|
Vladimir Nadyarniy | 1993 |
Boris Serostanov | 1994—1995 |
Vitaliy Dorofeev | 1996 |
Abdurahmon Yumangulov | 1997—1998 |
Vladimir Lyubushin | 1999 |
Baxtiyor Boboev | 2000 |
Bahodir Davlatov | 2000—2001 |
Baxtiyor Boboev | 2002 |
Vitaliy Ivanov | 2003 |
Bahodir Davlatov | 2004 |
Viktor Jalilov | 2005—2006 |
Viktor Kumikov | 2006—2008 |
Islom Axmedov | 2009 |
Gennadiy Kochnev | 2009 |
Bahodir Davlatov | 2009—2010 |
Vladimir Fomichyov | 2010—2012 |
Aleksandr Xomyakov | 2013—2018 |
Asror Aliqulov[23] | 2019 |
Dilyaver Vaniyev[24] | 2020 |
Zoir Toʻraqulov[25] | 2020 |
Aleksandr Xomyakov[26] | 2021 |
Dilyaver Vaniyev[27] | 2022—2023 |
Asror Aliqulov | 2023— |
Rasman 2023-yildan boshlab 2019-yilda jamoani boshqargan va Mash’alni Superliga bahslariga qaytargan Oʻzbekiston milliy terma jamoasining sobiq himoyachisi Asror Aliqulov jamoaga yana murabbiy sifatida tayinlangan.
Jamoaning Farm klubi
tahrirMash’al-2 jamoasi klubning farm jamoasi hisoblanib, klubda muborakliklarning akademiyasi tarbiyalanuvchilari toʻp suradi. Jamoa Oʻzbekiston ikkinchi darajali ligasining oʻn bir mavsumi ishtirokchisi va shu bilan birgalikda mamlakatdagi eng kuchli akademiyalardan biri hisoblanadi.[28].
Yana qarang
tahrirManbalar
tahrir- ↑ „fcmashal.uz: Jamoa tarixi“. 11-fevral 2017-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 27-may 2022-yil.
- ↑ „"Mashal" - oliy ligada 200ta g'alabaga erishgan 10-klub“. 2023-yil 30-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 30-aprel.
- ↑ „Breaking news. 2018 yilgi Superligada "Mashal" va "Cementchi" ishtirok etmaydi“. 2023-yil 30-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 30-aprel.
- ↑ „Superligaga qaytgan "Mashal" Proligadagi chempionlikni nishonladi“. 2023-yil 30-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 30-aprel.
- ↑ „"Mashal" Superligaga qaytdi!“. 2023-yil 30-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 30-aprel.
- ↑ „”МАШЪАЛ” ЖАМОАСИНИНГ ЛОГОТИПИ ЎЗГАРДИ!“. 2023-yil 27-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 27-iyul.
- ↑ „"Машъал"нинг логотипи ўзгарди“. 2023-yil 27-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 27-iyul.
- ↑ „arxiv nusxasi“. 2023-yil 18-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 18-avgust.
- ↑ „arxiv nusxasi“. 2023-yil 18-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 18-avgust.
- ↑ „arxiv nusxasi“. 2023-yil 18-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 18-avgust.
- ↑ „arxiv nusxasi“. 2023-yil 18-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 18-avgust.
- ↑ https://pfl.uz/uzb/m/match/15329[sayt ishlamaydi]
- ↑ https://pfl.uz/uzb/m/match/15337[sayt ishlamaydi]
- ↑ „arxiv nusxasi“. 2023-yil 10-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 18-avgust.
- ↑ „arxiv nusxasi“. 2023-yil 18-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 18-avgust.
- ↑ „arxiv nusxasi“. 2023-yil 26-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 26-avgust.
- ↑ „arxiv nusxasi“. 2023-yil 30-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 26-avgust.
- ↑ „arxiv nusxasi“. 2023-yil 26-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 26-avgust.
- ↑ „"Retro surat". "Mashal-2009"“. 2023-yil 30-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 30-aprel.
- ↑ „"Mashal" 2013 yil birinchi ligada qanday tarkib bilan o'ynagan edi?“. 2023-yil 30-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 30-aprel.
- ↑ „Bu qiziq. 2006 yil Iroq klubi qanday qilib "Mashal" bilan durang o'ynab ketgandi?“. 2023-yil 30-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 30-aprel.
- ↑ „– Tanishing, „Mashʼal“-2024“. 2024-yil 12-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 12-mart.
- ↑ „Rasmiy xabar: Asror Aliqulov - "Mashal" bosh murabbiyi“. 2023-yil 30-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 30-aprel.
- ↑ „"Mashal" yangi bosh murabbiy nomini elon qildi“. 2023-yil 30-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 30-aprel.
- ↑ „"Mashal" bosh murabbiy sifatida Zoir To'raqulovni ro'yxatdan o'tkazdi“. 2023-yil 30-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 30-aprel.
- ↑ „Rasman: Aleksandr Xomyakov "Mashal" ustoziga aylandi“. 2023-yil 30-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 30-aprel.
- ↑ „"Mashal"ga yangi bosh murabbiy tayinlandi“. 2023-yil 30-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 30-aprel.
- ↑ „Bahrom Davlatov rahbarligidagi "Mashal" yodingizdami?“. 2023-yil 30-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 30-aprel.
Havolalar
tahrir- Rasmiy sayti (Wayback Machine saytida 2012-03-13 sanasida arxivlangan)
- Jamoa tarixi (Wayback Machine saytida 2015-09-24 sanasida arxivlangan)
- Mashʼal Instagram sahifasi
- Mashʼal (futbol klubi) Facebook sahifasi
- Mashʼal Telegram sahifasi