Navbahor (futbol klubi)
„Navbahor“ (inglizcha: PFC Navbahor Namangan) – proffesionasl futbol klubi. Klubga 1978-yil Namangan shahrida asos solingan. Ilk nomi Tekstilshik edi[1]. Klubning hozirgi murabbiysi Sergey Lushan hisoblanadi.
Toʻliq nomi | Navbahor Namangan futbol klubi | |||
---|---|---|---|---|
Laqabi | Lochinlar | |||
Asos solingan | 1978 | |||
Stadioni | Markaziy stadion | |||
Sigʻimi | 21,000 orti | |||
Egasi | Namangan viloyati hokimligi | |||
Prezident | Rasul Nizomboyev | |||
Bosh murabbiy | / Sergey Lushan | |||
Vebsayti | Klub sayti | |||
| ||||
1980-yillarda Sobiq Ittifoq 2-ligasi Sharqiy Zonasida nomi bilan toʻp sura boshlagan. 1992-yildan esa Oʻzbekiston Oliy Ligasida Navbahor nomi ostida muntazam ishtirok eta boshladi. Jamoa Namangan shahridagi Navbahor Markaziy Stadionida toʻp suradi. Stadion oʻz bagʻriga 21 mingdan ortiq muxlis sigʻdira oladi.
Tarix
tahrirSSSR Chempionatlarida
tahrir„Navbahor“ futbol klubiga 1978-yilda asos solingan. Dastlabki yillarda – aniqrogʻi 1980-yillarda „Tekstilshik“ nomi bilan Sobiq Ittifoq chempionati 2-ligasi Sharqiy Zonasida toʻp sura boshlagan. Jamoa oʻsha vaqtda „Tekstilshik“ nomi bilan sobiq ittifoq chempionati ikkinchi ligasining 5-mintaqasi bahslarida qatnashgan. 1980-yilga kelib „Tekstilshik“ nomi „Navbahor“ga oʻzgartirildi. Jamoa sobiq ittifoq chempionatlarida muvaffaqiyatli qatnashib, 1981-1982-yillarda ikkinchi liganing yettinchi mintaqasi jamoalari orasida faxrli uchinchi oʻrinni egalladi.
1984-1987-yillarda jamoa oʻz nomini „Avtomobilist“ ga oʻzgartiradi. 1984 va 1986-yillarda namanganliklar „Paxtakor-79“ xotira turnirida gʻolib chiqishdi. „Navbahor“ aʼzolari oʻz mahoratlarini yil sayin oshirib, sobiq ittifoq 52-chempionatining ikkinchi liga beshinchi mintaqasida muvaffaqiyatli qatnashib, birinchi ligaga chiqish imkoniyatini beradigan „bufer“ mintaqa musobaqalarida ishtirok etish huquqini qoʻlga kiritishdi. Ikki mavsum „bufer“ mintaqada toʻp surgan „Navbahor“ 1990-yil yakuniga koʻra, birinchi liga yoʻllanmasiga ega boʻldi.
1987-yilning noyabr oyida „Navbahor“ Markaziy Osiyoda birinchi, sobiq ittifoqda Ukrainaning „Dnepr“ (Dnepropetrovsk) klubidan soʻng, ikkinchi boʻlib, xoʻjalik hisobidagi futbol klubi sifatida faoliyat yuritishni boshladi.
„Navbahor“ 1978-yildan 1991-yilga qadar sobiq ittifoq chempionati ikkinchi ligasining turli mintaqalarida qatnashib, 508 ta uchrashuvda maydonga tushgan. Jamoa 245 ta oʻyinda gʻalaba qozonib, 100 ta uchrashuvda durangga imzo chekkan boʻlsa, 163 ta bahsda magʻlubiyatga uchragan. 702ta gol urib, oʻz darvozasidan 513 ta toʻp oʻtkazib yuborgan.
1991-yili sobiq ittifoq chempionatining birinchi ligasida ishtirok etgan „Navbahor“ 42 ta oʻyinda 19 ta gʻalaba qayd etgan. Yettita bahsda durang kuzatilgan boʻlsa, 19 ta uchrashuvda jamoa raqiblariga imkoniyatni boy bergan. Oʻsha yilgi chempionat yakunida „Navbahor“ 22 ta jamoa orasida toʻqqizinchi oʻrinni egallagan.
Namanganliklar 1989-yildan 1991-yilgacha sobiq ittifoq kubogida ham 10 ta oʻyin oʻtkazishgan. Jamoa oltita uchrashuvda zafar quchib, toʻrtta oʻyinda magʻlubiyatga uchragan. Mazkur uchrashuvlar davomida raqiblar darvozasiga 24 ta gol urilgan. „Navbahor“ oʻz darvozasidan 12 ta toʻp olib chiqqan. Jamoaning kubok bahslaridagi eng yirik gʻalabasi 1991-yili kuzatilgan. Oʻsha yili „Navbahor“ oʻz maydonida 1/32 final doirasida Chimkentning „Meliorator“ jamoasini 14:0 hisobida magʻlubiyatga uchratib, keyingi bosqich yoʻllanmasini qoʻlga kiritgandi.
Oʻzbekiston Chempionatlarida
tahrir1992-yilda klub nomi „Navbahor“ deb oʻzgartirildi. SSSR parchalanib, Oʻzbekiston mustaqillikka erishgach (1991 -yil 2-yarmida), 1992-yilgi mavsumdan boshlab Oʻzbekiston milliy chempionatida oʻynay boshladi.
Oʻzbekiston chempionati tarixida 1-oʻrinni egallagan „Navbahor“ yana 16 ta jamoa bilan birga Oliy ligadan joy oldi. Debyut mavsumi yakuniga koʻra 5-oʻrinni egalladi va Oʻzbekiston kubogining 1-gʻolibiga aylandi.
Keyingi mavsumlarda ketma-ket uch marta (1993, 1994 va 1995) „Navbahor“ Oliy liga bronza medali sohibi, 1993-yilda Kubok finalchisi, 1995-yilda esa 2-marta Oʻzbekiston kubogini qoʻlga kiritdi.
1996-yilgi mavsumda klub 1-marta Oʻzbekiston chempioni boʻldi[2][3][4]. Keyingi 3-yil davomida u yana bronza medali sohibi boʻldi va 1998-yilda oʻz tarixida 3-marta va hozircha oxirgi marta Oʻzbekiston kubogini qoʻlga kiritdi[5].
1999-yilda „Navbahor“ Oʻzbekiston Superkubogining 1-gʻolibi boʻldi. 2000-2002-yilgi mavsumlarda sovrinlarsiz klub qoldi, ammo 2003 va 2004-yillarda ketma-ket ikki marta bronza medalini qoʻlga kiritgan[6][7][8]. 2005-yildan beri jamoa natijalarida malum darajada pasayish kuzatilib, namanganliklar chempionatning „oʻrta jamoasi“ deb ataladigan[9] jamoalaridan biriga aylandi[10].
Keyingi mavsumlarda klubning eng yuqori yutugʻi 2017-yilgi mavsumdagi 5-oʻrin boʻldi[11]. Ammo 2018-yilda (14-yildan soʻng) „Navbahor“ yana 9-marta Oʻzbekiston Superligasining bronza medallarini qoʻlga kiritib, Oʻzbekiston chempionati sovrindorlari qatoridan joy oldi.[12] 2022-yil yakunlariga koʻra jamoa klub 24 yildan soʻng ilk bor Oʻzbekiston Kubogi finalida toʻp surdi,[13] ammo, Nasaf jamoasiga magʻlub boʻlib ikkinchi oʻrinni egalladi. Oʻzbekiston Superligasida esa klub oʻz tarixida ilk bor kumush medallarini qoʻlga kiritdi[14][15].
Xalqaro Musobaqalar
tahrir„Navbahor“ toʻrt marta Osiyoning klublar oʻrtasidagi musobaqalarida ishtirok etgan. 1996/1997-yilgi mavsumda Oʻzbekiston kubogining amaldagi sohibi sifatida AFC klublar oʻrtasidagi ikkinchi nufuzli turnir – Osiyo kubogi egalari kubogida ishtirok etib, ikkinchi saralash bosqichida toʻxtagan edi.
1997/1998-yilgi mavsumda Namangan klubi Osiyo Chempionlar Kubogida (hozirgi OCHL deb ataladi) Oʻzbekistonning amaldagi chempioni sifatida ishtirok etib, guruhdan chiqa olmadi.
„Navbahor“ uchinchi marta 1999/2000-yilgi mavsumda Osiyo klublar musobaqasida qatnashgan. 1998-yilgi Oʻzbekiston Kubogining amaldagi sohibi sifatida Osiyo Kubogi egalari kubogida ishtirok etgan va yarim finalga qadar yetib borgan[16]. Toʻrtinchi marotaba 2023/2024-yilgi mavsumda ishtirok etdi va 1/8 final bosqichiga qadar yetib bordi.
Klub afsonalari
tahrirJamoaning afsonaviy murabbiylaridan biri Viktor Jalilovdir. Viktor Jalilovning jamoa muvaffaqiyatidagi oʻrni beqiyos. Aynan u boshchiligida klub oʻz tarixida hozircha yagona boʻlib turgan chempionlikka erishgan. Murabbiy shuningdek, Oʻzbekiston Kubogida ham jamoa bilan gʻalabalarga erishgan.
Shuningdek, Mustafo Bayramov, Farhod Magometov, Dmitriy Bashkevich, Eduard Momotov, Gennadiy Denisov, Rustam Zabirov, Oleg Shatskix, Saydullo Tursunov, Tohir Madrahimov, Shuhrat Mirxoldorshoyev, Xayrulla Karimov singari jamoada toʻp surgan tajribali futbolchilarning ham jamoa tarixida oʻz oʻrni bor[17].
Sobiq ittifoq davrida „Navbahor“ Valixon Zunnunov, Viktor Orlov, Pyotr Boldirev, Sergey Dotsenko, Pavel Kim, Dmitriy Korneyev, Gennadiy Nedelkin, Valeriy Gladilin va Igor Volchok kabi taniqli murabbiylar boshqarishgan.
- Klub tarixidagi eng yaxshi toʻpurar – Shuhrat Mirxoldorshoyev – 140 ta gol
- Eng koʻp oʻyin – Tohir Madrahimov – 259 ta oʻyin
Jamoa nomlari tarixi
tahrir- 1978—1980: Tekstilshchik
- 1980—1983: Navbahor
- 1983—1987: Avtomobilchi
- 1988-yildan – Navbahor
Klub ramzlari
tahrir2018-yilgi mavsum oldidan jamoada bir qator oʻzgarishlar boʻldi, bulardan biri jamoaga yangi logo tanlandi.[18]
-
"Navbahor" jamoasini sobiq logosi
-
Klubning hozirgi logosi
Stadion
tahrirKlublar uyi 22 000 tomoshabinga moʻljallangan „Navbahor Markaziy“ stadionidir. 1989-yilda qurilgan stadion sigʻimiga koʻra (toʻliq qayta taʼmirdan avval 33000 muxlis sigʻar edi) mamlakatdagi eng katta futbol stadionlaridan biri boʻlgan. 2011-yilda klub stadionni rekonstruksiya qilish niyatida ekanligini eʼlon qildi va u uzoq vaqt davom etgan rekonstruksiya ishlari uchun yopildi. Qayta tiklash ishlari 2014-yil bahorida yakunlandi. 2014-yilning 29-may kuni „Barkamol avlod-2014“ sport oʻyinlarining tantanali ochilish marosimi bilan yangi taʼmirlangan stadionning tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtdi. Yangi joyning sigʻimi 22 000 kishi.
2012—2014-yilgi mavsumlarda klub uy uchrashuvlarini Kosonsoy stadionida oʻtkazdi. Taʼmirlangan stadiondagi ilk rasmiy oʻyin 2014-yil 14-iyun kuni Liga doirasidagi „Navbahor“ – „Olmaliq“ uchrashuv boʻldi. Uchrashuvda mezbonlar 3:1 hisobida gʻalabaga erishadilar.
Yutuqlar
tahrir- Oʻzbekiston Superligasi chempioni: (1) 1996
- Oʻzbekiston Superligasi ikkinchi oʻrin: (1) 2023
- Oʻzbekiston Superligasi uchinchi oʻrin: (11) 1993, 1994, 1995, 1997, 1998, 1999, 2003, 2004, 2018, 2023,2024
- Oʻzbekiston Kubogi sohibi: (3) 1992, 1995, 1998
- Oʻzbekiston Kubogi finalchisi: 1993, 2022
- Oʻzbekiston Superkubogi: (1) 1999
Mahalliy musobaqalar natijalari
tahrirMavsum | Liga | Oʻzbekiston Kubogi | Eng yaxshi toʻpurar | |||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Div. | Oʻrin. | Oʻyin. | Gʻ | D | M | UG | OʻG | O | Ism | Liga | ||
1992 | Oliy liga | 5 | 32 | 18 | 8 | 6 | 54 | 21 | 44 | Chempion | / Rustam Zabirov | 15 |
1993 | Oliy liga | 3 | 30 | 18 | 7 | 5 | 64 | 32 | 43 | Finalchi | Farid Xabibulin | 13 |
1994 | Oliy liga | 3 | 30 | 17 | 6 | 7 | 58 | 26 | 40 | Yarim final | Farid Xabibulin | 11 |
1995 | Oliy liga | 3 | 30 | 23 | 3 | 4 | 69 | 23 | 72 | Chempion | Oleg Shatskix | 24 |
1996 | Oliy liga | 1 | 30 | 23 | 5 | 2 | 88 | 23 | 74 | Chorak final | Oleg Shatskix | 23 |
1997 | Oliy liga | 3 | 34 | 21 | 5 | 8 | 84 | 37 | 68 | Yarim final | Oleg Shatskix | 13 |
1998 | Oliy liga | 3 | 30 | 18 | 5 | 7 | 60 | 33 | 59 | Chempion | Shuhrat Rahmonqulov | 10 |
1999 | Oliy liga | 3 | 30 | 18 | 7 | 5 | 55 | 34 | 61 | N/A | Shuhrat Rahmonqulov | 12 |
2000[19] | Oliy liga | 5 | 38 | 19 | 8 | 11 | 92 | 56 | 65 | Chorak final | Shuhrat Mirxoldorshoyev | 28 |
2001[20] | Oliy liga | 4 | 34 | 20 | 1 | 13 | 79 | 52 | 61 | 1/16 final bosqichi | Shuhrat Mirxoldorshoyev | 23 |
2002 | Oliy liga | 6 | 30 | 14 | 4 | 12 | 53 | 39 | 46 | 1/16 final bosqichi | Shuhrat Mirxoldorshoyev | 19 |
2003 | Oliy liga | 3 | 30 | 19 | 6 | 5 | 66 | 28 | 63 | Yarim final | Shuhrat Mirxoldorshoyev | 26 |
2004 | Oliy liga | 3 | 26 | 218 | 3 | 5 | 66 | 23 | 57 | 1/16 final bosqichi | Shuhrat Mirxoldorshoyev | 31 |
2005[21] | Oliy liga | 6 | 26 | 12 | 3 | 11 | 31 | 31 | 39 | Yarim final | Shuhrat Mirxoldorshoyev | 20 |
2006 | Oliy liga | 7 | 30 | 13 | 5 | 12 | 46 | 35 | 44 | 1/8 final bosqichi | Arif Mirzoýew | 18 |
2007[22] | Oliy liga | 8 | 30 | 11 | 4 | 15 | 37 | 41 | 37 | 1/8 final bosqichi | Vladimir Baranov | 12 |
2008[23] | Oliy liga | 13 | 30 | 7 | 11 | 12 | 28 | 39 | 32 | 1/8 final bosqichi | Shuhrat Mirxoldorshoyev | 13 |
2009[24] | Oliy liga | 14 | 30 | 7 | 7 | 16 | 21 | 48 | 28 | 1/8 final bosqichi | Muxtor Fozilov | 5 |
2010[25] | Oliy liga | 9 | 26 | 9 | 4 | 13 | 32 | 32 | 31 | 1/8 final bosqichi | Shuhrat Mirxoldorshoyev | 11 |
2011 | Oliy liga | 6 | 26 | 9 | 9 | 8 | 26 | 21 | 36 | 1/8 final bosqichi | Roʻzimboy Ahmedov | 5 |
2012 | Oliy liga | 12 | 26 | 6 | 8 | 12 | 19 | 34 | 26 | 1/8 final bosqichi | Sobir Hamidov | 5 |
2013 | Oliy liga | 11 | 26 | 7 | 6 | 13 | 29 | 48 | 27 | 1/8 final bosqichi | Roʻzimboy Ahmedov | 11 |
2014[26] | Oliy liga | 7 | 26 | 9 | 3 | 14 | 38 | 40 | 30 | Chorak final | Shahboz Erkinov | 14 |
2015 | Oliy liga | 8 | 30 | 11 | 4 | 15 | 40 | 51 | 37 | 1/8 final bosqichi | Shahboz Erkinov | 13 |
2016 | Oliy liga | 15 | 30 | 6 | 5 | 19 | 37 | 66 | 23 | 1/8 final bosqichi | Akrom Bahriddinov | 7 |
2017 | Superliga | 5 | 30 | 12 | 10 | 8 | 40 | 37 | 46 | 1/8 final bosqichi | Azizbek Turgʻunboyev | 8 |
2018 | Superliga | 3 | 20 | 9 | 4 | 7 | 20 | 18 | 31 | 1/16 final bosqichi | Azizbek Turgʻunboyev | 7 |
2019 | Superliga | 8 | 26 | 7 | 11 | 8 | 26 | 23 | 32 | Chorak final | Oleksandr Kasyan | 10 |
2020 | Superliga | 8 | 26 | 8 | 11 | 7 | 24 | 21 | 35 | Chorak final | Azizbek Turgʻunboyev | 8 |
2021 | Superliga | 6 | 26 | 10 | 9 | 7 | 23 | 19 | 39 | 1/8 final bosqichi | Azimjon Ahmedov | 3 |
2022 | Superliga | 2 | 26 | 15 | 8 | 3 | 33 | 15 | 54 | Finalchi | Zoran Marushich | 12 |
2023 | Superliga | 3 | 26 | 14 | 5 | 7 | 44 | 19 | 47 | Yarim final | Oston Oʻrunov | 9 |
2024 | Superliga | 3 | 26 | 11 | 10 | 5 | 42 | 39 | 43 | Finalchi | Toma Tabatadze | 10 |
OFK musobaqalaridagi ishtiroki
tahrir- Osiyo Chempionlar ligasi: 1 marotaba
- Osiyo Chempionlar ligasi: Guruh bosqichi
- Osiyo kubogi egalari kubogi: 2 marotaba
- 1996/97: 2-Bosqich
- 1999/00: 4-oʻrin
2023/24 OCHL da ishtirok etmoqda
Xalqaro Musobaqalarda natijalar
tahrirSoʻnggi Oʻyin 2000-yil 15-aprelda boʻlib oʻtgan.[27][28]
Musobaqa | Oʻ | Gʻ | D | M | UG | OʻG | O |
---|---|---|---|---|---|---|---|
Osiyo Chempionlar ligasi | 8 | 3 | 3 | 2 | 15 | 9 | 12 |
Osiyo kubogi egalari kubogi | 10 | 4 | 1 | 5 | 18 | 23 | 13 |
Umumiy | 18 | 7 | 4 | 7 | 33 | 32 | 25 |
Mavsum | Musobaqa | Bosqich | Klub | Uy | Safar | Umumiy
hisob |
---|---|---|---|---|---|---|
1996-97 | Osiyo kubogi egalari kubogi | Birinchi bosqich | Al-Quwa Al-Jawiya | 1-4 | 5-2 | 6-6 |
Ikkinchi bosqich | Esteghlal | 1-4 | 3-0 | 4-4 | ||
1997-98 | AFC Osiyo Chempionlar kubogi | Birinchi bosqich | - | Bye | ||
Saralash bosqichi | Dynamo Dushanbe | 3-0 | 1-2 | 4-2 | ||
Ikkinchi bosqich | Nisa Aşgabat | 6-1 | 2-2 | 8-3 | ||
Chorak final – Gʻarbiy osiyo
Guruh bosqichi |
Al Ansar | 0-0 | 3rd | |||
Al Hilal | 1-3 | |||||
Persepolis | 1-1 | |||||
1999-2000 | Osiyo kubogi egalari kubogi | Birinchi bosqich | - | Bye | ||
Ikkinchi bosqich | Kaisar-Hurricane | 2-2 | 1-0 | 3-2 | ||
Chorak final | Al-Ahli | 1-6 | 2-0 | 3-6 | ||
Yarim final | Al-Zawraa | 1-2 | ||||
3-oʻrin uchun | Bangkok Bank | 1-3 | ||||
2023-2024 | AFC Osiyo Chempionlar ligasi | Play-off round | Al-Wakrah | 1-0 (q.v) | ||
D guruhi | Al Hilal | 0-2 | 1-1 | Ikkinchi | ||
Mumbai City | 3-0 | 2-1 | ||||
Nassaji Mazandaran | 2-1 | 3-1 | ||||
Nimchorak final | Al-Ittihod | 0-0 | 1-2 | 1-2 |
Raqobat
tahrirMuxlislar
tahrir„Navbahor“da juda katta tarafdorlar va muxlislar armiyasi bor. Namangan klubining deyarli har bir uy uchrashuvida stadion toʻlib-toshadi[29].
Raqobat
tahrir„Navbahor“ning asosiy raqiblari Fargʻonaning „Neftchi“ va Toshkentning „Paxtakor“ jamoalaridir[30]. Bu klublar har qanday davrda oʻzaro raqobati yuqori darajada oʻtgan. Bundan tashqari Vodiyning yana bir jamoasi Andijonning „Andijon“ klubiga qarshi oʻziga xos derbi ham tarixga kirgan.
Jamoa tarkibi
tahrirEslatma: bayroqlar FIFA muvofiqlik qoidalariga koʻra belgilangan milliy terma jamoani koʻrsatadi. Oʻyinchilar FIFAga aʼzo boʻlmagan bir nechta fuqarolikka ega boʻlishlari mumkin.
|
|
U21
tahrirU19
tahrirKlub hodimlari
tahrirMurabbiylar shtabi
tahrirLavozimi | Xodimlar |
---|---|
Bosh murabbiy | Sergey Lushan |
Yordamchi murabbiy | |
Texnik yordamchi murabbiy | |
Fitnes murabbiyi | |
Darvozabonlar murabbiyi | Shavkat Abduxojayev |
Texnik yordamchi/fitnes murabbiyi | |
Sport terapevti | |
Texnik tahlilchi |
Lavozimi | Xodimlar |
---|---|
Navbahor U-21 yoshlar tarkibi murabbiyi | Dmitriy An[33] |
Navbahor- Women bosh murabbiyi | Karima Yoʻldasheva |
Navbahor futzal bosh murabbiyi | Xurshid Tojiboyev |
- Oxirgi yangilangan: 5-mart 2024-yil
- Manba:
Xodimlar
tahrirLavozimi | Xodimlar |
---|---|
Prezident | Rasul Nizomboyev[34] |
Vitse prezident | Otabek Samatov |
Bosh direktor | Akmal Sohibov[35] |
- Oxirgi yangilangan: 6-mart 2024-yil
- Manba:[36]
Bosh murabbiylari tarxi
tahrir- Sergey Dotsenko (1979—1984)
- Pavel Kim (1984—1987)
- Pyotr Boldiryov (1988—1989)
- Valeriy Gladilin (1989—1990)
- Igor Volchok (1990—1991)
- Birodar Abduraimov (1991—1992)[37]
- Boris Boboyev (1992—1993)
- Usmon Asqaraliyev (1993—1994)
- Sharif Nazarov (1994—1995)
- Birodar Abduraimov (1995—1995)
- Nikolay Lyubartsev (1995—1996)
- Viktor Jalilov (1996—1997)
- Baxtiyor Boboyev (1997—1998)
- Leonid Ostroushko (1998)
- Viktor Jalilov (1998—2000)
- Amet Memet (1999—2000)
- Valeriy Sinau (2001)
- Farhod Magometov (2001—2002)
- Igor Volchok (2003)
- Viktor Jalilov (2003—2004)
- Rahim Qurbonmamedov (2005)
- Said Seyidov (2006)
- Eldor Sakayev (2006—2007)
- Tolibjon Boboyev (2007—2008)
- Rustam Abdullayev (2008)
- Rahim Qurbonmamedov (2009—2010)
- Mustafo Bayramov (2009)
- Sergey Kovshov (2009)
- Mustafo Bayramov (2010)
- Viktor Jalilov (2010)
- Eldor Sakayev (2011)
- Mustafo Bayramov (2011—2013)
- Usmon Asqaraliyev (2013—2014)
- Baxtiyor Ashurmatov (2014—2015)[38]
- Rashid Gʻafurov (2015—2016)
- Aleksandr Volkov (2016—2016)
- Ravshan Bozorov (2016—2016)
- Ilhom Moʻminjonov (2016—2018)
- Andrey Kanchelskis (2018—2019)[39][40]
- Dejan Đurđević (2019—2020)[41][42]
- Andrey Kanchelskis (2020—2020)[43][44]
- Noʻmon Hasanov (2020—2021)
- Viktor Jalilov (2021—2021)
- Samvel Babayan (2021-2024)[45]
Mashhur futbolchilar
tahrirSSSR/Oʻzbekiston
tahrir- Sobiq SSSR davlatlari
- Yevropa
- Janubiy Amerika
- Afrika
- Osiyo
Yana qarang
tahrirManbalar
tahrir- ↑ „Bir klub tarixi: "Samodagi lochinlar"“. 2023-yil 29-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 29-aprel.
- ↑ „"Navbahor-96"ni eslab. Oliy liga tarixida eng ko'p gol urilgan o'yin“. 2023-yil 25-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 25-iyun.
- ↑ „Тарихий кадрлар. 1996 йилги "Навбаҳор"нинг чемпионлик ўйини“. 2022-yil 8-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 8-sentyabr.
- ↑ „ВИДЕО. "Навбаҳор" чемпионлигига 20 йил тўлд“. 2022-yil 8-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 8-sentyabr.
- ↑ „“Navbahor” 1996 yil chempionlikni qo'lga kiritganda tarkibda kimlar bo'lgan?“. 2023-yil 5-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 5-may.
- ↑ „Фото архив: Тарихдаги "Навбаҳор"“. 2023-yil 4-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 4-may.
- ↑ „АРХИВ. 2010 йилги "Навбаҳор" - "Бунёдкор" учрашувида 28 мингдан зиёд томошабин“. 2023-yil 4-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 4-may.
- ↑ „ВИДЕО АРХИВ. "Навбаҳор" - "Бунёдкор" учрашувида 28 минг томошабин“. 2023-yil 4-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 4-may.
- ↑ „"Навбаҳор" олий лигада қолди“. 2022-yil 8-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 8-sentyabr.
- ↑ „Олий лига. "Навбаҳор" 25 йилда иккичи бор ўз уйида бир ўйинда бешта гол ўтказди“. 2022-yil 8-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 8-sentyabr.
- ↑ „"Навбаҳор" охирги 13 йилдаги энг юқори ўринни банд этди“. 2022-yil 8-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 8-sentyabr.
- ↑ „"Навбаҳор" - 9 карра бронза медали соҳиби!“ (16 ноя 2018). 2022-yil 8-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 8-sentyabr.
- ↑ „"Насаф" Ўзбекистон Coca Cola кубоги соҳибига айланди ва келаси мавсум ОЧЛда иштирок этиш ҳуқуқини қўлга киритди!“. 2022-yil 31-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 11-dekabr.
- ↑ „"Навбаҳор"га кумуш медалларни тақдим қилган учрашувдан галерея“. 2022-yil 11-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 11-dekabr.
- ↑ „"Навбаҳор"дан тарихий натижа“. 2022-yil 11-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 11-dekabr.
- ↑ „"Навбаҳор" 4-ўрин соҳибига айланган Осиё кубок эгалари кубогини ёдга оламиз“ (2024-yil 17-fevral).
- ↑ „Ўқувчиларимиз "Навбаҳор" тарихидаги энг яхши футболчини аниқлашди“. 2022-yil 8-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 8-sentyabr.
- ↑ „"Навбаҳор"нинг янги логотипини кўрдингизми? ФОТО“. 2022-yil 8-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 8-sentyabr.
- ↑ „"Ретро сурат". "Навбаҳор-2000"“. 2023-yil 6-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 6-may.
- ↑ „"Ретро сурат". "Навбаҳор-2001"“. 2023-yil 6-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 6-may.
- ↑ „"Ретро сурат". "Навбаҳор-2005"“. 2023-yil 6-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 6-may.
- ↑ „Архив. "Навбаҳор-2007"дан кимларни танидингиз?“. 2023-yil 4-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 4-may.
- ↑ „"Ретро сурат". "Навбаҳор-2008"“. 2023-yil 6-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 6-may.
- ↑ „"Ретро сурат". "Навбаҳор-2009"“. 2023-yil 6-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 6-may.
- ↑ „"Ретро сурат". "Навбаҳор-2010"“. 2023-yil 6-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 6-may.
- ↑ „"Ретро сурат". "Навбаҳор-2014"“. 2023-yil 6-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 6-may.
- ↑ „"Навбаҳор" келаси мавсум ОЧЛда ўйнайди“. 2022-yil 11-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 11-dekabr.
- ↑ „"Навбаҳор" 23 йилдан сўнг яна халқаро майдонга қайтди ёхуд аввалги барча натижаларни ёдга оламиз“. 2023-yil 10-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 23-oktyabr.
- ↑ „АРХИВ. 2010 йилги "Навбаҳор" - "Бунёдкор" учрашувида 28 мингдан зиёд томошабин“ (13 май 2020). 2022-yil 8-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 8-sentyabr.
- ↑ „"Навбаҳор" ва "Пахтакор" жамоалари ўртасида қайд этилган энг йирик ҳисоб эсингиздами? (превью)“ (8 август, 21:10). 2023-yil 10-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 10-avgust.
- ↑ „Navbahor“. pfl.uz. 2021-yil 20-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 17-fevral 2024-yil.
- ↑ „Navbahor transfermarkt saytida“. pfl.uz. Qaraldi: 1-avgust 2024-yil.
- ↑ „"Навбаҳор" ёшлар жамоасига янги бош мураббийи!“ (2024-yil 8-yanvar).
- ↑ „"Навбаҳор" футбол клубига янги президент тайинланди“ (2024-yil 5-mart).
- ↑ „“Навбаҳор” клуби раҳбариятида ўзгариш“ (2024-yil 6-mart).
- ↑ „"Навбаҳор" футбол клубига янги президент тайинланди“. Championat.asia. Qaraldi: 2024-yil 17-mart.
- ↑ „Klub Tarixi.“ (2009-yil 4-may).
- ↑ „Наманганнинг янги ҳокими "Навбаҳор" жамоаси президентини ва бош мураббий Бахтиёр Ашурматовни ишдан бўшатди“ (2015-yil 30-dekabr). 2022-yil 8-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 8-sentyabr.
- ↑ „Расман: Андрей Канчельскис - "Навбаҳор" бош мураббийи ФОТО“. 2022-yil 8-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 8-sentyabr.
- ↑ „Breaking: "Навбаҳор" устози Андрей Канчельскис ўз лавозимини тарк этди“. 2019-yil 22-iyunda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „ФОТО. "Навбаҳор" Деян Журжевични таништирди“. 2019-yil 24-iyunda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „"Навбаҳор" вице-президенти Журжевичга бўшаш тўғрисида ариза ёзиши кераклигини айтди“. 2019-yil 9-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „"Навбаҳор" Канчельскис билан 3 йиллик шартнома имзолади“. 2019-yil 28-avgustda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „Эшитдик-да! Канчельскис "Навбаҳор" билан шартномани бекор қилди ва ФИФАга мурожаат қилмоқчи“. 2020-yil 8-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „Самвел Бабаян - "Навбаҳор" бош мураббийи!“. 2020-yil 14-dekabrda asl nusxadan arxivlangan.