Islom Karimov
Islom Abdugʻaniyevich Karimov (1938-yil 30-yanvar, Samarqand shahrida oddiy xizmatchi oilasida dunyoga kelgan— 2016-yil 2-sentyabr og'ir kasallik tufayli vafot etdi. Toshkent shahri[2]) — davlat va siyosat arbobi, Oʻzbekiston Respublikasining birinchi prezidenti. Oʻzbekiston Qahramoni (1994)[3]. Oʻzbekiston Qurolli Kuchlari Oliy Bosh Qoʻmondoni va 2007-yilgi prezidentlik saylovlari gʻolibi, 2015-yilgi prezidentlik saylovlari gʻolibi. Oʻzbekiston mustaqilligi eʼlon qilingunga qadar OʻzSSR kommunistik partiyasi birinchi kotibi. 1991-yildan umrining oxiriga qadar Oʻzbekiston Prezidenti. Islom Karimov boshchiligida Oʻzbekiston oʻzining Konstitutsiyasiga ega boʻldi, BMTda tan olindi va MDH davlatlari bilan teng huquqli aloqalarni olib borgan.
Islom Abdugʻaniyevich Karimov | |||||||||||||||||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Oʻzbekiston Prezidenti | |||||||||||||||||||||||
Mansab davri 1991-yil 29-dekabr – 2016-yil 2-sentyabrgacha | |||||||||||||||||||||||
Hukumat boshligʻi |
Shukrullo Mirsaidov Abdulhoshim Mutalov Oʻtkir Sultonov Shavkat Mirziyoyev | ||||||||||||||||||||||
Oʻtmishdoshi | lavozim taʻsis etilgan; uning oʻzi OʻzSSR Prezidenti sifatida | ||||||||||||||||||||||
Vorisi |
Nigʻmatilla Yoʻldoshev (muvaqqat prezident) Shavkat Mirziyoyev (muvaqqat prezident) Shavkat Mirziyoyev | ||||||||||||||||||||||
OʻzSSR KP MQ birinchi kotibi | |||||||||||||||||||||||
Mansab davri 1989-yil 23-iyun – 1991-yil 14-sentyabrgacha | |||||||||||||||||||||||
Oʻtmishdoshi | Rafiq Nishonov | ||||||||||||||||||||||
Vorisi | lavozim tugatilgan | ||||||||||||||||||||||
Shaxsiy maʼlumotlari | |||||||||||||||||||||||
Tavalludi |
30-yanvar 1938-yil Samarqand, Oʻzbekiston SSR | ||||||||||||||||||||||
Vafoti |
2-sentyabr 2016-yil (78 yoshda) Toshkent, Oʻzbekiston Respublikasi | ||||||||||||||||||||||
Siyosiy partiyasi | Oʻzbekiston Liberal-Demokratik Partiyasi[1] | ||||||||||||||||||||||
Turmush oʻrtogʻi |
Natalya Kuchma (1965-1970) Tatyana Karimova (1971-yildan) | ||||||||||||||||||||||
Bolalari |
oʻgʻli: Pyotr (1966) qizlari:Gulnora Karimova (1972) Lola Karimova-Tillayeva (1978) | ||||||||||||||||||||||
Onasi | Sanobar Karimova | ||||||||||||||||||||||
Otasi | Abdugʻani Karimov | ||||||||||||||||||||||
Mukofotlari |
| ||||||||||||||||||||||
Vebsayti | http://islomkarimov.uz/ |
Hayoti va faoliyati
Islom Karimov Samarqandda xizmatchi oilasida tugʻilgan. Oʻrta Osiyo politexnika instituti (1960), Toshkent xalq xoʻjaligi institutini (1967) tugatgan.
Mehnat faoliyati
Mehnat faoliyatini 1960-yilda Toshkent qishloq xoʻjaligi mashinasozligi („Tashselmash“) zavodida master yordamchiligidan boshladi. Soʻng mazkur korxonada master, texnolog. 1961-yildan 1966-yilgacha V. P. Chkalov nomidagi Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasida muhandis, yetakchi muhandis-konstruktor boʻlib ishladi. 1966-yilda Oʻzbekiston Davlat plan komitetiga ishga oʻtib, bosh mutaxassislikdan respublika Davlat plan komiteti raisining birinchi oʻrinbosarigacha boʻlgan yoʻlni bosib oʻtdi. 1983-yildan Oʻzbekiston SSR Moliya vaziri, 1986-yildan Oʻzbekiston SSR Ministrlar Soveti raisining oʻrinbosari — respublika Davlat plan komitetining raisi. 1986—1989-yillarda Oʻzbekiston KP Qashqadaryo viloyat komitetining birinchi kotibi, 1989-yil iyunidan Oʻzbekiston KP MK birinchi kotibi. 1990-yil 24-martda Oʻzbekiston SSR Oliy Kengashining sessiyasida Islom Karimov Oʻzbekiston SSR Prezidenti etib saylandi.
Siyosiy faoliyati
1991-yil 31-avgustda Karimov tarixiy voqea — Oʻzbekiston Respublikasining davlat mustaqilligini eʼlon qildi. 1991-yil 29-dekabrda muqobillik asosida oʻtkazilgan umumxalq saylovida Karimov Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylandi. 1995-yil 26-martda boʻlib oʻtgan umumxalq referendumi yakunlariga koʻra, Karimovning Prezidentlik vakolati 2000-yilga qadar uzaytirildi. 2000-yil 9-yanvarda u muqobillik asosida Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti etib qayta saylandi. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 89- va 93-moddalariga muvofiq, Karimov ayni vaqtda, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Raisi (1990—1992), Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining Oliy Bosh qoʻmondonidir.
Ilmiy faoliyati
Karimov Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi (1994), shuningdek, iqtisod, fan, taʼlimni rivojlantirishga qoʻshgan ulkan hissasi uchun oʻndan ortiq xorijiy mamlakat universitet va akademiyalarining faxriy fan doktori, professor hamda akademikligiga saylangan. Uning
- „Oʻzbekistonning oʻz istiqlol va taraqqiyot yoʻli“ (1992),
- „Yangi uy qurmay turib, eskisini buzmang“ (1993),
- „Oʻzbekiston — bozor munosabatlariga oʻtishning oʻziga xos yoʻli“ (1993),
- „Bizdan ozod va obod Vatan qolsin“ (1994),
- „Istiqlol va maʼnaviyat“ (1994),
- „Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir“ (1995),
- „Oʻzbekiston XXI asr boʻsagʻasida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari“ (1997),
- „Barkamol avlod orzusi“ (1998),
- „Kuchli davlatdan kuchli jamiyat sari“ (1998),
- „Tarixiy xotirasiz kelajak yoʻq“ (1998),
- „Olloh qalbimizda, yuragimizda“ (1999),
- „Ozod va obod vatan, erkin va farovon hayot — pirovard maqsadimiz“ (2000),
- „Tinchlik uchun kurashmoq kerak“ (2001),
- „Oʻzbekistonda demokratik oʻzgarishlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyati asoslarini shakllantirishning asosiy yoʻnalishlari“ (2002)
- Yuksak ma'naviyat–yengilmas kuch (2008)
va boshqa asarlarida iqtisodiyot, ijtimoiy-siyosiy taraqqiyotning dolzarb masalalari tadqiq qilingan, Oʻzbekistonning ichki va tashqi siyosati ilmiy asoslab berilgan, hozirgi va istiqboldagi vazifalar koʻrsatib oʻtilgan. Uning Yevropa va Osiyoda asarlari ingliz, rus, fransuz, ispan, nemis, hind, xitoy, arab, koreys, turk va boshqa xorijiy tillarga tarjima qilinib, bir necha bor nashr etilgan.
Xorijiy davlatlarga tashriflar
Quyida O'zbekiston Respublikasi birinchi Prezident Islom Karimovning davlat rahbari sifatida xorijiy davlatlarga qilgan rasmiy tashriflari keltirilgan[4]:
# | Davlat | Tashrif sanasi | Sabab |
---|---|---|---|
125 | Rossiya | 03-05.01.2014 | ikki tomonlama munosabatlar |
124 | Latviya | 10-12.10.2014 | ikki tomonlama munosabatlar |
123 | Turkmaniston | 14-17.09.2014 | ikki tomonlama munosabatlar |
122 | Isroil | 20-21.03.2014 | ikki tomonlama munosabatlar |
121 | Shveysariya | 10-12.10.2013 | ikki tomonlama munosabatlar |
120 | Fransiya | 23-26.09.2013 | ikki tomonlama munosabatlar |
119 | Turkmaniston | 15-16.10.2012 | Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi (MDH) Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisi |
118 | Ozarbayjon | 15-16.10.2012 | ikki tomonlama munosabatlar |
117 | Turkmaniston | 01-02.10.2012 | ikki tomonlama munosabatlar |
116 | Qozogʻiston | 06-07.09.2012 | ikki tomonlama munosabatlar |
115 | Xitoy | 05-07.06.2012 | Shanxay hamkorlik tashkiloti (ShHT) Davlat rahbarlari kengashining 12-majlisi |
114 | Rossiya | 20-21.12.2011 | Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti va Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi oliy organlarining Moskva shahrida boʻlib oʻtgan sessiyalari |
113 | Qozogʻiston | 14-15.06.2011 | Shanxay hamkorlik tashkilotiga (ShHT) aʼzo davlatlar Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisi |
112 | Hindiston | 17-18.05.2011 | ikki tomonlama munosabatlar |
111 | Xitoy | 19-20.04.2011 | ikki tomonlama munosabatlar |
110 | Yaponiya | 18.02.2011 | Imperator Akihito, Bosh vazir Naoto Kan, Yaponiya Parlamentining yuqori va quyi palatalari raislari bilan uchrashuv |
109 | Belgiya | 24.01.2011 | NATO Bosh kotibi Anders Fogh Rasmussen bilan uchrashdi |
108 | Rossiya | 10.12.2010 | ikki tomonlama munosabatlar, Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti (ODKB) Kollektiv xavfsizlik kengashi |
107 | Qatar | 23-24.11.2010 | ikki tomonlama munosabatlar |
106 | Turkmaniston | 19-20.10.2010 | ikki tomonlama munosabatlar, Oʻzbekiston va Turkmaniston xalqlarining doʻstlik festivali |
105 | AQSh | 20.09.2010 | BMT Bosh Assambleyasining Mingyillik rivojlanish maqsadlari boʻyicha oliy darajadagi yalpi majlisi |
104 | Koreya Respublikasi | 10-12.02.2010 | ikki tomonlama munosabatlar, Ustyurt gaz-kimyo majmuini qurish va konni oʻzlashtirish loyihasi |
103 | Turkmaniston | 13-14.12.2009 | ikki tomonlama munosabatlar |
102 | Ummon | 04-05.10.2009 | ikki tomonlama munosabatlar |
101 | Rossiya | 14-16.06.2009 | Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti (ODKB) Kollektiv xavfsizlik kengashining sessiyasi, Shanxay hamkorlik tashkilotining navbatdagi sammiti |
100 | Braziliya | 26-28.05.2009 | ikki tomonlama munosabatlar |
99 | Rossiya | 04.02.2009 | Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti (ODKB) Kollektiv xavfsizlik kengashi sessiyasi |
98 | Qirgʻiziston | 09-10.10.2008 | Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi Davlat rahbarlari kengashi, Yevroosiyo iqtisodiy hamjamiyati Davlatlararo kengashi majlislari hamda Markaziy Osiyo davlat rahbarlarining uchrashuvi |
97 | Ozarbayjon | 11-14.09.2008 | ikki tomonlama munosabatlar |
96 | Rossiya | 05-06.09.2008 | ikki tomonlama munosabatlar, Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti (ODKB) sammiti |
95 | Tojikiston | 27-28.08.2008 | Shanxay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari majlisi |
94 | Xitoy | 08-09.08.2008 | Yozgi Olimpiada oʻyinlari 2008 ochilish marosimi |
93 | Qozogʻiston | 22-23.04.2008 | ikki tomonlama munosabatlar |
92 | Ruminiya | 03-04.04.2008 | Buxarestda NATO/Yevroatlantika hamkorlik kengashi sammiti |
91 | Birlashgan Arab Amirliklari | 17-18.03.2008 | ikki tomonlama munosabatlar |
90 | Koreya Respublikasi | 24-26.02.2008 | Lee Myung-bakning oʻz lavozimini bajarishga rasman kirishish marosimi |
89 | Rossiya | 05-06.02.2008 | ikki tomonlama munosabatlar |
88 | Turkmaniston | 18-19.10.2007 | ikki tomonlama munosabatlar |
87 | Tojikiston | 05-06.10.2007 | Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi Davlat rahbarlari majlisi, Yevroosiyo iqtisodiy hamjamiyati Davlatlararo kengashining majlisi, Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti Kollektiv xavfsizlik kengashining sessiyasi |
86 | Misr | 17-19.04.2007 | ikki tomonlama munosabatlar qoʻshma bayonoti |
85 | Singapur | 25.01.2007 | ikki tomonlama munosabatlar |
84 | Belarus | 22-25.06.2006 | Yevroosiyo iqtisodiy hamjamiyati majlisi |
83 | Qozogʻiston | 17.06.2006 | Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari boʻyicha kengashning (OHICHK) sammiti |
82 | Pokiston | 02-05.05.2006 | ikki tomonlama munosabatlar |
81 | Koreya Respublikasi | 29-30.03.2006 | ikki tomonlama munosabatlar |
80 | Qozogʻiston | 10-11.01.2006 | ikki tomonlama munosabatlar |
79 | Rossiya | 14.11.2005 | ikki tomonlama munosabatlar |
78 | Rossiya | 06-09.10.2005 | „Markaziy Osiyo hamkorligi“ majlisi |
77 | Moldova | 02-03.10.2005 | ikki tomonlama munosabatlar |
76 | Qozogʻiston | 04.07.2005 | Shanxay hamkorlik tashkilotiga (SHHT) aʼzo davlatlar rahbarlari sammiti |
75 | Rossiya | 28.06.2005 | ikki tomonlama munosabatlar |
74 | Xitoy | 25.05.2005 | ikki tomonlama munosabatlar |
73 | Hindiston | 04.04.2005 | ikki tomonlama munosabatlar |
72 | Sloveniya | 15.03.2005 | ikki tomonlama munosabatlar |
71 | Tojikiston | 17-18.08.2004 | „Markaziy Osiyo Hamkorligi“ majlisi |
70 | Qozogʻiston | 02-03.07.2004 | MDH davlatlari sammiti |
70 | Rossiya | 02-03.07.2004 | ikki tomonlama munosabatlar |
69 | Rossiya | 15-18.04.2004 | ikki tomonlama munosabatlar |
68 | Latviya | 07-08.04.2004 | ikki tomonlama munosabatlar |
67 | Quvayt | 19-20.01.2004 | ikki tomonlama munosabatlar |
66 | Gruziya | 09-10.10.2003 | ikki tomonlama munosabatlar |
65 | Ukraina | 18-19.09.2003 | Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi davlat rahbarlarining Kengashi |
64 | Qozogʻiston | 05-06.07.2003 | „Markaziy Osiyo hamkorligi“ tashkiloti davlat rahbarlari sammiti |
63 | Eron | 17-18.06.2003 | ikki tomonlama munosabatlar |
62 | Rossiya | 29.05.2003 | Shanxay hamkorlik tashkiloti (SHHT) ishtirokchi-davlatlar rahbarlari sammiti |
61 | Ispaniya | 27-29.01.2003 | ikki tomonlama munosabatlar |
60 | Yaponiya | 27.12.2002 | „Markaziy Osiyo hamkorligi“ (MOH) tashkilotining ishtirokchi-davlatlari rahbarlari sammiti |
59 | Chexiya | 21.11.2002 | ikki tomonlama munosabatlar, NATO-yevroatlantik sheriklik Kengashi sammiti |
58 | Vengriya | 27.10.2002 | ikki tomonlama munosabatlar |
57 | Moldova | 07.10.2002 | Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi (MDH) sammiti |
56 | Tojikiston | 05-06.10.2002 | „Markaziy Osiyo hamkorligi“ tashkilotining sammiti |
55 | Litva | 23.09.2002 | doʻstlik va hamkorlik haqidagi bitim |
54 | Yaponiya | 29.07.2002 | ikki tomonlama munosabatlar |
53 | Rossiya | 06.06.2002 | MDH sammiti[5] |
52 | Rossiya | 17.05.2001 | MDH sammiti |
51 | AQSh | 08.09.2000 | BMT „Mingyillik majlisi“ sammiti |
50 | Tojikiston | 05.07.2000 | „Shanxay beshligi“ sammiti |
49 | Rossiya | 21-23.06.2000 | oʻzaro hamkorlik, MDHga aʼzo davlatlar boshliqlari kengashining majlisi |
48 | Eron | 09-11.06.2000 | Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti sammiti |
47 | Hindiston | 03.05.2000 | oʻzaro hamkorlik |
46 | Rossiya | 24-25.01.2000 | Mustaqil Davlatlar hamdoʻstligiga aʼzo mamlakatlar rahbarlarining sammiti[6] |
45 | Turkiya | 18-19.11.1999 | Yevropada xavfsizlik va hamkorlik boʻyicha sammit |
44 | Xitoy | 08-09.11.1999 | oʻzaro hamkorlik |
43 | AQSh | 23-25.04.1999 | oʻzaro hamkorlik, NATOning 50 yilligi, Yevroatlantik sheriklik kengashi majlisi |
42 | Rossiya | 02.04.1999 | oʻzaro hamkorlik, MDH sammiti |
41 | Fransiya | 06.11.1998 | oʻzaro hamkorlik, UNESCO Ijroiya kengashi 155-sessiyasining yakunlovchi majlisi |
40 | Turkiya | 29.10.1998 | mamlakat Respublika deb eʼlon qilinganligining 75 yilligi |
39 | Isroil | 14-16.09.1998 | oʻzaro hamkorlik |
38 | Ozarbayjon | 08.09.1998 | oʻzaro hamkorlik |
37 | Qozogʻiston | 10.06.1998 | Ostona shahri |
36 | Rossiya | 05-07.05.1998 | oʻzaro hamkorlik |
35 | Rossiya | 28-29.04.1998 | MDH majlisi |
34 | AQSh | 05.02.1998 | Solijon Sharipovni kutib olish |
33 | Turkmaniston | 05.01.1998 | Markaziy Osiyo sammiti |
32 | Turkmaniston | 14.05.1997 | Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti (IHT) sammiti |
31 | Portugaliya | 02-03.12.1996 | Yevropa xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti sammiti |
30 | AQSh | 23-28.06.1996 | oʻzaro hamkorlik |
29 | Italiya | 20-21.06.1996 | oʻzaro hamkorlik |
28 | Fransiya | 21-24.04.1996 | oʻzaro hamkorlik, Amir Temur 660 yilligi |
27 | Shveysariya | 06.02.1996 | Xalqaro Olimpiya Qoʻmitasi majlisi |
26 | Rossiya | 19.01.1996 | MDH majlisi |
25 | AQSh | 22-24.10.1995 | BMT majlisi |
24 | Qirgʻiziston | 28.08.1995 | Turkiy Kengash |
23 | Rossiya | 08-10.05.1995 | Ikkinchi jahon urushidagi gʻalabaning 50 yilligi |
22 | Koreya Respublikasi | 15-17.02.1995 | oʻzaro hamkorlik |
21 | Shveysariya | 01.02.1995 | Butunjahon iqtisodiy anjumani |
20 | Vengriya | 05.12.1994 | oʻzaro hamkorlik |
19 | Xitoy | 24-26.10.1994 | oʻzaro hamkorlik |
18 | Yaponiya | 16-19.05.1994 | oʻzaro hamkorlik |
17 | Shveysariya | 27-31.01.1994 | Butunjahon iqtisodiy anjumani |
16 | Qirgʻiziston | 16.01.1994 | oʻzaro hamkorlik |
15 | Hindiston | 03-05.01.1994 | oʻzaro hamkorlik |
14 | Birlashgan Qirollik | 22-25.11.1993 | oʻzaro hamkorlik |
13 | Fransiya | 27-30.10.1993 | MDH sammiti |
12 | AQSh | 26-28.09.1993 | BMT sammiti |
11 | Rossiya | 06.08.1993 | MDH sammiti |
10 | Turkiya | 06.07.1993 | oʻzaro hamkorlik, Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti sammiti |
9 | Shveysariya | 28.01.1993 | Butunjahon iqtisodiy anjumani |
8 | Belarus | 22.01.1993 | MDH sammiti |
7 | Finlandiya | 10.07.1992 | Yevropa xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti sammiti |
6 | Turkiya | 29.05.1992 | oʻzaro hamkorlik |
5 | Saudiya Arabistoni | 11-13.04.1992 | oʻzaro hamkorlik |
4 | Finlandiya | 26.02.1992 | Yevropada Xavfsizlik Va Hamkorlik Kengashining Yakunlovchi Hujjati |
3 | Shveysariya | 02.02.1992 | Butunjahon iqtisodiy anjumani |
2 | Turkmaniston | 14.12.1991 | oʻzaro hamkorlik |
1 | Rossiya | 29.10.1991 | oʻzaro hamkorlik |
Mukofotlari
Oʻzbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdugʻaniyevich Karimovning davlat mukofotlari[7].
Oʻzbekiston
# | Mukofot | Sanasi | Sabab |
---|---|---|---|
1 | „Oʻzbekiston Qahramoni“ unvoni[8], „Oltin Yulduz“ medali | 05.05.1994 | Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1048-XP-qarori asosida |
2 | „Mustaqillik“ ordeni [9] | 29.08.1996 | Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 269-I-qarori asosida |
3 | „Amir Temur“ ordeni | 26.12.1997 | Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarori asosida |
Sovet davridagi davlat mukofotlari
# | Mukofot | Sanasi | Sabab |
---|---|---|---|
1 | „Mehnat Qizil bayroq“ ordeni | 12.06.1981 | SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 5057-X-farmoni asosida |
2 | „Xalqlar doʻstligi“ ordeni | 29.01.1988 | SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 8409-XI -farmoni asosida |
Chet el davlatlari mukofotlari va faxriy unvonlari
# | Davlat/Tashkilot va uning mukofoti | Sanasi |
---|---|---|
1 | Seuldagi Sogang universiteti (Koreya Respublikasi) Faxriy fan doktori | 1992-yil, iyun |
2 | Al-Azhar universiteti (Misr) Faxriy doktor | 1992-yil, dekabr |
3 | Jawaharlal Neru nomidagi universitet (Hindiston) Faxriy huquq doktori | 1994-yil, yanvar |
4 | „Ruhoniyat“ maʼnaviyatni qayta tiklashga koʻmaklashish assotsiatsiyasi (Qirgʻiziston) „Xalqlar oʻrtasida tinchlik va totuvlik uchun“ medali va diplomi | 1994-yil, yanvar |
5 | Koreya Respublikasi Hukumati Katta „Mugunxva 2“ ordeni | 1995-yil, fevral |
6 | Yevroosiyo xalqaro kikboksing federatsiyasi Xotira kubogi | 1995-yil, mart |
7 | Xalqaro fan, sanoat, taʼlim va sanʼat akademiyasi (AQSh) Akademiya faxriy aʼzosi | 1996-yil, yanvar |
8 | Xalqaro olimpiya qoʻmitasi Oltin medal | 1996-yil, fevral |
9 | UNESCO „Avitsenna“ oltin medali | 1996-yil, aprel |
10 | Boku davlat universiteti (Ozarbayjon) Faxriy doktor | 1996-yil, may |
11 | Osiyo Olimpiya kengashi Oltin medal | 1997-yil, may |
12 | Qozogʻiston Respublikasi „Altin kiran“ („Oltin burgut“) ordeni | 1997-yil, iyun |
13 | G. Plexanov nomidagi Rossiya iqdisodiyot akademiyasi (Rossiya) Faxriy fan doktori | 1998-yil, yanvar |
14 | Rus pravoslav cherkovi nomidan Toshkent va Oʻrta Osiyo Yeparxiyasi I darajali Knyaz Daniil ordeni | 1998-yil, fevral |
15 | Ukraina Respublikasi I darajali «Yaroslav Mudriy» ordeni | 1998-yil, fevral |
16 | Aviatsiya va havoda suzish fanlari akademiyasi (Rossiya) Akademiki | 1998-yil, dekabr |
17 | Fanlar oliy maktabi xalqaro akademiyasi (Rossiya) Akademik | 1999-yil, may |
18 | Xalqaro havaskorlar kurash assotsiatsiyasi Oltin zanjir | 1999-yil, may |
19 | Kurash boʻyicha I xalqaro turnir (Rossiya) Kubok | 1999-yil, sentyabr |
20 | „Ey-Ti-Pi“ (Professional tennischilar assotsiatsiyasi) Billur raketka | 1999-yil, sentyabr |
21 | „Fontis“ universiteti (Niderlandiya) Faxriy doktor | 2000-yil, sentyabr |
22 | Oʻzbek kurashi boʻyicha xalqaro turnir (Rossiya) Kubok | 2000-yil, oktyabr |
23 | M. Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti (Rossiya) Faxriy professor | 2001-yil, yanvar |
24 | Milliy olimpiya qoʻmitalari assotsiatsiyasi „Besh qitʼa belgisi“ oltin ordeni | 2001-yil, iyul |
25 | „Ey-Ti-Pi“ (Professional tennischilar assotsiatsiyasi) Billur globus | 2001-yil, sentyabr |
26 | Merilend universiteti (AQSh) Faxriy yorliq va oltin medal | 2002-yil, mart |
27 | Yahudiylar milliy markazi (AQSh) Terrorizmga qarshi kurashdagi ulkan hissasi uchun „Xalqaro yetakchi“ mukofoti | 2002-yil, mart |
28 | Amerika — Oʻzbekiston savdo palatasi (AQSh) Davlatni boshqarish sohasidagi xizmatlar eʼtirofi mukofoti | 2002-yil, mart |
29 | Xalqaro kurash assotsiatsiyasi Oltin orden | 2002-yil, aprel |
30 | Vaseda universiteti (Yaponiya) Faxriy huquq doktori | 2002-yil, iyul |
31 | Alkada de Enares universiteti (Ispaniya) „Sisneros“ medali va faxriy diplom | 2002-yil, avgust |
32 | Litva Respublikasi Buyuk Vitautas ordeni | 2002-yil, sentyabr |
33 | Budapesht shahri meriyasi (Vengriya) Budapesht shahri „Oltin kalit“i | 2002-yil, oktyabr |
34 | Soka universiteti (Yaponiya) Faxriy doktor | 2002-yil, dekabr |
35 | Ispaniya qiroli „Fuqarolik xizmatlari uchun“ ordeni | 2003-yil, yanvar |
36 | Ispaniya Senati Medal va Ispaniya Konstitutsiyasining 1978-yilgi nusxasi | 2003-yil, yanvar |
37 | Madrid shahar meriyasi (Ispaniya) Madrid shahri „Oltin kalit“i | 2003-yil, yanvar |
38 | Sorbonna universiteti, Parij-Syud universiteti (Fransiya) Prezidentlik faoliyati uchun faxriy diplomi | 2003-yil, yanvar |
39 | „Andrey Pervozvanniy“ fondi (Rossiya) „Andrey Pervozvanniy“ oltin ordeni | 2003-yil, may |
40 | Polsha Respublikasi „Xizmatlari uchun“ I darajali ordeni | 2003-yil, iyul |
41 | Gruziya Respublikasi „Zolotoye runo“ ordeni | 2003-yil, oktyabr |
42 | Bolgariya Respublikasi „Stara Planina“ ordeni | 2003-yil, noyabr |
43 | „Rossiya kon sanoatchilari“ konchilik fanlari akademiyasi (Rossiya) Konchilik fanlari akademiyasining faxriy aʼzosi, „Rossiya konchisi“ oltin belgisi | 2004-yil, fevral |
44 | T. Shevchenko nomidagi Kiev milliy universiteti (Ukraina) Universitet faxriy doktori | 2004-yil, aprel |
45 | Xalqaro mukofotlar fondi (Latviya) „Karomatgoʻy muqaddas Nikolay“ oltin ordeni | 2004-yil, aprel |
46 | Seul shahri meriyasi (Koreya Respublikasi) Seul shahri faxriy fuqarosi | 2006-yil, mart |
47 | UNESCO „Borobodur“ oltin medali | 2006-yil, sentyabr |
48 | YuNESKO „Aristotel“ oltin medali | 2007-yil, avgust |
49 | YuNESKO „Buyuk ipak yoʻli“ oltin medali | 2007-yil, oktyabr |
50 | Turkmaniston „Xormatli il yashulusi“ faxriy unvoni | 2008-yil, oktyabr |
51 | Latviya Respublikasi „Uch yulduz“ ordeni | 2008-yil, oktyabr |
52 | Amerika — Oʻzbekiston savdo palatasi (AQSh) „Oʻzbekiston Respublikasini davlat tomonidan samarali boshqariladigan bozor iqdisodiyotiga barqaror oʻzgartirishni taʼminlaganlik uchun“ faxriy mukofoti | 2011-yil, fevral |
53 | Amerika — Oʻzbekiston savdo palatasi (AQSh) „Doʻstlikni mustahkamlashga qoʻshgan hissasi uchun“ mukofoti | 2012-yil, avgust |
54 | G. Plexanov nomidagi Rossiya iqdisodiyot universiteti „Universitet oldidagi xizmatlari uchun“ faxriy koʻkrak nishoni | 2013-yil, yanvar |
55 | Serbiya Respublikasi II darajali „Serbiya Respublikasi ordeni“ | 2013-yil, fevral |
56 | Latviya Respublikasi „Eʼtirof xochi“ ordeni | 2013-yil, oktyabr |
57 | Gruziya Respublikasi „Jasorat“ ordeni | 2013-yil, oktyabr |
58 | Turkmaniston Mahtumquli nomidagi xalqaro mukofot | 2014-yil, oktyabr |
59 | „Natsistlarga qarshi urush jangchilari va partizan-nogironlari ittifoqi“ tashkiloti (Isroil) „II jahon urushida fashizm ustidan qozonilgan gʻalabaning 70 yilligi“ yubiley medali | 2015-yil, mart |
60 | Xalqaro olimpiya qoʻmitasi „Sport va Olimpiya harakatini rivojlantirishga qoʻshgan ulkan hissasi uchun“ medali | 2015-yil, iyun |
61 | Osiyo milliy olimpiya qoʻmitalari assotsiatsiyasi va Osiyo olimpiya kengashi Oʻzbekiston va Osiyoda futbolni rivojlantirishga qoʻshgan ulkan hissasi uchun Osiyo olimpiya kengashi mukofoti | 2015-yil, iyun |
62 | Xalqaro havaskor bokschilar uyushmasi (AIBA) „Xizmatlari uchun“ ordeni | 2015-yil, iyul |
Vafoti
Oʻzbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov 2016-yil 2-sentyabrida Toshkent vaqti bilan soat 20:55 da Toshkent shahrida bosh miyada qayta tiklanmaydigan oʻzgarishlarga va poliorgan yetishmovchiligiga olib kelgan miya qon aylanishining oʻtkir buzilishi (insult) oqibatida vafot etdi[10].
Oilasi
- Otasi — Abdugʻani Karimov, (1894—1967) Samarqand shahridagi fabrikada ishchi boʻlgan[11].
- Onasi — Sanobar Karimova, (1902—1982) Samarqand shahridagi fabrikada ishchi boʻlgan.
- 1965-yilda millati ukrain boʻlgan Natalya Petrovna Kuchmaga uylangan. 1970-yilda ajrashgan. Bu nikohdan Pyotr ismli oʻgʻli bor[12].
- Opasi — Karimova Mexriniso Abduganievna (1920-yil tugʻilgan).
- Akasi — Karimov Omonullo Abduganievich (1922-yil tugʻilgan).
- Akasi — Karimov Ibod Gʻaniyevich (1926—2015), professor.
- Akasi — Karimov Arslon Abduganievich (1931—1989).
- Akasi — Karimov Ikrom Abduganievich (1933—1976).
- Akasi — Karimov Quddus Gʻaniyevich, (1934—1995), professor.
- Ukasi — Karimov Xurshid Abduganievich (1941—2009).
- 1971—2016-yillar oraligʻida Tatyana Akbarovna Karimova bilan nikohda.
- Qizi — Gulnora Karimova, diplomat. 2015-yilda moliyaviy jinoyatlarda ayblanib, 5 yilga qamalgan. Turmush oʻrtogʻi Mansur Maqsudiy, tadbirkor. 2 nafar farzandi bor: oʻgʻli Islom va qizi Imon.
- Qizi — Lola Karimova-Tillayeva, diplomat. Oʻzbekistonning UNESCOdagi doimiy vakili sifatida ishlagan. Turmush oʻrtogʻi — Tillayev Timur Hakimovich, tadbirkor. 3 nafar farzandi bor: oʻgʻli Umar, qizlari Maryam va Safiya.
Xotirasi
Oʻzbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil 25-yanvardagi qaroriga[13] asosan, quyidagilar:
- 2016-yil oktyabr oyida Islom Karimov nomidagi Respublika xayriya jamoat fondi tuzildi;
- Toshkent shahri, Yashnobod tumanining Fargʻona yoʻli koʻchasida joylashgan jome masjidga „Islom ota jomeʻ masjidi“ deb nom berildi;
Shuningdek:
- „Oʻzbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdugʻaniyevich Karimov siymosi tasvirlangan haykalni yaratish boʻyicha xalqaro ijodiy tanlovni tashkil etish toʻgʻrisida“gi qaror qabul qilindi.
- Vazirlar Mahkamasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovning xotirasini abadiylashtirish chora-tadbirlari rejasini oʻrnatilgan tartibda ishlab chiqildi.
Shu munosabat bilan:
- Samarqand shahrida Islom Karimov dafn etilgan hududda yodgorlik majmuasini barpo etish;
- Oʻzbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdugʻaniyevich Karimov siymosini yaratish boʻyicha xalqaro ijodiy tanlovda gʻolib deb topilgan haykallarni Toshkent shahrida, Samarqand shahrida va u kishi birinchi rahbar boʻlib ishlagan Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahrida oʻrnatish;
- Toshkent shahridagi Oqsaroy qarorgohida Islom Karimov nomidagi ilmiy-maʼrifiy yodgorlik majmuasini tashkil etish va Islom Karimov nomidagi Respublika xayriya jamoat fondini ham ushbu manzil boʻyicha joylashtirish[14];
- Samarqand shahrida Islom Karimov muzeyini tashkil etish;
Quyidagi muassasa va obyektlarga:
- Toshkent davlat texnika universitetiga;
- Asakadagi avtomobil zavodiga;
- Fargʻona shahridagi Sanʼat saroyiga;
- Toshkent xalqaro aeroportiga;
- Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlardagi markaziy koʻchalarga (mahalliy davlat hokimiyati organlari takliflari asosida) Islom Karimov nomini berish;
- har yili 30-yanvar kunini keng nishonlash, 2-sentyabr kunini Xotira kuni sifatida yod etish;
- oliy oʻquv yurtlari talabalari uchun Islom Karimov nomidagi davlat stipendiyasini joriy etish;
- Islom Karimovning hayoti va faoliyati haqida ilmiy va badiiy asarlar, hujjatli va badiiy filmlar yaratish;
- Islom Karimov siymosi aks ettirilgan maxsus pochta markalarini chiqarish haqida koʻrsatmalar berildi.
2018-yil 17-oktyabrda Moskva shahridagi Oʻzbekiston elchixonasi yonida, Islom Karimov nomli xiyobon tashkil etilib, uning markazida Karimovning haykali oʻrnatildi[15].
Adabiyot
- Eʼtirof (oʻzbek, ingliz, rus tillarida), T., 1995;
- Oʻzbekistonning yangi tarixi, 3-j. (Mustaqil Oʻzbekiston tarixi), T., 2000;
- Islom Karimov — Oʻzbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti (fotoalbom; oʻzbek, ingliz, rus tillarida), T., 1998;
- Levitin L., Karlayl D. S, Islom Karimov — yangi Oʻzbekiston Prezidenti, T., 1996;
- Levitin L., Uzbekistan na istoricheskom povorote, M., 2001;
- Seriya vojdi narodov — XX vek, M., 1996;
- Murod Sharifxoʻjayev. Formirovanie otkritogo grajdanskogo obщestva v Uzbekistane, T., 2002;
- Amerikaga tashrif — Vizit v Ameriku, T., 2002[16].
Manbalar
- ↑ news.uzreport.com[sayt ishlamaydi]
- ↑ http://www.bbc.com/russian/news-37254125
- ↑ „„O‘zbekiston adabiyoti va san`ati" gazetasi 1994-yil 6-may kungi soni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1994-yil 5-maydagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimovga “O‘Zbekiston Qahramoni” unvonini berish to‘g‘risida”gi qarori“ (http://press.natlib.uz/).
- ↑ Xorijga tashriflar[sayt ishlamaydi]
- ↑ „arxiv nusxasi“. 2017-yil 7-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 7-dekabr.
- ↑ „arxiv nusxasi“. 2017-yil 7-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 7-dekabr.
- ↑ „ISLOM KARIMOV ILMIY-MAʼRIFIY MAJMUASI“. 2020-yil 16-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 9-dekabr.
- ↑ „„Xalq so‘zi" gazetasi 1994-yil 6-may soni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1994-yil 5-maydagi "O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti Islom Karimovga "O‘zbekiston Qahramoni" unvonini berish to‘g‘risida"gi Qarori“ (http://press.natlib.uz/).
- ↑ „„Xalq so‘zi" gazetasi 1996-yil 30-avgust soni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi "O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimovni "Mustaqillik" ordeni bilan mukofotlash to‘g‘risida" Qaror“ (http://press.natlib.uz/).
- ↑ „Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлиси ва Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг ахбороти“. UzA (2016-yil 2-sentyabr).
- ↑ Islom Karimovning otasi haqida maʼlumot berildi
- ↑ Islom Karimovning oʻgʻli…
- ↑ Oʻzbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdugʻaniyevich Karimovning xotirasini abadiylashtirish toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori
- ↑ „Oqsaroydagi meʼmoriy majmua“. 2017-yil 7-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 7-dekabr.
- ↑ https://m.kun.uz/news/2018/10/18/moskvada-islom-karimov-ajkali-ocildi
- ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Havolalar
Vikiiqtibosda Islom Karimovga tegishli iqtiboslar mavjud. |
- Islom Karimov tarjimai holi (Wayback Machine saytida 2008-01-09 sanasida arxivlangan) www.press-service.uz