Paxtakor (futbol klubi)

Toshkent futbol jamoasi
(FK Paxtakor Toshkentdan yoʻnaltirildi)

Paxtakor – Oʻzbekistonning yetakchi futbol jamoasi. 1956-yil tashkil etilgan. Paxtakor poytaxt Toshkent shahrida joylashgan boʻlib, Oʻzbekiston Superligasida ishtirok etadi.[1]

Paxtakor
Toʻliq nomi Paxtakor Futbol Klubi
Laqabi oʻzbekcha: Paxtakorlar
(The cotton grower)
oʻzbekcha: Sherlar
(The Lions)
oʻzbekcha: Xalq jamoasi
(Peopleʼs team)
Asos solingan 8-aprel, 1956-yil (68 yil avval) (1956-04-08)
Stadioni Paxtakor Markaziy Stadioni
Sigʻimi 35,000
Egasi Toshekent shahar hokimligi
Prezidenti Jahongir Ortiqxoʻjayev
Bosh murabbiy Pedro Moreira
Liga Oʻzbekiston Superligasi
Vebsayti Klub sayti

36 mavsum (1956—1991) SSSR chempionatining turli ligalarida, shu jumladan Oliy ligada oʻynadi. „Paxtakor“ oliy darajadagi Sovet futbol ligasida oʻynagan yagona oʻzbek klubi boʻlgan va Sovet kubogi finalida ishtirok etgan yagona Markaziy Osiyo klubi edi 1992-yildan muntazam Oʻzbekiston chempionati Oliy ligasi (2018-yildan – Superliga)ning doimiy ishtirokchisi.

Jamoa nomi

tahrir

Paxta (پخته) soʻzi forscha paxta maʼnosini bildiradi va „kor“ (کار) کاشتن, (soʻzi ḵạsẖtn, kâshtan (eroncha forscha talaffuz), koshtan, kishtan (tojikcha forscha talaffuz)) feʼlidan boʻlib, „ekin qilish“ maʼnosini bildiradi; shuning uchun „Paxtakor“ birikmasi ish nomini hosil qiladi va soʻzma-soʻz paxtakor degan maʼnoni anglatadi.

Tarixi

tahrir

"Paxtakor" futbol klubi – Toshkent shahri sharafini himoya qiluvchi, Oʻzbekistondagi eng mashhur futbol klublaridan biri. Klubga 1956-yil 8-aprel kuni asos solingan. 36 mavsum davomida (1956—1991) SSSR birinchiligining turli ligalarida ishtirok etgan. „Paxtakor“ SSSR Oliy Ligasida toʻp surgan Oʻzbekistonning yagona klubi, shuningdek, SSSR Kubogi finaliga chiqqan Oʻrta Osiyoning yagona jamoasi hisoblanadi.

1992-yildan boshlab Oʻzbekiston Oliy Ligasining doimiy vakili. „Paxtakor“ 8 karra Oʻzbekiston chempioni hisoblanadi, xususan, olti chempionlik sovrini 2002—2007 yillar oraligʻida ketma-ket qoʻlga kiritilgan. „Paxtakor“, shuningdek, Oʻzbekiston Kubogida eng koʻp – 10 marta gʻolib chiqqan yagona jamoa boʻlib, Kuboklardan yettitasi 2001—2007-yillarda qoʻlga kiritilgan. „Paxtakor“ futbolchilari turli yillarda jami yetti marta Oʻzbekistonning eng yaxshi futbolchisi deya topilgan, murabbiylari esa ikki marta mavsum yakuniga koʻra Oʻzbekistonning eng kuchli murabbiyi deb topilgan.

„Paxtakor“ OFK Chempionlar Ligasining yagona doimiy ishtirokchisi boʻlib, jamoa 2003 va 2004-yilgi mavsumlarda musobaqa yarim finaliga qadar yetib bora olgan. 2022-yil iyuldan „Paxtakor“ asosiy jamoasi bosh murabbiyi sifatida Maksim Shatskix bilan kelishuvga erishildi. Jismoniy tayyorgarlik murabbiyi sifatida ukrainalik Vitaliy Shpanyuk taklif etildi. 51 yoshli mutaxassis faoliyati davomida Ukrainaning „Kremen“, „Arsenal“, „Slavutich“, „Karpati“, „Lvov“, „Vorskla“ va LNZ, Rossiyaning „Anji“, „Rotor“, Gruziyaning „Dinamo“ Tbilisi klublarida ishlagan. Shuningdek, uch yarim yil davomida Ukraina milliy terma jamoasida ishlagan[2]. Shimoliy makedoniyalik Slavche Voyneski mutaxassis bilan „Paxtakor“ oʻrtasidagi shartnoma muddatidan oldin bekor qilindi[3].

SSSR Ligasi

tahrir

1956-yil Toshkentda tashkil etilgan „Paxtakor“ jamoasi qisqa fursat ichida xalqning sevimli jamoasiga aylandi. Dastlabki yillarni „Paxtakor“ning oyoqqa turib olish davri sifatida koʻrsatish mumkin. Jamoa tashkil etilganidan keyin SSSR chempionatining B klass musobaqasida ishtirok eta boshladi. Toʻrt yil mobaynida Bextenev, Xodotov va Olshanskiy qoʻl ostida B klassda qatnashgan „Paxtakor“ oʻzi uchun zarur tajribani toʻpladi. qayd etilayotgan natijalar yildan-yilga yaxshilanib bordi. Masalan, oʻzining debyut mavsumida „Paxtakor“ 13-pogʻonadan oʻrin egallagan boʻlsa, bir yil oʻtgandan soʻng bu koʻrsatkich uchtaga yuqoriladi. Keyingi ikki mavsumda ishonchli toʻp tepgan oʻzbek futbolining bayroqdor klubi oliy ligada ishtirok etish huquqini qoʻlga kiritdi. Ushbu yillar ichida Motorin, Azizxoʻjaev, Maqsudov, Tazetdinov, Borkin, Vitkalov, Sheffer, Kozenkov singari futbolchilar yaxshi saviyada oʻyin namoyish qilishdi.

1960-yildan boshlab „Paxtakor“ oliy ligada qatnashishni boshladi. Bosh murabbiylikka Aleksandr Keller taklif etildi. Kuchlilar ligasidagi ilk oʻyinini „Paxtakor“ 9-aprel kuni Toshkentda Moskvaning „Torpedo“ klubiga qarshi oʻtkazdi. Tarixiy uchrashuvda „Paxtakor“ sharafini mazkur futbolchilar himoya qilishdi: Pshenichnikov,[4] Azizxoʻjaev, Kozenkov, Suyunov, Semenov, Tojirov, Timoxin, Motorin, Krasnitskiy, Tazetdinov (sardor), Feofanov. Umumiy hisobda esa jamoa mavsumni 14-oʻrinda yakunladi. Keyingi mavsumda deyarli oldingi yilgi natija takrorlangan boʻlsa-da, turnir jadvalida toʻrt pogʻona yuqoriga oʻsish kuzatildi. Oradan bir mavsum oʻtgach, 1962-yilda „Paxtakor“ SSSR chempionatlari tarixidagi eng yaxshi natijasidan birini qayd etdi. Butun chempionatni yaxshi oʻtkazgan „paxtakorchilar“ mavsum yakunida oltinchi oʻrindan joy olishdi. Bu oʻsha davrda yosh boʻlgan klub uchun juda yaxshi koʻrsatkich edi. Agar yana olti ochko qoʻlga kiritilganda, Oʻzbekiston faxri sanalgan klubimiz kumush medallarga sazovor boʻlishi ham mumkin edi. Biroq 1963-yil jamoa oʻz oʻyinini namoyish eta olmadi va pastki ligaga tushib ketdi. Murabbiy Kellerning oʻrnini esa Gavriil Kachalin egalladi. 1964-yil ikkinchi guruhda uchinchi oʻrinni egallagan „Paxtakor“ yana oliy ligaga qaytdi. Bir mavsum ichida jamoani Aleksandr Abramov, Saveliy Sofronov va Boris Nabokov boshqarganini alohida eslab oʻtish joiz.1975-yilgi mavsumda jamoa avvalgi shashtini saqlab qola olmadi va oliy ligani tark etdi. Chempionat oʻrtasida Gavriil Kachalin ikkinchi marta bosh murabbiylikni qoʻlga oldi. Mavsum muvaffaqiyatsiz kechgan boʻlsa-da, ishqibozlarni juda quvontiradigan natijalar ham kuzatildi. Masalan, 17-oktyabr kuni Toshkentda Kievning „Dinamo“ klubi 5:0 hisobida tor-mor etildi. Xadzipanagis, An (2) va Isoqovning (2) kiritgan toʻplari oʻsha yil Yevropada oʻzini koʻrsatgan „Dinamo“ning sharmandali tarzda magʻlubiyatga uchrashiga sabab boʻldi.

Umuman olganda, 1965-yil „Paxtakor“ Moskva jamoalarini „qaqshatishi“ bilan koʻchpilikning eʼtiborini tortgan. Oʻtkazilgan oʻn uchrashuvning faqat bittasida „Torpedo“ga imkoniyat boy berilgan. Oradan bir yil oʻtgach, 1966-yilgi mavsumda ham natija deyarli avvalgi chempionatnikidek boʻlgan. Lekin bu safar „Paxtakor“da bronza medallarini qoʻlga kiritish uchun imkoniyat yuzaga kelgandi. Afsuski, oxirgi besh turda birorta ham gʻalabaga erishilmagani sababli sovrindorlar qatoriga kirish orzusi chippakka chiqqan. 1968-yil yana murabbiy almashdi. End Yevgeniy Yeliseev jamoani ustozlik qilishga kirishdi. U jamoa faxri sanalgan Gennadiy Krasnitskiyni tarkibga kiritmadi, lekin gol urishda muammolarga duch kelingani uchun Gena ikkinchi davrada safga qaytarildi. hujumda Krasnitskiy – Abduraimov tandemi koʻp yillardan samarali oʻynab kelgani sababli tajribali futbolchisiz oʻyinni tashkil etish qiyin boʻldi. Chempionatda 17-oʻrin egallangan boʻlsa-da, „Paxtakor“ ishqibozlarni SSSR Kubogidagi muvaffaqiyatli ishtirok bilan xursand qildi. „Dinamo“ (Batumi), „Sokol“ (Saratov), „Zarya“ (Lugansk) va „Shaxtyor“ (Donetsk)ni dogʻda qoldirgan „Paxtakor“ finalda „Torpedo“ (Moskva) bilan toʻqnash keldi. 8-noyabr kuni oʻtgan uchrashuvda mazkur tarkib maydonda harakat qildi:

Lyubartsev, Dotsenko, Shtern, Naumenko, Inoyatov, Rahmatullaev, Varyuxin, Bektoshev (Isoqov, 74), Abduraimov, Krasnitskiy, Ibragimov. Bahsning 52-daqiqasida Yuriy Savchenko tomonidan kiritilgan yagona toʻp oʻyin taqdirini hal etdi va moskvaliklar kubokni qoʻlga kiritishdi. Shunga qaramay, Yeliseev shogirdlari Yevrokuboklarga yoʻllanma olishlariga bir qadam qolgani bilan faxrlana oladilar. Shuningdek, Birodar Abduraimov chempionat oʻyinlarida 22 gol urib, tbilisilik Gavasheli bilan birga toʻpurarlar roʻyxatining yuqorisidan joy oldi. Chempionatning eng kuchli 33 futbolchisi qatoridan Abduraimovning oʻrin olgani mutaxassislar oʻsha yilgi toʻpurar sifatida hujumchimizni tan olishganini koʻrsatib turibdi.

1969 va 1970-yillarda yana Yakushin bosh murabbiylikni oʻz qoʻliga oldi. Jamoa 16 va 13-oʻrinlarni egalladi. 1969-yil „Krilya Sovetov“ bilan Toshkentdagi uchrashuvda jamoa afsonasi Gennadiy Krasnitskiy mamlakat chempionatidagi yuzinchi golini urishga erishdi[5].

1971-yil klubni oʻz tarixidagi eng yuqori oʻringa olib chiqqan Keller Toshkentga qaytdi. Biroq Krasnitskiy endi yordamchi murabbiy boʻlib faoliyatini davom ettira boshladi, yaʼni u katta futboldagi faoliyatini tugatdi. Bu esa qimmatga tushdi. Yetakchisidan ayrilgan jamoa oʻyin uslubini oldingidek saqlab qololmadi va birinchi ligaga tushib ketdi. Keyingi mavsumda „Paxtakor“ni Vyacheslav Solovev boshqardi. U bir yilning oʻzidayoq „Paxtakor“ni yuqori ligaga qaytardi. 33 uchrashuvda 34 toʻp kiritgan Birodar Abduraimov birinchi liga toʻpurariga aylandi. Xulosa qiladigan boʻlsak, ushbu yillar davomida Pshenichnikov, Shtern, Inoyatov, Rahmatullaev, Abduraimov, Krasnitskiy, Ibragimov, Isoqov, Varyuxin, Turgʻunov, Dotsenko, Lyubartsev, Bektoshev va boshqa bir qator oʻyinchilar ajoyib harakatlari bilan muxlislar mehrini qozonishdi.

SSSR Musobaqlarida eng koʻp oʻyin oʻtkazgan futbolchilar

tahrir
Oʻyinchi Oʻyinlar
1. Birodar Abduraimov  – 302
2. Gennadiy Krasnitskiy  – 247
3. Vitaliy Suyunov  – 211
4. Vladimir Shtern  – 301
5. Toʻlagan Isoqov  – 190
6. Viktor Varyuxin  – 186
7. Vladimir Tojirov  – 186
8. Hamid Rahmatullayev  – 184
9. Gennadiy Denisov  – 177
10. Yuriy Pshenichnikov  – 177
Oʻyinchi Oʻyinlar
11. Bahodir Ibrohimov  – 174
12. Aleksandr Yanovskiy  – 159
13. Viktor Naumenko  – 156
14. Axrol Inoyatov  – 154
15. Mixail An  – 138
16. Maqsud Sharipov  – 135
17. Nuriddin Amriyev  – 134
18. Andrey Yakubik  – 131
19. Aleksandr Korchenov  – 126
20. Valeriy Muxin  – 120

Klubning mavsum boʻyicha eng sermahsul oʻyinchilari:

tahrir
Yil Oʻyinchi Gollar
1956 Mihail Borkin — 11 (D-2)
1957 Mihail Borkin — 11 (D-2)
1958 Gennadiy Krasnitskiy — 12 (D-2)
1959 Gennadiy Krasnitskiy — 12 (D-2)
1960 Gennadiy Krasnitskiy — 19
1961 Gennadiy Krasnitskiy — 20
1962 Birodar Abduraimov — 8
1963 Gennadiy Krasnitskiy — 14
1964 Gennadiy Krasnitskiy — 16 (D-2)
1965 Gennadiy Krasnitskiy — 13
1966 Gennadiy Krasnitskiy — 10
1967 Gennadiy Krasnitskiy — 10
1968 Birodar Abduraimov — 22
1969 Vyacheslav Bektoshev — 8
Gennadiy Krasnitskiy — 8
1970 Vladimir Rodionov — 7
1971 Birodar Abduraimov — 7
1972 Birodar Abduraimov — 34 (D-2)
1973 Birodar Abduraimov — 12
Yil Oʻyinchi Gollar
1974 Mixail An — 11
1975 Mixail An — 8
1976 Vladimir Fyodorov — 16 (D-2)
1977 Mixail An — 10 (D-2)
1978 Konstantin Bakanov — 7
Vladimir Fyodorov — 7
1979 Viktor Churkin — 5
1980 Andrey Yakubik — 8
1981 Andrey Yakubik — 13
1982 Andrey Yakubik — 23
1983 Andrey Yakubik — 15
1984 Igor Shkvirin — 9
1985 Ayder Zeytullayev — 11 (D-2)
1986 Ayder Zeytullayev — 13 (D-2)
1987 Marat Kabayev — 16 (D-2)
1988 Aleksandr Mishel — 12 (D-2)
1989 Azamat Abduraimov — 13 (D-2)
1990 Igor Shkvirin — 37 (D-2)
1991 Igor Shkvirin — 14

Vladimir Fyodorov, Yuriy Pshenichnikov, Gennadiy Krasnitskiy va Mixayl An birinchi SSSR terma jamoasi tarkibida oʻynashgan (Vasilis Xatzipanagis, Mirjalol Qosimov va Mustafa Belyalov SSSR olimpiya terma jamoasida oʻynagan)

Paxtakor-1979

tahrir

Asosiy maqola: Dneprodzerjinsk ustidagi avia to‘qnashuv

 
Halokatga uchragan Paxtakor futbolchilari[6].

1979-yilgi mavsumda jamoa Kochetkov boshchiligida start oldi, lekin chempionat oʻrtalarida qayd etilgan qoniqarsiz natijalar sababli uning oʻrnida Oleg Bazilevich ish boshladi. Shundan soʻng „Paxtakor“ birinchi davra oxirida raqiblarini ketma-ket magʻlubiyatga uchratdi va turnir jadvalida yuqoriga koʻtarilishni boshladi. Ammo 11-avgust kuni yuz bergan mash’um fojea jamoamizning 17 nafar aʼzosini hayotdan olib ketdi. 1979-yilning 11-avgust sanasi oʻzbek futbol jamoatchiligi uchun qora harflar bilan yozib qoʻyilgan. Oʻsha voqeaga ham tezda 34-yil boʻldi. Butun xalqning aza tutishiga sabab boʻlgan hodisa Dneproderjinsk osmonida sodir boʻlgan[7][8][9].

Toshkent vaqti boʻyicha soat 13 dan 35 daqiqa 38 soniya oʻtdi. Shu lahzada Toshkent-Gurev-Donetsk-Minsk reysida parvoz qilayotgan TU-134 samolyoti Chelyabinsk-Kishinyov reysini bajarayotgan shu rusumdagi boshqa samolyot bilan toʻqnashib ketdi. Fojea erdan 8400 metr balandlikda yuz berdi va ikki samolyot bortida boʻlgan 178 kishi halok boʻldi[10][11]. Ular orasida oʻsha vaqtda oʻzbek futbolining faxri hisoblangan „Paxtakor“ning 17 nafardan iborat tarkibi ham boʻlgan. Afsuski, dispetcherning xatosi ikki yuzga yaqin insonlarni bu hayotdan olib ketdi. Ushbu halokatdan juda koʻpchilik oʻzini yoʻqotib qoʻygan. Chunki oʻsha mavsumda „Paxtakor“ ishonchli oʻyin koʻrsatib, yuqori oʻrinlardan joy egallashga haqli ekanligini isbotlab kelayotgandi. hatto, baʼzi mutaxassislar jamoaning yaqin yillar ichida Yevrokuboklarda oʻynashi mumkinligi toʻgʻrisida taxmin qilayotgandi. Fojea oqibatida nafaqt koʻplab insonlar halok boʻldi, balki bu oʻzbek futbolining rivojlanishiga ham oʻzining salbiy taʼsirini koʻrsatdi. Tasavvur qiling, oʻshanda bizning eng yaxshi futbolchilarimiz dunyodan koʻz yumdi. Natijada bir butun bir avloddan ajralib qoldik. Agar oʻsha halokat boʻlmaganda futbolimiz hozirgi saviyasidan ikki-uch barobar yuqoriroq boʻlishi mumkin edi. Futbol klubining baʼzi aʼzolari Toshkentdagi shahardagi Botkin qabristoniga dafn qilindi va u yerda ularga haykal oʻrnatildi[12][13]. „Paxtakor“ 1979-yilda va undan keyingi bir necha chempionatlarda ushbu fojia tufayli boshqa klublar koʻngillilari hisobiga mustahkamlandi[14]. Bundan tashqari, SSSR futbol chempionati reglamentiga modda kiritildi, unga koʻra, 3 yil davomida, natijalardan qatʼi nazar, „Paxtakor“ sovet futboli oliy ligasidagi oʻrnini saqlab qoldi[15][16][17].

 
Paxtakor-79 xotirasiga bagʻishlangan memorial

Samoda halok boʻlgan oʻyinchi va jamoa aʼzolarining roʻyxati mazkur insonlardan iborat:

Texnik xodimlar
tahrir
Futbolchilar
tahrir

Paxtakor 1980-1991

tahrir

1980 va 1981-yilllarda jamoaga berilgan engillik bejizga boʻlmagani oʻz isbotini topdi. Chempionatda 16 va 18-oʻrinlar egallandi. Bosh murabbiylik faoliyatini 1980-yilning oʻrtalarida boshlagan Ishtvan Sekech 1982-yil jamoani oʻz tarixidagi eng yuqori oʻringa yana bir marta olib chiqdi[19]. Afsuski, sovrinli pogʻonalarga etish uchun besh ochkogina etishmadi. Shunga qaramay, oʻsha yildagi ishtirok muxlislarga olam-olam quvonch ulashdi.

Afsuski, 1984-yilgi mavsum „Paxtakor“ uchun omadsiz keldi va klub bilan yuqori choʻqqiga koʻtarilgan Sekech quyiga shoʻngʻishga ham majbur boʻldi. Bu safar birinchi ligaga „sayr“ naqd olti yilga choʻzildi. Faqat 1990-yilda Fyodor Novikov „Paxtakor“ni oliy ligaga qaytardi. Magometov, Pyatnitskiy, Makarov, Sinelobov, Miklyaev, Bondarenko, Gess, Zeytullaev, Nortojiev, Kovshov, Qosimov, Abduraimov, Bilolov singari futbolchilar oʻz mahoratlarini yorqinroq namoyish qilishdi[20][21].

1991-yil oxirgi marta SSSR chempionatlari oʻtkazilgani bilan tarixda qolgan. „Paxtakor“ 14-oʻrinni egallab, oʻz oʻrnini saqlab qolishga erishdi. SSSR birinchiliklari tarixidagi soʻnggi uchrashuvini „Paxtakor“ Axrol Inoyatov qoʻl ostida oʻtkazdi[22]. Shu tariqa Sobiq Ittifoq chempionatlari nihoyasiga etdi va barcha mamlakatlar oʻzlarining mustaqil birinchiliklarini tashkil eta boshlashdi. Shu jumladan, Oʻzbekiston ham[23].

Oʻzbekiston Oliy Ligasi

tahrir

1992-yil „Paxtakor“ Fargʻonaning „Neftchi“ jamoasi bilan birinchi marotaba oʻtkazilgan Oʻzbekiston oliy ligasida bir xil ochko toʻplab qoʻsh chempion boʻldi[24]. 1993-yilgi mavsumni Bahodir Ibrohimov qoʻl ostida oʻtkazgan jamoa chempionat oltin medallariga erisha olmadi, lekin muxlislarni mamlakat kubogini qoʻlga kiritib, xursand qildi. 1995-yil gollandiyalik mutaxassis Xans Ferel jamoada ish boshladi. Uning boshchiligida sovrinli oʻrinlar egallanmadi, lekin „Paxtakor“ ishtirokidagi sermahsul uchrashuvlar muxlislarga juda maʼqul keldi. 1996-yil kubok finalida „Neftchi“ga penaltilar seriyasida imkoniyatning boy berilgani bilan yodda qoldi. Buni qarangki, oʻshanda penaltini aniq amalga oshira olmagan Andrey Akopyants oradan bir yil oʻtgach, qoʻshimcha vaqtda fargʻonaliklar darvozasini ishgʻol qildi va „Paxtakor“ga ikkinchi kubokni keltirdi. Bu oʻsha mavsumda chempionatdagi muvaffaqiyatsizlikni unutishga yordam berdi.

1998-yilgi mavsumni katta oʻzgarishlar bilan boshlagan „Paxtakor“ning oltin medallarni qoʻlga kiritishi taxmin qilingandi va shunday boʻldi ham. Chempionatni bir tekisda oʻtkazgan jamoa yakunda turnir jadvalining eng yuqori pogʻonasidan oʻrin oldi. Klubni navbatdagi chempionlikka braziliyalik murabbiy Ubiraja Vega da Silva olib kelgani eʼtiborga molik hol. Oʻsha mavsumda Pavel Bugalo, Rustam Shaymardanov, Aleksandr Xvostunov, Baxtiyor Qambaraliev, Baxtiyor Ashurmatov, Murod Aliyev, Nikolay Shirshov, Otabek Pirmatov, Mirjalol Qosimov, Andrey Akopyants, Noʻmon Nurmatov, Dilmurod Nazarov, Azamat Abduraimov, Sobir Xodiyev va Igor Shkvirin singari futbolchilarini oʻzlarini koʻrsatishdi.

Afsuski, 1999 va 2000-yilgi mavsumlar „Paxtakor“ uchun omadsiz kechdi. Jamoa mos ravishda 4 va 7-oʻrindan joy oldi. Nihoyat, 2001-yilga kelib ijobiy oʻzgarishlar yuzaga keldi. Chempionatda kumush medallar koʻlga kiritilgan boʻlsa, Oʻzbekiston Kubogi uchinchi bor klub muzeyiga keltirildi. Final uchrashuvida Leonid Koshelev tomonidan kiritilgan ikki toʻp jamoaga „Neftchi“ ustidan 2:1 hisobida gʻalaba keltirdi. Shu tariqa „Paxtakor“ning „oltin era“si boshlandi[25].

 
Paxtakor 2019-yil

2001-yildan keyingi davr „Paxtakor“ tarixida oltin xariflar bilan bitiladigan boʻldi. Jamoani mahalliy tadbirkorlardan Botir Rahimov jamoani qayta jonlanishida muhim oʻrin tutdi. Jamoa tarkibi tubdan yoshartirib yuborilishi natijasida, kuchli jamoa shakillandi va „Paxtakor“ 2008-yilgacha ichki musobaqalarda gʻoliblikni oʻzida saqlab kelishga erishdi.

Shuningdek, stadion toʻliq taʼmirdan chiqarildi, jamoa akademiyasi ishga tushdi va klub professional tizimda ishlashga oʻtdi. Bundan tashqari, yangi tashkil etilgan Osiyo chempionlar ligasining dastlabki ikki mavsumida yarim final zabt etildi. Albatta, bu kabi faktlar jamoaning juda yaxshi natijalarni qayd etganini isbotlab turibdi. Bu yillar ichida „Paxtakor“ga Toshmurod Ogʻamurodov, Viktor Jalilov, Ravshan Haydarov va Valeriy Nepomnyashchiy singari tajribali murabbiylar ustozlik qilishdi. qoʻlga kiritilgan natijalar ham shunga yarasha boʻldi. Ketma-ket olti mavsum mobaynida jamoa Oʻzbekiston chempionati va Kubogida gʻolib chiqdi. Bir yillik tanaffusdan soʻng 2009-yil kubok yana qoʻlga kiritildi. Ignatiy Nesterov, Leonid Koshelev, Server Jeparov, Anvar Soliyev, Temur Kapadze, Odil Ahmedov, Asror Aliqulov, Anzur Ismoilov, Zayniddin Tojiev, Ildar Magdeev, Aleksandr Geynrix, Ilhom Suyunov, Temur Joʻrayev va boshqa bir qator futbolchilar gʻalabalarga munosib hissalarini qoʻshishdi[26][27].

2011-yil yana bir bor Oʻzbekiston Kubogiga ega chiqildi. 2012-yil esa muxlislar 4-yillik tanaffusdan jamoaning chempionlikka erishganini bayram qilishdi. Bu safar oltin medallar chempionatlar tarixidagi eng yosh tarkib bilan qoʻlga kiritildi. 2014-yil esa chempionlikka magʻlubiyatsiz mavsumdan keyin erishildi. 2015-yil ham oltin medallarga ega chiqildi.

2017-yilda klub tarixida yangi davr boshlandi. „Paxtakor“ Prezidenti etib Bobur Shodiyev tayinlandi va jamoani boshqarish uchun yevropalik mutaxassislar guruhi taklif etildi. Gruziyalik sobiq futbolchi va hozirda murabbiy Shota Arveladze „Paxtakor“ga ustozlik qilishga kirishdi. 2019-yil jamoa Oʻzbekiston klublari tarixida birinchi bor treblga erishib, Oʻzbekiston chempionati, Oʻzbekiston Kubogi va Liga Kubogida zafar quchdi.

Mahalliy musobaqalardagi natijalar

tahrir
Mavsum Liga Oʻzbekiston Kubogi Eng yaxshi toʻpurar[28][29]
Div. Oʻrin Oʻyin D M UG OʻG O Name League
1992 Oʻzbekiston Superligasi 1 32 24 3 5 94 40 51 Birinchi bosqich Valeriy Kechinov 24
1993 2 30 20 7 3 74 29 47 Chempion Shuhrat Maqsudov 15
1994 8 30 13 9 8 56 37 35 Yarim final
1995 4 30 20 5 5 67 27 65 Chorak final
1996 6 30 15 3 12 50 30 48 Ikkinchi oʻrin Dilmurod Nazarov

Ravshan Bozorov

12
1997 5 34 18 7 9 65 35 61 Chempion
1998 1 30 24 4 2 96 29 76 Yarim final Mirjalol Qosimov

Igor Shkvirin

22
1999 4 30 18 4 8 69 42 58 Chorak final
2000 7 38 17 9 12 67 51 60 Igor Shkvirin 20
2001 2 34 23 3 8 72 32 72 Chempion Nematullo Quttiboev 16
2002 1 30 24 2 4 85 22 74 Chempion Gochguli Gochguliyev 14
2003 1 30 25 2 3 82 23 77 Chempion Zayniddin Tojiyev 13
2004 1 26 22 3 1 81 15 69 Chempion Leonid Koshelev 12
2005 1 26 21 2 3 78 15 65 Chempion Anvarjon Soliyev 29
2006 1 30 25 2 3 84 12 77 Chempion Server Jeparov 18
2007 1 30 26 4 0 83 13 82 Chempion Aleksandr Geynrix 16
2008 2 30 23 5 2 64 14 74 Ikkinchi oʻrin Zayniddin Tojiyev 17
2009 2 30 18 10 2 69 16 64 Chempion[30] Odil Ahmedov 16
2010 2 26 17 6 3 41 19 57 Chorak final Aleksandr Geynrix 11
2011 3 26 15 6 5 33 17 51 Chempion Dušan Savić 7
2012 1 26 18 5 3 51 16 59 Yarim final Temurxoʻja Abduxoliqov 13
2013 4 26 17 3 6 45 25 54 Yarim final Kaxa Maxaradze

Temurxoʻja Abduxoliqov

Dilshod Sharofetdinov

6
2014 1 26 23 3 0 54 14 72 Yarim final Igor Sergeyev 11
2015 1 30 24 3 3 66 23 75 Yarim final Igor Sergeyev 23
2016 5 30 15 7 8 49 30 52 Uchinchi bosqich Igor Sergeyev 11
2017 3 30 18 5 7 44 28 59 Nimchorak final Igor Sergeyev 13
2018 2 20 11 4 5 38 17 46 Ikkinchi oʻrin Tiago Bezerra 17
2019 1 26 22 3 1 75 18 69 Chempion[31][32] Dragan Cheran 23
2020 1 26 21 2 3 76 18 65 Chempion Dragan Cheran 21
2021 1 26 19 3 4 51 18 60 Ikkinchi oʻrin Dragan Cheran 16
2022 1 26 15 9 2 47 18 54 Chorak final Dragan Cheran 20
2023 1 26 16 5 5 41 25 53 1/8 final Dragan Cheran 13
2024 6 26 11 5 10 42 37 38 Yarim final Dragan Cheran 13
2025

Xalqaro musbaqalar

tahrir
match played 26 April 2022
Musobaqa D M UG OʻG
Osiyo kubogi egalari kubogi 14 6 2 6 37 23
Osiyo chempionlar kubogi 2 1 0 1 5 9
Osiyo Chempionlar ligasi 110 46 24 40 146 145
Umumiy 126 53 26 47 188 177
Mavsum Musobaqa Bosqich Klub Uy Safar Natija
1994-95 Osiyo kubogi egalari kubogi Preliminary round   Ravshan Kulob 10-0
  Taraz 0-3
  Alay-Osh-Pirim 5-1
  Merw 4-0
1998-99 Osiyo kubogi egalari kubogi Birinchi bosqich   Xoʻjand 4-1 1-1 5-2
Ikkinchi bosqich   Nisa Aşgabat[33] 6-0 0-5 6-5
Uchinchi bosqich   Al-Ittihad 0-1 0-3 0-4
1999-2000 Osiyo chempionlar kubogi Birinchi bosqich   Irtysh Pavlodar 5-2 0-7 5-9
2001-02 Osiyo kubogi egalari kubogi Birinchi bosqich   SKA-PVO Bishkek 3-1 1-2 4-3
Ikkinchi bosqich   Regar-TadAZ Tursunzoda 2-2 1-3 3-5
2002-03 Osiyo Chempionlar ligasi Guruh bosqichi   Persepolis 1-0 1st
  Al-Talaba 3-0
  Nisa Aşgabat 3-0
Yarim final   BEC Tero Sasana[34] 1-0 1-3 2-3
2004 Osiyo Chempionlar ligasi Guruh bosqichi   Zob Ahan 2-0 0-1 1st
  Qatar 1-0 0-0
  Riffa w/o w/o
Chorak final   Al Wahda 4-0 1-1 5-1
Yarim final   Seongnam 0-0 0-2 0-2
2005 Osiyo Chempionlar ligasi Guruh bosqichi   Al-Ahli 2-1 0-3 2nd
  Al-Zawraʼa 1-2 0-1
  Al-Jaish 4-1 2-0
2006 Osiyo Chempionlar ligasi Guruh bosqichi   Qadsia 2-2 1-2 2nd
  Foolad[35] 2-0 3-1
  Al-Ittihad[36] 2-0 1-2
2007 Osiyo Chempionlar ligasi Guruh bosqichi   Al-Hilal[37] 0-2 0-2 2nd
  Kuwait 2-1 1-0
  Esteghlal FC w/o w/o
2008 Osiyo Chempionlar ligasi Guruh bosqichi   Qadsia 0-1 2-2 2nd
  Erbil 2-0 5-1
  Al-Gharafa 2-0 2-2
2009 Osiyo Chempionlar ligasi Guruh bosqichi   Al-Hilal 1-1 0-2 2nd
  Saba Qom[38] 2-1 2-0
  Al-Ahli 2-0 2-1
1/8 final   Ettifaq 2-1
Chorak final   Al-Ittihad 1-1 0-4 1-5
2010 Osiyo Chempionlar ligasi Guruh bosqichi   Al-Shabab 1-3 1-2 2nd
  Sepahan 2-1 0-2
  Al Ain 3-2 1-0
1/8 final   Al-Gharafa 0-1
2011 Osiyo Chempionlar ligasi Guruh bosqichi   Al Sadd 1-1 1-2 4th
  Al-Nassr 2-2 0-4
  Esteghlal FC[39] 2-1 2-4
2012 Osiyo Chempionlar ligasi Guruh bosqichi   Al-Ittihad 1-2 0-4 3rd
  Baniyas 1-1 0-2
  Al-Arabi 3-1 1-0
2013 Osiyo Chempionlar ligasi Guruh bosqichi   Lekhwiya 2-2 1-3 4th
  Al Shabab 1-2 1-0
  Ettifaq 1-0 0-2
2015 Osiyo Chempionlar ligasi Guruh bosqichi   Al Ain 0-1 1-1 3rd
  Naft Tehran 2-1 1-1
  Al-Shabab 0-2 2-2
2016 Osiyo Chempionlar ligasi Guruh bosqichi   Al-Hilal 2-2 1-4 3rd
  Tractor Sazi 1-0 0-2
  Al Jazira 3-0 3-1
2018 Osiyo Chempionlar ligasi Play-off bosqichi   Al-Gharafa 1-2
2019 Osiyo Chempionlar ligasi Play-off birinchi bosqichi   Al-Quwa Al-Jawiya 2-1
Play-off bosqichi   Al-Nasr 2-1
Guruh bosqichi   Persepolis 1-0 1-1 3rd
  Al Ahli 1-0 1-2
  Al Sadd 2-2 1-2
2020 Osiyo Chempionlar ligasi Guruh bosqichi   Shabab Al-Ahli 2-1 0-0 1st
  Shahr Khodro 3-0 1-0
  Al-Hilal 0-0 1-2
1/8 final   Esteghlal FC 2-1
Chorak final   Persepolis 0-2
2021 Osiyo Chempionlar ligasi Guruh bosqichi   Tractor 3-3 0-0 3rd
  Al-Quwa Al-Jawiya 1-0 0-0
  Sharjah 1-1 1-4
2022 Osiyo Chempionlar ligasi Guruh bosqichi   Sepahan 1-3 1-2 4th
  Al-Duhail 0-3 2-3
  Al-Taawoun 5-4 1-0

Stadion

tahrir
 
Paxtakor markaziy stadioni

„Paxtakor“ markaziy stadioni 1956-yilda qurilgan boʻlib, dastlab sigʻimi 55 ming tomoshabinga moʻljallangan. Stadion 1996-yilda taʼmirlangan. 2007-yilning iyul oyida klub rahbariyati stadionning navbatdagi taʼmirlanishini eʼlon qildi. 2009-yilda rekonstruksiya ishlari nihoyasiga yetdi, sigʻimi 35 mingga kamaytirildi va stadion toʻliq oʻrindiqli stadionga aylandi. 2010-yil yanvar oyida ushbu stadion Oʻzbekistonning 2009-yildagi eng yaxshi sport inshooti deb topilgan[40][41].

Jamoa Toshkentdagi oʻyinlarini, asosan, „Paxtakor“ stadionida, oʻquv mashgulotlarini Qibray bazasi (katta va kichik stadion, qishki yopiq manej)da oʻtkazadi[42].

Raqobat

tahrir

Markaziy Osiyo derbisi

tahrir

Sovet davrida „Paxtakor“ning asosiy va asosiy raqibi Qozogʻistonning oʻsha davrdagi eng kuchli klubi – Olmaotaning „Qayrat“ klubi edi.

Bu ikki klub oʻrtasidagi qarama-qarshilik Markaziy Osiyo derbisi deb ataldi. Unga respublikalarning oliy rahbariyati tashrif buyurishi shart edi va stadionlarda haqiqiy toʻliq uylar bor edi.

Bu XX asr oʻrtalarida Qozogʻiston va Oʻzbekiston oʻrtasida yuzaga kelgan barcha darajadagi umumiy raqobatning bir qismi edi.

SSSR parchalanganidan soʻng, „Paxtakor“ va „Qayrat“ oʻz mamlakatlari milliy chempionatlarida qatnasha boshladilar va shunga koʻra, xalqaro turnirlarda tez-tez toʻqnash kelishmadi, faqat kamdan-kam uchraydigan oʻrtoqlik oʻyinlari bilan cheklanib qolishdi. Umuman olganda, jamoalar oʻzaro 80 dan ortiq rasmiy oʻyin oʻtkazishgan.

Sovet davrida ham Markaziy Osiyoning boshqa respublikalarining yetakchi klublari – Dushanbe „Pomir“, Ashxobodning „Kopetdog“ va Bishkekning „Alga“ jamoalari „Paxtakor“ning asosiy raqiblari hisoblanardi.

Oʻzbek El Klassikosi

tahrir

1990-yillardan to 2000-yillarning oʻrtalarigacha „Paxtakor“ ning asosiy asosiy raqibi Fargʻonaning „Neftchi“ jamoasi boʻlgan. Bu klublar oʻrtasidagi har bir uchrashuv muxlislarda katta qiziqish va hayajon uygʻotdi.[43]

Muxlislar va OAV tomonidan bu qarama-qarshilik „Oʻzbek El Klassikosi“ deb nomlandi. Dastlabki 15 mavsumda (qisqa tanaffuslar bilan) asosan ushbu 2 klub Oʻzbekiston chempionatida 1 va 2-oʻrinlarni boʻlishib olishdi.

Oliy ligada Toshkent klublarining gegemonligi boshlanganidan keyin (2000-yillarning oʻrtalaridan) va Fargʻonaning „Neftchi“ jamoasi natijalarining pasayishi natijasida bu qarama-qarshilik oʻrnini Toshkent derbisiga boʻshatib bergan boʻlsa-da, haligacha eʼtiborga moliklaridan biri boʻlib qolmoqda.

Toshkent derbisi

tahrir

2005-yilda Toshkentda „Quruvchi“ klubi tashkil etilib, 2008-yilda nomi „Bunyodkor“ga oʻzgartirildi. Oʻzbekiston Oliy ligasida ishtirok etgan ilk yillardanoq oltin medallar uchun kurashni boshladi.

2008—2011-yillarda klub qatorasiga toʻrt marta Oʻzbekiston chempioni boʻldi, „Paxtakor“ esa vitse-chempionlik yoki bronza medallari bilan cheklandi.

2007-yildan buyon Oʻzbekistondagi asosiy futbol qarama-qarshiligi Fargʻonaning „Neftchi“ jamoasidagi kabi Oʻzbekiston Kubogiga yoʻl olgan „Paxtakor“ – „Bunyodkor“ oʻyinlari boʻlib kelmoqda.

2012-yildan beri muntazam ravishda Oliy liga gʻolibiga aylanib kelayotgan (2016—2018-yillarda esa chempion) Toshkentning yana bir klubi – „Lokomotiv“ kuchaygach, „Paxtakor“ va „Bunyodkor“ning ushbu jamoaga qarshi oʻyinlari ham „Toshkent derbisi“ nomini oldi.

Ijtimoiy mediada

tahrir

Taniqli oʻzbek xonandalari Shahzoda, Rustam Gʻoipov, „Parvoz“(sobiq), „Kvartet“, „Bojalar“ va „Ummon“ guruhlari oʻz qoʻshiqlarini „Paxtakor“ futbol klubiga bagʻishladi[44][45].

Tarkib

tahrir

Birinchi jamoa tarkibi

tahrir
01.08.2024 holatiga[46]
Amplua Futbolchi
1   UZB DR Nikita Shevchenko
2   UZB HM Behruz Asqarov
5   UZB HM Muhammadqodir Hamroliyev
7   UZB HM Hojiakbar Alijonov
8   UZB YH Diyor Xolmatov
9   UZB YH Ibrohim Ibrohimov
10   SRB HJ Dragan Ćeran
11   UZB HJ Poʻlatxoʻja Xoldorxonov
12   UZB DR Vladimir Nazarov (  Surxon jamoasidan ijara)
13   UZB HM Islom Anvarov
15   UZB HM Diyor Ortiqboyev
17   UZB YH Dostonbek Hamdamov
18   UZB YH Saidumarxon Saidnurullayev
21   UZB DR Otabek Boymurodov
22   UZB HM Umar Adhamzoda
23   UZB YH Abdurauf Boʻriyev
Amplua Futbolchi
24   UZB YH Kirill Todorov
27   UZB YH Sardor Sobirxoʻjayev
29   UZB HM Muhriddin Fazliddinov
30   UZB HJ Otabek Joʻraqoʻziyev
31   UZB YH Muhammadali Usmonov
33   UZB YH Doniyor Abdumannopov
35   BLR DR Pavel Pavlyuchenko
40   KGZ YH Kimi Merk
43   UZB HM Muhammad Mansurov
47   UZB YH Sardor Mirqobilov
55   UZB HM Muhammadrasul Abdumajidov
63   UZB YH Yahyo Oʻrinboyev
77   UZB HM Dilshod Saitov
78   UZB YH Fazliddin Zuhriddinov
88   UZB HM Shahzod Azmiddinov
90   UZB HM Javohir Alijonov

Ijaraga berilgan

tahrir
Amplua Futbolchi
  UZB YH Abdurauf Boʻriyev (Olimpik jamoasiga)
21   UZB YH Muhammadali Oʻrinboyev (Brentford jamoasiga)
Amplua Futbolchi
Amplua Futbolchi
13   UZB HM Islom Anvarov
18   UZB YH Saidumarxon Saidnurullayev
21   UZB DR Otabek Boymurodov
24   UZB YH Kirill Todorov
29   UZB HM Muhriddin Fazliddinov
31   UZB YH Muhammadali Usmonov
43   UZB HM Muhammad Mansurov
Amplua Futbolchi
44   UZB HM Mirkomil Abdurazzoqov
47   UZB YH Sardor Mirqobilov
55   UZB HM Muhammadrasul Abdumajidov
63   UZB YH Yahyo Oʻrinboyev
78   UZB YH Fazliddin Zuhriddinov
88   UZB HM Shahzod Azmiddinov
90   UZB HM Javohir Alijonov

Texnik xodimlar

tahrir

Murabbiylar shtabi

tahrir
2024-yil 4-dekabr
Lavozim Ism
Bosh murabbiy   Pedro Moreira
Yordamchi murabbiy   José Borges[47][48]
Yordamchi murabbiy   Marco Leychi
Yordamchi murabbiy   Miguel Soares
Darvozabonlar murabbiyi   Ricardo Vason

Boshqaruv

tahrir
Lavozim Ism
Prezident Jahongir Ortiqxoʻjayev
Vitse Prezident Dilshod Karimov
Bosh direktor Dmitry Adisman
Umumiy ishlar direktori Maksim Shatskix
Umumiy ishlar direktori Nikolay Minchev

Yutuqlari

tahrir

Mahalliy

tahrir
  • Oʻzbekiston Superligasi
    • Chempionlar (16) (rekord): 1992, 1998, 2002, 2003, 2004, 2005, 2006, 2007, 2012, 2014, 2015, 2019, 2020, 2021, 2022, 2023
  • Oʻzbekiston kubogi
    • Gʻoli (13) (rekord)[49]: 1993, 1997, 2001, 2002, 2003, 2004, 2005, 2006, 2007, 2009, 2011, 2019, 2020,
    • Ikkin oʻrin: 1999, 2014, 2018, 2021
  • Oʻzbekiston Superkubogi
    • Gʻolib: (2) 2021, 2022[50]
    • Ikkin oʻrin: 1999, 2015, 2016, 2023
  • Oʻzbekiston Liga kubogi
    • Gʻolib: 2019-yil[51]
  • Sovet Birinchi Ligasi
    • Gʻoliblar: 1972-yil
  • Sovet kubogi
    • Ikkinchi oʻrin: 1967-68

Xalqaro

tahrir
  • MDH kubogi
    • Gʻoliblar: 2007-yil
    • Ikkinchi oʻrin: 2008-yil
  • IFA qalqoni (IFA)
    • Gʻoliblar: 1993
  • Osiyo chempionlar ligasi
    • Yarim finalchi: 2002-03,[52] 2004

Boshqaruv tarixi

tahrir
Mamlakat Ism Dan Gacha Davomiyligi Oʻyin D M Gʻal %
  Sovet Ittifoqi Valeriy Bextenev 1956 1956
  Sovet Ittifoqi Yuriy Xodotov 1957 1957
  Sovet Ittifoqi Lev Olshanskiy 1957 1959
  Sovet Ittifoqi Aleksandr Keller 1960 1963
  Sovet Ittifoqi Gavriil Kachalin 1963 1963
  Sovet Ittifoqi Aleksandr Abramov 1964 1964
  Sovet Ittifoqi Mixail Yakushin 1965 1966
  Sovet Ittifoqi Boris Arkadyev 1967 1967
  Sovet Ittifoqi Yevgeniy Yeliseyev 1968 1968
  Sovet Ittifoqi Mixail Yakushin 1969 1970
  Sovet Ittifoqi Aleksandr Keller 1971 1971
  Sovet Ittifoqi Vyacheslav Solovyov 1972 1975
  Sovet Ittifoqi Gavriil Kachalin 1975 1975
  Sovet Ittifoqi Anatoliy Bashashkin 1976 1976
  Sovet Ittifoqi Gennadiy Krasnitsky 1976 1976
  Sovet Ittifoqi Aleksandr Kochetkov 1977 1979
  Sovet Ittifoqi Oleg Bazilevich 1979 1979
  Sovet Ittifoqi Sergey Mosyagin 1980 1980
  Vengriya Ishtvan Sekech 1981 1985
  Sovet Ittifoqi Viktor Tixonov 1986 1986
  Sovet Ittifoqi Birodar Abduraimov 1987 1988
  Sovet Ittifoqi Viktor Nosov 1989 1989
  Sovet Ittifoqi Fyodor Novikov 1990 1991
  Rossiya Aleksandr Tarxanov 1991 1992
  Oʻzbekiston Ahral Inayatov 1992 1992
  Oʻzbekiston Bahodir Ibrohimov 1993 1993
  Oʻzbekiston Rustam Akramov 1994 1994
  Oʻzbekiston Ahral Inayatov 1994 1994
  Niderlandiya Hans Verèl 1995 1996
  Oʻzbekiston Aleksandr Ivankov 1996 1997
  Braziliya Ubirajara Veiga da Silva 1998 1999
  Oʻzbekiston Aleksandr Ivankov 2000 2000
  Rossiya Sergey Butenko 2001 2002
  Oʻzbekiston Viktor Jalilov 2002 2002
  Oʻzbekiston Ravshan Haydarov 2002 2002
  Turkmaniston Toshmurod Ogʻamurodov 2003 2006
  Russia Valeriy Nepomnyashchiy 2006 2006
  Oʻzbekiston Ravshan Haydarov 2006 2007
  Oʻzbekiston Viktor Jalilov 2008 2009
  Chernogoriya Miodrag Radulović 1 January 2010 3 May 2010
  Oʻzbekiston Ravshan Haydarov 4 May 2010 27 September 2011
  Oʻzbekiston Murod Ismoilov 28 September 2011 27 December 2011
  Serbiya Dejan Đurđević 28 December 2011 20 June 2012
  Oʻzbekiston Murod Ismoilov 20 June 2012 31 December 2013
  Oʻzbekiston Samvel Babayan 3 January 2014 23 June 2015
  Oʻzbekiston Noʻmon Hasanov 8 July 2015 29 May 2016
  Oʻzbekiston Grigoriy Kolosovskiy 30 May 2016 5 April 2017
  Oʻzbekiston Ravshan Haydarov 6 April 2017 1 June 2017
  Oʻzbekiston Jasur Abduraimov 1 June 2017 23 June 2017
  Gruziya Shota Arveladze[53] 23 June 2017 21 December 2020 124 90 18 16 72.58
  Niderlandiya Pieter Huistra[54] 6 January 2021[55] 10 January 2022[56] 37 23 8 6 62.16
  Shimoliy Makedoniya Slavche Vojneski[57] 11 January 2022[58] 2022-yil 7-iyul 17 8 5 4 47.06
  Oʻzbekiston Maksim Shatskix 2022-yil 14-iyul 2024-yil 4-dekabr 0 0 0 0
  Portugaliya Pedro Moreira 2024-yil 4-dekabr h. v.

Mashhur futbolchilar

tahrir

Sobiq futbolchilar

tahrir

Asosiy maqola: Toshkentning „Paxtakor“ klubi futbolchilari roʻyxati

Oʻz mamlakatlari uchun xalqaro chegaralarga ega edi. „Paxtakor“da oʻynagan vaqtida ismlari qalin harflar bilan koʻrsatilgan futbolchilar oʻz mamlakatlarini namoyish etishdi.

SSSR/Oʻzbekiston

tahrir
Sobiq SSSR davlatlari
Yevropa
Janubiy Amerika
Afrika
Osiyo

Yana qarang

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. „Бир клуб тарихи: "Пахтакор" - халқ жамоаси“. 2023-yil 29-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 29-aprel.
  2. http://www.pakhtakor.uz/news/cnews/6385
  3. http://www.pakhtakor.uz/news/cnews/6377
  4. „“Paxtakor” safida eng ko'p o'ynagan darvozabonlar: Yanovskiy, Pshenichnikov, Bugalo va boshqalar“. 2023-yil 5-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 5-iyun.
  5. „Мозийга назар. "Пахтакор" иштирокидаги тарихий ўйинлар“. 2023-yil 16-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 16-may.
  6. „Мозийга қайтиб... Эркаклар йиғлаганда...“. 11 авг 11:35da asl nusxadan arxivlangan.
  7. „37 йиллик айрилиқ: "Пахтакор-79"ни хотирлаб“. 2022-yil 8-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 8-sentabr 2022-yil.
  8. „Мозийга қайтиб... Эркаклар йиғлаганда...“. 2023-yil 16-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 16-may.
  9. „17 ЎҒЛОНСИЗ 39 ЙИЛ“. 2022-yil 1-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 15-oktyabr.
  10. „1979 йил, 11 август: самоларга сочилган юлдузлар“. 2023-yil 13-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 15-oktyabr.
  11. „Бу йил “Пахтакор-79” жамоаси авиаҳалокатга учраганига роппа-роса 41йил тўлади…“. 2023-yil 12-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 15-oktyabr.
  12. „"Пахтакор-79" фожиасига 44 йил тўлди“. 2023-yil 12-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 15-oktyabr.
  13. „"Пахтакор-79": ўзбекистонликлар қалбида мангу яшайди“. 2023-yil 12-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 15-oktyabr.
  14. „Мозийга қайтиб... Самода сочилган юлдузлар“. 2023-yil 16-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 16-may.
  15. „Тошкентда пахтакорчилар хотирланди“. 2022-yil 15-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 15-oktyabr.
  16. „Мозийга қайтиб...Ўйиндан ташқари ҳолат“. 2023-yil 16-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 16-may.
  17. „Мозийга қайтиб... Эркаклар йиғлаганда...“. 2023-yil 16-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 16-may.
  18. „"Пахтакор-79": Сирожиддин ва қиличбоз қиз“. 2023-yil 4-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 4-may.
  19. „Мозийга қайтиб... Тренер тақдири шундай экан“. 2023-yil 16-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 16-may.
  20. „Мозийга қайтиб... Футбол мафиясининг бошланиши“. 2023-yil 16-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 16-may.
  21. „Мозийга қайтиб... "Пахтакор" олий лигада!“. 2023-yil 16-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 16-may.
  22. „Мозийга қайтиб... "Пахтакор" - Олий Лигага тайёр!"“. 2023-yil 16-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 16-may.
  23. „Мозийга қайтиб...“. 2023-yil 16-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 16-may.
  24. „Мозийга қайтиб... Қарор ва ижро: АГАР “ПАХТАКОР” ЧЕМПИОН БЎЛОЛМАСА...“. 2023-yil 16-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 16-may.
  25. „“Paxtakor” – 2002 yil Osiyoning eng yaxshi klubi. Ular hozir qaerda?“. 2023-yil 5-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 5-may.
  26. „"Пахтакор" олий лигада 500-ғалабасини қўлга киритди“. 2022-yil 8-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 8-sentabr 2022-yil.
  27. „"Paxtakor"ning CHempionlar Ligasidagi to'purarlari va gvardiyachilari“. 2023-yil 5-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 5-may.
  28. „"Paxtakor"ning milliy chempionatlardagi eng yaxshi to'purarlari“. 2023-yil 11-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 4-iyun.
  29. „"Paxtakor"ning CHempionlar Ligasidagi to'purarlari“. 2023-yil 4-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 5-may.
  30. „АРХИВ. 2009 йилги Ўзбекистон Кубоги финали. "Пахтакор" - "Бунёдкор" 1:0“. 2023-yil 4-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 4-may.
  31. „Архив: Чемпионлик йўлаги, Сергеев ва Машариповдан дубль, тўйидан олдин гол уришни хоҳлаган Сардор. "Пахтакор"га чемпионлик кубоги топширилган ўйин“. 2023-yil 4-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 4-may.
  32. „Архив: Чераннинг бенефиси, "бошсиз чавандоз" ва Шораҳмедовнинг алами, Ўзбекистон кубоги-2019 финалини ёдга оламиз“. 2023-yil 4-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 4-may.
  33. „1998 yil "Paxtakor" "Barselona"dan ham ajoyib "kambek" qilgan“. 2023-yil 5-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 5-may.
  34. „Тарихда бугун: "Пахтакор"нинг 17 йил олдин ОЧЛ ярим финали доирасида "Бек Теро"га қарши ўтказган ўйини“. 2023-yil 6-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 6-may.
  35. „АРХИВ. 2006 йилги "Пахтакор" - "Фулад" учрашувини ёдга оламиз“. 2023-yil 4-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 4-may.
  36. „АРХИВ. 2006 йилги "Пахтакор" - "Ал Иттиҳод" учрашувини ёдга оламиз“. 2023-yil 4-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 4-may.
  37. „Ретро. 13 йил олдин МҲСК стадионида ўтган "Пахтакор" - "Ал Ҳилол" ўйинидан ФОТОРЕПОРТАЖ“. 2023-yil 6-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 6-may.
  38. „Тарихда бугун: Юлдузли "Пахтакор"нинг ОЧЛдаги 11 йил олдинги иродали ғалабасини ёдга оламиз“. 2023-yil 6-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 6-may.
  39. „Тарихда бугун: 19 ёшли Кримецнинг 88-дақиқадаги голи "Пахтакор"га ОЧЛда ғалаба келтирган ўйин“. 2023-yil 6-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 6-may.
  40. „Стадион "Пахтакор" признан лучшим спортивным сооружением Узбекистана“. CA-News (19-yanvar 2010-yil). 2015-yil 2-aprelda asl nusxadan arxivlangan.
  41. „Стадион "Пахтакор" признан лучшим спортивным сооружением Узбекистана“. Sportportal (19-yanvar 2010-yil).[sayt ishlamaydi]
  42. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  43. „Мозийга қайтиб... "Нефтчи"ни фақат "Пахтакор" юта олади“. 2022-yil 28-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 16-may.
  44. „Shahzoda – Pakhtakor“. Youtube. 2021-yil 19-dekabrda asl nusxadan arxivlangan.
  45. „Bojalar – Pakhtakor“. Youtube. 2021-yil 19-dekabrda asl nusxadan arxivlangan.
  46. „Paxtakor jamoasi tarkibi“. pfl.uz. 2024-yil 29-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 28-fevral 2024-yil.
  47. „Personal Details“.
  48. „"Paxtakor"ning portugaliyalik murabbiyi 4 nafar yordamchisi bilan keladi“ (2024-yil 4-dekabr).
  49. „"Paxtakor"ning O‘zbekiston Kubogida bosib o‘tgan yo‘li“. 29 oktabr, 2019da asl nusxadan arxivlangan.
  50. „"Пахтакор" ўз тарихида иккинчи бор Суперкубокни қўлга киритди ёхуд Самарқанддаги сценарий такрорланди“. 2022-yil 27-fevralda asl nusxadan arxivlangan.
  51. „Архив: Тарихда илк бор ўтказилган Ўзбекистон Лига кубогининг 8та гол урилган финалини ёдга оламиз“. 2023-yil 4-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 4-may.
  52. „“Paxtakor” – 2002 yil Osiyoning eng yaxshi klubi. Ular hozir qaerda?“. 2023-yil 5-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 5-may.
  53. „"Пахтакор"нинг янги мураббийи ҳақида нималарни билишимиз керак? (ФОТО)“. 2022-yil 8-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 8-sentabr 2022-yil.
  54. „Питер Хюистра - "Пахтакор" бош мураббийи“. 2021-yil 6-yanvarda asl nusxadan arxivlangan.
  55. „ПИТЕР ХЮИСТРА - ГЛАВНЫЙ ТРЕНЕР "ПАХТАКОРА"“ (oʻzbekcha). pakhtakor.uz/. Pakhtakor Tashkent FK (6-yanvar 2021-yil). 25-iyun 2022-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 25-iyun 2022-yil.
  56. „ПИТЕР ХЮИСТРА БИЛАН ҲАМКОРЛИК ДАВОМ ЭТТИРИЛМАЙДИ“ (oʻzbekcha). pakhtakor.uz/. Pakhtakor Tashkent FK (10-yanvar 2022-yil). 18-yanvar 2022-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 25-iyun 2022-yil.
  57. „"Пахтакор" Хюистра ўрнига бошқа европалик мураббий билан шартнома имзолади“. 2022-yil 7-yanvarda asl nusxadan arxivlangan.
  58. „СЛАВЧЕ ВОЙНЕСКИ - "ПАХТАКОР"НИНГ ЯНГИ БОШ МУРАББИЙИ!“ (oʻzbekcha). pakhtakor.uz/. Pakhtakor Tashkent FK (11-yanvar 2022-yil). 22-yanvar 2022-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 25-iyun 2022-yil.

Havolalar

tahrir