Islom Karimov

Oʻzbekiston Respublikasining birinchi prezidenti rahnamosi

Islom Abdugʻaniyevich Karimov (1938-yil 30-yanvar, Samarqand shahrida oddiy xizmatchi oilasida dunyoga kelgan— 2016-yil 2-sentyabr og'ir kasallik tufayli vafot etdi. Toshkent shahri[2]) — davlat va siyosat arbobi, Oʻzbekiston Respublikasining birinchi prezidenti. Oʻzbekiston Qahramoni (1994)[3]. Oʻzbekiston Qurolli Kuchlari Oliy Bosh Qoʻmondoni va 2007-yilgi prezidentlik saylovlari gʻolibi, 2015-yilgi prezidentlik saylovlari gʻolibi. Oʻzbekiston mustaqilligi eʼlon qilingunga qadar OʻzSSR kommunistik partiyasi birinchi kotibi. 1991-yildan umrining oxiriga qadar Oʻzbekiston Prezidenti. Islom Karimov boshchiligida Oʻzbekiston oʻzining Konstitutsiyasiga ega boʻldi, BMTda tan olindi va MDH davlatlari bilan teng huquqli aloqalarni olib borgan.

Islom Abdugʻaniyevich Karimov
Oʻzbekiston Prezidenti
Mansab davri
1991-yil 29-dekabr – 2016-yil 2-sentyabrgacha
Hukumat boshligʻi Shukrullo Mirsaidov
Abdulhoshim Mutalov
Oʻtkir Sultonov
Shavkat Mirziyoyev
Oʻtmishdoshi lavozim taʻsis etilgan; uning oʻzi OʻzSSR Prezidenti sifatida
Vorisi Nigʻmatilla Yoʻldoshev (muvaqqat prezident)
Shavkat Mirziyoyev (muvaqqat prezident)
Shavkat Mirziyoyev
OʻzSSR KP MQ birinchi kotibi
Mansab davri
1989-yil 23-iyun – 1991-yil 14-sentyabrgacha
Oʻtmishdoshi Rafiq Nishonov
Vorisi lavozim tugatilgan
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 30-yanvar 1938-yil
Samarqand, Oʻzbekiston SSR
Vafoti 2-sentyabr 2016-yil(2016-09-02)
(78 yoshda)
Toshkent, Oʻzbekiston Respublikasi
Siyosiy partiyasi Oʻzbekiston Liberal-Demokratik Partiyasi[1]
Turmush oʻrtogʻi Natalya Kuchma (1965-1970)
Tatyana Karimova (1971-yildan)
Bolalari oʻgʻli: Pyotr (1966)
qizlari:Gulnora Karimova (1972)
Lola Karimova-Tillayeva (1978)
Onasi Sanobar Karimova
Otasi Abdugʻani Karimov
Mukofotlari
Oʻzbekiston qahramoni
“Mustaqillik” ordeni
Amir Temur ordeni
Xalqlar doʻstligi ordeni
Buyuk Vitautas oltin zanjirli ordeni Polsha Respublikasi oldidagi xizmatlari uchun katta xochli ordeni
Italiya Respublikasi oldidagi xizmatlari uchun katta xochli ordeni Oltin moʻyna ordeni
Uch yulduz ordeni 1-darajali Knyaz Yaroslav Mudriy ordeni
Fuqarolik xizmatlari uchun ordeni (Ispaniya) Serbiya Respublikasi lentali ordeni
Mugunxva ordeni
I darajali muqaddas sadoqatli Knyaz Daniil Moskovskiy ordeni
Vebsayti http://islomkarimov.uz/

Hayoti va faoliyati

Islom Karimov Samarqandda xizmatchi oilasida tugʻilgan. Oʻrta Osiyo politexnika instituti (1960), Toshkent xalq xoʻjaligi institutini (1967) tugatgan.

Mehnat faoliyati

Mehnat faoliyatini 1960-yilda Toshkent qishloq xoʻjaligi mashinasozligi („Tashselmash“) zavodida master yordamchiligidan boshladi. Soʻng mazkur korxonada master, texnolog. 1961-yildan 1966-yilgacha V. P. Chkalov nomidagi Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasida muhandis, yetakchi muhandis-konstruktor boʻlib ishladi. 1966-yilda Oʻzbekiston Davlat plan komitetiga ishga oʻtib, bosh mutaxassislikdan respublika Davlat plan komiteti raisining birinchi oʻrinbosarigacha boʻlgan yoʻlni bosib oʻtdi. 1983-yildan Oʻzbekiston SSR Moliya vaziri, 1986-yildan Oʻzbekiston SSR Ministrlar Soveti raisining oʻrinbosari — respublika Davlat plan komitetining raisi. 1986—1989-yillarda Oʻzbekiston KP Qashqadaryo viloyat komitetining birinchi kotibi, 1989-yil iyunidan Oʻzbekiston KP MK birinchi kotibi. 1990-yil 24-martda Oʻzbekiston SSR Oliy Kengashining sessiyasida Islom Karimov Oʻzbekiston SSR Prezidenti etib saylandi.

Siyosiy faoliyati

1991-yil 31-avgustda Karimov tarixiy voqea — Oʻzbekiston Respublikasining davlat mustaqilligini eʼlon qildi. 1991-yil 29-dekabrda muqobillik asosida oʻtkazilgan umumxalq saylovida Karimov Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylandi. 1995-yil 26-martda boʻlib oʻtgan umumxalq referendumi yakunlariga koʻra, Karimovning Prezidentlik vakolati 2000-yilga qadar uzaytirildi. 2000-yil 9-yanvarda u muqobillik asosida Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti etib qayta saylandi. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 89- va 93-moddalariga muvofiq, Karimov ayni vaqtda, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Raisi (1990—1992), Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining Oliy Bosh qoʻmondonidir.

Ilmiy faoliyati

Karimov Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi (1994), shuningdek, iqtisod, fan, taʼlimni rivojlantirishga qoʻshgan ulkan hissasi uchun oʻndan ortiq xorijiy mamlakat universitet va akademiyalarining faxriy fan doktori, professor hamda akademikligiga saylangan. Uning

  1. „Oʻzbekistonning oʻz istiqlol va taraqqiyot yoʻli“ (1992),
  2. „Yangi uy qurmay turib, eskisini buzmang“ (1993),
  3. „Oʻzbekiston — bozor munosabatlariga oʻtishning oʻziga xos yoʻli“ (1993),
  4. „Bizdan ozod va obod Vatan qolsin“ (1994),
  5. „Istiqlol va maʼnaviyat“ (1994),
  6. „Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir“ (1995),
  7. „Oʻzbekiston XXI asr boʻsagʻasida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari“ (1997),
  8. „Barkamol avlod orzusi“ (1998),
  9. „Kuchli davlatdan kuchli jamiyat sari“ (1998),
  10. „Tarixiy xotirasiz kelajak yoʻq“ (1998),
  11. „Olloh qalbimizda, yuragimizda“ (1999),
  12. „Ozod va obod vatan, erkin va farovon hayot — pirovard maqsadimiz“ (2000),
  13. „Tinchlik uchun kurashmoq kerak“ (2001),
  14. „Oʻzbekistonda demokratik oʻzgarishlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyati asoslarini shakllantirishning asosiy yoʻnalishlari“ (2002)
  15. Yuksak ma'naviyat–yengilmas kuch (2008)

va boshqa asarlarida iqtisodiyot, ijtimoiy-siyosiy taraqqiyotning dolzarb masalalari tadqiq qilingan, Oʻzbekistonning ichki va tashqi siyosati ilmiy asoslab berilgan, hozirgi va istiqboldagi vazifalar koʻrsatib oʻtilgan. Uning Yevropa va Osiyoda asarlari ingliz, rus, fransuz, ispan, nemis, hind, xitoy, arab, koreys, turk va boshqa xorijiy tillarga tarjima qilinib, bir necha bor nashr etilgan.

Xorijiy davlatlarga tashriflar

Quyida O'zbekiston Respublikasi birinchi Prezident Islom Karimovning davlat rahbari sifatida xorijiy davlatlarga qilgan rasmiy tashriflari keltirilgan[4]:

# Davlat Tashrif sanasi Sabab
125   Rossiya 03-05.01.2014 ikki tomonlama munosabatlar
124   Latviya 10-12.10.2014 ikki tomonlama munosabatlar
123   Turkmaniston 14-17.09.2014 ikki tomonlama munosabatlar
122   Isroil 20-21.03.2014 ikki tomonlama munosabatlar
121   Shveysariya 10-12.10.2013 ikki tomonlama munosabatlar
120   Fransiya 23-26.09.2013 ikki tomonlama munosabatlar
119   Turkmaniston 15-16.10.2012 Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi (MDH) Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisi
118   Ozarbayjon 15-16.10.2012 ikki tomonlama munosabatlar
117   Turkmaniston 01-02.10.2012 ikki tomonlama munosabatlar
116   Qozogʻiston 06-07.09.2012 ikki tomonlama munosabatlar
115   Xitoy 05-07.06.2012 Shanxay hamkorlik tashkiloti (ShHT) Davlat rahbarlari kengashining 12-majlisi
114   Rossiya 20-21.12.2011 Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti va Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi oliy organlarining Moskva shahrida boʻlib oʻtgan sessiyalari
113   Qozogʻiston 14-15.06.2011 Shanxay hamkorlik tashkilotiga (ShHT) aʼzo davlatlar Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisi
112   Hindiston 17-18.05.2011 ikki tomonlama munosabatlar
111   Xitoy 19-20.04.2011 ikki tomonlama munosabatlar
110   Yaponiya 18.02.2011 Imperator Akihito, Bosh vazir Naoto Kan, Yaponiya Parlamentining yuqori va quyi palatalari raislari bilan uchrashuv
109   Belgiya 24.01.2011 NATO Bosh kotibi Anders Fogh Rasmussen bilan uchrashdi
108   Rossiya 10.12.2010 ikki tomonlama munosabatlar, Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti (ODKB) Kollektiv xavfsizlik kengashi
107   Qatar 23-24.11.2010 ikki tomonlama munosabatlar
106   Turkmaniston 19-20.10.2010 ikki tomonlama munosabatlar, Oʻzbekiston va Turkmaniston xalqlarining doʻstlik festivali
105   AQSh 20.09.2010 BMT Bosh Assambleyasining Mingyillik rivojlanish maqsadlari boʻyicha oliy darajadagi yalpi majlisi
104   Koreya Respublikasi 10-12.02.2010 ikki tomonlama munosabatlar, Ustyurt gaz-kimyo majmuini qurish va konni oʻzlashtirish loyihasi
103   Turkmaniston 13-14.12.2009 ikki tomonlama munosabatlar
102   Ummon 04-05.10.2009 ikki tomonlama munosabatlar
101   Rossiya 14-16.06.2009 Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti (ODKB) Kollektiv xavfsizlik kengashining sessiyasi, Shanxay hamkorlik tashkilotining navbatdagi sammiti
100   Braziliya 26-28.05.2009 ikki tomonlama munosabatlar
99   Rossiya 04.02.2009 Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti (ODKB) Kollektiv xavfsizlik kengashi sessiyasi
98   Qirgʻiziston 09-10.10.2008 Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi Davlat rahbarlari kengashi, Yevroosiyo iqtisodiy hamjamiyati Davlatlararo kengashi majlislari hamda Markaziy Osiyo davlat rahbarlarining uchrashuvi
97   Ozarbayjon 11-14.09.2008 ikki tomonlama munosabatlar
96   Rossiya 05-06.09.2008 ikki tomonlama munosabatlar, Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti (ODKB) sammiti
95   Tojikiston 27-28.08.2008 Shanxay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari majlisi
94   Xitoy 08-09.08.2008 Yozgi Olimpiada oʻyinlari 2008 ochilish marosimi
93   Qozogʻiston 22-23.04.2008 ikki tomonlama munosabatlar
92   Ruminiya 03-04.04.2008 Buxarestda NATO/Yevroatlantika hamkorlik kengashi sammiti
91   Birlashgan Arab Amirliklari 17-18.03.2008 ikki tomonlama munosabatlar
90   Koreya Respublikasi 24-26.02.2008 Lee Myung-bakning oʻz lavozimini bajarishga rasman kirishish marosimi
89   Rossiya 05-06.02.2008 ikki tomonlama munosabatlar
88   Turkmaniston 18-19.10.2007 ikki tomonlama munosabatlar
87   Tojikiston 05-06.10.2007 Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi Davlat rahbarlari majlisi, Yevroosiyo iqtisodiy hamjamiyati Davlatlararo kengashining majlisi, Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti Kollektiv xavfsizlik kengashining sessiyasi
86   Misr 17-19.04.2007 ikki tomonlama munosabatlar qoʻshma bayonoti
85   Singapur 25.01.2007 ikki tomonlama munosabatlar
84   Belarus 22-25.06.2006 Yevroosiyo iqtisodiy hamjamiyati majlisi
83   Qozogʻiston 17.06.2006 Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari boʻyicha kengashning (OHICHK) sammiti
82   Pokiston 02-05.05.2006 ikki tomonlama munosabatlar
81   Koreya Respublikasi 29-30.03.2006 ikki tomonlama munosabatlar
80   Qozogʻiston 10-11.01.2006 ikki tomonlama munosabatlar
79   Rossiya 14.11.2005 ikki tomonlama munosabatlar
78   Rossiya 06-09.10.2005 „Markaziy Osiyo hamkorligi“ majlisi
77   Moldova 02-03.10.2005 ikki tomonlama munosabatlar
76   Qozogʻiston 04.07.2005 Shanxay hamkorlik tashkilotiga (SHHT) aʼzo davlatlar rahbarlari sammiti
75   Rossiya 28.06.2005 ikki tomonlama munosabatlar
74   Xitoy 25.05.2005 ikki tomonlama munosabatlar
73   Hindiston 04.04.2005 ikki tomonlama munosabatlar
72   Sloveniya 15.03.2005 ikki tomonlama munosabatlar
71   Tojikiston 17-18.08.2004 „Markaziy Osiyo Hamkorligi“ majlisi
70   Qozogʻiston 02-03.07.2004 MDH davlatlari sammiti
70   Rossiya 02-03.07.2004 ikki tomonlama munosabatlar
69   Rossiya 15-18.04.2004 ikki tomonlama munosabatlar
68   Latviya 07-08.04.2004 ikki tomonlama munosabatlar
67   Quvayt 19-20.01.2004 ikki tomonlama munosabatlar
66   Gruziya 09-10.10.2003 ikki tomonlama munosabatlar
65   Ukraina 18-19.09.2003 Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi davlat rahbarlarining Kengashi
64   Qozogʻiston 05-06.07.2003 „Markaziy Osiyo hamkorligi“ tashkiloti davlat rahbarlari sammiti
63   Eron 17-18.06.2003 ikki tomonlama munosabatlar
62   Rossiya 29.05.2003 Shanxay hamkorlik tashkiloti (SHHT) ishtirokchi-davlatlar rahbarlari sammiti
61   Ispaniya 27-29.01.2003 ikki tomonlama munosabatlar
60   Yaponiya 27.12.2002 „Markaziy Osiyo hamkorligi“ (MOH) tashkilotining ishtirokchi-davlatlari rahbarlari sammiti
59   Chexiya 21.11.2002 ikki tomonlama munosabatlar, NATO-yevroatlantik sheriklik Kengashi sammiti
58   Vengriya 27.10.2002 ikki tomonlama munosabatlar
57   Moldova 07.10.2002 Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi (MDH) sammiti
56   Tojikiston 05-06.10.2002 „Markaziy Osiyo hamkorligi“ tashkilotining sammiti
55   Litva 23.09.2002 doʻstlik va hamkorlik haqidagi bitim
54   Yaponiya 29.07.2002 ikki tomonlama munosabatlar
53   Rossiya 06.06.2002 MDH sammiti[5]
52   Rossiya 17.05.2001 MDH sammiti
51   AQSh 08.09.2000 BMT „Mingyillik majlisi“ sammiti
50   Tojikiston 05.07.2000 „Shanxay beshligi“ sammiti
49   Rossiya 21-23.06.2000 oʻzaro hamkorlik, MDHga aʼzo davlatlar boshliqlari kengashining majlisi
48   Eron 09-11.06.2000 Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti sammiti
47   Hindiston 03.05.2000 oʻzaro hamkorlik
46   Rossiya 24-25.01.2000 Mustaqil Davlatlar hamdoʻstligiga aʼzo mamlakatlar rahbarlarining sammiti[6]
45   Turkiya 18-19.11.1999 Yevropada xavfsizlik va hamkorlik boʻyicha sammit
44   Xitoy 08-09.11.1999 oʻzaro hamkorlik
43   AQSh 23-25.04.1999 oʻzaro hamkorlik, NATOning 50 yilligi, Yevroatlantik sheriklik kengashi majlisi
42   Rossiya 02.04.1999 oʻzaro hamkorlik, MDH sammiti
41   Fransiya 06.11.1998 oʻzaro hamkorlik, UNESCO Ijroiya kengashi 155-sessiyasining yakunlovchi majlisi
40   Turkiya 29.10.1998 mamlakat Respublika deb eʼlon qilinganligining 75 yilligi
39   Isroil 14-16.09.1998 oʻzaro hamkorlik
38   Ozarbayjon 08.09.1998 oʻzaro hamkorlik
37   Qozogʻiston 10.06.1998 Ostona shahri
36   Rossiya 05-07.05.1998 oʻzaro hamkorlik
35   Rossiya 28-29.04.1998 MDH majlisi
34   AQSh 05.02.1998 Solijon Sharipovni kutib olish
33   Turkmaniston 05.01.1998 Markaziy Osiyo sammiti
32   Turkmaniston 14.05.1997 Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti (IHT) sammiti
31   Portugaliya 02-03.12.1996 Yevropa xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti sammiti
30   AQSh 23-28.06.1996 oʻzaro hamkorlik
29   Italiya 20-21.06.1996 oʻzaro hamkorlik
28   Fransiya 21-24.04.1996 oʻzaro hamkorlik, Amir Temur 660 yilligi
27   Shveysariya 06.02.1996 Xalqaro Olimpiya Qoʻmitasi majlisi
26   Rossiya 19.01.1996 MDH majlisi
25   AQSh 22-24.10.1995 BMT majlisi
24   Qirgʻiziston 28.08.1995 Turkiy Kengash
23   Rossiya 08-10.05.1995 Ikkinchi jahon urushidagi gʻalabaning 50 yilligi
22   Koreya Respublikasi 15-17.02.1995 oʻzaro hamkorlik
21   Shveysariya 01.02.1995 Butunjahon iqtisodiy anjumani
20   Vengriya 05.12.1994 oʻzaro hamkorlik
19   Xitoy 24-26.10.1994 oʻzaro hamkorlik
18   Yaponiya 16-19.05.1994 oʻzaro hamkorlik
17   Shveysariya 27-31.01.1994 Butunjahon iqtisodiy anjumani
16   Qirgʻiziston 16.01.1994 oʻzaro hamkorlik
15   Hindiston 03-05.01.1994 oʻzaro hamkorlik
14   Birlashgan Qirollik 22-25.11.1993 oʻzaro hamkorlik
13   Fransiya 27-30.10.1993 MDH sammiti
12   AQSh 26-28.09.1993 BMT sammiti
11   Rossiya 06.08.1993 MDH sammiti
10   Turkiya 06.07.1993 oʻzaro hamkorlik, Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti sammiti
9   Shveysariya 28.01.1993 Butunjahon iqtisodiy anjumani
8   Belarus 22.01.1993 MDH sammiti
7   Finlandiya 10.07.1992 Yevropa xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti sammiti
6   Turkiya 29.05.1992 oʻzaro hamkorlik
5   Saudiya Arabistoni 11-13.04.1992 oʻzaro hamkorlik
4   Finlandiya 26.02.1992 Yevropada Xavfsizlik Va Hamkorlik Kengashining Yakunlovchi Hujjati
3   Shveysariya 02.02.1992 Butunjahon iqtisodiy anjumani
2   Turkmaniston 14.12.1991 oʻzaro hamkorlik
1   Rossiya 29.10.1991 oʻzaro hamkorlik

Mukofotlari

Oʻzbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdugʻaniyevich Karimovning davlat mukofotlari[7].

Oʻzbekiston

# Mukofot Sanasi Sabab
1 Oʻzbekiston Qahramoni“ unvoni[8], „Oltin Yulduz“ medali 05.05.1994 Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1048-XP-qarori asosida
2 „Mustaqillik“ ordeni [9] 29.08.1996 Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 269-I-qarori asosida
3 „Amir Temur“ ordeni 26.12.1997 Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarori asosida

Sovet davridagi davlat mukofotlari

# Mukofot Sanasi Sabab
1 „Mehnat Qizil bayroq“ ordeni 12.06.1981 SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 5057-X-farmoni asosida
2 „Xalqlar doʻstligi“ ordeni 29.01.1988 SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 8409-XI -farmoni asosida

Chet el davlatlari mukofotlari va faxriy unvonlari

# Davlat/Tashkilot va uning mukofoti Sanasi
1 Seuldagi Sogang universiteti (Koreya Respublikasi) Faxriy fan doktori 1992-yil, iyun
2 Al-Azhar universiteti (Misr) Faxriy doktor 1992-yil, dekabr
3 Jawaharlal Neru nomidagi universitet (Hindiston) Faxriy huquq doktori 1994-yil, yanvar
4 „Ruhoniyat“ maʼnaviyatni qayta tiklashga koʻmaklashish assotsiatsiyasi (Qirgʻiziston) „Xalqlar oʻrtasida tinchlik va totuvlik uchun“ medali va diplomi 1994-yil, yanvar
5 Koreya Respublikasi Hukumati Katta „Mugunxva 2“ ordeni 1995-yil, fevral
6 Yevroosiyo xalqaro kikboksing federatsiyasi Xotira kubogi 1995-yil, mart
7 Xalqaro fan, sanoat, taʼlim va sanʼat akademiyasi (AQSh) Akademiya faxriy aʼzosi 1996-yil, yanvar
8 Xalqaro olimpiya qoʻmitasi Oltin medal 1996-yil, fevral
9 UNESCO „Avitsenna“ oltin medali 1996-yil, aprel
10 Boku davlat universiteti (Ozarbayjon) Faxriy doktor 1996-yil, may
11 Osiyo Olimpiya kengashi Oltin medal 1997-yil, may
12 Qozogʻiston Respublikasi „Altin kiran“ („Oltin burgut“) ordeni 1997-yil, iyun
13 G. Plexanov nomidagi Rossiya iqdisodiyot akademiyasi (Rossiya) Faxriy fan doktori 1998-yil, yanvar
14 Rus pravoslav cherkovi nomidan Toshkent va Oʻrta Osiyo Yeparxiyasi I darajali Knyaz Daniil ordeni 1998-yil, fevral
15 Ukraina Respublikasi I darajali «Yaroslav Mudriy» ordeni 1998-yil, fevral
16 Aviatsiya va havoda suzish fanlari akademiyasi (Rossiya) Akademiki 1998-yil, dekabr
17 Fanlar oliy maktabi xalqaro akademiyasi (Rossiya) Akademik 1999-yil, may
18 Xalqaro havaskorlar kurash assotsiatsiyasi Oltin zanjir 1999-yil, may
19 Kurash boʻyicha I xalqaro turnir (Rossiya) Kubok 1999-yil, sentyabr
20 „Ey-Ti-Pi“ (Professional tennischilar assotsiatsiyasi) Billur raketka 1999-yil, sentyabr
21 „Fontis“ universiteti (Niderlandiya) Faxriy doktor 2000-yil, sentyabr
22 Oʻzbek kurashi boʻyicha xalqaro turnir (Rossiya) Kubok 2000-yil, oktyabr
23 M. Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti (Rossiya) Faxriy professor 2001-yil, yanvar
24 Milliy olimpiya qoʻmitalari assotsiatsiyasi „Besh qitʼa belgisi“ oltin ordeni 2001-yil, iyul
25 „Ey-Ti-Pi“ (Professional tennischilar assotsiatsiyasi) Billur globus 2001-yil, sentyabr
26 Merilend universiteti (AQSh) Faxriy yorliq va oltin medal 2002-yil, mart
27 Yahudiylar milliy markazi (AQSh) Terrorizmga qarshi kurashdagi ulkan hissasi uchun „Xalqaro yetakchi“ mukofoti 2002-yil, mart
28 Amerika — Oʻzbekiston savdo palatasi (AQSh) Davlatni boshqarish sohasidagi xizmatlar eʼtirofi mukofoti 2002-yil, mart
29 Xalqaro kurash assotsiatsiyasi Oltin orden 2002-yil, aprel
30 Vaseda universiteti (Yaponiya) Faxriy huquq doktori 2002-yil, iyul
31 Alkada de Enares universiteti (Ispaniya) „Sisneros“ medali va faxriy diplom 2002-yil, avgust
32 Litva Respublikasi Buyuk Vitautas ordeni 2002-yil, sentyabr
33 Budapesht shahri meriyasi (Vengriya) Budapesht shahri „Oltin kalit“i 2002-yil, oktyabr
34 Soka universiteti (Yaponiya) Faxriy doktor 2002-yil, dekabr
35 Ispaniya qiroli „Fuqarolik xizmatlari uchun“ ordeni 2003-yil, yanvar
36 Ispaniya Senati Medal va Ispaniya Konstitutsiyasining 1978-yilgi nusxasi 2003-yil, yanvar
37 Madrid shahar meriyasi (Ispaniya) Madrid shahri „Oltin kalit“i 2003-yil, yanvar
38 Sorbonna universiteti, Parij-Syud universiteti (Fransiya) Prezidentlik faoliyati uchun faxriy diplomi 2003-yil, yanvar
39 „Andrey Pervozvanniy“ fondi (Rossiya) „Andrey Pervozvanniy“ oltin ordeni 2003-yil, may
40 Polsha Respublikasi „Xizmatlari uchun“ I darajali ordeni 2003-yil, iyul
41 Gruziya Respublikasi „Zolotoye runo“ ordeni 2003-yil, oktyabr
42 Bolgariya Respublikasi „Stara Planina“ ordeni 2003-yil, noyabr
43 „Rossiya kon sanoatchilari“ konchilik fanlari akademiyasi (Rossiya) Konchilik fanlari akademiyasining faxriy aʼzosi, „Rossiya konchisi“ oltin belgisi 2004-yil, fevral
44 T. Shevchenko nomidagi Kiev milliy universiteti (Ukraina) Universitet faxriy doktori 2004-yil, aprel
45 Xalqaro mukofotlar fondi (Latviya) „Karomatgoʻy muqaddas Nikolay“ oltin ordeni 2004-yil, aprel
46 Seul shahri meriyasi (Koreya Respublikasi) Seul shahri faxriy fuqarosi 2006-yil, mart
47 UNESCO „Borobodur“ oltin medali 2006-yil, sentyabr
48 YuNESKO „Aristotel“ oltin medali 2007-yil, avgust
49 YuNESKO „Buyuk ipak yoʻli“ oltin medali 2007-yil, oktyabr
50 Turkmaniston „Xormatli il yashulusi“ faxriy unvoni 2008-yil, oktyabr
51 Latviya Respublikasi „Uch yulduz“ ordeni 2008-yil, oktyabr
52 Amerika — Oʻzbekiston savdo palatasi (AQSh) „Oʻzbekiston Respublikasini davlat tomonidan samarali boshqariladigan bozor iqdisodiyotiga barqaror oʻzgartirishni taʼminlaganlik uchun“ faxriy mukofoti 2011-yil, fevral
53 Amerika — Oʻzbekiston savdo palatasi (AQSh) „Doʻstlikni mustahkamlashga qoʻshgan hissasi uchun“ mukofoti 2012-yil, avgust
54 G. Plexanov nomidagi Rossiya iqdisodiyot universiteti „Universitet oldidagi xizmatlari uchun“ faxriy koʻkrak nishoni 2013-yil, yanvar
55 Serbiya Respublikasi II darajali „Serbiya Respublikasi ordeni“ 2013-yil, fevral
56 Latviya Respublikasi „Eʼtirof xochi“ ordeni 2013-yil, oktyabr
57 Gruziya Respublikasi „Jasorat“ ordeni 2013-yil, oktyabr
58 Turkmaniston Mahtumquli nomidagi xalqaro mukofot 2014-yil, oktyabr
59 „Natsistlarga qarshi urush jangchilari va partizan-nogironlari ittifoqi“ tashkiloti (Isroil) „II jahon urushida fashizm ustidan qozonilgan gʻalabaning 70 yilligi“ yubiley medali 2015-yil, mart
60 Xalqaro olimpiya qoʻmitasi „Sport va Olimpiya harakatini rivojlantirishga qoʻshgan ulkan hissasi uchun“ medali 2015-yil, iyun
61 Osiyo milliy olimpiya qoʻmitalari assotsiatsiyasi va Osiyo olimpiya kengashi Oʻzbekiston va Osiyoda futbolni rivojlantirishga qoʻshgan ulkan hissasi uchun Osiyo olimpiya kengashi mukofoti 2015-yil, iyun
62 Xalqaro havaskor bokschilar uyushmasi (AIBA) „Xizmatlari uchun“ ordeni 2015-yil, iyul

Vafoti

Oʻzbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov 2016-yil 2-sentyabrida Toshkent vaqti bilan soat 20:55 da Toshkent shahrida bosh miyada qayta tiklanmaydigan oʻzgarishlarga va poliorgan yetishmovchiligiga olib kelgan miya qon aylanishining oʻtkir buzilishi (insult) oqibatida vafot etdi[10].

Oilasi

  • Otasi — Abdugʻani Karimov, (1894—1967) Samarqand shahridagi fabrikada ishchi boʻlgan[11].
  • Onasi — Sanobar Karimova, (1902—1982) Samarqand shahridagi fabrikada ishchi boʻlgan.
  • 1965-yilda millati ukrain boʻlgan Natalya Petrovna Kuchmaga uylangan. 1970-yilda ajrashgan. Bu nikohdan Pyotr ismli oʻgʻli bor[12].
  • Opasi — Karimova Mexriniso Abduganievna (1920-yil tugʻilgan).
  • Akasi — Karimov Omonullo Abduganievich (1922-yil tugʻilgan).
  • Akasi — Karimov Ibod Gʻaniyevich (1926—2015), professor.
  • Akasi — Karimov Arslon Abduganievich (1931—1989).
  • Akasi — Karimov Ikrom Abduganievich (1933—1976).
  • Akasi — Karimov Quddus Gʻaniyevich, (1934—1995), professor.
  • Ukasi — Karimov Xurshid Abduganievich (1941—2009).
  • 1971—2016-yillar oraligʻida Tatyana Akbarovna Karimova bilan nikohda.
  • Qizi — Gulnora Karimova, diplomat. 2015-yilda moliyaviy jinoyatlarda ayblanib, 5 yilga qamalgan. Turmush oʻrtogʻi Mansur Maqsudiy, tadbirkor. 2 nafar farzandi bor: oʻgʻli Islom va qizi Imon.
  • Qizi — Lola Karimova-Tillayeva, diplomat. Oʻzbekistonning UNESCOdagi doimiy vakili sifatida ishlagan. Turmush oʻrtogʻi — Tillayev Timur Hakimovich, tadbirkor. 3 nafar farzandi bor: oʻgʻli Umar, qizlari Maryam va Safiya.

Xotirasi

Oʻzbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil 25-yanvardagi qaroriga[13] asosan, quyidagilar:

Shuningdek:

  • „Oʻzbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdugʻaniyevich Karimov siymosi tasvirlangan haykalni yaratish boʻyicha xalqaro ijodiy tanlovni tashkil etish toʻgʻrisida“gi qaror qabul qilindi.
  • Vazirlar Mahkamasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovning xotirasini abadiylashtirish chora-tadbirlari rejasini oʻrnatilgan tartibda ishlab chiqildi.

Shu munosabat bilan:

  • Samarqand shahrida Islom Karimov dafn etilgan hududda yodgorlik majmuasini barpo etish;
  • Oʻzbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdugʻaniyevich Karimov siymosini yaratish boʻyicha xalqaro ijodiy tanlovda gʻolib deb topilgan haykallarni Toshkent shahrida, Samarqand shahrida va u kishi birinchi rahbar boʻlib ishlagan Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahrida oʻrnatish;
  • Toshkent shahridagi Oqsaroy qarorgohida Islom Karimov nomidagi ilmiy-maʼrifiy yodgorlik majmuasini tashkil etish va Islom Karimov nomidagi Respublika xayriya jamoat fondini ham ushbu manzil boʻyicha joylashtirish[14];
  • Samarqand shahrida Islom Karimov muzeyini tashkil etish;

Quyidagi muassasa va obyektlarga:

  • Toshkent davlat texnika universitetiga;
  • Asakadagi avtomobil zavodiga;
  • Fargʻona shahridagi Sanʼat saroyiga;
  • Toshkent xalqaro aeroportiga;
  • Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlardagi markaziy koʻchalarga (mahalliy davlat hokimiyati organlari takliflari asosida) Islom Karimov nomini berish;
  • har yili 30-yanvar kunini keng nishonlash, 2-sentyabr kunini Xotira kuni sifatida yod etish;
  • oliy oʻquv yurtlari talabalari uchun Islom Karimov nomidagi davlat stipendiyasini joriy etish;
  • Islom Karimovning hayoti va faoliyati haqida ilmiy va badiiy asarlar, hujjatli va badiiy filmlar yaratish;
  • Islom Karimov siymosi aks ettirilgan maxsus pochta markalarini chiqarish haqida koʻrsatmalar berildi.

2018-yil 17-oktyabrda Moskva shahridagi Oʻzbekiston elchixonasi yonida, Islom Karimov nomli xiyobon tashkil etilib, uning markazida Karimovning haykali oʻrnatildi[15].

Adabiyot

  • Eʼtirof (oʻzbek, ingliz, rus tillarida), T., 1995;
  • Oʻzbekistonning yangi tarixi, 3-j. (Mustaqil Oʻzbekiston tarixi), T., 2000;
  • Islom Karimov — Oʻzbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti (fotoalbom; oʻzbek, ingliz, rus tillarida), T., 1998;
  • Levitin L., Karlayl D. S, Islom Karimov — yangi Oʻzbekiston Prezidenti, T., 1996;
  • Levitin L., Uzbekistan na istoricheskom povorote, M., 2001;
  • Seriya vojdi narodov — XX vek, M., 1996;
  • Murod Sharifxoʻjayev. Formirovanie otkritogo grajdanskogo obщestva v Uzbekistane, T., 2002;
  • Amerikaga tashrif — Vizit v Ameriku, T., 2002[16].

Manbalar

  1. news.uzreport.com[sayt ishlamaydi]
  2. http://www.bbc.com/russian/news-37254125
  3. „„O‘zbekiston adabiyoti va san`ati" gazetasi 1994-yil 6-may kungi soni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1994-yil 5-maydagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimovga “O‘Zbekiston Qahramoni” unvonini berish to‘g‘risida”gi qarori“ (http://press.natlib.uz/).
  4. Xorijga tashriflar[sayt ishlamaydi]
  5. „arxiv nusxasi“. 2017-yil 7-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 7-dekabr.
  6. „arxiv nusxasi“. 2017-yil 7-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 7-dekabr.
  7. „ISLOM KARIMOV ILMIY-MAʼRIFIY MAJMUASI“. 2020-yil 16-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 9-dekabr.
  8. „„Xalq so‘zi" gazetasi 1994-yil 6-may soni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1994-yil 5-maydagi "O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti Islom Karimovga "O‘zbekiston Qahramoni" unvonini berish to‘g‘risida"gi Qarori“ (http://press.natlib.uz/).
  9. „„Xalq so‘zi" gazetasi 1996-yil 30-avgust soni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi "O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimovni "Mustaqillik" ordeni bilan mukofotlash to‘g‘risida" Qaror“ (http://press.natlib.uz/).
  10. „Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлиси ва Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг ахбороти“. UzA (2016-yil 2-sentyabr).
  11. Islom Karimovning otasi haqida maʼlumot berildi
  12. Islom Karimovning oʻgʻli…
  13. Oʻzbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdugʻaniyevich Karimovning xotirasini abadiylashtirish toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori
  14. „Oqsaroydagi meʼmoriy majmua“. 2017-yil 7-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 7-dekabr.
  15. https://m.kun.uz/news/2018/10/18/moskvada-islom-karimov-ajkali-ocildi
  16. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Havolalar