Foydalanuvchi:Jamshid Nurkulov/Qumloq/Bosh sahifa/ASM test

Tanlangan maqola
Chempionatning Guillermo Laborde tomonidan tayyorlangan rasmiy posteri
Chempionatning Guillermo Laborde tomonidan tayyorlangan rasmiy posteri

Futbol boʻyicha 1930-yilgi jahon chempionatiFIFA tomonidan tashkil etilgan birinchi jahon chempionati. Turnir 1930-yil 13–30-iyul kunlari Urugvayda boʻlib oʻtgan. Birinchi jahon chempionatini oʻtkazish toʻgʻrisidagi qaror 1928-yil 26-mayda FIFA tomonidan qabul qilingan va 1929-yil 18-mayda Urugvay davlati ovoz berish yoʻli bilan mezbon sifatida tanlab olingan. Birinchi jahon chempionatining barcha oʻyinlari Urugvay poytaxti — Montevideoda boʻlib oʻtgan. Montevideoda jahon chempionati uchun 90 000 tomoshabinga moʻljallangan Centenario stadioni qurilgan. Musobaqaga FIFAga aʼzo barcha davlatlar taklif qilingan. Biroq, bor-yoʻgʻi 13 ta jamoa musobaqada ishtirok etish uchun Urugvayga borgan: Janubiy Amerikadan yettita, Yevropadan toʻrtta va Shimoliy Amerikadan ikkita jamoa. Yevropa jamoalarining soni kamligi XX asrning birinchi yarmida Janubiy Amerikaga borish qiyin boʻlganligi bilan izohlangan. Qurʼa natijalariga koʻra jamoalar toʻrt guruhga boʻlingan. Har bir guruh gʻoliblari pley-off bosqichiga yoʻl olishdi. Jahon chempionatlari tarixidagi dastlabki ikki uchrashuv bir vaqtda boshlandi. Ularda Fransiya va AQSH mos ravishda Meksikani 4:1, Belgiyani 3:0 hisobida magʻlub etgan. Fransiyalik Lucien Laurent jahon chempionati tarixidagi ilk gol muallifi hisoblanadi. (Davomi...)

Yaxshi maqola
Imomqulixon portreti
Imomqulixon portreti

Imomqulixon ibn Dinmuhammadxon — Ashtarxoniylar sulolasining vakili va Buxoro xonligi hukmdori (1611—1642), sarkarda. Imomqulixon xonlikni markazlashtirib, mamlakat mudofaasini mustahkamlashga harakat qilgan. U Buxoro xonligi hududiga shimol tomondan xavf solgan qalmoqlar, jungʻorlarga qarshi muvaffaqiyatli janglar olib borgan. Xonlik hududidagi bir qancha oʻzboshimcha amaldorlar va hokimlar harakatini bostirgan. Imomqulixon hukmronligi davrida Rossiya, Turkiya, Hindiston va boshqa mamlakatlar bilan faol tashqi siyosat olib borgan. Jumladan, Turkiyada hukmronlik qilgan Usmoniylar imperiyasi hukmdori Ahmad I va Murod IV, Hindistonda Boburiylar sulolasi vakillari Jahongir va Shoh Jahon, Rossiyada Romanovlar sulolasi hukmdori Mixail Fyodorovich bilan faol diplomatik munosabatlarni oʻrnatgan. (Davomi...)

Boshqa yaxshi maqolalar: MakroiqtisodiyotBastian SchweinsteigerShaxmat qoidalari

Xushsifat maqola
Maqbaraning umumiy koʻrinishi
Maqbaraning umumiy koʻrinishi

Jahongir maqbarasi — XVII asrda Boburiy hukmdor Jahongir uchun qurilgan maqbara. Ushbu maqbaraning qurilishi 1637-yilda tugatilgan. Pokistonning Lohur shahri yaqinidagi Shohdara bogʻda, Ravi daryosi boʻyida joylashgan. Maqbara qurilishi hukmdor Jahongirshoh Nuriddin vafotidan keyin — 1627-yilda boshlangan va Boburiylar davlati deyarli butun Hindiston yarimoroli ustidan hukmronlik qilayotgan bir paytda, 1637-yilda Shoh Jahon hukmronligi davrida qurib bitkazilgan. Bino freskalar va marmar bilan bezatilgan ichki hamda parchinlar bilan bezatilgan tashqi koʻrinishi bilan mashhur. Maqbara, Akbari Saroy va Osaf Xon maqbarasi bilan birga, hozirda UNESCOning Butunjahon merosi roʻyxatiga kiritilgan ansamblning bir qismidir. (Davomi...)

Boshqa xushsifat maqolalar: Toʻrsimon modelVali MuhammadxonVanadzor